To’rtkul tumani

To’rtko’l tumani 1927 yil 3 iyulda tashkil topgan. Tuman shimoldan Ellikqal’a tumani, sharqdan Navoiy viloyati, janub va g’arbdan Xorazm viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 7.48 ming kv.km. Tumanda 1 shaxar (To’rtko’l) , 20 ta mahalla, 5 ta shaharcha tipidagi posyolka va 15 ovul fuqarolar yig’inlari va 15 ta qishloq fuqarolar yig’ini (Atauba, Paxtachi, A. Durdiev, Shuraxon, Akbashli, Djambasqal’a, Aqqamish, Qumbasqon, Tozabog’yob, Paxtaobod, Uzbekiston, Ullubog’, Oxunboboev, Kukcha, Kelteminar) bor. MarkaziTo’rtko’l shahri.

2015 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 196,1 ming kishini tashkil etadi. Shundan 76,0 ming kishi shaharda, 120,1 ming kishi qishloqda yashaydi.

Tuman iqtisodiy negizini paxtachilik tashkil etadi. Shu sababli tuman sanoati xam paxta xom-ashyosini kayta ishlashga ixtisoslashgan. Tumanda paxta tozalash zavodi, “To’rtko’l don maxsulotlari” MChJ, “To’rtko’l Asaka tekstil” MChJ, temir-beton buyumlari zavodlari, aholiga pullik va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari, bosmaxona va boshka korxonalar mavjud.

Paxtachilikdan tashqari g’allachilik, chorvachilik, ipakchilik, bog’dorchilik, sabzavot va polizchilik ham rivojlangan.