Shayboniylar

Abdullatifxon (7-1551, Samarqand) — shayboniylardan. Ko’chkunchixonning o’g’li. A. Ubaydullaxon va Baroqxon b-n birgalikda xorazmni egallagan (1537-38). 1541 y. Samarqandni Buxoro xonligidan mustaqil deb e’lon qilib mamlakatda ikki hokimiyatchilik vujudga kelishiga yo’l qo’ygan (1540-51); Baroqxon b-n birgalikda Karmanaga yurish qilgan. Ammo Karmana hokimi Abdulla Sulton (q. Abdullaxon II) bu hujumni qaytargan.

Abdullaxon II (to’lik ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek Sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534; Miyonkol, Ofarinkent qishlog’i — 1598.8.2, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) — o’zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining Shayboniylar sulolasidan chiqkan eng yirik hukmdori (1583-98), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek Sulton (vafoti 1528G’29) Karmana va Miyonkol hokimi (1512G’13 y.dan) bo’lgan. Otasi Iskandar Sulton o’g’li tug’ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. A. II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini Kanta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog’idan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navro’z Ahmadxon (Baroqxon) b-n Koson yonida (1548). Mo’g’uliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Do’stum sultonlar ko’shiniga karshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton o’zining hukmdor sifatidagi butun g’ayratshijoatini 1551 y. Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Navro’z Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar Sulton Amudaryo ortiga kochgan. Abdulla Sulton otasi vazifasini o’z zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552-56) o’z mulkini g’arbga — Buxoro tomonga va Jan.-Sharq — qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu sa’y-harakat dastlab vaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556 yili ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur bo’lgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Jo’ybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom ko’magida Navro’z Ahmadxon, keyinchalik uning o’g’illari Darveshxon va bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navro’z Ahmadxon vafot etgach (1556), darhol Karmana va Shahrisabzda o’z hukmronligini tiklaydi, 1557 y. mayda Buxoroni qo’lga kiritadi va uni o’z poytaxtiga aylantiradi. 1561 y. otasini davlat boshlig’i—xon deb e’lon qilib, uning nomidan mamlakatni o’zi boshqara boshlaydi. Markaziy xokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortgan Shayboniy sultonlar b-n kurashib Balx (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston (1583) va Farg’ona (1583) ni egallaydi. 1582 y. Dashtga yurish qilib Ulug’topga qadar borgan. 1583 y. otasi Iskandarxon vafot etgach, mamlakatni o’z nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga qarshi ko’tarilgan Maymana va Garchiston (1583), shuningdek Badaxshon (1585) dagi g’alayon, tartibsizliklarni bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish (1594 va 1596) qilib, u erda markaziy hokimiyat hukmronligi qayta tiklagan. A. II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yo’lida qo’shni xorijiy davlatlar b-n ham kurash olib borgan. Mas, Turkiya Movarounnahrda o’z ta’sirini kuchaytirish niyatida A. II ga qarshi kurashda bobo sultonga yordam bergan. Bobo Sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida A.II ga qarshi jang qilgan. A.II Safaviylar b-n Xuroson, Gilon uchun kurashib ularni o’z tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkend viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, shim. Afg’oniston va Xuroson uchun A.II ga qarshi kurashganlar. A.II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning Jan. chegaralarini mustahkamlagan. A.II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning Sharqiy qismigacha bo’lgan erlardan iborat edi. A.II hayotining so’nggi yillarida o’g’li Abdulmo’min (q. Abdulmo’minxon) b-n chiqishmay qolgan. Abdulmo’min 1582 y. kuzidan Balxni otasi nomidan boshqarayotgan edi. Iskandarxon davrida A.II haqiqiy, amaldagi hukmdor bo’lgani kabi, Abdulmo’min ham keksaygan otasiga nisbatan shunday mavqeni egallamoqchi bo’lgan. Faqat ulamolarning aralashuvi tufayligina ota-bola o’rtasida ochiq urush harakatlari boshlanmagan va Abdulmo’min otasiga bo’yin egishga majbur bo’lgan. Ular o’rtasidagi munosabatlar keskinlashganidan xabar topgan qozoq xonlaridan Tavakkalxon Toshkent viloyati va Toshkent—Samarqand oralig’idagi yerlarga bostirib kirib, unga qarshi yuborilgan qo’shinni enggan. Unga qarshi safarga otlangan A.II Samarqandga yetganda vafot etgan. A.II faol tashki siyosat olib borgan. Bu davrda Shayboniylar Eron, Hindiston, Turkiya, Xitoy, Rossiya va b. mamlakatlar b-n keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borganlar. Mas, A.II elchilari 1583 y. Moskvadan o’q dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595 y. larda ham qaytarilgan. A.II ning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa pul islohoti o’tkazish yo’lidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. U ko’plab turli inshootlar qurdirgan. Hozirgacha xalq orasida u yoki bu inshoot qurilishi Amir Temur yoki A.II ga nisbat beriladi. A.II davrida Buxoro yaqinidagi Sulton (Jo’ybor) mavzesida Jo’ybor xojalaridan Abu Bakr Sa’d (970/971 y. vafot etgan) mozori atrofiga madrasa, masjid, xonaqoh va chorbog’ (1558-66), Buxoroda madrasa (q. Abdullaxon madrasasi), hammom, Govkashon, Fatxulla qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, yangi Chorsu (1569-70), Tim (q.Abdullaxon TIMI), Karmana yaqinida zarafshon daryosi ustiga ko’prik (1582) va b. qurildi. Bunday inshootlar va karvonsaroylar Samarqand, Toshkent, Balx va b. shaharlarda ham qurilgan (mas, A.II ning nufuzli amiri Qulbobo Ko’kaldosh sharafiga Toshkentda qurilgan Ko’kaldosh madrasasi va b.). Karvon yo’llarida sardobalar, rabotlar, kanallar, suv omborlari (q. Abdullaxon bandi), ko’priklar (mas. Surxondaryoda xalq orasida Iskandar ko’prigi nomi b-n mashhur bo’lgan G’ishtko’prik va b.), chorbog’lar bunyod etilgan. A.II davrida mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan Hofiz Tanish Buxoripning Abdullanoma (“Sharafnomayi shohiy”) (1584-89), Amin Ahmad Roziyning “Haft iqlim» (1583), Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan “Tazkiroti shuaro» (taxm. 1593-95) va b. ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilingan. Unda mashhur xattotlar Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniylar va b. kitob ko’chirish b-n mashg’ul bo’lishgan. Hasanxoja Nisoriynit “Muzakkiri ahbob” asari A.II ga bag’ishlangan. Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom muammoiy, Muhammad Darvish Oxund, qozi Poyonda Zominiy, mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan Mavlono Abdulhakim va b. yashab ijod etgan. A.II ning o’zi ham iste’dodli shoir bo’lib, “Xon” taxallusi b-n o’zbek va fors tillarida she’rlar yozgan. Mamlakatda (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Balx va b.da) hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-ro’zg’or, zargarlik buyumlari, qurol-yarog’lar va b. tayyorlardilar. Movarounnahr ustalari tayyorlagan buyumlar ichki va tashqi bozorda juda xaridorgir bo’lgan. Harbiy san’at taraqqiy etgan. Qo’shin tarkibini nayza, qilich, manjaniq, naftandoz va shotular b-n qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilgan. 16-a. ikkinchi yarmidan qo’shin Turkiya va Rossiyadan keltirilgan pilta miltiq va zambaraklar b-n qurollana boshlagan.

Abdulmo’minxon (7-1599) -Shayboniylardan. Abdullaxon II ning o’g’li. Balx va Badaxshon hokimi (1582-98). Buxoroxoni (1598-1599). 1589 y. dan ota-bola munosabatlari keskin yomonlashadi. Chunki, Abdullaxon II Hirotni safaviylardan qaytarib olgach, uni o’z o’g’li qolib, Qulbobo Ko’kaldoshga in’om qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari — Qulbobo Ko’kaldosh, Dinmuhammad Sulton va b.ga yozma farmon jo’natib, A.ga itoat etmaslikni va hatto biror qulay fursatdan foydalanib uni jisman yo’q qilishni buyuradi. Shuningdek, u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qo’llab-quvvatlab, uni A.ga qarshi urushga undaydi. Bundan darg’azab bo’lgan. A. 1597 y. kuzida otasiga qarshi bosh ko’tarib, Balx va Badaxshon qo’shini b-n Amudaryo bo’yiga kelgan. Abdullaxon II ning qo’shini Nasaf (qarshi) atro-fida joylashgan. Abdullaxonga ko’makka viloyat hokimlari, mas: Axsi va Andijon hokimi O’zbek Sulton o’z qo’shinlarini yuborgan. Buxoro va Balx ulamolari aralashuvi b-n ota-bola o’rtasidagi nizoga barham berilgan. A. otasi vafot etgach, Buxoroga qaytib taxtni egallagan. U Eron safaviylari b-n Xuroson uchun kurashni davom ettirgan. A. mo’g’ullar vayron qilgan Balx qal’asini qayta qurdirgan, Balxdagi Xoja Abu Nasr Porso mozorida hashamatli ko’shk bunyod ettirgan.