Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur

Qudratli davlatlar tomonidan dunyoni bo’lib olish siyosatida faol qatnashgan hamda butun dunyoga o’z ta’sirini o’tkazish uchun sa’y harakatda bo’lgan Rossiya davlatida “oltin yombilari yer yuzida sochilib yotgan”, hisobsiz boyliklar diyori bo’lgan jannatmakon O’rta Osiyoni bosib olish, O’rta Osiyo orqali Hindistonga va u yerdan Hind ummoniga chiqish ishtiyoqi boshqa mamlakatlarni bosib olish ishtiyoqidan ancha ustunroq edi. O’rta Osiyoni va uning boyliklarini qo’lga kiritish hamda bu boyliklar vositasi bilan boshqa mamlakatlarni bo’ysundirish rejasini “Urushni urush bilan ta’minlasj” degan Tsezarona qoidani yaxshi o’zlashtirib olgan rus imperatori Pyotr Birinchining shaxsan o’zi tuzib chiqqan edi.

Bu juda uzoqni ko’zlab tuzgan rejasini amalga oshirishni u Aleksandr Bekovich Cherkasskiy, Florio Beneveni kabi josuslaini shu iqlimdagi o’lkalarni har taraflama o’rganish uchun yuborishdan boshladi. Rossiyaning keyingi hukmdorlari ham mazkur rejani amalga oshirish uchun sa’y harakatda bo’ldilar: ko’plab josuslar yubordilar, bir qancha ekspeditsiyalar uyushtirdilar, bu o’lkalarga yaqin yerlarda bir qancha istehkomlar hamda tayancha nuqtalari qurdirlar va hokazo va hokazo.

Ammo bosqinchilarning ko’plab harakatlari zoye ketaverdi, uyushtirilgan ekspeditsiyalar (yurishlar deb tushunish kerak) chippakka chiqaverdi. Ayniqsa 1839-1840-yillarda Xivani bosib olish uchun uyushtirilgan katta ekspeditsiyaning ulkan talafotlar bilan ortga qaytishi Rossiya uchun juda qimmatga tushdi. O’sha yili qish juda qattiq kelganligi, O’rta Osiyo iqlimi, jug’rofiyasi va boshqa shu kabi ma’lumotlarni yaxshi bilmasliklari sababli eng zamonaviy qurol-yarog’lar bilan tish-tirnog’igacha qurollangan rus bosqinchilari atigi piltali miltiqlar, kamonu qilichu nayzalar bilan himoyalangan “yarim yovvoyi O’rta osiyoliklar”ning kichik bir o’lkasini ham bosib ololmay, katta talafotlar bilan ortga qaytishga majbur bo’ldilar. Bunday bo’lishini xayoliga ham keltirmagan, bir katta hamla bilan butun “qoloq” O’rta Osiyoni bosib olishni mo’ljallagan rus sarkardalarini boshlari devorga urilib, ko’zlari moshdek ochildi va bu ko’zlari endi Rossiyadan Tangrining inoyati ila o’tish mushkul bo’lgan suvsiz cho’llar vositasida himoyalangan O’rta Osiyoda ilg’or bo’lmasa-d, har holda katta harbiy tajribaga, o’zining jang qiling strategiya va taktikalariga ega bo’lgan harbiy kuchlar mavjud ekanligini ko’rdi hamda faqat qurol-yarog’ ustunligi bilan kuchlarni yengib bo’lmasligini bosqinchilar anglab yetdilar. Bu kuchlarni yengish uchun O’rta Osiyoni faqat jug’rofiy, iqlimiy va siyosiy jihatlardan o’rganishning o’zi kifoya qilmas, balki bu yerdagi harbiy kuchlarning strategiya va taktikalarni ishlab chiqish, bu iqlimni bosib olishning qadam-baqadam rejalarini tuzib chiqish lozim edi. (Mazkur harbiy strategiya va taktikalar ishlab chiqilgan davr esa uzoq asrlarga – nomlarining o’ziyoq dunyoni titratgan Chingizxon va Amir Temur zamonlariga borib taqalardi.)

Yuqorida tilga olingan Xiva ekspeditsiyada qatnashgan podpolkovnik Mixail Ignatyev Ivanin ham ishga jiddiy kirishganlardan biri edi.

Ijtimoiy kelib chiqishi Chernigov guberniyasidagi dvoryanlar oilasidan bo’lgan M.I.Ivanin 1801-yilda tug’ilgan bo’lib, boshlang’ich ta’limni 1-kadetlar korpusida olgan. U o’zini harbiy ishga baxshida etib, 1822-yildan artilleriya brigadasida praporshchiklik unvoni bilan harbiy xizmatni boshlaydi hamda o’z bilim va malakalarini oshirib, amal pillapoyalaridan ko’tarila boradi. 1835-yildan u Orenburg o’lkasida xizmat qila boshlaydiki, uning harbiy-adabiy faoliyatining boshlanishi mana shu davrga to’g’ri keladi.

Xiva ekspeditsiyasi aynan shu Orenburg o’lkasidan uyushtirilgan edi. Katta talafotlar bilan ortga qaytishga majbur bo’lgan bu ekspeditsiya (aniqrog’i yurish) M.I.Ivaninning hayotida chuqur iz qoldirdi. Bu ekspeditsiyada uning sog’lig’iga jiddiy putur yetdi va natijada u harbiy xizmatni poytaxtga – Bosh shtabga ko’chirishga majbur bo’ldi. Mana shu davrlardan boshlab u Osiyo (xususan O’rta Osiyo) xalqlarining tarixi va harbiy san’atini chuqur o’rgana boshladi; harbiy san’ati haqida ko’plab ma’lumotlar to’pladi. Xizmati yuzasidan Osiyoning juda ko’p qismini kezib chiqqan harbiy mutaxassis M.I.Ivanin to’plagan ma’lumotlarini ma’lum miqdorda tekshirib ko’rish, chog’ishtirib chiqish, xullas chuqur tahlil qilib, ob’yektiv baholash imkoniga ega edi. Qilgan tadqiqotlarini jamlab u maqolalar, risolalar ko’rinishida chop ettirib turdi. “Описание зимнего похода в Хиву в 1839-1840 годах” (1839-1840-yillarda Xivaga uyushtirilgan qishki yurish bayonnomasi), “О внетренней Букеевской Орде” (O’rda Bukey O’rdasi haqida) kabi asarlar shular jumlasidandir.

Sog’ligi ma’lum miqdorda tiklangan so’ng 1853-yilda u Ichki Qirg’iz (Qozoq) O’rdasini boshqarish muvaqqat kengashiga Davlat mulklari nazorati tomonidan maslahatchi etib tayinlanadi va keyingi yili bu kengashning raisligi lavozimiga ko’tariladi. Keyinroq u Kavkazga xizmatga yuboriladi. Bu yerda ko’plab maxsus topshiriqlarni bajaradi, ekspeditsiyalarda ishtirok etadi hamda a’lo xizmatlari evaziga 1857-yilda general-mayor unvonini oladi. 1858-yilda Rossiyaning Turkiya bilan Osiyodagi chegaralarini aniqlah komissiyasida qatnashadi. 1864-1871-yillarda u qo’shinlarni temir yo’llar va suv yo’llari orqali tashish komissiyasining raisi (1866-yilda general-leytenant unvonini olib), Rossiya temir yo’llarining holati haqidagi to’liq ma’lumotlarni to’plash komissiyasining raisi, Bosh shtab qoshida tashkil etilgan qo’shinlarni temir yo’llar va suv yo’llari bo’ylab tashish doimiy komitetining a’zosi lavozimlarida ishlaydi. 1871-yilda esa Bosh stab harbiy-ilmiy komitetining a’zosi bo’ladi.

M.I.Ivanin 1836-1845-yillarda “О военном искусстве и завоеваниях монголо-татар и среднеазиатских народов при Чингизхане и Тамерлане” (Mo’g’ul-tatarlar va O’rta Osiyo xalqlarining Chingizxon hamda Amir Temur davrlaridagi harbiy san’atlari va istilolari haqida) nomli asarini yozib “Военный журнал”da chop ettirgan edi. 1870 yillarga kelib u to’plagan barcha ma’lumotlarini bir ipga tizib chiqadi va mazkur asarini qayta ishlab, to’ldirib (uning hajmi dastlabkisidan to’rt barobar ortiq edi), 1874 yilda harbiy-ilmiy komitetining hukmiga havola qiladi. Ammo 1872-yildan boshlab sog’ligi muttasil yomonlasha borgan. M.I.Ivanin 1874-yilning 27-sentabrida (o’z kitobining chop etilishini ko’ra olmay) vafot etadi.

M.I.Ivaninning mazkur asari 1875-yilda Sankt-Peterburgda Bosh shtabining harbiy-ilmiy komiteti tomonidan nashr ettiriladi.


Muallif: M.Ivanin

Shuningdek o’qing

I-qism. Mo’g’ul-tatarlarning Chingizxon davridagi harbiy san’ati haqida. Mo’g’ullarning Xitoy bilan munosabatlari hamda xitoylarning harbiy san’ati haqida
Mo’g’ulistonga bir nigoh: Chingizxonning Xitoyga yurishi (1211 yil)ga qadar qilgan harbiy harakatlari
Chingizxonning qonunlari hamda harbiy tuzilamalari, qoidalari va siyosati
Chingizxonning Xorazm sultoni Muhammad bilan qilgan urushi (1220-1224 yillar)
Chingizxon va O’gadayning Xitoyga qilgan yurishlari (1211-1234 yillar)
Botuxonning Rossiyaga qilgan qilgan yurishlari (1237-1240 yillar)
Botuxonning Polsha, Sileziya, Moraviya va Vengriyaga yurishlari (1240-1241 yillar)

II qism. O’rta Osiyo xalqlarining Amir Temur davridagi harbiy san’ati. Chingizxon va uning avlodlari tomonidan bosib olingan davlatlarning Amir Temurning bolalik yillaridagi ahvoli va Amir Temurning 1391 yilgacha bo’lgan dastlabki urushlari
Amir Temur qo’shinlarining tarkibi va tuzilishi
Qurol-yarog’ va harbiy yurish zahiralari, unvon berish, boshliqlar huquqi va maosh tayinlash
Amir Temur qo’shinlari muntazamligining asosi
Amir Temurning jangdagi harakatlarda qo’llagan taktik qoidalari va uning jangovar saflari. 12000 dan ortiq bo’lmagan otliq askarlar bo’limi uchun
12000 dan 40000 gacha bo’lgan otliq birikma (korpus) uchun
Butun bir qo’shin (armiya) uchun
O’rdu (lager)larda joylashish haqida. Qrim-tatarlarning saf tortish va harakatlari tarkibi hamda Ukrainaga qilgan bosqinlaridagi tadbirlari
Ko’chmanchi xalqlarning umuman urushga va ayniqsa kichik urushlarga bo’lgan layoqati haqida
Qirg’izlarning (qozoqlarning) chegara chiziqlaridan chorva mollarini haydab ketish uchun qo’llaydigan hiylalari
Amir Temurning boshqa davlatlar haqida ma’lumot to’plash uchun qo’llagan vositalari
Zaxiralar karboni va ta’minot usullari haqida
Davrimizdagi ma’lumotli o’troq xalqlarning harbiy usullari, urush olib bori xususiyatlari va harbiy-siyosiy qoidalarini xuddi shunday ko’chmanchi xalqlarniki bilan qiyoslash
Amir Temurning davlatlarni bosib olish uchun qo’llagan harbiy-siyosiy va ma’muriy qoidalari
Amir Temurning 1391 yilda To’xtamishxonga qarshi Oltin O’rdaga qilgan yurishi
1398-1399 yillarda Hindistonga qilingan yurish
Boyazidga qarshi 1402 yilda qilingan yurish
Xitoyga qarshi urushga tayyorgarlik

счетчик посещений