Qish bayramlari

Yer sharining shimoliy qismida yashovchi xalqlarining aksariyat bayramlari bevosita qish fasli bilan bog’liqdir. Chunonchi “Maslenitsa” – “Qishni kuzatish” (“Проводы зимы”) slavyan, jumladan rus xalqining eng katta bayramlaridan biri hisoblanadi.
O’rta Osiyda qish fasli shimol o’lkalariga qaraganda nisbatan qisqaroq kechadi. Shu boisdan bu hudud xalqlari orasida qish fasli bilan bog’liq marosimlar kamroq. Qish faslida o’lkamiz aholisi “Birinchi qor”, “Gap-gashtak”, “Sandal o’yinlari”, “Yaldo kechasi”, “Qishki chilla” (“Chilla kirdi”, “Kichik chilla”, “Chilla chiqdi”) kabi tadbirlar o’tkaziladi.
Albatta, qishda ham o’lkamizda o’yinlar o’tkazilgan. “Uloq” kech kuzdan to bahor o’rtalarigacha davom etgan. Qor yoqqanda “Qorbo’ron”; yomg’ir yoqqanda “Yomg’ir yog’aloq”; kuchli shamol esganda “Bo’ron-bo’ron” kabi o’yinlar o’ynalgan. Sovuq qishning uzun kechalarida bolalar sandal atrofida “Topishmoq top”, “Tez ayt”, “Kim aytdi”, “Oyog’ingni tort” kabilarni o’ynashgan.
Qishning birinchi bayrami “Birinchi qor” ilk bor qor yoqqanda boshlangan.