Tarixiy asarlar

“Abdullanoma”, “Sharafnomai shohiy” — Movarounnahrning 16-a.dagi tarixiga bag’ishlangan tarixiy asar. Hofiz tanish Buxoriy tomonidan 1584 — 90 y.lar oralig’ida fors tilida yozilgan. Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon 11ga bag’ishlanib, “sharafnomai sho-hiy” va qisqartirilgan ayrim nusxalari “Zafarnomai Abdullaxon” nomlari b-n ham ataladi. “A”. nazm aralash kofiyalangan Nasr b-n yozilgan. “A.”muqaddima, ikki maqola (qism) va xotimalardan iborat. Ammo asarning oxirgi qismi yozib tugatilgani ma’lum emas. Asar muqaddimasida Abdullaxonning hokimiyatga kelguniga qadar Movarounnahrda yuz bergan siyosiy voqealar — Chingizxonning istilosi va mo’g’ullar hukmronligi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlati (1428 — 68)ning barpo bo’lishi, Shayboniyxon (1451 — 1510)ning Xurosonga yurishlari, Shayboniylar b-n Zahiriddin bobur o’rtasidagi harbiy to’knashuvlar hamda Abdullaxonning nasli va nasabi to’g’risida hikoya qilinadi. “A.”ning asosiy qismida Shayboniyxondan so’ng Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat, uning bir qancha mayda hokimliklarga bo’linib ketishi, Abdullaxonning Markaziy hokimiyatni mustahkamlash va mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirishga qaratilgan harakatlari, uning Dashti Qipchoq va Xurosonga yurishlari, 16-a.ning 80 — 90-y.larida Buxoro, Xorazm va Badaxshondagi siyosiy vaziyat hamda Xorazm b-n Badaxshonning Buxoro xonligiga qo’shib olinishi kabi tarixiy voqealar bayon etiladi. Asarda 16-a.da Movarounnahr b-n Turkiya, Hindiston va Eron o’rtasidagi munosabatlarga hamda Rossiya b-n savdo aloqalariga oid ma’lumotlar bor. Unda 16-a.da Buxoro xonligi qo’shinlarining tuzilishi, harbiy taktikasi, qurol-yarog’lari hamda Movarounnahrda, shu jumladan Buxoroda qurilgan me’morchilik obidalari va suv inshootlari to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. “A.”da Movarounnahr xalqlarining etnik tarkibi, jumladan qang’li, hipchoq, qorliq, xalaj, og’ajiri, uryonqit, Qo’ng’irot, orlot, uyg’ur, Sulduz, Bayovut, Do’rmon va b. qavmlarning kelib chiqishi va ularning urf-odatlari to’g’risida ma’lumotlar bor. “A.”ni yozishda Xofiz tanish Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Rashiduddinning “Jome at-tavorix”, Juvayniynnj “tarixi jahon kushoy”, Mirxondning “Ravzat US-safo”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Muqaddimai Zafarnoma», Koshifiyning “Rashahot Ayn al-hayot», Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy” va b. tarixiy asarlardan foydalangan bo’lsada, ammo asarning asosiy qismi 16-a.da sodir bo’lgan ko’pgina tarixiy voqealarni o’z ko’zi b-n ko’rgan shohidlardan to’plangan materiallar asosida yozilgan. Bu asar Movarounnahr xalqlarining 16-a.dagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o’rganishda birinchi darajali manbalardan hisoblanadi. “A.”ni 1942 — 51 y.larda o’zbek sharqshunos olimi S. MirZaev (1885 — 1961) o’zbek tiliga tarjima qildi. B. Ahmedov uni to’ddirib va tuzatib qayta nashr etdi (1999-2000).