Samarqand viloyati

Maydoni 16,8 ming km.kv. Aholisi 3 million 790 ming 900 kishidan ortiq (2019-yil 1-yanvar holati). Samarqand viloyatida 14 ta tuman, 11 ta shahar va 88 ta shaharcha mavjud.
Iqtisodiy ­geografik­ o‘rni­ va­ tabiiy­ boyliklari.  Bu viloyat O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan. Aholi soni hamda yalpi sanoat mahsuloti bo‘yicha Samarqand viloyati mamlakatimizda yetakchi o‘rinlardan birida turadi.Tabiiy geografik o‘rniga ko‘ra Zarafshon vodiysining o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi, uch tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari bilan o‘ralgan. Tog‘ tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini birmuncha to‘sadi. Yog‘in ko‘proq (250–800 mm) yog‘adi. Sho‘rxok maydonlar deyarli yo‘q. Bo‘z va o‘tloq-allyuvial tuproqli yerlar kattagina maydonni tashkil etadi.
Viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon­ daryosi suvni muz va qorlardan oladi. Shunga ko‘ra Zarafshon daryosi sug‘orishga ehtiyoj katta bo‘lgan yoz oylarida to‘lib oqadi. Suvdan yanada samarali foydalanishni ko‘zlab, daryoning o‘rta oqimida Kattaqo‘rg‘on suv ombori barpo etilgan.
Shu bilan birga Eski Anhor kanali orqali Zarafshon suvi (Darg‘om kanalidan) Qashqadaryo viloyatiga oqizilmoqda. Xullas, suvdan xo‘jalikda to‘la foydalanish bo‘yicha O‘rta Osiyoning bironta daryosi Zarafshonga tenglasha olmaydi. Uning 90 foiz suvi sug‘orishga sarflanadi. Adirlar qisman haydalgan, unga g‘alla ekiladi. Tog‘larda yog‘ingarchilik yetarliligidan o‘tloqlar ham ko‘p. Chorva yozda shu yerlarda boqiladi. O‘simliklarning o‘sish davri cho‘l bilan adirda bir vaqtga to‘g‘ri kelmasligidan qorako‘l qo‘ylarini yil bo‘yi yaylovda boqish mumkin. Viloyatning tabiiy sharoiti mevali daraxtlar o‘stirish uchun ham qulay. Bu yerda shirindan shakar gilos, o‘rik, shaftoli erta pishadi.
Viloyatda mineral boyliklar ham ko‘p. Bu yerda nodir­metallar, binokorlik­ materiallari (marmar, ohak, granit, mergel, grafit), mineralbo‘yoqlar,­asbest­konlari topilgan. Xullas, viloyatning yuksalishida uning tabiiy va iqtisodiy geografik o‘rnidagi qulayliklar qatori
tabiiy sharoiti va boyliklari ham talay imkoniyatlar yaratadi.
Aholisi. Viloyat aholisining 3/5 qismi qishloqda yashaydi. Butun aholi sonida mehnatga yaroqli kishilar salmog‘i mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan kam bo‘lsa-da, lekin ishchi kuchlari iqtisodiyotni yuksaltirish uchun keragicha topiladi. Tabiiy sharoit va xo‘jalik yuritishdagi tafovutlarga muvofiq aholi joylashuvida ham tafovut yaqqol ko‘zga tashlanadi. Inson faoliyati uchun eng qulay Zarafshon vodiysida aholi nihoyatda zich yashaydi. Bu yerlarda har bir kv. km ga 250 va undan ortiq kishi to‘g‘ri keladi. Adirlarda va tog‘larda har bir kv. km ga 15–20 kishi to‘g‘ri keladi.
Qishloq­ xo‘jaligining­ asosiy ­tarmoqlari:  donchilik, paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, qorako‘lchilik, ipakchilik. Sanoatning­ asosiy­ tarmoqlari: rangli metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik), yengil va oziq-ovqat.

Xo‘jaligi.­ Samarqand viloyati hududida aholi qadimdan obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Dehqonchilik bilan birga savdo va hunarmandchilik ham taraqqiy etgan.
Viloyatda sanoat yetakchilik qiladi. Og‘ir sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik va metallsozlik, kimyo tez rivojlanmoqda. Samarqand shahrida 1999-yilda yuk tashish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan 4 turdagi mashinalarni ishlab chiqaruvchi «SamKochavto» zavodi ish boshlagan edi. Hozirda mazkur zavod «SamAvto» deb ataladi.
Samarqanddagi «SamAvto»­ zavodida «Isuzu» rusumli mikroavtobuslar hamda yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda. Yengil sanoatning 50 ga yaqin korxonasi ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoati mahalliy xomashyolardan konserva va sharob, o‘simlik moyi, tamaki, sut va go‘sht, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Samarqand hududiy ishlab chiqarish majmuyida qishloq­ xo‘jalik alohida o‘rin tutadi. Dehqonchilik qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 75 foizini beradi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i bu rayonda ham paxtachilik va g‘allachilikdir. Boshqa texnik ekinlardan tamaki, kunjut, zig‘ir va safsar (maxsar) yetishtiriladi. Urgut tumani tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Bahorikor yerlarda bug‘doy va arpa ekiladi. Bog‘dorchilik va uzumchilik
tarmoqlari yuksak taraqqiy etgan. Shaharlar atrofidagi xo‘jaliklarda, aholining tomorqa yerlarida ko‘plab turli xil sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi.
Bu viloyatda mevali daraxtzorlar va tokzorlar ko‘p. Chorvachilik agrosanoat majmuyining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qoramollar soni jihatidan viloyat mamlakatda birinchi o‘rinni egallaydi, qorako‘lchilikda esa uchinchi o‘rinda turadi. Bu yerda qorako‘lchilikni rivojlantirish choralarini tadqiq etuvchi ilmiy tadqiqot instituti bor.
Transporti. Samarqand viloyati hududidan ikkita temiryo‘l o‘tadi. Toshkent–Turkmanboshi, Toshkent–Dushanbe temiryo‘lida, asosan, tranzit yuklar tashiladi. Viloyatda avtomobil yo‘llari ko‘p, ular orqali temiryo‘lga va bir viloyatdan boshqa viloyatga yuklar tashiladi. Havo transporti mamlakatning barcha yirik shaharlarini hamda xorijiy davlatlarni bog‘laydi. Quvur transporti va elektr uzatkich liniyalari ko‘p tarmoqli. Rossiyaga paxta tolasi, paxta moyi, ho‘l meva, uzum, mayiz va qorako‘l terilari yuboriladi. Mineral o‘g‘it, tamaki, choy, poyabzal, shoyi va boshqa iste’mol mollari barcha qo‘shni viloyatlarga va O‘rta Osiyo davlatlariga ham chiqariladi. Viloyat, asosan, yog‘och-taxta, g‘alla, shakar-qand, mashinalar, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari hamda keng iste’mol mollari oladi. Viloyatda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on sanoat tugunlari tarkib topgan.
Shaharlari. Samarqand Zarafshon daryosining o‘rta qismida joylashgan. Samarqand dunyodagi juda qadimiy shaharlardan hisoblanadi. Arxeologik izlanishlar natijasida shaharning yoshi 2750 da ekanligi aniqlangan. XIV-XV asrlarda Movarounnahrning ilmiy tafakkur markazi bo‘lgan. Geografik o‘rnining qulayligidan Samarqand o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning muhim savdo markazlaridan biriga aylandi. Hindiston, Eron va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan olib borilgan savdo aloqalari shaharning iqtisodiy hamda madaniy jihatdan yuksalishiga ta’sir ko‘rsatdi. O‘sha davrlardayoq zargarlik buyumlari, kulolchilik bo‘yoqlari, ipak va ip-gazlamalar ishlab chiqarish va kashtachilik yaxshi rivojlandi. Qog‘oz va duxobalar ishlab chiqarishni samarqandliklar bundan ming yil burun keng yo‘lga qo‘ygan edilar. 
Amir Temur va temuriylar davri (XV–XVII asrlar)da Samarqandda hashamatli machit, madrasa, maqbara va saroylar qurildi. Ular Hindiston, Misr, qadimgi Yunoniston va Rim me’morchiligining noyob yodgorliklari qatorida umumjahon ahamiyatiga egadir. O‘rta asr shoir va olimlari Samarqandni «sayqali ro‘yi zamin» deb ulug‘laganlar. 1924–1930-yillarda Samarqand shahri O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan. Hozirda ham Samarqand mamlakatning yirik sanoat tuguni, madaniyat markazlaridan biri sifatida ahamiyatlidir.
Samarqand bilan Jomboy, Juma va boshqa shaharchalar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan. Shahar qishloq xo‘jaligi rivojlangan hudud markazida joylashganidan unda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan ulkan korxonalar ko‘p. 1999-yilda Samarqanddan shimoldagi Chelak shahri yaqinida buyuk hadisshunos olim imom al-Buxoriyga bag‘ishlab me’moriy majmua barpo qilindi.
Samarqand mamlakat ilm-fanining yirik markazidir. Shaharda Samarqand davlat universiteti, Xalqaro turizm universiteti, tibbiyot, arxitektura-qurilish, chet tillar, iqtisodiyot va servis, veterinariya meditsinasi institutlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali faoliyat yuritmoqda. Shahar tarixi Rudakiy, Navoiy, Xo‘ja Ahror, Bobur, Jomiy, Ulug‘bek, Ahmad Donish, Abu Lays Samarqandiy singari olimlar,
yozuvchilar, mutafakkirlar nomlari bilan bog‘liq. Shahar xo‘jaligining yuksalishi bilan aholisi ham tez ko‘paymoqda.
Kattaqo‘rg‘on viloyatda Samarqanddan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan sanoat tuguni va madaniyat markazidir. Shahar yonidan Samarqand–Buxoro temiryo‘li o‘tadi. Shaharda Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash mashinasozligi zavodi, motor tuzatish, paxta va g‘isht zavodlari hamda mahalliy sanoat korxonalari bor. Moy eritish va go‘sht kombinatlari hamda yiliga 2 million jo‘ja ochiriladigan broyler fabrikasi oziqovqat sanoatining respublikadagi yirik korxonalari hisoblanadi. Moy eritish kombinati mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biridir. Sanoat korxonalarini katta IEM elektr energiya bilan ta’minlaydi.
Urgut  Sаmаrqаnddаn tахminаn 50 km jаnubi shаrqdа, Qаshqаdаryo vilоyati chеgаrаsidа jоylаshgаn shаhаr. Urgutdа bir nеchtа gilаm fаbrikаlаri, tаbаk-fеrmеnt vа shifеr zаvоdlаri fаоliyat yuritаdi. Sаmаrqаnd vilоyatining eng yirik shаrq bоzоri shu shаhаrdа jоylаshgаn.

Samarqandga borish uchun 10 ta sabab

1. Registon maydoni

 Samarqandga tashrif buyursangiz bu muazzam shaharning yuragi bo’lmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasaning ko’rki, salobatidan hayratga tushasiz. Unda XV–XVII asrlarning arxitektura ansambli joylashgan bo’lib, uning markazi Ulug`bek madrasasi (1417–1420), Sherdor madrasasi (1619–1936) va Tillakori madrasasi (1646–1660) hisoblanadi. Bosh maydonda joylashgan ushbu uch madrasa ansambli shahar arxitekturasi va me’morchilik san’atining noyob durdonalaridan namunadir. Bu uch bino o’zining qaytarilmas dekoriga ega-toshlarga o’yib tushirilgan naqshlar devorlarni bezab turadi. 2001-yilda ansambl YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan. Mustaqillik yillarida respublikamizda ko’plab me’moriy obidalar qayta tiklandi. Ayol qiyofasini tiklagan Registon me’moriy majmuasi, Markaziy majmuasi Osiyodagi ko’zga ko’ringan islomiy obidalar orasida o’zining ulug`vorligi bilan alohida ajralib turadi. Olis o’tmish qa’ridan yetib kelib, kelajakka yuzlanib turgan Registon tom ma’noda ro’yi sayqalning bebaho gavhariga aylangan.

2. Xoja Doniyor maqbarasi

 Xoja Doniyor maqbarasi Samarqanddagi eng mo`tabar va mashhur ziyoratgohlardan hisoblanadi. Doniyor, Daniil, Daniyel – musulmon, nasroniy va yahudiy adabiyotlaridagi aziz-avliyoning nomidir.  Rivoyatlarga ko’ra, Amir Temur o’zining (1397-1404 yillar) Kichik Osiyoga yetti yillik yurishi vaqtida Suza shahridagi avliyo Doniyorning tabarruk qo’nimgohidan bir qism xokini o’rnatilgan tartib-qoidalar talabini amalga oshirib, Samarqandga olib kelgan. Maqbarada dunyodagi eng uzun – 18 metrlik qabr mavjud. Maqbara binosi XX asr boshlarida qurilgan. Shunga qadar bu yerda Xoja Doniyorning qabri va masjid bo’lganligi haqidagi ma’lumotlar bor.

  3. Go’ri Amir maqbarasi

Go’ri Amir maqbarasi – Samarqand shahrining janubi-sharqiy qismida joylashgan bo’lib, u Temuriylar oilasi qabristoni hisoblanadi. Guri Amirning qurilishi 1403-yil Amir Temurning sevikli nabirasi, uning valiahdi Muhammad Sultonning bevaqt o’limi bilan bog`liq. Sevimli nabirasi uchun Amir Temur ushbu maqbarani qurishga farmon beradi. Keyinchalik bu maqbara temuriylarning oilaviy qabristoniga aylanadi. Bu yerda Amir Temur, uning o’g`illari Shohrux va Mironshoh, nabiralari Ulug`bek va Muhammad Sulton, temuriylardan Abdullo Mirzo va Abduraxmon Mirzo, shuningdek, sohibqironning ustozi Mir Sayid Baraka va Sayid Umar ismli  shayxlarning qabrlari joylashgan. Maqbara sakkiz burchakli gumbaz asosida barpo etilgan. Xozirgi zamon mutaxassislarini ham bir muncha o’ychanlik bilan fikrlashga undaydi. Maqbaraning ichki tomonigna tilla suvi yuritilgan. Bezaklarda ishlatilgan kompozitsiyada Qur’oni Karim oyatlari islomiy, Xandasaviy naqshlar hamda arabiy hattotlik san’atining kaligrafik naqshlari bilan bitilgan.

4. Shohizinda ansambli 

“Samarqand marvaridi” degan nomga sazovor bo’lgan Shohizinda ansambli nafaqat tarixiy-me’morchilik yodgorligi, balki, mashhur allomalar, avliyolar malikalar, lashkarboshilarning abadiy oromgohi hamdir. Bu yerdagi har bir maqbara faqat o’zigagina xos bezaklar bilan qoplangan bo’lishiga qaramay ularning barchasi yaxlit bir kompozitsiyani, tugal bir me’morchilik asarini tashkil etadi. Shohizindaning yana bir qimmatli tomoni shundaki, bu yerda Samarqandning qariyib uch ming yillik tarixi mujassamdir. Negaki, Shohizinda ansambli joylashgan maydon Afrosiyobning janubiy hududlariga kiradi, agarda bu yer qazib ko’rilsa eramizdan oldingi VI-I asrga oid arxeologik materiallar topiladi. Tarixchilarning aniqlashlaricha, Shohizinda ansamblining shakllanishi eramizning XII asrlaridan boshlangan.   Shohizinda so’zining ma’nosi “tirik shoh” bo’lib, qariyib ming yildan buyon bu nom xalq o’rtasida yashab kelmoqda. Musulmon tarixchilarining yozishlaricha, tirik shoh-Muhammad payg`ambarimizning amakivachchasi Qusam ibn Abbosga berilgan unvondir. Samarqandlik tarixchi Abul Hakimiyning yozishicha, Qusam ibn Abbos payg`ambarimizning muborak yuzlarini ko’rgan oxirgi kishidir. Musulmon tarixchilarining yozishlaricha, Qusam ibn Abbos VIII asrlarda arab lashkarlari tarkibida Samarqandga kelgan va bu yerda dini islomni targ`ib qilish bilan mashg`ul bo’lgan. Bir kuni Qusam ibn Abbos namoz ibodati bilan mashg`ul bo’lib turganida kofirlar hujumiga uchragan va uzilgan boshini qo’liga olib g`or orqali yerning tagiga tushib ketgan. 

  5. Bibixonim jome’ masjidi 

Bibixonim  jome’ masjidi (1399—1404) Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bog`liq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan. Masjidni qurgan usta va me’morlarning nomlari noma’lum. Masjid hovlisining sahni 63,8×76,0 m bo’lib, to’rt tomondan ravoq va peshtoqlar bilan o’ralgan. Uning umumiy sahni 167×109 m, burchaklarida baland minoralar bo’lgan. Zilzilalar ta’sirida asta-sekin yemirilib vayron bo’lgan, faqat shimoli-g`arbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. Poydevori harsang toshdan, devorlari pishiq g`ishtdan ishlangan (qalinligi 4,5 m).  

6. Siyob bozori

  Samarqandga kelgan mehmon, sayyoh borki, shahardagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish bilan birga, albatta, Sharqning o’ziga xos savdo majmuasi sifatida nom qozongan Siyob dehqon bozorida ham bo’ladi. Zero, xalqimiz turmush tarzi va savdo madaniyati, zaminimizda yetishtirilgan turli noz-ne’matlar haqida yorqin tasavvur uyg`otuvchi ushbu qadimiy bozor shuhrati butun dunyoga taralgan. Siyob bozori Samarqanddagi eng katta va qadimiy bozorlardan  biridir. Bozor 600 yillik tarixga ega. Siyob bozroi maydoni 7 gektarni tashkil qiladi.

  7. Samarqand oshi

  Osh-o’zbek milliy taomlari orasida eng mashhur taomlardan biri sanaladi. U barcha viloyatlarda turli xil tayyorlanadi. Samarqand oshi eng mashhur variantlardan biri hisoblanadi. Samarqandcha oshning guruchi avval tovoqqa (lagan) gumbaz qilib solinadi. Ustidan sabzi, eng tepasidan go’sht qo’yiladi. Shuning uchun oshni dasturxonga qo’yishganida, hozirgina tayyor bo’lgani darrov seziladi. Boshqa viloyatlarning oshi aralashtirilgani uchun, buni bilish biroz qiyin. Viloyatning ba’zi hududlarida esa tovoqning bir tomoniga guruch, ikkinchi tomoniga sabzi va go’shtni solishadi.  

8. Samarqand noni

  Darhaqiqat, Samarqand noni butun dunyo ahlini lol qoldirgan. Rivoyatlarda aytilishicha, bir podshoh samarqandlik novvoyni yurtiga chorlabdi. Tuz, suv va hatto, tandirni ham Samarqanddan opkeltirib, novvoyga non pishirishni buyuribdi, lekin non Samarqanddagidek chiqmagan ekan. Bu nonda ko’p sir-sinoat mujassam, deyishadi. Uni nafaqat boshqa mamlakatda, balki qo’shni viloyatlarimizda ham pishira olishmaydi. Buning sababi Samarqandning o’ziga xos iqlimidir.Ushbu nonning birgina to’g`ramini tatib ko’rish maqsadida butun dunyodan shaharga kelayotganlar bisyor. Samarqand noni shifobaxshligi, o’zgacha mazasi, bir burdasi ham to’yimli ekani bilan azaldan dovrug` qozonib kelmoqda.

9. Samarqand qog`ozi

  O’rta asrlarda Samarqandda qog`oz ishlab chiqarish nihoyatda yuksak darjada bo’lgan. Samarqand qog`ozlari pishiqligi, sifati va ko’zni toldirmas rangda bo’lgani sabab dunyodagi eng mashhur qog`oz sanalgan. Xuroson, Hindiston va Arab mamlakatlari bozorlarida Samarqand qog`oziga alohida talab va ehtiyoj bo’lgan. Ota yurti Samarqand ta’rifini keltirganida Bobur bu haqda faxr bilan shunday yozadi: “Olamda yaxshi kog`az Samarqanddin chiqar, Juvozi kog`azlar suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar”. “Boburnoma”dagi mana shu qisqacha ta’rif qog`oz vatani Xitoy mahsulotlaridan ham Samarqand qog`ozining mashhurligi va sifatining yuqoriligi sababi tegirmonga quyiladigan qora suv tufayli ekanini isbotlab bergan. Keyinchalik asrlar davomida to’xtab qolgan qog`oz ishlab chiqarish jarayoni, mustaqillikdan so’ng samarqandlik tadbirkorlar tomonidan yana yo’lga qo’yildi. 

10. Shayton tog`i 

Shayton tog`i Samarqanddan 40 kilometr narida joylashgan. Bu yerning toshli yerlarida daraxt o’smaydi. Bir necha ming yillik harsang toshlar turli hayvon, qushlar tasvirida bo’lib, ular shayton qiyofasidagi toshlar degan tasavvur uyg`otadi. Keksalarning aytishicha, bu yerda qachonlardir sehrgar, butparastlar yig`ilishib, qurbonlik qilishgan.