Xonandalar

Abdulla Hofiz Fayzullayev (1869, Namangan – 1944, O’sh) – xonanda. O’zbekiston xalq hofizi (1943) va Qirg’iziston xalq artisti (1940). Namanganda tashkil etilgan havaskorlar to’garagi “Sharq truppasi” (1914-26) da, O’shdagi musiqali drama (1926-41), Yangiyo’l musiqali drama va komediya teatrlari (1941-44)da ishlagan. “Ilg’or”, “Ko’cha bog’i”, “Eshvoy”, “Girya”, “Sodirxon Ushshog’i”, “Dugoh Husayniy”, “Abdurahmonbegi”, “Segoh”, “Bayot”, “Qalandariy” va boshqa ashula yo’llarini mahorat bilan ijro etgan. Baland va shirali ovozi bilan o’ziga xos uslub yaratgan. Abdulla Hofiz ijrosidagi maqom va ashula yo’llari O’zbekiston radiosida yozib olingan (1941).

Abdullaeva Nasiba (1961.15.11, Samarqand) — o’zbek xonandasi. O’zbekiston xalq artisti (1993). Samarqand musiqa studiyasini (1979), Toshkent davlat madaniyat in-tini (1989) tugatgan. Dastlab ijodini xalq qo’shiqlaridan boshlagan. “Xorazm lazgasi”, “Barigal”, “Tanavor”, shuningdek Sharq xalqlari qo’shiqlari b-n tanildi. Lirik mayinlik, badiiy mahorat, teran mazmun, yoqimlilik va shiradorlik A. ijodiga xos. Muhabbat haqidagi ko’shiklarni mahorat b-n ijro etadi. “Arzimni aytdim”, “Jonim mening», “Yokasiz jonim”, “Majnuntol”, “Malak”, “Aylanayin” va b. shular jumlasidan. Boshqa xalqlar qo’shiklari ham A. ijodida muhim o’rin tutadi: “sanada galmas”, “Ayriliq” (Ozarbayjon), “Ishq umidiman” (Eron), “Ro’yalarda bo’lushursiz” (turk) va b. Bir kancha xorijiy mamlakatlarda gastrolda bo’lgan. A.ijodiga bag’ishlab “Nasiba” telefilmi (“O’zbektelefilm”, 1989) ishlangan. “Mehnat shuhrati” ordeni b-n mukofotlangan (1999).

Abdurahmonov G’ulom (1910.1.5, Turkiston sh.— 1987.15.5, Toshkent) — o’zbek opera xonandasi (lirik-dramatik tenor). O’zbekiston xalq artisti (1949). Faoliyatini Samarqand musiqali drama teatrida boshlagan (1929). Moskva konservatoriyasi huzuridagi O’zbek opera studiyasida (vokal bo’yicha) ta’lim olgan (1934-39). O’zbek opera va balet teatri (1939-54), O’zbek Davlat filarmoniyasi yakkaxoni (1954-81). A. ko’pgina opera, musiqali drama va komediyalardagi asosiy rollarni ijro etgan: Jo’ra (“bo’ron”), Bo’tako’z (“ulug’kanal”), Abbos (“Davron ota”), Ravshan (“ko’r o’g’li”), Asqar (“Arshin mol olon”), qodir (“Gulsara”), Majnun (“Layli va Majnun”), Farhod (“Farhod va Shirin”), Tohir (“Tohir va Zuhra”), ne’mat (“Halima”), Toshmat (“O’zbekiston qilichi”) va b. Repertuaridan ayrim xalq qo’shiklari, o’zbek kompozitorlarining asarlari (“kuylayman”, “jon qizlar” va b.) ham o’rin olgan.