Kasalliklar tarixi

Sharq xalqlari tabobatining ilk manbalari deyilganda Abu Ali ibn Sino va undan yuz yil oldin o’tgan Abu Bakr Roziy yozib qoldirgan tibbiy meroslar tushunilar edi. Matnshunoslarning keyingi yillardagi tarjima va tadqiqot ishlari mazkur asarlardan ham oldin Sharq tabobati tadrijiy rivojlanishiga turtki bo’lgan asosiy omillardan biri Muhammad alayhissalomning tabobatga oid hadislari bo’lgan bo’lganligini aniqlanmoqda. Bu hol tabobatimiz tarixining ilk manbalari VII asrga ham taalluqli ekanligini ko’rsatadi.

Buyuk hakim Roziy tabobatiga qiziqish jumhuriyatimiz matnshunoslari, tabiblari va keng kitobxonlar orasida kundan-kunga ortib bormoqda. Arabshunos olim U.I.Karimov birinchi bo’lib Roziyning “Chechak va qizamuq haqida kitobi”ni shu kunlarda o’zbek tiliga izohli tarjimasini tugatdi.

Sharqda kasalliklar tarixini joriy qilgan alloma Abu Bakr Roziy va uning shogirdining tibbiy asarlarini o’zbek tiliga tarjima va tadqiq qilish 1974 yili 1500 nusxada nashr qilingan.

Muallif: Abu Bakr ar Roziy

Shuningdek o’qing
Muhammad alayhissalomning tabobatga oid hadislari. Arabchadan Hamidulla Hikmatullayev tarjimasi
Abu Bakr ar-Roziy. Chechak va qizamuq haqida kitob. Arabchadan Ubaydulla Karimov tarjimasi.
Abu Bakr ar-Roziyning o’zi qayd qilib borgan “Kasallik tarixi”. Arabchadan Hamidulla Hikmatullayev tarjimasi
Abu Bakr ar-Roziyning shogirdi to’plagan “Kasalliklar tarixi” Turkchadan Hamidulla Hikmatullayev tarjimasi
Abu Bakr ar-Roziy va uning shogirdi yozib qoldirgan “Kasalliklar tarixi” tarjimalariga izohlar
Sodda dorilar lug’atli ko’rsatkichi

счетчик посещений