Qiziqarli faktlar

Hayot haqidagi qiziqarli 10 fakt: ular ba’zi qarashlaringizni o‘zgartiradi!

1.      Urush
Sivilizatsiyaning o‘tgan 3,000 yilidan bor-yo‘g‘i 200 yilida tinchlik hukm surgan. Chunki urush dunyo bo‘ylab shiddatli davom etgan, biz muntazam tarzda urushishga odatlanib qolgan edik. Tasavvur qilsangiz juda xavotirli ma’lumot va biz kelajak uchun buni o‘zgartirishni niyat qilishimiz mumkin.

2.      Ko‘zoynakning kelib chiqishi
Ko‘pchilik ko‘zoynaklarni ko‘zlarni quyoshdan himoya qilish uchun kashf qilingan deb o‘ylaydi, to‘g‘rimi? Biroq bu tasavvurringizni haqiqatiga o‘zgartiramiz. Xitoyliklar birinchi ko‘zoynakni sudyalar uchun yaratgan. Qora linzalar sud jarayoni, undagi tortishuvlar davomida hakamning emotsiyalarini bekitish uchun mo‘ljallangan edi. Qarang olisdagi ko‘zoynaklar bugunga qanday yetib keldi.

3.      Chegaralangan rang
Biz ko‘p narsada o‘zimizni ustun deb bilamiz chunki – insonmiz, biroq unday bo‘lmasligi ham mumkin. Bu yerda boshqa bir sabab bor. Bilasizmi tovuqlar bizdan ko‘ra qancha ko‘p ranglarni ko‘ra oladi. Faktlarda aslida kamalakda millionlab turli ranglar borligi aniqlangan, biroq biz ulardan bir qanchasinigina ko‘ra olamiz, xolos. Endi o‘zingizni qanchalik ustun his qilyapsiz? 

4.      Fazoga borish haqiqatda uzoqmi?
Biror kishi avtomabiliga o‘tirib, uni fazo tomon boshqardi va dvigatelni ishga tushirdi,  u bir soatda fazoni ichida bo‘ladi. Bu hazil emas, atmosferadan tashqariga chiqish haqiqatda uzoq emas. Bu ba’zi odamlarning ish joylariga boradigan masofadan ham qisqaroq.

5.     “Facebook” yodgorligi
Hayotda ba’zi narsalar g‘alati davom etadi. Masalan, olamdan o‘tgan ayrim kishilar Fasebook ro‘yhatida hali ham bor. Taxminan hisoblanganda agar qariyb 100 yil shunday davom etsa, u vafot etganlar uchun ulkan raqamli yodgorlikka aylanadi. Va u millionlab oila va do‘stlar tomonidan qurshab olinadi. Biroq buning yaxshi tomoni ham bor. Siz xohlagan paytingizda o‘sha kishiga yoqimli nomalar, sherlar yuborishingiz mumkin.

6.      Alfavit tartibi
Bir daqiqa o‘ylab va mantiqan javob berishga harakat qilingchi. Nima uchun alfavit o‘ziga xos tartibda? Haqiqat shuki, alfavit tartibi mutlaqo hech nimani bildirmaydi. Agar tartib o‘zgarganda unda qanaqadir natija bo‘lar edi. ( bu gaplarning noto‘g‘riligini isbotlangchi)  


7.      Soqiylik
Siz bir yil ichida qancha odam halok bo‘lishini bilmasangiz kerak, shundaymi? Ha, raqamlar sizni hayratga soladi. 12 oyning ichida 50 million atrofida odam vafot etadi. Ulardan biri ko‘chadan o‘tayotgan kimdir, yoqtirgan biror kishingiz yoki …siz bo‘lishingiz mumkin. Umrboqiylik hech kimga va’da berilmagan.

8.      G‘alati statistika
Bu g‘ayriodatiy lekin qiziq fakt. Siz balki lotareya yutishni xohlamassiz. Faktlarga qaraganda odamlar ko‘proq prezident bo‘lishni xohlaydi. Ya’ni statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, lotareya yutish boshqa narsalarga qaraganda imkonsiz narsaga yaqinroqdek ko‘rinadi.

9.      Fojia
Bilasizmi, har yili 2,500 chapaqaylar o‘ng-qo‘lli odamlar uchun mo‘ljallangan jihoz (asbob)lardan foydalanish natijasida vafot etadi.

10.  Po‘st tashlash
Yo‘q, biz ilon yoki boshqa sudralib yuruvchilar emasmiz, lekin biz ham terimizni tashlay olamiz. Inson hayoti davomida taxminan 40 funt (og‘irlik birligi) teri hujayralarini tashlaydi va har oy yangi teri uning o‘rnini qoplaydi. Tashqi tomondan siz yangi odam bo‘lasiz.