INSONIY MULOQOTLAR PSIXOLOGIYASI

Har bir normal kishi o’zini o’zgalarni tinglashga, o ‘z flkrini birovlarga yetkazishga, ya’ni gapirishga, fikrlarini ba’zan yozma tarzda bayon etishga tug’m a qobiliyatliday tasavvur qiladi. Lekin aslida ana shu birovlarni tushunish va o’z fikrlarimiz, o’ylarimizni birovlarga yetkaza olish qobiliyati bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz o’zimizga o’xshash inson jamiyatisiz mavjud bo’la olmasligimizni bildiradi.

Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-yuz» bo’lishi; u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do’stona bo’lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo’lishi mumkinligini professor V. Karimova ta’kidlaydi.

Insoniy munosabatlar o’zaro shunday ta’sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab kishilar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvish-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Kishilar muloqotda bo’lgani sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadi yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo’ladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolm asligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim a ’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin. (Er-xotin, qaynona-kelin).

O’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko’zlaydigan asosiy maqsadlari — o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat kishi muloqotdan, ayniqsa uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charcham aydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar.

Turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan kishilar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balk i professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi.

Oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Jumladan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar, marketing va boshqalar.