Nega konditsioner yoqilgan xonada muzqaymoq yeyish mumkin emas?

Yoz pallasida muzqaymoq iste’moli ko’payadi. Issiq taftini oluvchi ushbu mahsulot foydali bo’lsa-da, uni iste’mol qilishda xavfsizlik me’yorlariga rioya qilmaslik inson salomatligi bilan bog’liq noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Demak, xavfsizlik me’yorlari:

 Katta yoshdagi insonlar haftasiga ikki donadan ziyod muzqaymoq iste’mol qilmasliklari tavsiya qilinadi. Ushbu mahsulotning me’yordan ortig’i faringit, angina, laringit, rinosinusit va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin.

 Muzqaymoq issiq choy bilan iste’mol qilinsa, tomoq yallig’lanishining oldi olinadi.

 Muzqaymoqni konditsioner yoqilgan sovuq xonada iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

 Tishlar ildizi va milklarni shamollatib qo’ymaslik uchun muzqaymoqni kam-kamdan, ohista yemoq kerak.

 Bolalarga muzqaymoqning odatdagi me’yoridan yarmini, 4 yoshdan boshlab maxsus sho’rva likopchasiga eritgan holda berish mumkin.