Temuriylar davri bayramlari

O’rta asrlarda davlatchilik rivoj topishi natijasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy voqealari, davlat rahbari (podshoh, shoh, xon, amir) hayotiga bog’liq bayram va marosimlar keng nishonlana boshlagan. Podshohning taxtga o’tirishi, bosqinchilardan vatanning ozod qilinishi yoki boshqa hududning bosib olinishi, shahzodalarning dunyoga kelishi, ularning sunnati va uylanishi kabi voqelar keng tantana qilingan. Bunday shodiyonalar xorazmshohlar (XI-XIII asrlar), temuriylar (XIV-XVI asrlar), shayboniylar (XVI asr) va Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari (XVIII-XIX asrlar) davrida katta tantana bilan o’tkazilgan. Bunday tantanalar keng xalq ommasi uchun ham uyushtirilib, ularda davlat rahbarlari o’zlarinig olijanobligi, saxiyligi va xalqparvarligini ko’rsatish barobarida o’zlarining kuch-qudrati, boyligini targ’ib qilgan.

Temuriylar, davrida iqtisodiy hayot, fan (astronomiya, matematika, mantiq, falsafa, tarix va fiqhshunoslik, ilmi aruz), adabiyot, san’at, me’morchilik, miniatyura, xattotlik ravnaq topib, an’ana, marosim va bayramlar yana ko’paydi.

“Amir Temur Movarounnahr va Xurosondagi elatlar, urug’lar, shahar va qishloq aholisi, o’troq va ko’chmanchilarni birdam qilish, markazlashgan davlatni mustahkamlashga qaratilgan har qanday ijtimoiy harakat, san’at, marosim, urf-odatni qo’llab-quvvatlagan. Xalq ruhini ko’taruvchi bayramlar, sayillar, to’y va tantanalarga ham yetarli e’tibor bergan”.

Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida Amir Temur hayotidagi ko’plab to’ylar haqida ma’lumotlar beradi. Bu to’ylarni 3 ga bo’lish mumkin:

  1. Temur hayoti bilan bog’liq to’ylar.
  2. Temur farzandlari va nevaralari hayoti bilan bog’liq marosimlar.
  3. Davlat va din ishlari bilan bog’liq bayramlar.

“Zafarnoma”da TEmur hayoti bilan bog’liq to’ylardan biri – uning Dilshod og’o bilan zifof (nikoh to’yi) haqida quyidagilar bayon etiladi: “Hazrat Alloh fayzi mundog’ voqi’ bo’lub tururkim, to’rt xotun olinglar, sohibqironi juvonbahtqa ul sahroyi dilkushoga mayl bo’ldikim, Dilshod og’oni olg’ay, to’y asbobiga hukm qildi: Bayt:

Buyurdi o’shul yerda ul shahriyor,
Ki qilgaylar asbobi to’y oshkor

Hazrat davlatidin xossu om – barcha shodkom va ayshu ishrat bila mashg’ul bo’ldilar. Va ishrat asbobidin nakim xayolda kechar edi, barchasi muhayyo va tayyor edi. Va har sorikim, ko’rar erding bir guli toza bahordek, elikida oltin payola to’la sharobi arg’uvonidin olib tutar edi. Va har tarafkim, quloq solur erding, bir tarafi o’lturub, surud sadosin olam ichra solib, yaxshi uni bilan aytur ashula. Bayt:

Ki sohibqiron shod bo’lsun mudom
Mamoliki xushu davlati mustadom”.

“Zafarnoma”da Sohibqironning Jeta (Mo’g’uliston) xoniHizr Xojaning qiziga uylanishi va shahzoda Iskandarga Bekisi Sultonni olib berganida uch oylik to’y bo’lgani haqida quyidagilar yozilgan: “Va hazrati oliy to’y tartibiga ishorat (qildi). Shahzodalar va beklar barcha yarog’larini shahardan chaqirib, xayma va xirgoh va saropardalar tikti. Chodirlar va oq uylar barcha zarboft kumoshlardin erdi. Bas, shodmonlik dasturxonini tortib, komronlik shirasini torttilar. Ud va anbar kuydirib, dimog’lari muattar bo’lar erdi. Va la’ldek bodlar va oltun, kumush sarohiylar terib, mug’anniylar nag’malar taib, sozandalar soz chalib, “Xushbod va unshod!” uni falak uzra chiqti. Komkor shahzodalar bilan nomdor salotinlar va oliymiqdor buzruklar, akobiru ashrofkim, har soridin kelib edilar, har kishi o’z yeriga o’ltirdi. Va yasavullar egar, yugani oltun otlarga minib, eliklariga oltundir gurzilar olib, yasavulluq qilur erdilar. Va sohibqironning haramlarikim, har biri bir Bilkisi zamon erdi, boshlariga murassal tagoqlar va oltun bila tikkon to’nlar kiyib, xurshiddek taxtlari ustida o’ltirur erdilar. Va oydek qizlari va xizmatkorlar xizmatda turib erdilar. Va jonparvar suvchilar va xonadonlar barcha ishlariga mashg’ul bo’ldilar. Bu tariq bila uch oygacha ayshu ishrat qildi…”

Amir Temur shahzodalarga kelin tanlash va ularni katta to’y qilib uylantirishga alohida e’tibor bergan: “Bu to’ydin g’araz bu erdikim, shahzodalarni kadxudo qilgan. Sohibqironning muborak xotiridan kechdikim, amirzoda Ulug’bek va amirzoda Ibrohim Sulton va amirzoda Ijal ibn shahzoda Mironshoh va shahzoda Umarshayx farzandlaridin amirzoda Ahmad va Said Ahmad va Boyqaro har biriga bir qiz bergaylar. Muqarrar bo’lgondin so’ng sadotu qazot va ulomo jam’ bo’lub, Shayx Shamsiddin Muhammad Jazariy xutba o’qib, nikoh qildi. Va qoziyo’l quzzoti Samarqand Mavlono Jaloliddin ijobu qabul amriga qiyom qildi va shahzodalarni hanafiy mazhabida iqd bog’lardilar. Va olam eli tillarini muborakbodqa ochtilar. Bayt:

Diram ancha sochtilar anda ayon,
Ki bo’ldi havo abri gavharfishon.

Sohibqiron davlatidin barcha faqiru miskin g’aniy bo’ldi va hazrat davlatul saodat saodat bilan taxt ustida chiqib, majlisni orosatda qildilar. Va xonimlar va og’alar (kelinlari) barcha o’zlarini yasab, yuz hashamat va noz bila o’ltirdilar. Shahzodalar va beklar har biri o’z yerida o’ltirur. Va elchilarkim, yetti iqlimning (to’rt tarafidin) kelib erdilar, 12 poyaning ko’lankasida o’lturdilar…

Bod ava qimiz va bol va musallas va araq va (sharbai muadda) barcha tayyor qilib erdilar. Shahzodalar navbat bilan ayog’ tutib icha boshladilar. Taomdin turluk-turlik oshlar tortdilarkim, til aning sharhida ojiz turur.. Elkim, tashqarida erdilar, alar uchun shiralar va taomlar muhayyo qildilar. Va “Xushobod nushbod!” uni olam ichida tushti. Yaxshi unluq mug’anniylar un tortib, g’azal naqsh aytur erdilar. Va turku, mug’ulu, xitoyu, arabu, ajamdin har kim o’z rasmi bilan nima aytur erdi.

Ul jumladin Xojo Abdulqodirkim, benaziri olam erdi, qubuz va yatug’on va udni shodliq mizrobi bila chala boshladi. Ul suhbatda har shoh va shahzodaga va beklarga to’nlar kiydurdilar. Va toji murassa’ va oltun kamar berdilar. Va har zamon ancha oltun tang ava kumush tangadin ancha sochar erdilar, xazon mavsimida yag’ochdin yafroq to’kulgandek.

Shahzodalarkim, damod erdilar, har biri o’z manziliga yurub, ma’shuqning visoliga Musharraf bo’ldilar (Ul sururu huzur oxirinda farmon bo’ldikim, “Har kishi o’lturg’on yerida istagon nimani o’zi birla olsun va anga moni’liq bo’lmasun!”).

Tonglasi sohibqiron shahzodalarning evlariga borib, sochiqlar sochtilar. Beklar taqi sochiqlar kelturdi.

Elchilarkim, har tarafdan kelib erdilar, barchaga zarboft to’nlar qildilar, kamarlar berdi. Va ikki oygacha to’y bahonasi bila ayshu ishrat qildilar”.

Amir Temur shahzodalarga kelin tanlash va ularni katta to’y qilib uylantirishga alohida e’tibor bergan: “Bu to’ydan g’araz bu erdikim, shahzodalarni kadxudo qilgan. Sohibqironning muborak xotiridin kechdikim, amirzoda Ulug’bek va amirzoda Ibrohim Sulton va amirzoda Ijal ibn shahzoda Mironshoh va shahzoda Umarshayx farzandlaridin amirzoda Ahmad va Said Ahmad va Boyqaro har biriga bir qiz bergaylar. Muqarra bo’lgondin so’ng sadotu qazot va ulomo jam’ bo’lub, Shayx Shamsiddin Muhammad Jazariy xutba o’qib, nikoh qildi. Va qoziyo’l quzzoti Samarqand Mavlono Jaloliddin ijobu qabul amriga qiyom qildi va shahzodalarni hanafiy mazhabida iqd bog’ladilar. Va olam eli tillarini muborakbodqa ochtilar. Bayt:

Diram ancha sochtilar anda ayon,
Ki bo’ldi havo abri gavharfishon.

Sohibqiron davlatidin barcha faqiru miskin g’aniy bo’ldi va hazrat davlatul saodat bilan taxt ustida chiqib, majlisni orosatda qildilar. Va xonimlar va og’alar (va kelinlari) barcha o’zlarini yasab, yuz hashamat van oz bila o’ltirdilar. Shahzodalar va beklar har biri yuz yerida o’lturur. Va elchilarkim, yetti iqlimning (to’rt tarafidin) kelib erdilar, 12 poyaning ko’lankasida o’lturdilar…

Boda va qimiz va bol va musallas va araq va (sharbai muadda) barcha tayyor qilib erdilar. Shahzodalar navbat bilan ayog’ tutib icha boshladilar. Taomdin turluk-turluk oshlar tortdilarkim, til aning sharhida ojiz turur. Elkim, tashqarida erdilar, alar uchun shiralar va taomlar muhayyo qildilar. Va “Xushobod nushbod!” uni olam ichida tushdi. Yaxshi unluq mug’anniylar un tortib, g’azal naqsh aytur erdilar. Va turku, mug’ulu, xitoyu, arabu, ajamdin har kim o’z rasmi bilan nima aytur erdi.

Ul jumladin Xojo Abdulqodirkim, benaziri olam erdi, qubuz va yatag’on va udni shodliq mizrobi bila chala boshladi. Ul suhbatda har shoh va shahzodaga va beklarga to’nlar kiydurdilar. Va toji murassa’ va oltun kamar berdilar. Va har zamon ancha oltun tanga va kumush tangadin ancha sochar erdilar, hazon mavsimida yag’ochdin yafroq to’kulgandek.

Shahzodalarkim, damod erdilar, har biri o’z manziliga yurub, ma’shuqning visoliga musharraf bo’ldilar (Ul sururu huzur oxirinda farmon bo’ldikim, “Har kishi o’lturg’on yerida istaggon nima o’zi birida olsun va anga moni’luq bo’lmasun!”).

Tonglasi sohibqiron shahzodalarning evlariga borib, sochiqlar sochtilar. Beklar taqi sochiqlar kelturdi.

Elchilarkim, har tarafdan kelib erdilar, barchaga zarboft to’nlar qildilar, kamarlar berdi. Va ikki oygacha to’y bahonasi bila ayshu ishrat qildilar”.

“Zafarnoma”da Shahzoda Jahongir Xonzoda xonim bilan ziffof (tantanali nikoh to’yi) haqida quyidagilar bayon etiladi: “Beklar to’y tartibiga mashg’ul bo’lub, ancha chodir va shomiyona va oq uy tikdilarkim, falakning yulduzlaridin ko’brak. Va xossa uchun biro q uy ko’k kibi tikdilarki, ichida tashi la’lu javhar bilan murassa’ erdi. Moh yuzluq soqiylarning karashmalari achichiq chog’irning nash’asi bilan bir bo’lub, oshiqlarning aqlu xushlarini talab eltur erdilar. Va mutriblarning nag’malari navo ohangi bilan oshiqlarni behush etar erdilar. Ulamoi fuzalo soatda ul hazratning majlisida shar’i mutarraha yo’suni bilan ul oyni shahzoda bilan aqd bog’ladilar. Va har soridin “Muborakbod” deb, duoyu sano unini ko’kka yetkuzdilar. Bas, anjumani xusraviy xilvat eviga kirdi va olam qaro burunchak boshiga bordi. Nazm:

Dema kechakim, ul shabi qadr edi,
Bari yulduzu har biri badr edi.
Saodatparvar erdi ul dam spehr
Yurur erdi mah xizmatida ba mehr”.

Sharafuddin Ali Yazdiy Temurning o’g’illari va nabiralarining Samarqandda bo’lib o’tgan bir to’yi marosimini ham g’oyat nozik did va ustalik bilan tasvirlaydi.

Bayram tusini olgan bu to’yda mashhur san’atkor Xo’ja Abduqodir boshchiligida turkcha, forscha, mo’g’ulcha, xitoycha, arabcha qo’shiq va raqslar ijro etilgan.. Muallif to’y bazmini hayajon bilan ta’riflab, mehmonlar oldiga oltin va kumush suvi yugurtirilgan idishlarda turli taomlar tortilganini, sharob va musallaslar ko’p qo’yilganini yozadi. Bu to’y ham 2 oy davom etgan. Bunday to’yni, – deb yozadi muallif, – hatto Afrosiyob hamda Faridun zamonasida ham hech kim ko’rmagan va eshitmagan. Shu to’ydan so’ng Temur farmon e’lon qilib, mamlakatni barcha joyida sharob ichishni taqiqlaydi. Chunki sharob odamlarni ishdan qoldirib, har xil buzg’unchiliklarni, g’araz niyatlarni keltirib chiqaradi..

Sohibqiron Turkiyaning Mingko’l dashtida ekanligida o’g’li Shohruhdan yangi shahzoda tug’ilganini eshitib, shu voqeaga bag’ishlab, u yerda to’y bergan. Beklar sohibqironni shahzoda bilan muborakbod qilishganidan so’ng u to’y tantalarini o’tkazishga hukm qildikim, “Har nekim kerak bo’lsa, muhayyo qilsunlar!. Saropardalar bila borgohlar tikturib, to’yga mashg’ul bo’ldilar”.

Sohibqironning o’z faoliyatida a’yonlari bilan kengash qilish, qurultoy o’tkazishga alohida e’tibor bergan. Amir Temur harbiy yurishni boshlashdan oldin albatta qurultoy o’tkazgan. Kengashdan so’ng qurultoy chinakam bayramga aylanib ketgan. “Zafarnoma”da shunday qurultoylardan biri haqida bunday deyiladi: “Qish kelg’onda, avvalo bahordakim: olam gulu rayhondan bihishtbarindek muzayyan va orosta bo’ldi, sohibqiron komkor qurultoyga farmon qildi. She’r:

Chu qish ketti va keldi fasli bahor.
Qurultoyga hukm etti ul shahriyor.
Yig’ildi bari beku shahzodalar.
Ulug’din kichik miru mirzodalar
Ulug’ to’y tortti shahi boxirad
Yig’ildi o’shul yerda ham neku bad.
Chu to’y o’ldi axir shahi neknom,
Kengashti o’shul yerda bo xossu omm.

Sohibqiron komkor qurultoy qilib,, to’y tortkondin so’ng barcha beklarga inoyatlar qildi”.

Sohibqiron o’z saltanati hududidagi mamlakatlarni avlodlariga bo’lib berganida albatta hosil to’yi marosimini o’tkazgan. Bu haqda “Zafarnoma”da shunday yoziladi: “To’y asbobig’a mashg’ul bo’lsunlar!” Ulug’ to’y etib, ushbu hududni amirzoda Umarg’a berdi va nishon berib, ol tamg’a bosti… barchaga xil’atlar berib va oltun kamarlar in’om qilib, barchani shahzoda Umarg’a mulozim qildi. Va shahzoda Alatog’ning yaylog’i sori muvajjid bo’ldi.

Amir Temur diniy bayramlarni o’tkazishga alohida e’tibor bergan. Bu xususda ham “Zafarnoma”da ko’pgina ma’lumotlar mavjud. Masalan: “Shanba kunikim, iyd erdi (12.04.1404), namoz o’qub, Mavlono Nizomuddin Shibliykim, ulomolar ichida mashhur erdi, xutba o’qudi. Va namozdan so’ng suhbatlar tutib, iyd qildilar, dahvatlar tortib, majlisdagi fozillarga inoyat qildi”.

“Amir Sohibqiron Hamadon viloyatiga yetib, (798 yil) ramazon oyini (1396 yil, 6-8 iyun) u joyda o’tkazdi. Iyd namozni o’qish vazifasiyu ibodat marosimini ado etdi. Iyd bayramini o’tkazishni buyurdi”.

Amir Temur xudoyi qilish, qurbonlik, xotirlash marosimlarini o’tkazishga ham alohida e’tibor bergan. “Zafarnoma”da bu xususda bunday yozadi: “Ramazon oyi bo’lg’onda (13.03.1404) shahzodai sa’id Muhammad Sultonning favtidin bir yil o’tub erdi, aning uchun hukm bo’ldikim “Qo’ylar va otlar o’ldurub, osh-suv qilsunlar!”. Sodot va ashrof va ulamo har kishiga o’z yeriga qaror topib, osh torttilar. Va oshdin so’ng xush unluq hofizlar Qur’on tilovatiga mashg’ul bo’ldilar. Va duo va takbirdin so’ng fuqaro va masokinga ko’b sadaqalar berdilar”.

G’alaba to’g’lari. Sohibqiron Amir Temur har bir jangdagi g’alabasidan so’ng to’g’ berib, g’olib jangchilarga izzt-hurmat ko’rsatgan. Ularni siylab, amirlariga qimmatli kiyimlar, javohirlar bilan bezatilgan kamarlar in’om qilgan. Masalan, Shayx Ibrohim safarda jonbozlik va mardonalik ko’rsatganligi uchun unga atab katta to’g’ berilgan va qimmatbaho sovg’alar tortiq qilingan.

Amir Temurning uch, besh va yetti yillik safarlaridan keyin o’tkazilgan zafar tantanalari temuriylar davrida nishonlangan eng katta shodiynalar hisoblanadi.

Amir Temur 1404 yil sentabr oyi boshida Samarqanddan tashqaridagi sayilgohda o’zining zafar tantanalaridan birini o’tkazgan. Buning uchun sayilgohda ko’plab chodirlar o’rnatilib, 104 ta ko’shk, sozanda va xonandalar uchun esa maxsus supa-sahnalar qurilgan. Hunarmandlar o’z kasb-mahoratini namoyish qilishi uchun ko’plab rastalar barpo etilgan. Ko’shklarda supa-sahnalarda tomoshalar ko’rsatilgn. Bir tomonda dor o’yini, bir tomonda kurash bo’lgan. San’atkorlar shahanshoh, saroy ahli oldidan o’z san’atlarini namoyish qilib o’tishgan. Bu namoyishlarda yuzlab niqob kiygan kishilar qatnashgn. Sharafiddin Ali Yazdiy ta’riflashicha, namoyishda fil, qo’y, tuya, sirtlon, qoplon, tulki, bo’ri qiyofasiga kirib ishtirok etgan kishilar o’zi tanlagan timsolning xatti-harakatlarini mahorat bilan ko’rsatshga harakat qilgan. Chunonchi qassoblar echki va qo’ylar hatti-harakatni, charmgarlar tulki, sirtlon, qoplon va arslonlar xatti-harakatini bajarishgan. Ayniqsa, qatorlashib so’z aytib, kuylab, o’ynab o’tgan “tillo shoxli echkilar” tomoshabinlarni behad xushnud etgan. Umuman, barcha kasb egalari o’z hunarlarini namoyish etish bilan to’yga shodiyona ruh bag’ishlashga intilgan.

Amir Temur Samarqandda Ko’ksaroy, Bibixonim masjidini, Shohizinda mavzeini, Samarqand atrofida Bog’i Chinor, Bog’i Shamol, Bog’i Dilkusho, Bog’i Behisht, Bog’i Nav kabi va saroylarni qurdirgan va bu joylar to’y, marosim, sayil, bayramlar o’tkazish uchun qulay manzillarga aylantirilgan.

Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Bobur kabi temuriyzodalar ham tarixda yorqin iz qoldirishgan. Ularning to’y-tomosha va bayramlar tashkil qilish bo’yicha tajribalari ham diqqatga sazovordir. Mirzo Ulug’bek davrida Navro’z sevimli bayram bo’lganligini shoir Sakkokiy o’z qasidasida bayon etgan. Uning Ulug’bekka bag’ishlab yozgan qasidasining Navro’zga oid bobida quyidagi misralar bor:

Guliston ahlina bu kun erur ham iydu Navro’z,
Ular gul sochdilar, man ham keturdim xush bu holvoni…

Husayn Boyqaro bayramlar, to’ylar, tomoshalar, o’yinlarni juda xush ko’rgani o’sha zamon muarrixlari kitoblarida bayon etilgan. U xalq bayramlari uchun maxsus sayilgoh, o’yingoh, tomoshagohlar ham barpo ettirib, u yerda turli bayram-tomoshalar uyushtirib, ularda o’zi ham ishtirok etgan. Alisher Navoiy o’z ijodida ham, amaliy faoliyatida ham, xalq bayramlari va sayillariga katta ahamiyat bergan. Jumladan uning:

Har tunung qadr o’lubon, har kunung o’lsin Navro’z!”

Degan misralari barchaga ma’lum.

Bu g’azalda Navro’z shunday ta’riflanadi:

Ey yuzung bog’i nasimida havoi Navro’z,
Na’l tojing bo’lib ul bog’da bo’stonavoz
Zulfu ruxsor ila komimga meni yetkursang,
Har tunung qadr o’lubon, har kuning o’lsin Navro’z.

“Saddi Iskandariy” dostonida Navro’zning bayram qilinishi haqida quyidagi misralarni o’qiymiz:

Ki bu surur erur olam afruz ham,
Xususan erur fasli Navro’z ham, -

“Hazoyinul-maoniy” asarida esa Navoiy Navro’zdagi tun-kun tengligini bunday ta’riflaydi:

Vasli aro, ko’rdum, teng emish bo’yi-yu sochi.
Tun-kun teng ekan, zohir o’lur bo’ldi chu navro’z.

Uning “Badoye’ul bidoya” devonida quyidagi misralar bor:

Muvofiq kiydilar, bo’lmish magar Navro’z ila bayram,
Chaman sarvi yashil xil’at, mening sarvi ravonim ham.

Alisher Navoiy “Tarixi muluki ajam” asarida Navro’z va boshqa bayramlar tarixiga to’xtaladi. Navoiy ko’p asarlarida Navro’zga murojaat qiladi. Shu bois uni “Navro’z kuychisi” desak bo’ladi. Chunki u bayramga atab ajoyib baytlar bitgan.

Temur avlodidan bo’lgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ham to’y va bayramlar, ayniqsa, Qovun saylini o’tkazishga alohida e’tibor bergan..

Boburning bolaligidan Qovun sayliga ishtiyoqi baland bo’lgani haqida quyidagi afsona mavjud: “Kunlardan bir kuni podsho Umarshayx o’z saroyida a’yonlari va mashhur kishilar bilan suhbatlashib o’tirar edi. Birdan bo’g’otga kabutar kelib qo’nadi. U o’ymakor naqshlar bilan bezatilgan xariga tushib, “g’urq-g’urq” deb ovoz chiqardi. Umarshayx o’z a’yonlaridan “Kabutar nima demoqda”, – deb so’radi. Uzoq davom etgan osoyishtalikdan so’ng mol-dunyo ilinjida qonli urushni qo’msab qolgan a’yonlar: “Hazrati oliylari! Kabutar qilichlarni yalang’ochlab, yurish qilishga chorlamoqda”, javob qaytarishdi.

Shu paytgacha sukut saqlab o’tirgan yosh shahzoda Bobur ohista javob berdi: “Yo’q, kabutar urushga chorlamayapti. Bu bilan bizni mo’ysafid bobomiz qovun sayliga taklif etmoqda”. Shoh Umarshayx kabutarni tutish va huzuriga olib kelishni buyurdi. Kabutarni tutib olishganida uning oyog’ida xat bitilgan mis xalqa borligi ma’lum bo’ldi. Xatda shunday so’zlar yozilgan edi: “Oliy hazrat! Qovun pishdi. Tashrif buyurishingizni so’raymiz”.

Davlatpanoh Umarshayx o’z o’g’lining tiyrakligiga qoyil qoldi va so’radi: “Mirzo, bizga ayting-chi, kabutar xat olib kelganligini qanday bildingiz?”. “Padari buzrukvor, – dedi Bobur, – siz kabutarga diqqat bilan qaramadingiz. Bu kabutar o’tgan yili ham xuddi shunday uchib kelib, xursandchilik xabarini yetkazgan edi. Men, sodiq qulingiz, uni o’ng qanotidagi qora dog’idan tanib qoldim”.

Podsho Umarshayx o’z o’g’lining ziyrak bo’lib o’sayotganligidan ko’nglida g’urur tuyib, vazirlariga: “Qilichni qinidan chiqarib chopishni emas, fikr yuritishni o’rganish kerak. Ey, mulozimlar, barchaga ma’lum qiling. Qovun sayliga borishga tayyorlanishsin”- dedi.

Bobur bahorda Gul sayillar, yozda sayohat, Suv sayli, kuzda Qovun sayli, Uzum sayli, Xazonrezgi, qishda – ov, gap-gashtaklarda qatnashishni juda yaxshi ko’rgan. U Afg’oniston, Hindistonda bo’lgan chog’larida vatanidagi odatlar, marosimlar, bayramlarni u yerlarda ham tashkil qilishga harakat qilgan.

Tarixiy manbalarda Bobur uyushtirgan to’ylar to’g’risida ham ma’lumotlar mavjud. Masalan, musavvirlar Boburning o’g’li Humoyunga bag’ishlangan to’yini aks ettiruvchi miniatyura chizib qoldirishgan. “Boburnoma”da ham bu to’y to’g’risida quyidagicha yozilgan: “Kobulning arkida Humoyunning valodatidin besh-olti kundin so’ng Chorboqda, Humoyunning valodat to’yi bo’ldi. Bek va begot ulug’-kichik sochiq kelturdila, qalin oq tanga o’quldi, ondin burun oncha qalin oq yormoqni bir yerda ko’rilmaydur edi, xeyli yaxshi to’y bo’ldi”.

Navro’z Boburning sevimli bayramlaridan biri ekanligini uning ruboiylaridan ham bilsa bo’ladi:

Yangi oy yuzi bila ko’rub el shod bayramlar,
Manga yuzi qoshingdin ayru bayram oyida g’amlar.
Yuzi navro’zi vasli iydini Bobur g’animat tut,
Kim mundin yaxshi bo’lmas bo’lsa yuz navro’z bayramlar.

“Boburnoma”da Boburning Agrada (1528 yil) Navro’z bayramini katta tantana bilan nishonlagani ma’lum qilingan. U bu bilan u ajdodlar an’analarini dunyoga yoyishga o’z hissasini qo’shgan.