Qadimgi so‘g‘diyonaliklarning madaniyati, san’ati va diniy qarashlar

Qadimgi So‘g‘diyona Baqtriya davlati bilan chegaradosh bo’lgan. U Markaziy Osiyoning madaniy hayotida salmoqli o‘rin egallagan. Qadimgi So‘g’diyona Zarafshon va Qashqadaryo havzalaridagi yerlarni o‘z tasarrufiga olgan. So‘g‘diyonaning ijtimoiy hayoti va madaniyati haqidagi ma’lumotlarni Qadimgi yunon va rim tarixchilarining asarlarida: Haronning «Eron tarixi», Gerodotning «Tarix», Kursiy Rufning «Aleksandr Makedonskiy tarixi», Plutarxning «Qiyosiy hayotnomalar», Arrianning «Aleksandrning yurishi», Diodorning «Tarixiy kutubxona», Strabonning «Geografiya» asarlaridan olish mumkin. So‘g‘diyona eramizdan avvalgi VI-IV asrlarga kelib ahamoniylar davlati tasarrufiga kirgan. Eramizdan avvalgi  IV asr o‘rtalariga kelib so‘g‘d yerlarini Aleksandr Makedonskiy istilo qilgan.

Qadimgi  So‘g ‘diyonaning Maroqand, Kesh, Buxoro, Poykand, Varaxsha kabi ko‘pgina shaharlari «Buyuk ipak yo‘li» ustida joylashgan bo‘lib, 25 asr mobaynida MarkaziyOsiyoning Sharqu G’arb bilan savdo-sotiq ishlarini olib borishda, xalqaro aloqalarni mustahkamlashda va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan. Qadimgi Afrosiyob (Maroqand) So‘g‘diyonaning moddiy va ma’naviy madaniyati markazi hisobiangan.

So‘g‘diyona madaniyati A.Makedonskiy bosqiniga qadar ikki yo‘nalishda: birinchisi, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o’troq xalqlarning madaniyati; ikkinchisi, cho‘l va adirlarda chorvachilik bilan shug’ullanuvchi ko‘chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi madaniyati shaklida rivojlangan.

A.Makedonskiy bosqini arafasida So’g‘diyona aholisining kattagina qismi chorvachilik bilan shug‘uliangan bo’lsa, Zarafshon va Qashqadaryo bo‘ylarida yashovchi aholi dehqonchilik madaniyatini rivojlantirganlar. Aholining asosiy mashg’ulot turlari ular tomonidan yaratilgan amaliy bezak san’atida ko’zga tashlanadi.

Buni qadimgi Afrosiyob xarobalaridan topilgan gemma (sirtiga xat, naqsh yoki surat o‘yib ishlangan tosh)lardagi suratlar A.Makedonskiy istilosigacha

qadimgi so‘g‘diyonaliklar san’atining asosiy mavzularini ko‘rsatadi. Gemmalarning birida yoy otuvchi jangchi (o’troq xalq san’ati), ikkinchisida bir tomoniga bo‘yniga yoy o‘qi sanchilgan serka, orqa tomonida esa qanotli buqa tasviri (chorvachilik va ovchilik bilan shug‘ullanuvchi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi san’ati) bu fikrimizning dalili bo‘lishi mumkin.

Tarixchi olimlarning ta’kidlashlaricha, A.Makedonskiy bosqini qadimgi So’g’diyona madaniyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Lekin ellinlar madaniyatining ta’siri Baqtriya madaniyatiga ko‘rsatgan ta’sirchalik bo‘lmagan. Ellinlar davrida zarb qilingan tangalar, yunonlarga taqlidan yaratilgan buyumlar va idishlami hisobga olmaganda, So‘g‘diyona hududidan birorta ellinlar uslubida qurilgan shahar xarobasi topilgan emas.

Shuningdek, qadimgi So‘g‘diylar madaniyatining qay tarzda rivojlanganligini So’g’diyona hududidagi madaniy jihatdan taraqqiy etgan Afrosiyob, Navtak-Yerqo‘rg‘on, Panjikent kabi shaharlar xarobalaridan topilgan materiallar, tasviriy va amaliy bezak san’ati namunalari hamda terrakota haykalchalariga qarab aniqlash mumkin.

Afrosiyob xarobalarini o’rganish natijasida topilgan tangalar, idishlar, terrakota haykalchalari va gemmalarda tasvirlangan yunon ma’budalari suratlari hamda ellinlar bosh kiyimida tasvirlangan jangchilar tasviri bu shahar ellinistik madaniyatning markazi bo’lganligini ko‘rsatadi.

Qadimgi Navtak (Yerqo’rg‘on)da olib borilgan arxeologik izlanishlar Qashqadaryodan suv ichgan bu shaharda nafaqat hunarmandchilik, balki tasviriy va amaliy bezak san’atlari ham ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi.

Tarixchi olimlar R.Sulaymonovning «Qadimgi Naxshab» va P.Ravshanovning «Qashqadaryo tarixi» kitoblarida yozilishicha, shahardagi ko’plab binolarning ichki devorlari tasviriy san’at namunalari bilan bezatilgan. Shuningdek, bu shahar xarobalaridan ma’budalar va ayollarning kichik sopol haykalchalari topilgan. Haykalchalarning tashqi qiyofasi va kiyimlari qadimgi Sog’diyona va Baqtriya o‘rtasida  o‘zaro madaniy aloqalar mustahkam bo’lganligini ko’rsatadi. Chunki Yerqo‘rg‘on (So’g’diyona) va Xolchayon (Baqtriya)dan topilgan sopol haykalchalar kiyimlari bir-biriga juda o’xshash bo’lgan.

Yerqo‘rg‘on bino devorlari javon va ustunlariga tushirilgan tasviriy san’at namunalari qadim musavvirlarimizning didi va badiiy mahorati ancha baland bo’lganligini ko’rsatadi.

So’g’diyona tarkibidagi bosh shaharlardan biri bo’lgan Panjikentda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida bir necha ming bronzadan yasalgan sog’d tangalari, naqsh bilan bezatilgan sopol idishlar, sopol haykalchalar topilgan. Ibodatxona, saroy va aholi turarjoylari devorlari sujetli suratlar bilan bezatilgan. Suratlarda boy-badavlat kishilarning bazmlari, diniy marosimlar, ov va jang manzaralari, sport musobaqalari va hatto dehqonchilikka oid (hosil taqsimoti) suratlar aks etgan. Yog‘och haykallar (raqqosalar haykallari) va o’yma naqshlar yasashning asosiy materiallaridan biri bo‘lgan.

Yog‘ochni o‘yib, relyefli shaklda ishlangan tasvirlarda taxtda o‘tirgan hukmdor, aravada o’tirgan kishi, sher mingan ayol, sher ovlayotgan otliq, ot choptirib ketayotgan kishi suratlari aks etgan.

Shuningdek, Panjikentdan ko’plab devoriy suratlar qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu tasvirlar qadimgi So‘g‘diyonada rang-tasvir ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, qadimgi So’g’diyonada nafaqat tosh va sopol bo‘laklariga, shuningdek, hayvon suyaklariga surat tushirish san’ati ancha rivojlangan. Masalan, Qo‘shrabod hududidagi qadimgi Qo‘rg‘ontepa shaharchasidan ikki dona hayvon kuragiga tushirilgan surat fikrimizning dalili bo’la oladi. Birinchi suratda jang tasviri (bataliya), ikkinchi suratda esa ov jarayoni tasvirlangan.

Qadimgi so ‘g‘diyonaliklarning diniy qarashlari. Qadimgi so‘g‘diyonaliklar ham boshqa xalqlar singan dastlabki davrlarda ota-bobolar va o‘tganlarning ruhlariga sig‘inishib, hayvon va tabiat hodisalarini ilohiylashtirganlar, magiya va shomonizmga e’tiqod qilganlar. Tabiat hodisalarini ilohiylashtirish dastlab Quyoshga, so‘ngra, olovga sig‘inishga olib kelgan. Natijada otash-olov diniy e’tiqoddagi yagona obyektga aylangan. Unga atab yirik-yirik va hashamatli ibodatxonalar qurganlar. Arxeologlar tomonidan Qo‘shrabod hududidagi qadimgi Qo‘rg‘ontepa shaharchasi xarobalari o‘rni o‘rganilganda u yerdan zardushtiylarning yirik ibodatxonasi qoldig‘i topilgan. Ibodatxona tashqi ko‘rinishidan besh zinali bo’lib, eng tepa qismida tutun chiqib turishi uchun mo‘ri qurilgan. Ibodatxona zalining o’rta qismida muqaddas olov yonib turgan. Beshinchi zina atrofida yorug’lik va havoning almashinib turishi uchun darchalar qoldirilgan. Zalning tepa qismi yog’och bilan yopilgan bo’lib, shift qattiq qotishma bilan suvab qo‘yilgan. Zalning bir burchagida muqaddas olovdan chiqib turadigan kul to‘planadigan maxsus joy, boshqa tomonida sopoldan yasalgan isiriqdon, ya’ni muqaddas o‘simlik tutatiladigan sopol idish, yo‘lakdagi tokchalardan tovuqlarning suyaklari qoldiqlari topilgan.

O‘rta asr arab yozma manbalarida qadimgi So‘g‘diyonada mavjud bo’lgan otashxona-ibodatxonalar mavjud bo‘lganligi haqida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Bu manbalarda otashparastlikka oid ibodatxonalar «otashdon», «otashkada», «otashxona» sifatida, otashparastlar esa «Mug‘», «ma’jush» sifatida islom yoyilgan paytda ham saqlanib qolgan muqaddas olov bilan bog‘liq bo’lgan marosimlar haqida so‘z yuritiladi.

Ma’lumki, qadimgi So‘g‘diyonaning katta qismida, ayniqsa, Buxoro vohasida Siyovushga atalgan bayram — xotirlash kuni o’tkazilgan. Bu kun ertalab zardushtiylar ibodatxonasiga erkaklar xo‘roz, ayollar esa tovuq keltirganlar.

Mazkur bayram «Qizil gul sayili» («Sayili guli surx») deb atalgan. Qizil gul (lola)larning vujudga kelishini quyidagi ikki xil afsonaga olib borib taqaganlar. Birinchi afsona Beruniy ta’kidlaganidek, Xorazmshohlarning afsonaviy ajdodi Siyovushga borib taqaladi. Go‘yo Siyovush jodugar qaynotasi Afrosiyob tomonidan o’ldirilgan. Uning qoni tomgan joylardan qizil gullar o’sib chiqadi. Bu afsona Firdavsiyning «Shohnoma» asarida quyidagicha tasvirlangan:

...  Shahar va lashkarlardan nari o'tishdi
Siyovushni sudrab dashtga yetishdi .....
 
... Oyoq - qolin bog’lab, q’oy kabi so'ydi,
Tomog‘i tagiga zar dashaha  qo'ydi.
 
Sarv boshini ayladi tanidan judo,
Toza qon dashshaga to'ldi, benido.
 
Buyurilgan joyga  dashshani jallod,
Olib borib, to’kdi, pok xunni bedod.
 
Ajabo, dashshani qay yerga qotil,
To'kkan bo’lsa, undan o'sib chiqdi gul.
 
Sizga aytib beray uning nishonin,
Bu giyohning nomi,«Siyovush qoni».

Keyinchalik bahorda tabiatning uyg’onishini Siyovushning gul-chechak bilan qayta tirilishi ramzi sifatida qabul qilganlar.

So’g’diylar o‘rtasida Siyovush obraziga hurmat shunchalik baland bo‘lganki, hatto uning obrazini tabiatning tirilishi va o’lishi xudosi darajasiga ko’targanlar.

Tarixchi Muhammad Narshaxiy ham o‘zining «Buxoro tarixi» asarida Buxoro atrofida mug‘larning 700 atrofidagi qal’a-ko’shklar va otashparastlarning ibodatxonalari bo‘lganligini yozadi. Narshaxiy Buxoroda butparastlarning bozori Siyovush kulti bilan bog’liq bo‘lgan. Butlar har yili yo‘qotilgan va uning o’rniga xudoning yangitdan tirilishi ramzi sifatida yangisi yaratilgan. Narshaxiyning yozishicha, «duradgorlar va naqqoshlar u yildan bu yilgacha but yo’nib, belgilangan kunda … bozorga keltirib sotishar va xalq uni sotib olishar ekan. Har qachon but yo‘qolsa yoki sinsa yoki eskirsa… boshqasini sotib olishar va eskisini tashlar ekanlar».

So’g’d yozuvi eramizdan avvalgi I ming yillikning oxirlarida oromiy yozuvi ta’siri ostida vujudga kelgan bo’lib, asosan 25 harfdan iborat bo‘lgan. So’g‘d yozuvi savdo-sotiq bilan shug‘ullangan hududlarda keng tarqalgan. So‘g‘d yozuvi namunalari Sinszyan, Mug‘ qal’asi, Afrosiyob, Toshkent, Quva va boshqa joylardan topilgan.

So’g’d tili arablar istilosigacha O‘rta Osiyodagi asosiy tillardan biri hisoblangan.

So‘g‘dlar nafaqat savdo ishlarida mashhur bo‘lganlar, balki o‘zlarining san’atlaribilan ham «Buyuk Ipak y o ‘li» tarmog‘i bo‘yicha qator mamlakatlargayetib borgan, ayniqsa, Xitoyda mashhur bo‘lgan. Xitoy manbalarida ko‘rsatilishicha, xitoyliklarning barcha bayramlari va imperator saroyida tashkil etilgan tantanalarda so‘g‘diyonalik san’atkorlar faol ishtirok etganlar.

Umuman olganda, qadimgi so‘g‘dlar O‘rta Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyotiga, boshqa xalqlar va mamlakatlar bilan o‘zaro madaniy aloqalar o’rnatishda juda katta rol o‘ynagan va milliy madaniy qadriyatlarimizning shakllanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.