Suv omborlari

Abdullaxon bandi – 16-a ning 80-y.larida Buxoro hukmdori Abdullaxon II qurdirgan qad. suv ombori. Bu inshoot qoldiqlari Nurota tumani markazidan 65 km Sharqda, eski Okchob qishlog’i yaqinidagi Beklarsoy darasida hozirgacha saqlangan. 1957 — 62 y.larda O’zbekiston FA Tarix va arxeologiya in-ti olimlari tomonidan o’rganilgan. A.b.ning to’goni slanes toshlardan kurilib, tosh palaxsalari suvga chidamli maxsus ganch korishmasi — qir b-n biriktirilgan. To’g’onning uz. asosida 73 m, yuqorisida 85 m, bal. 14,5 m. Bunda suv bosimi hamda uning ag’daruvchi kuchi hisobga olingan holda to’g’on asosining qalinligi 15,3 m, ustki qismi 4,5 m qilinib zinapoya shaklida qurilgan. To’g’on oldida hosil bo’lgan suv omborining uz. 1,5 km, eni 75 — 125 m. A.b. ga taxm. 1,2 mln. kubometr suv to’plangan. Inshootdan quyida joylashgan kamar, Oqchob, O’rganjiy, Ravot, Jilontamgali va Soykechar qishloqlari atrofi sug’orilib obod etilgan. 16-a.da ana shu qishloqlar hududida taxm. 1,2 ming ga er maydoni o’zlashtirilgan.