O’qituvchilar

Abdullayev Anvarjon Abdullayevich (1942.14.1, Shahrixon tumani) – O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Namangan pedagogika institutini tugatgan (1967). 1965-98 yillarda Shahrixon tumanidagi 1-maktabda tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi (ayni vaqtda 1965-76 yillarda maktab direktori o’rinbosari). Abdullayev mehnat faoliyati davomida texnika vositalari va ko’rgazmali qurollardan unumli foydalangan. Maktabda “Tabiatning o’zi rassom” mavzuida tasviriy san’at muzeyi tashkil etgan.

Abdullaeva Oydin Akramovna (1952.20.3, Qamashi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Qarshi ped. in-tining Filol. f-tini tugatgan (1975). 1975-99 y.larda Yakkabog’, Qamashi tumanlaridagi maktabda, 1999 y.dan Qamashi tumanidagi 3-kasb-hunar maktabida o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. A. maktabda yangi pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishda, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda yuqori natijalarga erishdi.

Abdurasulov Mamajon (1927, Shahrixon tumani Naynovo qishlog’i) — Xalq o’qituvchisi (1981). Farg’ona pedagogika in-tining boshlang’ich ta’lim metodikasi f-tini tamomlagan (1963). 1950 y.dan Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 41-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlagan. 40 y.dan ortiq mehnat faoliyati davrida uning bolalarni rag’batlantirish orqali ta’lim-tarbiyani yuqori saviyaga ko’tarish usuli O’zbekiston va b. mamlakatlarda keng ommalashtirilgan.

Abdurashidov Komiljon (1937, Farg’ona viloyati) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Farg’ona ped. in-tining Filol. f-tini tugatgan (1967). Mehnat faoliyati 1956 y.dan boshlangan. Paxtaobod tumanidagi 2