Qiziqarli faktlar va ajoyib ma'lumotlar

Sohibqiron Amir Temur Kuragon

Amir Temur 1336 yil, 8 aprelda (736 yil 25 Sha’bon) Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag’ay barlos qabilasiga mansub beklardan bo’lgan. “Mujmali Fasihiy” nomli asar muallifining bergan ma’lumotiga qaraganda, amir Tarag’ayning nasl-nasabi jahongir Chingizxonga borib taqaladi. Mazkur asar muallifi Fasih al-Xavofiy amir Tarag’ayning shajarasini quyidagicha bayon qiladi: amir Tarag’ay ibn Barkal ibn Ilangiz Ijik ibn Qorachor no’yon ibn Suku Sijon ibn Urumchi ibn Qochuli no’yon ibn Dutam Mengi Buqoy ibn Buzanjir ibn Alon Quva. “Jangnomayi Amir Temur Kuragon”da yozilishicha, onasi Buxoro fuzalolarining eng ulug’i – sadr-ul-shar’ia (shariat qonunlarini sharhlovchi)ning qizi Takina Moh begim bo’lgan.

Sharof Rashidov

Atoqli partiya va davlat arbobi Sharof Rashidov yozuvchi sifatida ham mashhurdir. U o’z xalqiga va adabiyotiga xolis xizmat qilishga intilib, yaxshi niyat bilan ijod etgan: turli janrlarda badiiy asarlar yaratgan.

счетчик посещений