H.Ziyoyev. O’zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi

Miloddan oldingi asrlardan to 1991 yil 31 avgustgacha

Muqaddima

Bu tabarruk tuproqqa miloddan oldingi VI asrda eronlik Kayxusrav, miloddan oldingi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqarnayn, milodiy VII asrda arablar, XIII asrda Chingizxon, XIX asrda esa rus istilochilarining tajovuzlari ne-ne kulfatlar keltirmadi.

…Yovuz bosqinchilarga va istilovhilarga qarshi ozodlik bayrog’ini ko’targan Shiroq, Spitamen, Mahmud Torobiy, Temur Xotun (To’maris), Malika Kabaj Xotun kabi ajdodlarimiz jasorati avlodlar uchun vatanparvarlik va shijoat timsolidir. Islom Karimov.  Muhtaram yurtboshimizning mazkur satrlarda izhor etgan fikrlari tarixiy haqiqatni aks ettirib, katta siyosiy va ilmiy ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, vatan ozodligi uchun jonni ham, molni ham fido aylash, mardlik, jasoratlik va jangovarlikni namoyish etish har bir kishining or-nomusi va muqaddas burchidir. Shu bois vatanni sevish iymondandir, degan ibora bejiz aytilmagan. Bizning ota-bob va ajdodlarimiz bu naqlni yuragiga tukkan holda vatanga sodiqlikni, mardlik, jasoratlik va jangovarlikni namoyish etib kelmoqda. Shuningdek, madaniyatni rivojlantirib, jahon tsivilizatsiyasiga munosib hissa qo’shdi. Mashhur olim Mahmud ibn Vali o’zining “Bahr al-asrar” kitobida shunday degan: Turkiston keng va havasni keltiradigan ajoyib mamlakatdir. U o’z ichiga ko’p shaharlar, qishloqlar, viloyatlar, tog’u-toshlar, cho’l va tekis joylarni oladi. Uning aholisi o’zlarini turkiylar yoki o’zbeklar deb yuritadilar. Bu xalq o’zining jasoratliligi va jangovarligi bilan shuhrat qozongan. Xorazmlik va toshkentliklar ham shunday fazilatlarning sohibidirlar.

Uning aholisi o’z vatanini har jihatdan boshqa mamlakatlardan yuqori o’ringa qo’yadi. U hozirda islom dinining sofligini saqlash, madrasa, masjid, xonaqo, talabalarning ko’pligi, obi-havosining yumshoqligi, ajoyib bog’ va daraxtzorlari, tog’ va daryolarining go’zalligi va oziq-ovqatlarining mo’lligi jihatidan boshqa mamlakatlardan ustun turadi. Turkiston zaminida olim va shoirlar shu darajada ko’pki hisobiga yetish amri maholdir. Uning boyligi “ilm va donishmandlik”dadir.

Haqiqatan ham Turkiston jannatmakon mamlakat sifatida olamga ma’lum va mashhurdir. O’zbekiston esa bu mintaqaning yuragi va javohiridir. Bu yerdan inson hayoti va taraqqiyoti uchun nimaiki zarur bo’lsa barchasi mavjud. Moddiy va ma’naviy boyliklar bitmas-tuganmasdir.

O’zbekistonning bunchalik ajoyib va g’aroyib mamlakat bo’lishi jahongashta hukmdorlarning diqqatini jalb etmasdan qo’ymas edi, albatta. Zero, Ahmoniylar, Makedoniyalik Aleksandr, Arab xalifaligi, Chingizxon, Chor Rossiyasi va Sovet davlati o’lkaga bostirib kirdilar. Ular misli ko’rilmagan qirg’in-barotlarni, talon-taroj va vayronagarchiliklarni qilib, hukmronligi bir necha yuz yillar davom etdi.

Xususan, Ahmoniylar – 200 yil, Grek-makedoniyaliklar – 180 yil, Arab xalifaligi salkam – 200 yil, Chingizxon bosqinchilari – 150 yil, Chor ROssiyasi va Sovet davlati – 130 yil o’lkani o’z panjalarida ushlab turdilar. Umushlashtirganda mazkur raqamlar 800 yildan oshadi. Binobarin, O’zbekiston o’zining salkam uch ming yillik tarixidan o’rta hisobda 800 yilini bosqinchilarning qo’li ostida o’tkazishga majbur bo’ldi. Bu g’oyatda dahshatli va fojeali davrlarda yuz minglab odamlar o’ldirildi yoki jarohatlantirildi. Ko’p boyliklar talandi, shahar va qishloqlar xarobaga aylantirildi. Biroq hech qanday qirg’inlar va vayronagarchiliklar qanchalik vahshiylarcha amalga oshirilmasin, o’zbek xalqining yer yuzidan supirib tashlay olmadi. Chunki bu xalq Allohning marhamati ila “olovda yonmaydigan va suvda cho’kmaydigan” qilib yaratilganki, misli ko’rilmagan talafot va azob-uqubatlardan butun chiqaveradi. Hamda bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettiraverdi.

Xo’sh, shunday ekan, nima uchun ozodlik kurashlari mag’lubiyatga uchrab bosqinchilarning hukmronligi o’rnatilgan vaqtlari bo’lgan?

Bunga birinchi navbatda taxtning merosxo’rligi va uning uchun olib borilgan o’zaro qonli urushlar sabab bo’lgan. Ma’lumki hukmronlik qilayotgan sulolada hamma vaqt otasi yoki buvasiga o’xshagan aql idrokli va iste’dodli farzand tug’ilavermagan. Shunga qaramay merosxo’rlik qonuni bo’yicha noqobil farzand ham taxtni egallay bergan. Bu xildagi hukmdorlar o’zlarinig ojizligi tufayli shaxsiy manfaat va huzur-halovatni umumdavlat manfaatidan ustun qo’yib ish yuritgan. Natijada mamlakatda inqiroz va qoloqlik yuzaga kelgan. Hukmdorlardagi ko’pxotinlik va serfarzandlik ham katta ziyon keltirgan. Ularning orasida o’nta va undan ortiq xotinli va 10-20 ta farzandli hukmdorlarni uchratish mumkin. Bunday otasi bir va onasi boshqa farzandlarning har biri “taxt menga tegishli” degan fikr bilan yashab, uni egallash uchun aka-ukalarini o’ldirishdan toymaganlar. Bunday taxt talashish shunday fojeali oqibatlarga olib kelganki tasvirlashga qalam ojizlik qiladi. Avvalambor u mamlakatda parokandalik va tarqoqlikni, xavotirlik va notinchlikni yuzaga keltirib, hokimiyat boshqaruvi va salohiyatiga qattiq zarba berdi. Qo’shin orasida esa tarafkashlik va o’zboshimchalik hukm surib, mamlakat mudofaasi juda zaiflashgan. Hatto taxt uchun kurashlar qudratli temuriylar davlatini yemirganligini kim bilmaydi deysiz.

Diniy fanatizm ham mustaqillikni qo’ldan boy berilishiga olib kelgan edi.

Ma’lumki iste’dodli kishilar har qadamda uchramay ozchilikni tashkil etadi. Shunga o’xshash aql-idrokli, farosatli, jasoratli, vatanparvar va mohir tashkilotchi hukmdorlar yuz yillarda bir dunyoga kelgan. Unga ishonch hosil qilish uchun keyingi ming yillik tarixga nazar tashlansa bas. Bu ko’p asrlik davr mobaynida yuqori ko’rsatilgan oliy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan, tom ma’nodagi davlat arboblarining xizmatlari tufayli 900, 1370 va 1991 yillarda uch marotaba vatan mustaqilligini tiklashga erishildi. Uning birinchi Ismoil Somoniy, ikkinchisi Amir Temur va uchinchisi Islom Karimov nomi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu tabarruk zotlar mustaqillikni tiklash bilan bir qatorda mamlakatning kuch-qudrati va taraqqiyotini ta’minladilar.

Amir Temurdan keyin 600 yil mobaynida ozodlik kurashlariga boshchilik qilib g’alabani ta’minlashga qodir davlat arbobi ko’zga ko’rinmadi. Nihoyat, 1991 yilga kelib xalq orziqib kutgan buyuk davlat arbobi Islom Karimov ko’z o’ngimizda namoyon bo’ldi. Uning dono rahbarligi tufayli O’zbekiston mustaqilligi tiklandi. U shu darajada o’tkir siyosat yurgizdiki, mustaqillik va ozodlik bamisoli sherning og’zidan “bir tomchi qonsiz”, ya’ni jangu-jadalsiz va qurbonlarsiz tortib olindi.

Preident Islom Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligida mustaqillik va taraqqiyot uchun olib borilgan kurashning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu haqda keyingi sahifalarda, ya’ni o’z o’rinda so’z yuritiladi.

Yurtboshimiz aytganidek, O’zbekiston mustaqqiligining tiklanishi tasodifiy va favquloddagi hodisa bo’lmay, uning uchun kurashning ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi. Mazkur asar mana shu nuqtai-nazardan yozilib, o’zbek xalqining miloddan oldingi asrlaridan to 1991 yil 31 avfustgacha olib borgan qahramonona kurashlarini yoritishga bag’ishlangan. Unda bu kurashlarning sabablari, mohiyati va yo’nalishlarini ko’rsatishga harakat qilindi. Shu narsa aniqlandiki, milliy g’oyaning asosi bo’lmish – mustaqillik, ozodlik va taraqqiyot uchun kurash chuqur tarixiy davrlardayoq shakllanib, qanchalik vaqtlaning o’tishi bilan shunchalik chuqur ildiz otib borgan. Chet el bosqinchilari milliy g’oyaning beqiyos katta kuch-qudratini anglab qo’porib tashlash uchun ayovsiz kurashdilar. Inson ko’zi ko’rmagan va qulog’i eshitmagan jazolarni qo’lladilar. Lekin milliy g’oya o’zbek xalqining ongi va qalbiga shu darajada kuch uni yo’q qila olmadi. Aksincha, bu g’oya vaqti kelib xalq qalbidan vulqon kabi otilib chiqib, 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston mustaqilligi va ozodligi tiklandi. Shu tariqa bu tarixiy voqea o’tmishdagi ko’p asrlik milliy ozodlik kurashlarining mantiqiy davomi sifatida namoyon bo’ldi.

Bu bilan ota-bobolarimizning asrlar mobaynida ozodlik uchun olib borgan kurashlari g’olibona yakunlandi. Ularning kurashlard daryo kabi oqqan qonlari, misli ko’rilmagan talafotlar va zulmlar pirovardida behuda ketmadi. Zero, qullik zanjirlari va “temir qafas” parchalanib, ozod va erkin xalq sifatida jahon davrasida munosib o’rinni egalladik. Chorizm va Sovet davrida jahon xaritasida o’chirilgan O’zbekistonni bilmagan va siylamagan mamlakat qolmadi. Ko’z o’ngimizda sodir bo’layotgan buyuk o’zgarishlar va ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishda Prezidentimiz Islom Karimov hal qiluvchi o’rinni egallab kelmoqda. U dunyoga yuz yillarda bir marta keladigan buyuk davlat arbobidir.

Hozirgi zamon avlodlari baxtlilarning baxtlisidir. Zero, Prezidentimiz bilan zamondosh bo’lib yashash va ozodlikning gashtini surish Allohning oliy ne’matidir.

Shuningdek o’qing

Miloddan avvalgi asrlarda mustaqillik va ozodlik uchun olib borilgan kurashlar. Ahamoniylar davlatining bosqiniga qarshi kurash
Makedoniyalik Aleksandr tajovuziga qarshi janglar

Arab xalifaligiga qarshi olib borilgan janglar. Xalifalikning harbiy yurishlari
Somoniylar davlatining tashkil topishi

Mo’g’ullar tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurashlar. Xorazmshohlar imperiyasining ahvoli
Mo’g’ullar bosqinining boshlanishi
Temur Malik boshchiligidagi jang
Buxoro, Samarqand va Ko’hna Urganchdagi janglar
Vatan uchun jonini tikkan Jaloliddin
Mahmud Tarobiy – ozodlik kurashchisi

Mo’g’ullar hukmronligining tugatilishi. Amir Temur – xalq xaloskori
Yo ozodlik, yo o’lim!
Amir Temur tomonidan Vatan mustaqilligining tiklanishi

Chor Rossiyasi harbiy yurishlarining boshlanishi va rivojlanishi. Oltin O’rda va Rus davlati
Amir Temurning Oltin O’rdaga zarbasi
1717 yilda Chor Rossiyasining Xiva xonligiga qarshi harbiy yurishi
Qozog’istonda Rus davlati hukmronligining o’rnatilishi
1839 yilda Xiva xonligiga qilingan tajovuz
Xiva xonligiga qarshi qayta harbiy yurishni uyushtirish harakati

O’zbek xonliklarining Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi. Oqmasjiddagi jang
Avliyoota, Turkiston va Chimkentning bosib olinishi
Toshkentning urushib olinishi
Buxoro xonligining bo’ysundirilishi
Xiva xonligining zabt etilishi
Qo’qon xonligining tugatilishi

Chor Rossiyasining hukmronligiga qarshi kurashlar. Mustamlakachilik va milliy zulm siyosati
1892 yil qo’zg’oloni
XIX asrning 80-90 yillarida ko’tarilgan qo’zg’olonlar
1898 yil qo’zg’oloni
Qo’zg’olon qatnashchilarining jazolanishi

XX asr boshlarida Turkistonda istiqlol uchun kurashlar.
Samarqand viloyatidagi qo’zg’olonlar
Sirdaryo viloyatidagi qo’zg’olonlar
Farg’ona viloyatidagi qo’zg’olonlar

Rossiya va Turkistonda siyosiy partiyalar va ishchilar harakatining yuzaga kelishi. Rossiyada siyosiy kurashlarning avjiga chiqishi
Jadidlar mustaqillik va ozodlik uchun kurashda
Chorizmning ag’darilishi va burjua fevral-demokratik inqilobining g’alabasi
Turkistonda muvaqqat hukumatining tor-mor etilishi va sovet davlatining o’rnatilishi

Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi va tarixiy ahamiyati.
“Bosmachilik” – ozodlik kurashining yorqin namunasi. Farg’ona vodiysidagi “bosmachilik”
Xiva xonligida “bosmachilik” kurashi
Buxoro amirligida istiqlol uchun kurashlar

O’zbekiston Mustaqilligining tiklanishi yoxud buyuk tarixiy voqea. “Sotsializm” tuzumining mohiyati va yo’nalishi
1989-1991 yillarda Mustaqillik uchun kurash
Mustaqillikning o’ziga xos xususiyatlari va buyuk tarixiy o’zgarishlar

счетчик посещений