O’zbekiston madaniyati

KIRISH

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlaming bosh yo‘nalishlardan biri kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Ta’lim tizimi o‘quv rejalarida bo’lajak mutaxassislar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida talabalarni milliy va umumbashariy madaniyat yutuqlari bilan tanishtirish ko’zda tutilgan. Zero, insoniyatning kelajagi uning madaniyatlilik darajasiga bog’liq bo‘lmoqda. Chunki insoniyatning keyingi hayotini qurolli to‘qnashuvlar, tajovuz va zo’ravonliklar emas, balki har bir shaxsning madaniyatlilik saviyasi belgilab beradi. BMTning XXI asrni insonparvarlik asri, jamiyatni insoniylashtirish, ya’ni madaniylashtirish asri deb e’lon qilishi ham bejiz emas. Shu sababli keyingi paytlarda jahon miqyosida, ayniqsa, Respublikamizda milliy madaniyat masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Madaniyat ajdodlar tafakkuri, bilimlari, ijodi va atrof-muhitga bo’lgan munosabatining mahsuli bo‘lib, minglab yillar davomida yaratilgan tajribalarni o ‘ziga singdirib, takomillashib borgan. Madaniyat rivojlanishi bilan millat va uning  ma’naviy qiyofasi ham shakllangan.

Yurtimizning har bir fuqarosi, eng avvalo, Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz m a’naviy merosidan yaxshi xabardor bo‘lishi shart. Chunki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklami bilmagan kishi Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha olmaydi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”. Ayniqsa, ajdodlarning ma’naviy merosini bilish millatning yosh avlodi uchun juda muhim. Chunki milliy madaniyat tarixini bilmasdan, o‘rganmasdan turib, o‘zlikni anglash va milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish, millatning haqiqiy vakili bo‘lishi mumkin emas.

Millatning kelajagi bo’lmish yoshlar, eng avvalo, madaniyat, uning tarkibiy qismlari, ma’naviy meros, sivilitzasiya, ajdodlar tajribasi (ibtidoiy davrdan hozirgacha qo’lga kiritilgan yutuqlar)ini bilishi va ulardan ijodiy foydalanishi talab  qilinadi. Ikkinchidan, yoshlar umum bashariy madaniyatdan ham xabardor bo’lishi zarur. Chunki boshqa xalqlar madaniyati, uning yaratilish jarayoni, madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sir etishi jarayonidan xabardor bo‘lgan kishigina o‘z ajdodlarining ma’naviy boyliklarining qadriga yetadi, ularni asrab-avaylab, keyingi avlodlariga yetkazishga o‘z hissasini qo’sha oladi. Xullas, Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, «jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish» o‘ta muhim vazifadir. Zero, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’zida uyg‘unlashtirgan yosh avlodgina millatning haqiqiy kelajagi bo’la oladi.