Qashqadaryo viloyati

Maydoni 28,6 ming km.kv. Aholisi 3 mln. 213 ming 100 kishidan ortiq (01.01.2019-yil). Qashqadaryo viloyatida 13 ta tuman, 12 ta shahar va 117 ta shaharcha.
Qashqadaryo viloyati mamlakat hududining 6,4  foizini  egallaydi. U yerda O‘zbеkiston aholisining 9,6 foizi ya  shaydi. Rеspublikamizdagi asosiy nеft va gaz konlari shu hududda joylashgan. Qashqadaryo yoqilg‘i sanoati yalpi mahsulot hajmi bo‘yicha mamlakatda 1-o‘rinda turadi. Shuningdеk, rеspublikada ishlab chiqariladigan elеktroenеrgiyaning 1/10 qismini, yеngil sanoat mahsulotlarining 7 foizdan ortig‘ini bеradi. Qulay tabiiy sharoiti tufayli ekin maydonlari katta. Viloyat jami ekin maydoni, xususan, g‘alla va paхta ekin maydonlari bo‘yicha rеspublikada birinchi o‘rinda turadi.
Iqtisodiy­ geografik ­o‘rni­ va­ tabiiy­ boyliklari. Bu viloyatda yillik o‘rtacha harorat O‘zbekistonning boshqa joylaridagidan birmuncha yuqori. Viloyatda 1 mln gektarga yaqin sug‘orishga yaroqli yer bor, biroq suv  tanqis. Hatto suvdan eng samarali foydalanilganda ham ko‘p yerlarga suv yetib bormaydi. Shu tufayli aksar yerlarga bahorikor donli ekinlar ekilmoqda. Qashqadaryo vodiysi Qashqadaryo va uning chap irmoqlari – Oqsuv, Tanxozdaryo, Yakkabog‘ va G‘uzordaryo suvi bilan sug‘oriladi. Vodiyda Chimqo‘rg‘on suv ombori qurilib, Qashqadaryoning o‘rta va quyi oqimida suv sarfanishining tartibga solinishi hamda Eski Anhor kanali orqali Zarafshondan suv keltirilishi natijasida obikor yerlar maydoni ancha kengaydi (o‘quv atlasini ko‘zdan kechiring).
Tuproq  va  iqlim  sharoiti  ingichka  tolali paxta, sabzavot, kartoshka va mevalar yetishtirishga  qulay. Biroq G‘uzordaryo kamsuv bo‘lib, faqat bahor (aprel)da to‘lib oqadi. Uning oqimini tartibga solish maqsadida Pachkamar suv ombori qurilgan. Shuningdek, vohada Hisorak suv ombori, deyarli 1 million gektar maydonni sug‘ora oladigan Amu–Qarshi mashina kanali qurilgan. Bu kanal yo‘lida bir yarim milliard kub metr suv sig‘adigan Talimarjon suv ombori, kuch  li nasos stansiyalari barpo etildi.  Nasoslar suvni 132 metr yuqoriga ko‘tarib beradi.
Aholisi. Tabiiy,  tarixiy  va  iqtisodiy  sharoitlar  shahar  hamda  qishloqlarning  katta-kichikligiga,  aholi  zichligi  va xo‘jalik faoliyatining xarakteriga jiddiy ta’sir etgan. Aholi punktlari daryo yoqalab tarkib topgan. To‘rt-besh  xonadondan iborat qishloqlar ulkan hudud bo‘ylab sochilib ketgan. Yaqingacha uylar  terak, archa, qayrag‘och, tosh, tuproq,  somon kabi mahalliy  ashyolardan qurilar edi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish  jarayonida obod qishloqlar, shaharchalar qad ko‘tardi.
Qarshi cho‘li mintaqasida ixtisoslashgan paxtachilik, mevachilik, chorvachilik xo‘jaliklari tashkil etilgan. Paxta yetishtirish majmuyi takomillashgan  rayonga  aylandi. Viloyat qishloq xo‘jaligida bahorikor don xo‘  jaligi, yaylov chorvachiligi, ayniqsa, qorako‘lchilik  katta  sal  moqqa  ega. Viloyat  bug‘doy  yetishtirish  bo‘yicha qadimgi mavqeyini  tiklamoqda. Pillachilik, mevachilik va sabzavotchilik ixtisosli xo‘jaliklarning qo‘shimcha tarmoqlaridir.
Paxta, asosan, Kitob–Shahrisabz botig‘i va Qarshi vohasida ekiladi. Kuzgi don ekinlari yozgi issiq kun  lar boshlanmasdan pishib ulguradi. Tabiiy sharoit tok hamda danakli meva daraxtlari uchun ham qulay. Qarshi uzumi, ayniqsa, uning «maska» navi  shirinligi bilan mashhur. Olma, nok,  anjir,  anor kabi issiqsevar mevali daraxtlar ham o‘stiriladi. Mevazorlar, sabzavot va poliz ekin maydonlari  ham,  asosan, Kitob–Shahrisabz botig‘ida  bo‘lib, ulardan shu yerning o‘zida sharob, meva-sabzavot konservalari ishlab chiqariladi.

Qishloq­ xo‘jaligining ­asosiy­ tarmoqlari: g‘allachilik, paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, qo‘ychilik, pillachilik.
Sanoati. Qashqadaryo – mamlakat nеft va gaz sanоatining tayanchi hisоblanadi. Qarshi  cho‘lining  janubi g‘arbiy qismida vоdоrоd sulfatidan gaz ajratib оladigan ulkan gaz sanоati markazi jоylashgan.

Qashqadaryo vilоyatida 150 ga yaqin sanоat kоrхоnasi faоliyat yuritmоqda. Ularning asоsiy qismi nеft va gaz, paхta tоzalash, binоkоrlik, yеngil hamda оziq-оvqat sanоatiga iхtisоslashgan.

Sanoatning­ asosiy­ tarmoq­lari: yoqilg‘i  (neft va gaz), kimyo va gaz-kimyo, elektroenergetika, yengil va oziq-ovqat.

Yirik sanoat korxonalari Qarshi, Shahrisabz shaharlarida hamda ba’zi yirik qishloq va sha  harchalarda joylashgan. Mahalliy sanoat palos, do‘ppi, qandolat kabi milliy hunarmandchilik mahsulotlari  ishlab chiqaradi. Vohada neft, gaz,  tuz kabi foydali qazilmalar negizida yoqilg‘i-energetika majmuasi shakllanib bormoqda. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning tarmoqlari tarkibida yoqilg‘i mahsulotlari katta qismni tashkil etadi.
Viloyatda yangi neft va gaz konlari ishga tushirilishi, «Tosh  g‘uzor–Boysun–Qumqo‘rg‘on» temiryo‘lida qatnov yo‘lga qo‘yilishi natijasida dashtlarda, adirlarda ham sanoat obyektlari bo‘y cho‘zmoqda. Jumladan, Dehqonobodda yiliga 200 ming tonna kaliy o‘g‘it beradigan zavod qad rostladi. Yaqin istiqbolda zavod mahsulotining deyarli yarmi eksportga jo‘natila boshlaydi.
Ijtimoiy­ sohalar. Qashqadaryo  viloyatida 250 dan  ortiq  tarixiy-me’moriy obida, 900 dan ortiq arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati davlat muhofazasiga olingan.
Shaharlari. Viloyatda 12 ta sha  har bor. Qarshi  vilоyatning ma’muriy, mada  niy markazi. Qadimiy karvоn yo‘li usti  da bunyod bo‘lgan mazkur shaharning 2700 yillik tantanalari nishоnlandi. Qarshi shahrining maydоni 75,5  kv.km ni tashkil etadi. Bugungi Qarshi  ko‘p  funksiyali  shahar hisоblanadi. Shahardagi sanоat tarmоqlari tarkibida yеngil sanоat va оziq-оvqat sanоati yеtakchi o‘rin tutadi. Paхta tоzalash zavоdi, yog‘-sut zavоdi, tikuv fabrikasi, qurilish matеriallari, mеtallga ishlоv bеruvchi kоmbinatlar vilоyat iqtisоdiyotining rivоjiga munоsib ulush qo‘shib kеlmоqda. Hоzirgi vaqtda Qarshi shahrida ko‘plab qo‘shma kоrхоna faоliyat ko‘rsatmоqda. «Меvalar kamalagi» O‘zbеkistоn–Britaniya, «Qarshiyog‘» O‘zbеkistоn–Singapur qo‘shma kоrхоnalari mahalliy хоmashyoni qayta  ishlash yo‘li bilan mahsulоt ishlab chiqarmоqda.
Qarshi  va  uning  tevaragida  paxta,  ipak,  yog‘  zavodlari, metall  ishlash korxonalari,  tikuvchilik  fabrikalari, binokorlik materiallari kombinati kabi korxonalar qurilib, Qarshi sanoat­tuguniga aylandi. Cho‘lni o‘zlashtirishda Qarshi  tayanch manzil hisoblanadi. Temiryo‘l va avtomobil yo‘llari Qarshida birlashadi. Bu hol Nishon, Talimarjon, Koson kabi shahar va shahar-
chalarning ishlab chiqa  rish aloqalarini rivojlantiradi. Shaharda Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtiso  diyot instituti, Tosh  kent axborot texnologiyalar universitetining Qarshi filiali va boshqa ta’lim muassasalari bor.
Shahrisabz. Shahar azaldan hunarmand  chilik  ning yirik markazi bo‘lib kelgan. Shahri  sabzning gilam do‘ppisi Parij ko‘rgazmasida yuqori baholangan. Paxta tozalash zavodi shahardagi yirik korxonalardan hisoblanadi. Shahrisabz buyuk jahongir Amir Temur tug‘ilgan yurt. Shahar  qiyofasida qadimiy me’morchilik obidalari, shu jumladan, Oqsaroy yodgorligi ko‘zga yaqqol tashlanadi.

O’zbekistonning yana bir go’zal hududlaridan biri Qashqadaryo viloyatidir. Viloyatning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing.

1. Oqsaroy ziyoratgohi Shahrisabz tumanidagi Sohibqiron Amir Temur davrida qurilgan me’moriy yodgorlik (1380-1404). Shahar bosh maydonida joylashgan. Uning old tarafida Amir Temur haykali bunyod etilgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli bo’lgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtoqi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko’rinishi ham salobatli va go’zaldir. Peshtoq ravog`ining eni 22,5 metr, balandligi 40 metr, umumiy balandligi 50 metrdan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. Devonxona peshtog`ida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining uch halqa shaklidagi nishoni bo’lgan. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori bezaklar, naqshlarning o’zaro uyg`unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag`ishlagan. Ranglarning oy yorug`ida jilolanib oqarib ko’rinishidan bino “Oqsaroy” deb nomlangan. Saroyning o’ziga xos xususiyatlaridan biri-tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Bu yodgorlikni ko’rish uchun har yili dunyoning turli burchaklaridan minglab sayyohlar keladi.

2. Mirzo Ulug`bek nomidagi xalqaro kenglik stansiyasi  Kitob tumani Xalqaro parallelda (39 gradus 08 minut) o’tuvchi yagona aholi yashaydigan joy. Bu hududda jahonda sanoqli kenglik rasadxonalaridan biri qurilgan. Ushbu rasadxonada ko’plab yangi sayyoralar kashf etib kelinmoqda.

3. Langar ota ziyoratgohi Istiqlol yillarida ta’mirlanib, ziyoratchilar bilan gavjumlashgan Hazrati Langar ota ziyoratgohi Langar ota qishlog`ida joylashgan. Dengiz sathidan salkam 1000 metr balandlikda, XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida Ashtarxoniylar davlati hukmdorlari tomonidan barpo etilgan qo’sh maqbara Shayx Abul Hasan Ishqiya avlodlari Langar ota shayxlari maqbarasidir. Shiftdagi rangdor naqshlarda Sohibqiron Amir Temur bayrog`idagi “Abadiy hayot” ramzi shakllari naqshlangan. Shuningdek, Sulton Vayisdan qolgan ming yillik chinor va ul zotga daxldor Hukaktosh-Teshiktoshga chiqib, shifobaxsh Boshmanbuloq suvidan ichish mumkin.

4. Dinozavr izi Hisor qo’riqxonasi yaqinidagi Qal’ai Sheron soyining tugash qismida baland ko’kimtir tosh qoyada Yura davriga oid 190-195 million yil avval yashagan 31 ta dinozavr izi mavjud.

5. Amir Temur g`ori  Markaziy Osiyoda chuqurligi va uzunligi jihatidan yagona bo’lgan g`or. Rivoyatlarga ko’ra, Sohibqiron Amir Temur o’zining otliq lashkari bilan ushbu g`orda bir muddat dushman xavfidan saqlangan. Uzunligi 870 metr, kengligi 7-10 ba’zi joylarda 100 metrgacha yetadi. G`orning shiftlarida uzunligi 1,5-2 metr keladigan tabiat mo’jizasi – stallaktit (sumalak) lar mash’ala yorug`ida kamalak ranglarida jilolanadi. 

6. Tandir go’sht Qashqadaryoning eng mashhur va mazali taomi. Chapani va mehmondo’st qashqadaryoliklar kelgan mehmonni albatta, tandir go’sht bilan siylashadi. Haqiqiy tan madori bo’lmish bu taomning lazzatli ta’mi bir umrga og`zinggizda qolishi turgan gap. 

7. Suvtushar mo’jizaviy sharsharasi  Tabiatning go’zal in’omi hisoblanmish bu sharsharaning balandligi 84 metr. Dengiz sathidan 2 ming 100 metr yuqoridagi ulkan tosh qoyadan tushadigan suv parchalari go’zal qizni eslatadi. Shiddatli oqimdagi suv ko’pirib oppoq tusga kiradi. Shuning uchun mahalliy aholi uni “Sutshari” deb ham ataydi.

8. Tohir-Zuhra maqbarasi G`uzor tumanida joylashgan ushbu maqbara buyuk muhabbat egalari Tohir va Zuhraga tegishli. Bu ikki sevishganning muhabbat afsonasi tillarda doston bo’lgan. Ziyoratgohda nafaqat shu hududda yashovchi yigit-qizlar, balki diyorimizning turli burchaklaridan, hattoki, qo’shni respublikalardan tashrif buyurganlarni, kelin-kuyovlarni uchratish mumkin. Yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh-yalanglar ko’nglida chin muhabbat timsoli bo’lmish Tohir va Zuhraga nisbatan ehtirom tuyg`ulari jo’sh urishi tabiiy. Chunki chin muhabbat qissasiga nisbatan qiziqish hech qachon so’nmaydi.

9. “Lochin” oromgohi Dunyo mo’jizalarini tomosha qilish uchun, davlatlar bo’ylab sayohatga otlanish shart emas. Shahrisabzdagi “Lochin” dam olish maskanida ularning barchasini ko’rish mumkin. Parijdagi Eyfel minorasi, Rimdagi Kolizey binosi, yunonlarning Artemida ibodatxonasi, Hindistondagi Tojmahal, Samarqanddagi Registon va boshqa shu singari obidalarning nusxasi oromgohda bunyod etilgan. Ularning haqiqiylaridan yagona farqi o’lchamida xolos.

10. Chiyali bozori  Chiroqchi tumani o’zining Chiyali (Payshanba) bozori hamda “yaxna” taomi bilan mashhur. Chiyali bozori haqda eshitmagan kishi bo’lmasa kerak. Hatto asarlarda ham uning dovrug`i tilga olingan. Har yakshanba kuni bo’ladigan bozor o’z davrida kamyob tovarlarning mo’l-ko’lligi bilan mashhur bo’lgan. Barcha viloyatlardan xaridorlar kelib, bozordan o’zlari uchun kerakli narsalarni xarid qilishgan.