Qadimgi sulolalar davri madaniyati. Kushonlar davri madaniyati

Mamlakatimiz davlatchiligi va madaniyati taraqqiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan sulolalardan bin Kushonlar sulolasi hisoblanadi. Kushonlar yangi era boshlarida Markaziy Osiyodagi va unga chegaradosh bo’lgan barcha hududlardagi siyosiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarni birlashtira olgan va hukmronlikni boshlab bergan suloladir.

Kushonlar Sharqning minglab yillar davomida shakllanib kelgan an’anaviy va ellinlashgan madaniyatlari hamda Osiyoning keng dashtlarida shakllangan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi xalqlar madaniyatlarini bir-birlari bilan sintezlashtira (uyg‘unlashtira) olgan sulola hisoblanadi.

Kushonlar taxt tepasiga kelgach, asosiy e’tiborni iqtisodiy hayotni mustahkamlashga, ya’ni, birinchidan, dehqonchilik madaniyatini yuksakka ko‘tarish uchun sun’iy sug‘orish shoxobchalarini ko‘paytirishga, ikkinchidan, o‘sha davrning eng kuchli davlatlari bo‘lgan Rim, Parfiya va Xitoy bilan savdo-sotiqni rivojiantirishga, uchinchidan, tarqoq hududlarni birlashtirish maqsadida pul islohotini amalga oshirishga qaratadilar. Natijada dehqonchilik va hunarmandchilik, savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi.

Kushoniy hukmdori Kujula Kadfiz oltin va misdan zarb qilingan tangalarni muomalaga  chiqaradi. Oltin tangalarning qiymati uning og‘irligiga qarab belgilangan. Ko‘shk dinor, dinor, yarim va chorak dinorlar muomalaga kiritilgan. Bir dinor 8 gramm oltinga teng bo’lgan.

Kushonlar saltanati tarixidagi oltin davr, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy taraqqiyotda eng yuqori darajaga erishilgan davr Kanishka davri (78-123-yillar) hisoblanadi.

Kanishka saltanatda hukmronlik qilgan yunon va hind tillan o‘rniga Kushon-Baqtriya tilini joriy qiladi. Tangalarga Baqtriya yozuvi zarb qilinadi. U muomalaga chiqargan tangalarga hindlarning xudosi Shiva tasvirini tushirtirib, unga o‘z nomidan «Shohlarning shohi – ulug‘ xaloskor» yozuvini zarb) ettiradi. Kanishka Buddaviylikni davlat dini deb e’lon qiladi. Davlatning diniy mafkurasi sifatida budda dinidan foydalangan bo‘lsa-da, boshqa diniy jamoalarning faoliyati uchun ham erkinliklar beradi.

Muomalaga chiqarilgan tangalarga hind, zardusht va yunon xudolarining nomi va tasvirining tushirilganligi ham diniy e’tiqodda tenglikka e’tibor berganligini anglatadi. Natijada Kushonlar saltanati sarhadlarida buddaviylik, zardushtiylik, jaynizm, shivaizm, manaxiylik va yunon xudolariga birdek sig‘inilgan U mamlakatda budda diniga atab e’tiqod markazlari — budda ruhi saqlanadigan stupalar va ularning yonida ibodatxonalar qurishga alohida e’tibor beradi.

Buddaviylik biz yashayotgan hududlarda keng tarqalgan, hatto qadim ajdodlarimizning asosiy diniy e’tiqodiga aylangan. Hozirgi O‘zbekiston hududida markaziy budda ibodatxonalari (Ko‘hna Termiz, Quva va boshqa joylarda) mavjud bo’lgan. Bu ibodatxonalarda o’z davrining mashhur buddaviy kohinlari faoliyat ko‘rsatganlar. Vaqti-vaqti bilan bu ibodatxonalarda buddaviy kohinlarning yig‘ilishlari bo’lib turgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Ko’hna Termizdagi budda ibodatxonasi kohinlari Hindiston kohinlari bilan bemalol raqobatlasha olganlar. Termizlik ikkinchi bir buddaviy kohin — Gxoshaka Kanishka tomonidan Peshovarda chaqirilgan buddaviylarning IV umumbuddaviylar yig’inida qatnashgan. Hattoki Baqtriyada keng tarqalgan buddaviylikning mazhabi – Vaybxashika mazhabining kelib chiqishi va tarqalishini ham Gxoshaka nomi bilan bog‘laydilar.

Kushonlar imperiyasi davrida saltanatda har xil dinlarga e’tiqod qilingan, masalan, qadimgi Baqtriyada buddaviylikka e’tiqod qilish keng tarqalgan bo‘lsa, Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlari hududida zardushtiylikka e’tiqod qilish kuchliroq bo‘lgan.

Hozirgi Surxondaryo hududidagi Fayoztepa va Qoratepadagi ibodatxonalar ko‘rinishi bilan Hindistondagi budda ibodatxonalaridan ajralib turadi. Budda haykali ham Hindistonda keng tarqalgan budda haykallaridan farq qiladi. Ma’lumki, buddaning uchta o‘ziga xos farqlanuvchi tomonlari  — peshanasida dog‘,boshining o’rtasida do‘nglik va qulog‘ining solinchog‘i uzun bo’lishi bilan farqlangan. Qoratepa va Fayoztepadan topilgan budda liaykallarida bunday o’ziga xosliklar bilan birga budalaviy boshi atrofi yog’di — nur yoki alanga bilan o‘ralgan. Ikkala manzilgohdan topilgan Budda haykallari esa ko’proq Sharqiy Turkiston va Uzoq Sharqdagi buddaviylarning ibodatxonalari va suratlariga o‘xshab ketadi. Lekin Sharqiy Turkiston va Uzoq Sharqqa buddaviylik birmuncha keyin tarqalgan. Demak, bundan buddaviylik Sharqiy Turkiston va Uzoq Sharqqa O‘rta Osiyo orqali tarqalgan, degan xulosaga kelish mumkin.

Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan ruhoniy (kohin) lar buddaviylik ta’limotlarining dastlab Xitoyda, so‘ngra Quriya (Koreya) orqali Yaponiyada keng tarqalishida muhim rol o‘ynaganlar. Ular buddaviylik ta’limotiga oid manbalarni Xitoy tiliga tarjima qilishib, diniy maktablami tashkil etishda ishtirok etganlar.

Turli davrlarda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida Kushonlar sulolasi davrida madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan shaharlar xarobalari topilgan. Birgina qadimgi Baqtriya hududidagi Xolchayon, Dalvarzintepa, Zartepa, Qadimiy Termiz, Qoratepa, Fayoztepa, (hozirgi O‘zbekiston), Ayritom, Bagram, Surxko‘tal va D ilbarjin (hozirgi Afg‘oniston)da olib borilgan qazishmalar Kushonlar davri ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy hayoti haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

Kushonlar saltanati davrida me’morchilik rivoj topgan. Mustahkam istehkomlar bilan o‘rab olingan shaharlar qad ko‘targan. Shahar ichidagi saroylar, qasrlar va arkalarning ichki bezagi va tashqi ko’rinishiga alohida e’tibor berilgan. Me’morchilikda monumental haykaltaroshlik, tasviriy va amaliy bezak san’atlari uyg’unlashtirilgan. Binoning tashqi bezagida piramonlardan keng ko’lamda foydalanilgan bo‘lsa, ichki bezakda amaliy va tasviriy san’at hamda haykaltaroshlikdan foydalanilgan. Bunga misol tariqasida qadimgi Ayritomdagi ibodatxona peshtoqini bezab turgan sozandalar haykalini olib ko‘rish mumkin.

Mazkur frizlarda tasvirlangan sozandalar budda dini bilan bog’liq bo’lgan hind afsonalaridagi beshta  «Muqaddas tovush taratuvchi» sozandalar tasviri bo’lishi ham mumkin. Rivoyatlarga ko‘ra, Buddaning beshta sozanda hamrohi bo‘lib, ular chiltor, tor, nog‘ora, ud va hind nog‘orasini chalishib Buddaga lazzat bag‘ishlab yurganlar. Sozandaîarning yuz tuzilishi, kiyimi va bezaklariga qarab, ularning baqtriyaliklar ekanligini bilish mumkin.

Qadimgi Xolchayondagi shahzoda saroyining ichki bezagi me’morchilikda tasviriy san’atdan foydalanish qay darajada bo’lganligini ko‘rsatadi. Saroydagi qabulxona devoriga tushirilgan suratlar diqqatga sazovor bo’lib, suratda shoh, malika va saroy ahllari tasvirlangan.

Shoh o‘tiradigan sahnaning chap tomoniga otlarini yeldek uchirib borayotgan kamonli  otliqlar tasviri tushirilgan. Devorlarning yuqori qismida ikki metr balandlikkacha haykallar joylashgan. Saroy devorlarini bezab turgan haykallar va suratlarda tantanavor ruhdagi qabul marosimi va jang manzarasi tasvirlangan.

Bu davr haykaltaroshligi, tasviriy va amaliy bezak san’atlarida, umuman, Kushonlar davri madaniyatida mahalliy xalqlar, ellinlar va ko‘chmanchi yuechji qabilalari madaniyati sintezlashib kelgan. Kanishka davriga kelib tasviriy va amaliy bezak san’atlarida ellinizm an’analari o’rnini budda dini bilan  bog’liq bo’lgan mavzular egallay borgan. Buning asosiy sabablaridan biri Kanishkaning buddaviylikni  d avlat dini deb e’lon qilishi bo’lsa, ikkinchidan, Hindistonning Kushonlarning taxminan 400 yillik hukmronligi ostida bo’lganligidir. Buning natijasida ilgari faqat savdo-sotiq orqali mavjud bo’lgan madaniy aloqalar kushonlar davrida yaxlit jarayonga aylangan. Ko’hna Termiz va Ayritom xarobalarida sopol va toshga bitilgan sanskrit, kharoshta hamda Kushon – Baqtriya yozuvlari namunalari topilgan.

Qadimda din har qanday jamiyatning davlat mafkurasi vazifasini bajargan. Aholiga mafkuraviy ta’sir ko’rsatish ko‘pincha san’at asarlari orqali amalga oshirilgan. Buddaviy kohinlarning ham diniy ta’sir ko‘rsatishning bu yo’lini tanlashi tabiiy. Buddaviylikning asosiy ta’limoti san’at asarlariga singdirilgan. Ibodatxonalar budda va bodisatvalar haykallari bilan bezatilgan. Ibodatxona devorlariga  ularning hayotini aks ettiruvchi suratlar chizilgan. Amaliy bezak san’atida ham diniy mavzuga e’tibor berilgan.

Xullas, Kushonlar davri arxitekturasi, tasviriy san’ati va haykaltaroshligining taraqqiyotini o’zida aks ettiruvchi ibodatxonalar Dalvarzintepa, Zartepa, Dilbaijin va boshqa qadimgi shaharlarning xarobalari o‘rnidan ham topilgan.

Shunday qilib, Kushonlar o‘zlarining taxminan 400 yillik hukmronligi davrida ko‘pgina obod shaharlarni bunyod etishib, noyob san’at asarlarini yaratib, insoniyat taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirganlar. Ular ko ‘plab sug‘orish inshootlarini – Xorazmda Gavhar va Charmanyob, Buxoroda Gav Kitfor, So‘g‘diyonada Darg‘om kanallarini qurdiradilar. Kulolchilik ravnaq topib, yorg‘uchoqlar o‘rniga tegirmonlar paydo bo‘ladi.