Qonliko’l tumani

Qonliko’l tumani 7 dekabr 1970 yilda tashkil topgan bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy-g’arb tomonida joylashgan va shimol tarafidan Qo’ng’irot bilan, janubiy-sharq tomonida Xo’jayli, janub tomonidan Sho’manoy tumanlari bilan chegaradoshdir.

Tuman territoriyasi 0,744 ming.kv km-ni tashkil etadi. Tumanda 1 shaxarcha, 3 ta mahalla, 7 ta ovul fuqarolar yig’ini (Besko’pir, Arzimbetqum, Jayxun, Qonliko’l, Navro’z, Buston, Qosjap) bor. Markazi-Qonliko’l shaharchasi.

Tuman territoriyasidan Respublikada ahamiyatli Xo’jayli-Qo’ng’irot yo’nalishidagi temir-yo’l va avtomagistral yo’li o’tib turibdi.

Tuman markazi respublika poytaxti Nukus (90 km) va Qo’ng’irot (32 km) bilan yaxshi aloqada.

2017 yil 1 iyun holatiga Qonliko’l tumani aholisi soni 49,1 ming kishini tashkil etadi. Shundan 12,6 ming kishi shaharda, 36,5 ming kishi qishloqda yashaydi.

Tuman asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan bo’lib, asosan paxtachilik va g’allachilik yetishtirish bilan shug’ullanadi.