O’zbekistonning yangi tarixi. 1-kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida

“O’zbekistonning yangi tarixi” xalqimiz va mamlakatimizning ko’hna va boy tarixini chuqur o’rganish hamda haqqoniy tahlil qilish yo’lida qo’yilgan dastlabki qadamdir. Bu kitobning yozilishida Yurtboshimiz Islom Karimovning: “Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”, – degan so’zlari dasturilamal bo’lib xizmat qildi. Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, katta va ko’p yillik boy o’tmishimizni yangi davr tarixidan – chor Rossiysi mustamlakachiligi, sho’rolar diktaturasi va milliy mustaqillikka erishganimiz (1991 yil 31 avgust) davri tarixidan boshladik. Bunda qadimgi davr va o’rta asrlar tariximiz yozilmasa kerak, degan xayolga bormaslik lozim. Hammasi tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan yoziladi, albatta. Chunki mamlakatimizning tarixi boy va ko’hna. U jahon tsivilizatsiyasi o’choqlaridan biridir. Hududimizda, manbalarning guvohlik berishicha, birinchi inson bir million yil avval paydo bo’lgan. Bu o’ziga xos tarixni o’rganmay bo’ladimi? O’zbekiston tarixini mukammal va yaxslit o’rganishga ikkita sabab bor. Birinchidan, tariximiz ilgari hukmron g’oya ta’sirida yozilgan; ikkinchidan, qadimiy manbalar ko’p hollarda xaspo’shlab o’tilgan, bo’lib o’tgan hodisa va voqealarga bir taraflama yondoshilgan. Shu sabablarga ko’ra, ko’p voqea va hodisalar sayoz yoritildi, hatto yoritilmay qoldi. Ko’rib turibsizki, qadimgi va o’rta asrlar tarixini yana bir bor sinchiklab o’rganib chiqish, o’rganganda ham o’sha zamonlarda yozilgan tarixiy asarlar va hujjatlar asosida tadqiq qilishga to’g’ri keladi.

Yangi tarixni yozish esa yaqin o’tmishni, bir yarim asrlik tarixni o’z ichiga oladi. Undan tashqari, o’tgan voqealarning jonli guvohlari bor, ularning esdaliklari ham mavjud. Ikkinchidan, bu haqda ko’p ishonchli tarixiy manbalar bor.

Yangi tarixni avvalroq o’rganish va yozishdan ko’zlangan maqsad butun tariximizni, qadimgi va o’rta asrlar tarixini ilmiy-ob’yektiv o’rganish va to’g’ri yoritishni boshlab beradi, degan umiddamiz.

Akademik B.Ahmedov

Tuzuvchilar: H.Sodiqov, R.Shamsutdinov, P.Ravshanov, Q.Usmonov

Shuningdek o’qing

Kirish

Birinchi bob. Bosqin arafasida o’zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
Rossiyaning xonliklarga dastlabki tajovuzkorona harakatlari
Xonliklarning geosiyosiy, o’rni, davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayoti
Rossiya va Angliyaning O’rta Osiyo uchun olib borgan o’zaro kurashi

Ikkinchi bob. O’rta Osiyo xonliklarining choy Rossiyasi tomonidan istilo qilinishi. E’lon qilinmagan urush… Qo’qon
E’lon qilinmagan urush… Buxoro
E’lon qilinmagan urush… Xiva
Viloyatga aylangan saltanat
Ko’ktepa mudofaasi
Badiiy adabiyotda rus istilosi talqini
Mustamlaka hukmronligining joriy etilishi

Uchinchi bob. Rossiyaning Turkistonni iqtisodiy va ma’naviy tutqunlikda tutish siyosati va uning oqibatlari. Agrar siyosat
Turkistonda rus aholisining ko’paytirish bo’yicha ko’rilgan choralar
Turkistonning xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirilishi
Mustamlakachilik davrida Turkiston aholisi. Hunarmandchilik, sanoat, shirkatlar va tijorat
Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati. Jadidlarning maorifdagi mustamlakachilikka qarshi faoliyati
Turkiston xalqlari siyosiy va insoniy huquqlarining poymol etilishi
Soliq va majburiyatlar. Mehnatkash xalq ahvolining og’irlasha borishi

To’rtinchi bob. Milliy davlatchilikni tiklash va ozodlik uchun kurash. Jadidchilik harakati. XIX asr oxirlaridagi xalq harakatlari
Toshkent qo’zg’oloni
Andijon qo’zg’oloni
XX asr boshida Rossiya istibdodiga qarshi xalq kurashi
Namoz Pirimqulov boshchiligidagi dehqonlar isyoni
O’lkada maxfiy siyosiy politsiyaning tashkil qilinishi
1916 yilgi milliy-ozodlik qo’zg’oloni. Jadidlar faoliyati

счетчик посещений