O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida

Bu davrning ilgarigi zamonlardan farqi shuki,… ayniqsa, sho’rolar hukmronligi yillarida xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo’yildi. Yetmish yildan ortiq davrda boshimizdan qanday ma’naviy, madaniy tazyiq, xo’rliklar kechganini ham yaxshi bilamiz…Men aytmoqchi bo’lgan fikr… ana shunday har tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag’asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo’q bo’lib ketishi kerak bo’lgan sharoitda, baribir, qator yo’qotishlar bilan bo’lsa ham, millatimiz o’zligini saqlab qololdimi yoki yo’qmi? Olimlarimiz ushbu savolga javob bersinlar. Islom Karimov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Yaqin o’tmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukmronlik qilgan davri (1917-1991 yillar) mamlakatimiz tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan qisqa bo’lsa-da, lekin o’zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917 yil oktabrida bolsheviklar zo’rlik bilan amalga oshirgan to’ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, shu jumladan, O’zbekiston xalqlari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi o’rnini “qizil imperiya” egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan o’lka xalqlari bolsheviklar “sotsialistik tajribasi”ning barcha mash’um mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tarixiy jarayonning o’ta murakkab va ziddiyatli kechishi ko’plab qurbonlar berilishiga, madaniy va ma’naviy yo’qotishlarga olib keldi.

Oktabr to’ntarishidan keyin O’zbekistonning Turkiston hududida bo’lgan anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga qo’shib olindi. 1924 yilda zo’raki o’tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tashkil topib, SSR Ittifoqi tarkibiga kiritildi. SSR Ittifoqi o’z mohiyatiga ko’ra unitar (qo’shma) davlat edi. Oqibatda O’zbekiston to’la-to’kis Moskvaga qaram bo’lib qoldi. O’zbekiston SSR faqat nomigagina mustaqil edi. Respublikaning rahbar organlari Kompartiya Markaziy Qo’mitasi (MQ) va Ittifoq hukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bo’ysunardi. Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva; umuman Sovet Rossiyasi) manfaatlari yo’lida siyosiy yurgizishga majbur edilar. O’zbekiston xalqlarining suveren huquqlari asosida ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rahbarlarning chiqishlarini mustabid tuzum g’oyat qat’iyatlik bilan barham toptirardi.

Mustabid tuzum O’zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida o’z iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xom ashyo bazasi va mahsulot bozori sifatidagi holatini yanada mustahkamlashga intildi. Bunday siyosat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning qishloq xo’jaligi tobora ko’proq paxtachilik yo’nalishiga ega bo’lib bordi, shu alfozda paxta yakkahokimligi qaror topdi. O’zbekiston sanoati asosan qishloq xo’jaligi ehtiyojlariga xizmat qilishga yo’naltirilgan edi. Sanoatda qishloq xo’jaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy o’rinni egallardi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Ittifoq sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham o’sha yerda qolardi.

Markazning O’zbekistondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida ham o’zining yaqqol ifodasini topdi. Garchi bu sohada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bo’lsa-da, o’lka xalqlarining ma’naviy hayoti to’la-to’kis o’z davrining hukmron mafkurasi va siyosati ta’siriga olindi, baynalmilallik niqobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish ro’y berdi. O’zbek xalqining milliy madaniy qadriyatlari, boy ma’naviy merosi, uning qadimiy ezgu an’ana va urf-odatlari unutildi. Islom dini, uning qadriyatlari oyoqosti qilindi, o’zbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.

Darvoqe, Markazning bunday mafkura siyosati tufayli xalqimiz hayotining barcha sohalariga putur yetkazilganligini ta’kidlash barobarida respublika tarixiy o’tmishining sovet davrida ham bir qator ijobiy ishlar qilinganligini aytib o’tmaslik noxolislik bo’lur edi. Zero, o’sha yillarda xalqimizning fidokorona mehnati bilan ko’plab zavod va fabrikalar qurildi, millionlab gektar yangi yerlar o’zlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika negizi mustahkamlandi, uning mahsulotlari hajmi ortdi. O’nlarcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari ochildi, ularda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlandi, umumta’lim maktablari va hunar-texnika bilim yurtlarining keng tarmog’i tashkil etildi, ko’pgina madaniy-ma’rifiy muassasalar barpo qilindi. Natijada aholining ta’limiy va madaniy saviyasi oshdi. To’g’ri, bu yutuqlarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bo’lib qolgan “partiyaning dono siyosati” tufayli emas, balki xalqimizning sadoqatli, fidokorona mehnati tufayli erishildi.

Biroq, shuni alohida ta’kidlash joizki, og’ir va mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar o’zbek xalqi, uning farovonligi uchun xizmat qiladi. Aksincha, bu moddiy-ma’naviy boyliklar o’zbek xalqini kamsitish, milliy g’ururini oyoqosti qilish, o’zligini unuttirish, kommunistik mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. O’zbekiston hududida bunyod etilgan korxonalar (ayniqsa, kimyo kombinatlari), keragidan ortiqcha o’zlashtirilgan qo’riq va bo’z yerlar, qazilgan kanallar, qurilgan suv omborlari respublikaning ekologik ahvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining qurib borishini tezlashtirdi, dehqonchilik yerlari tarkibini o’zgartirib yubordi, atrof muhitni, ichimlik suvini zaharladi. Modomiki, shunday ekan, Sovet davlati “eksperimentlari” natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, hukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi olib borilgan zo’ravonlik va g’ayriinsoniy siyosatni hech qachon oqlash mumkin emas.

Ha, O’zbekiston xalqlarining deyarli chorak kam bir asr mobaynida bosib o’tgan ancha murakkab va ziddiyatli tarixiy yo’lini bir xilda baholab bo’lmaydi. Shuning uchun ham sovetlar davrini haqiqatda qanday kechgan bo’lsa, uni shundayligicha: barcha ijobiy va salbiy jihatlari, parvozlariyu tanazzullari, tarixiy jarayonning barcha o’nqir-cho’nqirlarini nazarda tutgan holda tadqiq etish lozim bo’ladi. Zero, bu davrni mustabid sovet tuzumi yoki “dono partiya” tarixi sifatida emas, balki bunyodkor, fidokor xalqimiz tarixi sifatida o’rganish zarur.


Shuningdek o’qing

Birinchi qism. Tarixning burilish nuqtasi: O’zbekiston 1917-1924 yillar. Birinchi bob. Shiddatli o’zgarishlar davri (1917-1920 yillar). Rossiyadagi Fevral inqilobi: Turkistonda siyosiy jarayonlarining jadallashuvi
Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining shakllanishi. Ikki muqobil yondashuv
Hokimiyatning bolsheviklar va so’l eserlar tomonidan qo’lga olinishi
Turkiston Muxtoriyati – milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi
Sovetlar “andozasi” asosida Turkiston Avtonom Respublikasining tashkil etilishi
Bolsheviklarning mustabid tuzumiga qashi kurash. Istiqlolchilik harakati
Xalqqa qarshi qaratilgan “harbiy kommunizm” siyosati
Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi
Milliy madaniyat shiddatli o’zgarishlarning dastlabki davrida

Ikkinchi bob. Iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi beqarorlik (1921-1924 yillar). Turkistonda 20-yillar boshlaridagi siyosiy vaziyatning o’ziga xos xususiyatlari
Yangi iqtisodiy siyosat va uning ziddiyatlari. Iqtisodiy hayotning jonlanishi
Turkistonda milliy muxolifat va istiqlolchilik harakatining kuchayishi
Xorazm va Buxoro respublikalaridagi jtimoiy-iqtisodiy, madaniy o’zgarishlar
Buxoro va Xorazm respublikalaridagi qurolli muxolifat kurashi (1920-1924 yillar)
Milliy madaniyat va ma’naviyatning ahvoli
O’rta Osiyo xalqlarining milliy-hududiy chegaralanishi: maqsad va mohiyat. O’zbekiston SSRning tashkil topishi
Qoraqalpog’iston shiddatli o’zgarishlar davrida (1917-1924 yillar)

Ikkinchi qism. O’zbekiston mustabid Sovet davlati tarkibida (1925-1991 yillar). Birinchi bob. O’zbekiston 1925-1941 yillarda. Ijtimoiy-siyosiy hayot. Ommaviy qatag’onlarning avj oldirilishi
Qishloq xo’jaligini isloh qilishdagi ziddiyatlar
Respublikada sanoat qurilishining sun’iy jadallashtirilishi
Majburiy jamoalashtirish fojialari
O’zbekiston SSRdagi ijtimoiy o’zgarishlar
“Hujum”ga zarurat bormidi?
Ta’lim, fan va madaniyat hukmron mafkura izmida
Milliy siyosat va milliy munosabatlar
20-30 yillarda O’zbekistonning xalqaro aloqalari
Qoraqalpog’iston 20-yillarning ikkinchi yarmi – 30-yillarda

Ikkinchi bob. O’zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida. Urushning boshlanishi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining fashizmga qarshi safarbar qilinishi
G’alaba yo’lidagi mashaqqatli mehnat
O’zbek xalqining yuksak gumanizmi
O’zbekistonliklarning urush janggohlaridagi jasoratlari
O’zbekiston fan va madaniyati urush yillarida
Qoraqalpog’iston ASSR urush yillarida

Uchinchi bob. O’zbekiston 1946-1985 yillarda: mustabid tuzum asoslariga darz ketishi. Urushdan keyingi yillarda xalq xo’jaligini tiklashdagi qiyinchiliklar
Siyosiy qatag’onlarning yangi pallasi
Respublika sanoati taraqqiyotining bir tomonlama xususiyati
Agrar tanglikning keskinlashuvi. Paxta yakkahokimligi va uning salbiy oqibatlari
Orol fojiasi
Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotiga “rivojlangan sotsializm” g’oyasining singdirilishi
O’zbekistonda millatlararo munosabatlar
O’zbekistonning mustaqil tashqi aloqalari bo’lganmi?
Qoraqalpog’iston 40-yillarning ikkinchi – 80-yillarda

To’rtinchi bob. O’zbekiston mustaqillik yo’lida (1985-1991 yillar). Sotsializmni isloh qilishga so’nggi urinish: “qayta qurish” siyosati
Xalq xo’jaligida “qayta qurish”ning samarasizligi. O’zbekiston bilan Markaz manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi
“Qayta qurish” va O’zbekiston madaniyati Ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratlashuvi. Xalq milliy ongining o’sishi. Mustabid tuzum inqirozining muqarrarligi

счетчик посещений