XX asrning 20-40-yillarida madaniy-musiqiy hayot

1918-yildan boshlab madaniyat va san’at ishlarini davlat o‘z ixtiyoriga oldi. Milliy madaniyat va san’atni yuksaltirish sohasida hokimiyat turli qarorlar qabul qildi va ularni amalda joriy etishga astoydil kirishdi.

1919-yilda Turkiston respublikasi Xalq maorif tashkiloti qaramog‘ida teatr bo‘limi ochildi va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklandi:

1. Respublikadagi jamiki teatr ishlariga umumiy rahbarlik qilish.

2. Havaskor va professional ijodiy jamoalarning ish faoliyatini yuksaltirish va repertuarlarini boyitish.

3.  Respublika bo‘ylab muntazam ravishda markaz va viloyatdagi tomoshabinlarga doimiy ravishda gastrollar uyushtirish.

Mazkur bo‘limning  boshlig‘i lavozimiga Iskandar Valijonov tayinlandi. 1920-yil 28-aprelda “Musiqa – etnografiya” bo‘limi ham ochildi. Bu bo‘limga atoqli kompozitor va etnograf (kelgusida O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti) V.A.Uspenskiy, uning o‘rinbosari qilib atoqli kompozitor – etnograf N.N.Mironov va bo‘lim xodimi etib, atoqli shoir – dramaturg G‘ulom Zafariylar tayinlandi. Zikr qilingan ikki bo‘lim birgalikda reja asosida ish olib borib, o‘zbek xalqini musiqiy va teatr merosini ilmiy o‘rganish, to‘plash va targ‘ibot ishlari bilan band bo’ldilar. Yillar davomida bu bo‘limlar turli tadbirlar o’tkazdi va o‘zbek xalq san’atini targ‘ibot qilib keldi.

20-30-yillarda musiqa va teatr san’atlarining zamonaviy ruhda rivojlanishiga ma’lum imkoniyatlar yaratib berishga turli moliyaviy va ma’naviy choralar, yordamlar hokimiyat tomonidan berib turildi. O‘zbekistonning poytaxti va barcha viloyatlardagi zavod – fabrika, yirik korxonalar, o‘rta ta’lim maktablarida, o‘rta va oliy hunar dargohlarida ashula va raqs ansambllar hamda teatr to‘garaklari birin-ketin paydo bo‘la boshladi. Ularning soni juda ham ko‘p edi. Bu havaskorlik to‘garaklarning  ayrimlari kelgusida professional teatr, konsert tashkilotlarini bunyodga kelishida tamal toshini qo‘ydilar va iste’dodli san’at arboblari yetishib chiqishga ham zamin yaratdilar. Respublikada badiiy havaskorlar jamoalarining bunyodga kelishlarida va rivojlanish jarayonida kasaba uyushmalar tashkilotlarni roli ham samarali bo‘ldi. Ularning zimmasiga maorif xodimlari bilan birgalikda, klub, madaniyat va istirohat bog’larida, qizil choyxonalarda, maktab, hunar texnikum va institutlarda, qishloq joylarda havaskor xalq ashula va raqs ansambllar teatr jamoalarini tashkil qilish, ularning san’atlarini namoyish etish, ommaviy kechalar, ko‘rik-tanlovlar, karnaval-tomoshalar, maxsus tadbir kechalar o‘tkazish an’anaga aylandi.

Shuningdek mazkur davrda o‘zbek ashula va raqs ansambllaridantashqari respublikaning katta korxonalarida baynalmilal xor va damli cholg‘ular orkestrlari, harbiy orkestrlardan tashqari, rus xalq cholg‘ulari orkestri va ansambllari, simfonik orkestr, maxsus raqs ansambl jamoalari bunyodga keldi. Ular orasida Toshkent temir yo‘l korxonasi qaramog‘ida 1923-yilda tashkil topgan o‘zbek va rus havaskorlar to‘garaklari, Toshkent tramvay tresti qaramog‘idagi, o‘zbek ashula va raqs ansambli, rus ashula raqs ansambli hamda katta damli cholg‘u orkestr, xor jamoasi, 1927-yili havaskorlar simfonik orkestri, damli orkestr, bayanchilar ansambli, 1918-yilda rcspublika matbuot birlashmasi qoshidagi “Lira” nomli madaniyat uyida mashhur dirijyor V.V.Lcysek o‘zbek dramto‘da,  o‘zbek xalq ashula va raqs ansambli, rus xalq dramto‘da, rus xalq cholg‘ular orkestri, bolalar va kattalar ishtirokida ikkita damli orkestrlar tashkil etib, ularga rahbarlik qildi. Nomlari tilga olingan havaskorlar jamoalari musiqiy va teatr san’atlarini rivoj topishlariga tamal toshini qo‘ydilar. Ular turli ko‘rik-tanlovlarda faol qatnashib, kundalik hayotda xalqqa xizmat qildilar. Dirijyor V.V.Leysek O’zbekistonda badiiy havaskorlik san’atining rivojlantirishida olib borgan ulkan xizmatlari uchun 1928-yilda O‘zbekiston Respublikasi mehnat qahramoni va 1935-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

1918-yili “Turkiston Xalq konservatoriyasi” nomli musiqiy o’quv dargohi tashkil topdi. Uning tashkilotchilari fizika, matcmatika o‘qituvchilari, havaskor violonchelchi A.M.Popov va skripkachi E.A.Chemyavskiylar mazkur o‘quv dargohini ochish niyatlarini matbuotda e’lon qildilar. E’londa ko‘rsatilgan muddatda Toshkentda istiqomat qilayotgan san’atkorlardan 32 kishi musiqadan yoshlarga dars berishga o‘z xohishlarini bildirdilar. Xalq konservatoriyasi ish faoliyatini reja asosida boshqarish maqsadida 9 kishidan iborat Kengash tuzildi. Kengash raisi  lavozimiga shifokor, kompozitor, dirijyor  I.Gizler-Arskiy, bir yildan so‘ng xonanda V.A.Karelin, kengash kotibi lavozimiga  E.A.Chemyavskiy va a’zolariga kompozitor, dirijyor N.N.Mironov, kompozitor V.A.Uspenskiy, xonneyster V.F.Sakovich, violonchel cholg’usi ijrochisi general V.M.Kox, A.M.Popov va konservatoriyaning xo‘jalik ishlarini olib borishga D.A.Lukonin saylandilar. Mazkur Xalq konservatoriyasining asosiy vazifasi xalqqa musiqadan boshlang‘ich ma’lumot berish, birorta cholg‘u-sozda ijro etishni o‘rgatish va xonandalik mutaxassisligidan saboq berishdan iborat edi. O‘qish muddati va dasturi aniq belgilanmaganligi sababli har bir o‘qituvchi tashrif buyurgan o‘quvchi-talabaning qobiliyati va imkoniyatini nazarga olgan holda dars bergan. Birinchi o‘quv yili musiqada o‘qishni xohlaganlarning soni 500tadan oshib ketdi. Ikkinchi o‘quv yilida esa l000ga yaqinlashdi. O‘quv xonalari yetishmasligi sababli konservatoriyaning bir nechta filiallari tashkil etila boshlandi. Xususan: Toshkent temiryo‘lining ishchi va xizmatchi xodimlari uchun 1919-yili “Privokzalnaya” nomli bo’lim (filial) ochilib, bu bo’limni xonneyster V.F.Sakovich boshqardi. O‘sha yili Toshkentning baland masjid rohat bog’ida “Eski shahar” bo‘limini kompozitor VA.Uspenskiy boshqardi. U eng avval mashhur hofiz Shorahim Shoumarov bilan tanishdi. Ta’lim jarayoni ikki yo‘nalishda joriy etildi, ya’ni o‘zbek xalq musiqasini og‘zaki o‘zlashtirish hamda nota uslubi va ko‘p ovozli musiqa nazariyasini o’rganishdan iborat edi.

Mazkur jarayonni amalda joriy etish uchun maxsus dastur tuzilib, shaharda istiqomat qiluvchi mashhur o‘zbek san’atkorlaridan: Hofiz Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, tanburchi Shobarot aka, doirachi Shojalil, dutorchi-doirachi Abdusoat Vahobov, changchi Ismat, g‘ijjakchi Qurbonxon Hakimov, naychi Imomjon Hakimov, g‘ijjakchi Solixon Xoji kabi ustalarni yoshlarga dars, saboq berishga taklif qildilar. V.A.Uspenskiy talabalarga nota yozuvi va musiqa nazariyasidan dars berdi.

Pianinochi Saodatxonim Yenikeyeva mazkur cholg‘uda dars berish bilan bir qatorda tarjimonlik vazifasini ado etardi. E.A.Dyakova bilan fortepianoda chalishni talabalarga o‘rgatishdi.

1919-1920-yillarda “Turkiston Xalq konservatoriyasi” kabi musiqiy muassasalar Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon,  Andijon shaharlarida ham tashkil topdi.

1921-yiIda Buxoroda Abdurauf Fitrat tashabbusi bilan birinchi “Sharq musiqa maktabi” ochildi. Ma’lum vaqtgacha Fitrat o‘zi rahbarlik lavozimida faoliyat olib bordi. Ko‘p asrlik milliy musiqa merosimizni saqlab qolish, iste’dodli yoshlardan yetuk mutaxassislarni tayyorlashdek oliy maqsad ila maktabga “Shashmaqom”dan saboq berish uchun Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Ota G‘iyos Abdug‘ani, Abdurahmon Umarov kabi ustozlarni ishga taklif qildi. 1925-yili yangi o‘quv yilidan boshlab “Buxoro davlat Sharq musiqa maktabi”ning o‘quv dasturiga yevropa nota yozuvi, solfedjio, musiqa nazariyasi, musiqa tarixi kabi yangi fanlar hamda yevropa cholg‘ularida ijro etishni o‘rgatish kabi o‘zgartirishlar kiritildi.

1924-yili Toshkent davlat birinchi musiqa- internal texnikum tashkil topdi. Toshkent xalq konservatoriyasida ishlagan ko‘p pedagoglar ushbu texnikumga ishga o‘tdilar. Mazkur o’quv dargohi respublikamizning musiqiy hayotida va o‘rta ma’lumotli san’atkorlarni tarbiyalashda samarali xizmat qilganligini ta’kidlash lozim. 1930-yili ushbu musiqa texnikumida o‘zbek xalq musiqa merosini o‘rganish, notaga yozish bo‘limlari ham ochiladi. Mualliflik ishlariga Shorahim Shoumarov,  otaga yozish ishlariga esa Viktor Uspenskiy rahbarlik qildi.

1928-yilda Samarqand davlat musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti ochildi va direktor lavozimiga Nikolay Mironov tayinlandi. U institutning ish faoliyatini uch yo‘nalishida olib bordi. Ya’ni o‘zbek va yevropa musiqa cholg’ularida talabalarni o‘qitish, raqs bo’limida milliy va yevropa professional raqs san’atini o‘rganish, musiqa merosini o‘zlashtirish notaga yozish hamda targ‘ibot qilish.

Tasdiqlangan dastur asosida professional milliy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklandi. O‘zbek, tojik xalqlarining va yevropa musiqiy meros an’analarini talabalarga o’rgatish uchun institutga Buxoro, Xorazm va Farg‘ona vodiysidan yuqorida zikr etilgan san’at ustalari: Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdurahmon Umarov, Matyusuf Xarratov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov kabi ulug‘ san’atkorlar yoshlarga maqom san’ati sirlarini o‘rgatishdi. Tez orada institut Nikolay Mironov rahbarligida quyidagi musiqaga doir kitoblarni nashrdan chiqardi: O‘zbek va tatar tillariida “Boshlang‘ich musiqa nazariyasi”(1929-yil) darslik, rus tilida “Музыка узбеков” (1924-yil), “Обзор музыкальных культур узбеков и других народов Востока” (1931-yil), “Музыка таджиков” (1932-yil) va institut talabalari: Muxtor Ashrafiy Buxoro, Tolibjon Sodiqov Farg‘ona vodiysi va Sharif Ramazonov Xiva xalq qo’shiqlarini zamonaviy notaga yozdilar va Nikolay Mironovning  muharrirligida 1931-yili “Песни Ферганы, Бухары и Хивы” nomi bilan chop etildi. Muzkur institut O‘zbekiston va Tojikiston Respubiikalarini quyidagi san’at arboblarini  yetkazib berdi: Muxtor Ashrafiy, Mutal Burxonov, Tolibjon Sodiqov, Sharif Ramazonov, A.Xalimov, Doni Zokirov, Manas Leviyev, M.Nasimov, Sh.Sohibov, M.Kalandarov, P .Rahimov, Nabijon Hasanov, F.Shamsuddinov, B.Inoyatov, F.Shahobov, Qori Siroj Yusupov kabi san’at ahli talabalik davrlarini hurmat va ehtirom bilan eslashardi. Mazkur institut 1932-yil O‘zbekistonning yangi poytaxti Toshkent shahriga ko‘chib o’tkazilishi sababli faqat ilmiy tadqiqot ishlari bilan faoliyat ko‘rsatadigan bo‘lib qoldi. Chunki, institut talabalari Toshkent davlat musiqa texnikumiga o’tkazildi, xoreografiya bo’limi uchun maxsus maktab ochildi. Kelgusida ushbu institutda turli  san’at bo‘limlari ham tashkil topdi. Hozirda ilmiy tadqiqot insituti respublikamizning madaniy hayotida, turli san’atlarga bag‘ishlangan fanlarning rivojlanish jarayonida faollik ko‘rsatmoqda.

1927-yil Toshkentning Beshyog‘och dahasida pianinochi A.Toshmuhammedov rahbarligida “Toshkent shahar 7-yilIik musiqa maktabi” tashkil qilindi. Maktabda fortepiano, skripka, violonchel, fleyta, klarnet, truba kabi sinflarga turli millatlarning iste’dodli o‘g‘il-qizlari qabul qilinardi, 1935-36 o’quv yilidan boshiabta’lim jarayoniga ayrim  o‘zbek xalq cholg‘ularini o‘rgatish kiritilgan edi. Yildan-yilga musiqa maktabining o’quvchilari soni ko‘payib bordi. Ana shu maktabda mashhur kompozitor Reyngold Glier o‘zbek va rus  sinflarda musiqa nazariyasidan dars bergan va kelgusi yillarda ayniqsa, ikkinchi jahon  urushi va keyingi yillarda maktabning ish faoliyati bilan aloqani uzmagan edi. 1956-yili Glier vafoti tufayli mazkur maktabga uning nomi berildi va Respublika davlat 10 yillik musiqa maktab-intematiga aylantirildi.

Turkiston hokimiyati Toshkentdagi va viloyatlardagi barcha teatr, turli jamoalarni va shaxsiy boylarning binolarini davlat (qaramog‘iga olish uchun 1918-yil 22-iyulda maxsus komissiya tuzib, uning taklifiga binoan Toshkent va viloyatlardagi ko‘p hashamatli binolar davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. 1919-yilda Turkiston Respublikasi Xalq maorif tashkiloti qaramog‘ida teatr bo‘limi ochildi va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklandi:

1. Respublikadagi jamiyki teatr ishlariga umumiy rahbarlik qilish.

2. Havaskor va professional  ijodiy jamoalarning ish faoliyatini yuksaltirish va repertuarlarini boyitish.

3. Respublika bo‘ylab muntazam ravishda markaz va viloyatdagi tomoshabinlarga gastrollar uyushtirish.

Shuni aytish joizki, 20-40-yillarda, ya’ni ikki o‘n yillik mobaynida ijtimoiy-madaniy va siyosiy-iqtisodiy hayotda bir talay o‘zgarishlar ro‘y berdi. Eng muhimi ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksiz o‘sishi, katta korxonalar, suv inshootlari, maktab va institut, teatr va madaniyat saroy binolarining qurilishi natijasida va mehnatkashlarning tobora ortib borgan moddiy va madaniy ehtiyojlarmi to’la qondirish imkonini berdi. Ayniqsa o‘zbek millatini va O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi boshqa xalqlarni birlashtirishda va ularni madaniy – ma’naviy talablarini qondirishda 1927-yilda tashkil topgan O‘zbekiston Radio qo‘mitasi va uning qoshida tashkil topgan musiqa bosh muharririyati, ulug‘ bastakor Yunus Rajabiy rahbarligidagi “O‘zbek xalq ansambli” (kelgusida maqomchilar ansambli), 1936-yilda tashkil topgan simfonik orkestr va xor jamoalari  juda katta rol o‘ynadi.

O‘zbek xalqining asrlar davomida an’ana bo‘lib kelgan milliy musiqiy san’atining jozibali, kishini maftun etadigan olam-olam zavq-u shavq bag‘ishlaydigan, estetik ruhni boyitadigan xalq hofizlarini xizmat o‘rinlari beqiyosdir. Mazkur jarayonda XIX asrning oxiri XX asr boshlarida yashagan va ijod qilgan milliy musiqiy san’atimiz  namoyandalari yangi  tuzumda ham xalqqa faol xizmat qildilar. Masalan, Toshkentda mashhur hofiz Shorahim Shoumarov bir guruh sozandalar ansambli asosida 1918-yili “Sanoyi nafisa” nomli birinchi kasaba uyushma tuzib, shahardagi jamiyki san’atkorlarning huquqiarini himoya qilish va musiqiy san’atni xalq orasida targ‘ibot qilishda tashabbuskorlik qildi. Uning rahbarligida tuzilgan ansamblda, ustozi Mulla To’ychi Toshmuhammedov, Ilhomjon dutorchi, Karimbek Xo‘ja g‘ijjakchi, Shoborot – tanburchi, Ilyosxo’ja – changchi va ulaming shogirdlari: Yunus va Risxi Rajabiylar, g‘ijjakchi bastakor Imomjon Ikromov, kamonchi bastakor Po‘lat Rahimov, dutorchi Abdusoat Vahobov, hofizlar Shoqosim, Shoolim, Shoakbar Shojalilovlar kabi san’at ustalari xalqqa faol xizmat qildilar. Ustoz Shorahim Shoumarovning chorsu bozori yonida joylashgan ansambli va Yunus Rajabiyning “Chaqar” mahalla choyxonasida tuzgan ansambli yosh havaskor san’atkorlar uchun haqiqiy musiqa maktabi bo‘ldi.

Bu ikki dargohda Toshkent san’atkorlaridan tashqari Farg‘ona vodiysidan, Buxoro, Samarqand, Xorazmdan mashhur san’at ustalari va ulaming shogirdlari ham birgalikda xalqqa o‘z san’atlarini namoyish qilishardi. Ularning konsert dasturlari asosan maqom, mumtoz ashulalar va o‘zlari bastalagan kuy va qo’shiqlardan iborat edi. Bundan tashqari, ustoz san’atkorlar o‘zlari ham turli klub-maktablarda musiqiy havaskorlar to‘garaklarini tuzib yoshlarga saboq berib, ko‘p yosh sozanda va xonandalarni tarbiyaladilar.

Xuddi shunday “Sanoyi Naflsa” kabi uyushmani 1920-yili Andijon shahrida xalq orasida Orif garmon nomi bilan tanilgan Orif Toshmatov tashkil qildi. O‘zbek san’atkor va ziyolilaridan tuzilgan jamoada Muhiddin Xo‘ja Najmiddinov, Sobirjon Siddiqov, Berkinboy Fayziyev, Dehqonboy Hofizlar, Yoqibjon changchi, Ashurali Oxun dutorchi, Zokir eshon doirachi, Hayit Oxun tanburchi, Rustam Mehtar surnaychi, Ismat karnaychi, Sayfs qayroqchilar bor edi. Ularning ishtirokida zikr qilingan uyushma va “Tutzor” guzarida xalq ansambli tuzildi. Bu ansamblda g‘ijjakchi bastakor To‘xtasin Jalilov, Hayitxon tanburchilarni yonlarida: Komiljon Jabborov, Lutfullaxon Xo‘jayev, Rahmat Otaboyev, G‘anijon Toshmatov, Isxoq Qori, Salohiddin hoji kabi havaskor yoshlarni ham ko‘rish mumkin edi. Ansamblning dasturi keng edi. Ular nafaqat Andijon, balki Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Namangan, Jalolobod, O‘sh shahar va qishloqlarida ham ish olib bordilar. Mazkur jamoani keyinchalik To‘xtasin Jalilov ham boshqargan edi. Mashhur bastakor, O‘zbekiston xalq artisti To‘xtasin Jalilov o‘zining ustozi Orif Toshmatov faoliyatini shunday ta’riflagan edi: “Bizning rahbarimiz Orif aka garmonda o‘zbek xalq kuylaridan “Abdurahmonbegi”, “Nasrulloi”, “Ajam”, “Tanavvor”, “Ufor” kabi klassik musiqalardan tashqari “Дунайские волны”, “Амурские волны”, “Краковяк”, “Полька”, “Варшавянка”, “Смело мы пойдём” kabi ruscha, bundan tashqari Hamzaning kuylarini hamda o‘zi bastalagan musiqalami jo ‘shqinlik bilan ijro etib hammani lol qoldirar edi. Shular orasidan o‘zlari yaratgan “Andijon polkasi” esa juda ham mashhur bo’lib ketdi. Shunisiga qoyil qolar edimki, ustoz o‘zbek xalqining mumtoz kuylarini dutorda qanday chalsa garmonda ham shunday nozik mohirlik bilan ijro etar edi. Bular o‘sha muhitda o‘zbek tomoshabinlari uchun ham qiziqarli, ham yangilik edi.

Yana shuni aytib o‘tish joizki, “Inqilob”dan avval Farg‘ona vodiysida, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida istiqomat va ijod qilgan, mashhur, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan san’atkorlar, sho‘ro hokimiyati davrida ham, shogirdlari bilan, o‘z faoliyatlarini davom ettirib xalqqa xizmat qildilar. Ular yangi zamonda, shaharlarning xalq bilan gavjum bo’lgan katta choyxonalarida o‘z san’atlarini namoyish qildilar. Ayniqsa, yuqorida zikr qilganimizdek O‘zbekistonning 1924-1932-yillarida poytaxti boigan Samarqand shahrining Registon yaqinidagi “Rastai Nov” choyxonasida Hoji Abdulaziz Abdurasulov ishtirokida bo’adigan musiqiy kechalarda ko‘pincha Buxoro, Toshkent, Farg‘ona vodiysidan, Xorazm  va boshqa hududlardan kelgan mohir sozanda va xonandalar ishtirok etishardi. Ulaming orasida Ota Jalol Nosirov, Levicha Boboxonov, Domla Halim Ibodov, Qori Siroj Yusupov, Tolibjon Sodiqov, Abduqodir Ismoilov, Matyusuf Xarratov, Ahmadjon Umrzoqov, Shohnazar Sohibov, Fazliddin Shahobov kabi qator san’atkorlarni ko‘rish mum kin edi.

Xulosa qilib aytish joizki, yuqorida nomlari tilga olingan va oimmagan o‘zbek xalqining sevimli san’atkorlari o‘z ijrochilik san’atlarini namoyish etish bilan birga turli musiqiy to’garaklar tuzib, yoshlarni musiqiy meros an’analarida tarbiyaladilar va kelgusida el yurt hurmatiga sazovor boigan san’atkorlarni yetkazib berdilar. Ustozlaming ayrimlari hokimiyat tomonidan tashkil qilingan musiqiy o‘quv maskanlarida teatr va konsert tashkilotlarida faol xizmat qildilar.

Shuni aytish joizki, 20-30-yillarda yuqorida nomlari esga olingan, xalqimizning sevimli san’atkorlari, Respublikamizda tashkil topgan musiqali teatr va konsert tashkilotlarining, musiqiy ansambllarning asosiy guruhini tashkil qilishdi va respublikada hamda Butunittifoqda 1925, 1930, 1932, 1933, 1935, 1938 – yillarda o‘tkazilgan teatr va olimpiadalarda, ko‘rik – tanlovlarda faol qatnashganlar. O‘zbek musiqa san’atini namoyish etishda, ayniqsa 1936-yilda tashkil topgan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi katta rol o‘ynadi. Mazkur filarmoniya qoshida boshqa ijrochi jamoalar bilan birga 1936-yilda mashhur bastakor, ustoz To‘xtasin Jalilov rahbarligida 100 kishidan iborat “Etaografik ansambl” tuzildi. Bu ansamblga respublikaning ko‘plab viloyatlaridan keksa va yosh san’atkorlar jalb qilindi. Ular orasida: Usta Olim Komilov, atoqli qiziqchi Yusuf qiziq Shakarjonov, naychi Abduqodir Ismoilov, qo‘shnaychi Ahmadjon Umrzoqov, naychilar Saidjon Kalonov, Valijon Hoshimov, g‘ijjakchilar Po‘lat Rahimov, Nabijon Hasanov, Doni Zokirov, Said Aliyev, Xayri Izomov, Mamadali Niyozov, rubobchilar — Tavur Jumayev, Ergash Shukxullayev, changchilar – Fahriddin Sodiqov, Matyusuf Xarratov kabi sozandalar bilan birgalikda quyidagi xonanda va hofizlar qatnashdilar: Mamat bobo Sattorov, Muhiddin Qoriyoqubov, Domla Halim Ibodov, Mulla To’ychi Toshmuhamedov, Halima Nosirova, Tamaraxonim, Abdulla baxshi Nurullayev, Erka Qori, Gabriel Mullaqandov, Karim Mo‘minov, Jo’raxon Sultonov, Lutfixonim Sarimsoqova, Ma’murjon Xudoyberganov, Berkinboy Fayziyev, Nazira Inog‘omova, Nazira Ahmedova, Fotima Boruxova, Shoista Zokirova va ular qatorida Madrahim (Sheroziy) Yoqubov bor edi. O‘zbek raqs san’atini dekada konsertlarida: Rahim Ollaberganov, Xoji Tam – Tam, Shukur Hamdamov, Ashur qori Rasulov, Ismoil Po‘latov, Usmon qori, Mukarrama Turg‘unboyeva, Roziya Karimova, Halima Rahimova, Lizaxonim va boshqalar namoyish qilishdi.

Mazkur san’atkorlar Moskvada  1937-yilnmg may oyida o‘tgan dekada kunlari  o‘zbek xalqining musiqiy san’atini shoir dramaturg Komil Yashin (Nug‘monov)ning “Sayl” ikki bo‘limli ssenariy asosida katta konsert dasturi namoyish qilindi. Sahnalashtirishda bosh rejissor Mannon Uyg‘ur (Mannon Majidov), rejissorlar: Yetim Bobojojiov, Sora Eshonto‘rayeva, rejissor yordamchisi Miroqilov, Ali Ardobus Qo‘ldoshev, rassomlar: X.X.Ikromov va M.A.Gvozdikov, musiqa rahbari hamda dirijor Tolibjon Sodiqov, dirijorlar Muxtor Ashrafiy va Nikolay Mironov, “Etnografik ansambl”ning  rahbari To’xtasin Talilovlar faol qatnashdilar. Umuman mazkur dekada o‘zbek xalqining boy musiqiy merosini va mohir ijrochilik san’atining katta jozibali ruhda namoyish qilishda, san’atkorlarning ko‘p guruhlari hokimiyat tomonidan orden, medal va unvonlar bilan taqdirlandilar.

Umuman, ushbu davrda respublikamizda, o‘zbek va rus san’atkorlarining hamkorligida musiqa maktablari, 1934-yilda Namangan va Buxoro musiqa o‘quv bilim yurtlari,  1935-yilda Moskva konservatoriyasining qoshida “O‘zbek opera studiya”si, 1936-yilda Toshkent davlat konsrvatoriyasi kabi musiqa o‘quv maskanlari bunyodga keldi.  1920-yilda Toshkent rus opera va balet teatri, viloyat musiqali drama teatrlari, 1926-yilda M.Qoriyoqubov rahbarligida tashkil topgan “O‘zbek etnografik ansambli” asosida  1929-yilda bunyodga kelgan “O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri”, uning asosida 1939-yili “O‘zbek davlat opera va balet teatri” va “Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama va komediya teatr”lari faoliyat ko‘rsata boshladi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida  “O‘zbekiston ashula va raqs ansambli”, “Dutorchi qizlar ansambli”, “Tamaraxonim ansambli”, “Xorazm garmonchi qizlar ansambli”, “Simfonik orkestr”, “O‘zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri”, “Xor a’kapella jamoasi” kabi ijrochi jamoalar zamonaviy o‘zbek musiqa madaniyatini rivojlantirish jarayonida samarali xizmat qildilar.

1938-yili O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi tashkil topdi va uyushma raisi sifatida O‘zbekiston xalq artisti, mashhur kompozitor Tolibjon Sodiqov tayinlandi. Bu tashkilot respublikamizda istiqomat va ijod qiluvchi kompozitor va musiqashunoslarni birlashtirdi, zamonaviy yangi-yangi musiqiy asarlar,  ilmiy maqola va kitoblar yaratishda hamda musiqani targ‘ibot qilishda katta rol o‘ynab kelmoqda.

Qisqa tarixiy muddatda, ya’ni ikki o‘n yillik davr, O‘zbekiston musiqiy san’ati mukammal ravishda taraqqiy etdi. Xalqimiz musiqiy merosining silsilasi uzilmay zamonaviy ko‘p ovozli musiqiy uslublar bilan uyg‘unlasha bordi.

Bastakorlik ijodiyoti

Asosan mumtoz, qisman xalq ijodiyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan bastakorlik sohasi qariyb bir yarim, ya’ni ming yillik tarixiy davr mobaynida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Uning qator sifatlarini anglash borasida “bastakor” so‘zining lug‘aviy ma’nosi ham e’tiborlidir. Atoqli maqomshunos olim I.R.Rajabovning bergan ta’rifiga ko‘ra, “bastakor” forscha so‘z boiib, uning zamirida “kuyni  tashkil etuvchi unsurlarni bir-biriga bog’lovchi” degan ma’no yotadi (“basta” – bog’langan, “kor” – ish, ishlovchi ma’nolarida).

Bastakorlikning musiqa ijodiyotidagi mohiyati ma’lum qonun-qoidalar bilan bevosita bog’liq holda yuzaga chiqadi. Bunda, bastakor ko‘p asrlik an’anaviy kuylarning ritmik va ohang variantlarini yaratishi, shuningdek kuy yo’llariga yangi lavhalar, tayyor holdagi avjlar kiritishi nazarda tutiladi. Ashula yo’llariga yangi she’rlarni moslab tushira bilgan san’atkorlar ham bastakor nomiga sazovor bo’lganlar.