Mustamlakachilik davri madaniyati. Rossiya imperiyasi istilosi va uning milliy madaniyatga ta’siri

Movarounnahrning uch xonlikka bo’linib ketishi uning nafaqat siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy jihatdan tanazzulga yuz tutishiga olib keldi, balki mamlakatni boshqarib boradigan davlatchilik asoslarining zaiflashib ketishiga, bir millat va diniy e’tiqodga ega bo‘lgan mintaqada mahaliychilikning kuchayib ketishiga ham sabab bo‘ldi.

XIX asrning 50-yillariga kelib Turkiston har tomonlama inqirozga uchragan hudud edi. Bu inqiroz boshqa mamlakatlar bosqinchiligi ta’siri ostida emas (qadimgi yunon-rim madaniyatining inqiroziga uchragani singan), balki asta-sekinlik bilan o‘zaro feodal urushlar orqali pishib yetildi. Inqiroz o‘lkani Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishini tezlashtirdi va imkoniyat yaratdi.

Aslida Rossiya imperiyasining Turkiston boyliklariga bo’lgan qiziqishi Pyotr I davridan boshlangan bo’lib, bosqinga tayyorgarlik bir yarim asr davom etdi. Rossiya qo‘shinlari dastlab, 1853-yiIda Qo‘qon xonligiga qarashli yerlarga bostirib kelishdi. 1967-yilga kelib xonlik batamom bo‘ysundirildi. 1968-yilda Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasiga, Xiva xonligi esa 1873-yilda imperiyaning vassaliga aylantirildi.

Ruslarning O‘rta Osiyoni bosib olishi, bir tomondan, mahalliy xalqning ma’naviy-madaniy hayot tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘sha davr O‘rta Osiyo xalqlari uchun birmuncha ilg‘orroq bo‘lgan rus fani va texnikasining kirib kelishi, ma’rifiy-madaniy hayotning birmuncha siljishiga olib keldi.

Salbiy ta’siri shundan iborat bo’lganki, rus bosqinchilari, birinchi navbatda, mahalliy xalqning an’anaviy madaniyati durdonalarini to’pladilar, ikkinchi tomondan esa mahalliy xalq ustalari tomonidan yaratilgan ko‘plab noyob san’at asarlari, qimmatbaho boyliklar rossiyaliklar xonadoni, muzeylari va xazinaxonalarni bezadi va boyitdi. O‘rta Osiyolik mutafakkirlar tomonidan yaratilgan fanning turli sohalarga oid ko’plab eng noyob asarlar talon-taroj qilindi va gulxanlarda yoqildi. Masalan, birgina general Kaufman boshchiligida rus istilochilari Xivani qo’lga kiritgach, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning noyob asarlarga boy kutubxonasini taladilar.

Bosqinchilar yerli xalqning asrlar davomida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarini talon-toroj qildilar. Barcha xonliklarning xazinalari va kutubxonalari ayovsiz ravishda talandi. Nodir qo’lyozma asarlar, tariximiz uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy-madaniy manbalar chet mamlakatlar hamda rus imperiyasi markaziga jo‘natildi.

Shu boisdan ular Turkistonda o‘z mavqelarini mustahkamlash va imperiya manfaatlarini amalga oshirish maqsadida o’lkaning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hududlariga, ya’ni sanoatni, ayniqsa, paxta xomashyosi va uni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish mumkin bo‘lgan hududlarga ruslarni ko‘chirib kelish siyosatini amalga oshirishga kirishdilar. Bundan asosiy maqsad, birinchidan, yerli aholining Rossiya imperiyasiga bo’lgan munosabatini doimiy nazorat ostiga olish, ikkinchidan, yerli aholi noroziligini bostirishda eng ishonchli qurolli guruhlarga ega bo‘lish, ko’chirib kelinganlarning mahalliy xalqlar bilan yaqinlashuvi orqali hokimiyat tizimining mustahkamligiga erishishdan iborat edi.

Ko’chirish siyosatining amalga oshuvi natijasida Rossiyadan nafaqat yerga muhtoj bo’lgan dehqonlar, balki Rossiya uchun, «ortiqcha odam »ga aylangan turli xil jinoyatchilar, ortiqcha nonxo‘r-ishyoqmaslar, dangasalar ko’chib kela boshladilar. Natijada 17 yil mobaynida, ya’ni 1875-1892- yillarda Turkistonda 44 ta rus qishlog‘i paydo bo’ldi.

Albatta, Turkistonga ko’chib kelgan Rossiyaning «chiqindilari» yerli xalq hayotiga unga yot bo‘lgan turli xil zararli odatlarni, tartib -qoidalarni, xususan, o’g’rilik, spirtli ichimliklar ichish, maishatbozlik qilish kabi Yevropaga xos buzuqchilik va boshqa illatlarni olib kira boshladilar.

Rossiya imperiyasi amaldorlari mahalliy aholining ongi, tafakkuri va dunyoqarashining , milliy ma’naviy qadriyatlariga aylangan islom axloqshunosligi va qonunshunosligi — shariat qonun – qoidalariga qat’iy bo‘ysunganligini anglab yetdilar va ana shu an’anaga aylangan tizimni yemirib tashlashga barcha kuch va imkoniyatlarini ishga soldilar.

Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgach, o‘lkani boshqarishga alohida e’tibor berildi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 1886-yil 12-iyunda podsho Aleksandr III «Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom»ni tasdiqlaydi.

Mazkur Nizomda nafaqat Turkiston o‘lkasini boshqarish tizimi, balki yer, soliq, shariat (sud) ishlari, ta’lim tizimi va uni moddiy jihatdan ta’minlab turuvchi vaqf masalalari va boshqalar ham qamrab olingan edi.

Nizomda ko‘rsatilgan masalalarning bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus komissiya ishini «musulmonchilik umumiy dushmanimiz» deb e’lon qilgan general-gubernatorning o‘zi boshqarib borgan. Nizomdan kelib chiqqan holda mahalliy xalqning  ibodat markazlari, ular  ta’lim oladigan maktablar, qiroatxonalar va madrasalar faoliyati hamda ularni moddiy mablag‘ bilan ta’minlab turuvchi vaqf mulklari to‘g‘risida turli xil qarorlar va farmoyishlar qabul qilingan.

Mazkur qarorlar va farmoyishlarda, eng avvalo, islom ta’limoti, axloqi va huquqiy asoslarini o‘rgatuvchi ta’lim tizimining faoliyatini nazorat ostiga olish, ularning moddiy mablag’ bilan ta’minlanishini qisqartirib borish, islomni targ‘ib qiluvchi tizimlar — masjidlar, mozorlar va ziyoratgohlar faoliyatini nazorat ostiga olish, Turkistonga yashirin yo‘l bilan kiritilayotgan islomni targ‘ib qiluvchi arab va fors tillaridagi adabiyotlarni taqiqlash, islom ta’limoti va milliy ma’naviy qadriyatiarni targ‘ib qiluvchi diniy mahkamalar va ularda ishlayotgan xizmatchilarning faoliyatini nazorat ostiga olish va boshqa masalalar nazarda tutilgan edi.

Mustamlakachilik siyosatining asosida yerli aholining milliy o‘zligini anglash tuyg‘usini so‘ndirish vazifasi yotardi. Buning uchun o‘lkada buyuk rus shovinizmini shakllantirish, ruslar manfaatiga mos keluvchi g’oyalarni yerli xalq tafakkuriga singdirish masalasi asosiy maqsad qilib qo‘yildi.

Istilochilar islom dinining mahalliy aholiga ko‘rsatayotgan ta’sirini kamaytirishmaqsadida boshqaruv tizimiga zarba berdi. Bu maqsadda general-gubernator fon Kaufman tomonidan shariat sudini boshqarib boruvchi Qozikalon (Bosh qozi) va jamiyat ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynagan Shayxul-islom (Oliy ruhoniy) lavozimlari bekor qilindi.

Mustamlakachilar tomonidan amalga oshirila boshlagan barcha tadbirlar faqat Rossiya imperiyasi manfaatiga mos kelar edi. Turli xil nizomlar, qarorlar va farmoyishlar yerli xalqning manfaatini suiiste’mol qilishga qaratilgan edi. Ruslashtirish siyosati nafaqat Turkistonning eng serunum yerlarida rus qishloqlarini tashkil etish orqali, balki ta’limtizimidagi cheklovlar orqali ham amalga oshirila boshlangan. Birgina 1898-yili qabul qilingan «Turkiston o‘lkasidagi o’quv muassasalari, vaqf mahkamalari va diniy ishlarni vaqtincha nazorat qilish haqidagi nizom»da: a) diniy ishlarni boshqarish tolg‘risida; b) musulmonlaming o‘quv muassasalarini boshqarish to‘g‘risida; d) vaqf mahkamalari va ularning daromadlarini nazorat qilish to‘g‘risidagi bandlar ko‘rsatib o‘tiladi.

Mazkur nizomning birinchi bandida toat-ibodat faqat masjid, mozor va ziyoratgohlarda amalga oshirilishi mumkinligini, ya’ni masjidlar qurilishi uchun ruxsat olish zarurligi, diniy muassasa xodimlarining o‘z boshliqlari tomonidan tasdiqlanishi, diniy mahkamalarning faoliyati doimo nazorat ostida bo’lishi; ikkinchi bandida musulmonlarning o‘quv muassasalari (maktab, korxona va madrasalar), rus-tuzem maktablari hamda madrasalarda joriy etilgan rus sinflari ustidan nazorat o‘rnatilishi; maktab va madrasalarda ishlaydigan mutavalli, mudarris va boshqa xizmatchilarning uyezd va viloyat boshliqlari tomonidan ta’minlanishi; uchinchi bandida esa vaqf mulklarini nazorat qilish, ya’ni vaqf mulkini tashkil etish uchun general-gubernatorning maxsus ruxsati bo‘lishi, vaqf mulki hisoblangan yerlarni sotish taqiqlanishi kabi masalalar qamrab olingan edi.

Mazkur nizomdan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi va islom targ’iboti bilan shug’ullanuvchi  tizimlarning  faoliyatini  moddiy jihatdan tang ahvolga solib qo’yish maqsadida 1887- yilning 1- iyuligacha barcha vaqf hujjatlarini viloyat boshqarmalariga topshirish talab etildi va belgilangan muddat ichida deyarli hamma vaqfnomalar aholidan yig’ishtirib olindi. Bu bilan podsho hukumati islom dini vakillarini o‘z qo’lidagi huquqiy dalildan ham mahrum etdi.

Milliy-ma’naviy qiyofani shakliantirish, iymon – e’tiqod tarbiyasi markazlari hisoblangan maktablar, madrasalar, masjidlarga qarshi zimdan ish olib borib, “pravoslav” va boshqa noislomiy diniy muassasalar faoliyatining doirasini kengaytirishga harakat qildilar.

Jamiyat ma’naviy hayotini boshqarib turgan ruhoniylar, shuningdek, ziyoli kishilarni yetkazib berish  markazlari  hisoblangan  madrasalar faoliyatining moddiy manbasi hisoblangan vaqf mulklariga bo’lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. Jamiyat va davlat hayoti ehtiyojlari «endilikda madrasalarda olingan bilimlarni juda kam darajada talab qilmoqda. Saylab qo‘yiladigan idoralar ham, shuningdek , rus ma’muriy atini tayinlash ham mazkur muassasalardan chiqqanlarga (madrasa bitiruvchilariga – mualliflar) muhtoj emas… Mahalliy qonunshunoslarning ma’lumot olishi yer tuzilishi islohotining amalga oshirilishi bilan o‘z umrini o‘tab bo’ldi; shariat va uning vakillari, ular bilan birgalikda esa mahalliy maktab ham hozirgi vaqtda yangi tartibga dushman kuchlari tayyorlashdan iborat kuchli mavqedan uzil-kesil mahrum bo’ladi», – degan edi K.P.Kaufman.

XIX asr oxirida «Aholining ma’naviy-diniy hayotini zo‘r diqqat bilan kuzatib borishni joriy etish» dasturi ishlab chiqildi. Dasturdan ko’zlangan asosiy maqsad islom dinini zaiflashtirish va unga barham berishdan iborat edi. Mazkur dasturning uchinchi bandida mahalliy kishilarni qozilar tayyorlanadigan madrasalarda rus tilini o’qitishni joriy etish to‘g’risida taklif kiritishga undash; bu hol mazkur o’quv yurtlari eshiklarini rus o‘qituvchilariga ochib berish barobarida musulmon olimlari, mutaassiblar va islomning har qanday arkonlari oqib keladigan madrasalarda nimalar qilinayotganligini doimiy va Ishonchli ravishda kuzatib borishga imkon yaratadi, — deb ta’kidlanadi.

Mustamlakachilarning Turkiston o’lkasida olib borgan bunday siyosati, albatta, yerli xalq o‘rtasida norozilik kayfiyatini vujudga keltirishi tabiiy edi. Bu xususda rus arxeologi va sharqshunos olimi N.I.Veselovskiy shunday deb yozgan edi: «Biz Turkistonga madaniyat olibkeldik, deb o‘ylaymiz. Bo’ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik va osoyishtalik berdik, deb o‘zimizni ovutamiz. Ammo bularda ham yuksak bir oliy tuyg ‘u borki, bu millat va uning milliy iftixoridir.

Musulmonlar ahvolini tushunishimiz kerak. Siyosiy o‘lim (milliy davlatchilikning yo’qolishi) og’ir, milliy o‘lim esa undan ham og‘irroqdir. Bizning hukmronligimizda esa ular shunday holga tushdilar. Bas shunday ekan, hukmronligimizga qarshi g‘alayonlar ro‘y bersa, ajablanishga o’rin yo‘q. Shunday milliy manfaatlar borki, ular xalq och yoki to‘qligidan qat’yi nazar, bir kunmas bir kun o’zini namoyon etajak».

Mustamlakachilar o‘lkani ruslashtirish siyosatini tezkorlik bilan amalga oshirishga kirisha boshladilar. Bu maqsadni amalga oshiruvchi dasturlar qabul qilindi. Ularda yerli aholiga rus tilini o‘rgatishni masjid va madrasalarda joriy qilishdan boshlab, xalqning ma’naviy-ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi islom muassasalari ishini nazorat ostiga olish, madrasalar faoliyatiga aralashish, barcha maktablami ma’muriyat ixtiyoriga o‘tkazish, xalqning siyosiy  dunyoqarashini shakllantiruvchi muassasalarni yopib qo’yish kabi vazifalar belgilab berildi.

Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi uchun zarur bo‘lgan paxta xom ashyosi yetkazib berish va uni qayta ishlashga ham oddiy fuqarolarni jalb qilish ehtiyoji vujudga kela boradi. Bunga, birinchidan, mahalliy yer egalari va boy-badavlat kishilarni jalb qilmasdan turib paxta yetishtiriladigan yer maydonlarini kengaytirish va paxta sanoatini rivojlantirish mumkin emas edi. Ikkinchi tomondan esa, paxta zavodlarida ishlash uchun mahalliy kadrlar kuchidan foydalanish zarur edi. Shu boisdan ham endigina shakllanib kelayotgan kapitalistik munosabatlar rivojiga hamda o‘lkani ruslashtirishga ko‘mak beruvchi rus-tuzem maktablari tashkil etila boshlandi. XIX asrning oxirlariga kelib bu usuldagi maktablar o‘lkaning yirik shaharlari (Samarqand, Toshkent, Qo’qon, Andijon, Marg‘ilon, Xiva)da faoliyat ko‘rsata boshladi.

1875- yili Turkistonda xalq maorifi haqida qonun qabul qilindi va general-gubernatorga bo‘ysunuvchi hududlarda rus o‘g‘il va qiz bolalari uchun gimnaziyalar, yerli xalq bolalari uchun esa rus-tuzem maktablari tashkil qilingan. Ayni paytda mahalliy xalq  bolalari  uchun milliy  ma’rifatparvarlarimiz yangi usul maktablari ochishga kirishdilar. Bu maktablarning ochilishida endigina shakllanib kelayotgan mahalliy burjua vakillari va jamiyatning ilg‘or ma’rifatparvar kishilarining roli benihoya katta bo’lgan. Chunki shakllanib kelayotgan mahalliy burjua vakillari mahalliy yoshlarning zamonaviy fan va texnika, savdo-tijorat ishlari bilan shug‘ulanishlaridan manfaatdor edilar. Bu maktablar o‘z oldiga yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish vazifasini qo‘yadi. Mashg‘ulotlar sinf xonasida o‘tkazilib, ko’rgazmali qurollardan foydafanish, partada o’tirish, mashg’ulotlar o‘rtasida tanaffus qilish joriy etilgan. O‘quv dasturlarining yarmi dinga oid va yarmi ilmiy bilimlarga ajratilgan. Bu usuldagi maktablarning milliy ruh bilan sug’orilganligi va milliy madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishini sezib qolgan rus amaldorlari ularni yopib qo’yish payiga tushib qoladilar.

Madrasalarni bitirib chiquvchi ruhoniylarning ta’sirini susaytirish uchun esa mahalliy yoshlarning Buxoro va Samarqanddagi tajribaga ega bo‘lgan madrasalarga borib o’qishini cheklay boshlaydi.