Diniy bayramlar

Dunyodagi barcha dinlar o’ziga xos bayramlarga ega. Har bir dinning keng tamoq otib, rivojlanib borishida bayramlarning ahamiyati beqiyos.

Dunyodagi uch yirik dnning biri bo’lgan islomning ikki asosiy hayiti “Iyd a;-kabir” (katta iyd, ya’ni Qurbon hayiti) va “Iyd al-fitr” (Ro’za hayiti) musulmon dunyosida ko’p asrlardan buyon nishonlanib kelinmoqda. (“Hayit” – arabcha “iyd”, ya’ni bayram demakdir).

Ikkala hayit ham Muhammad alayhis-salomning Makkai mukarramadan Madinai munavvariy sananing birinchi yillaridayoq joriy qilingan. Imom Nasafiy hadisida aytiladiki “Rasulloh Madinaga hijrat qilib kelganlarida madinaliklar qadimdan bir yilda ikki kunni bayram qilar edilar. Ul zot Ollohning amri bilan shu ikki kunni ulardan yaxshirog’iga, ya’ni Ramazon va Qurbon hayitlariga almashtirdilar”. Islom bayramlarining vujudga kelishiga madinaliklarning qadimiy bayramlari asos bo’lgan.

Manbalarda Muhammad alayhis-salomning hayitlarida qatnashganligi xususida anchagina ma’lumotlar mavjud. Chunonchi, Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlariga ko’ra, Bibi Oyshai Siddiqa (Rasullohning jufti halollari) hikoya qiladilarki; “Men hayit kunlari Rasulloh bilan birga habashlar o’yinini tomosha qilar edim. Rosa miriqib tomosha qilganimizdan keyin, qaytar edik”. Yana Oyshai Siddiqa aytadilar: “Bir hayit kuni ikki joriya qizning ashulalariga quloq solib o’tirgan edim, bexos otam Abu Bakr Siddiq kelib qoldilar. Bizni bu holda ko’rib, uch marta “Bu shayton navolariku!” den koyiy boshladilar. Shunda nogoh  Rasulloh:… “Ey Abu Bakr, ularni o’z holiga qo’ying, zero, har bir xalqning o’z bayrami bo’ladi. Bugun – bizning bayramimizdir, – dedilar”.

Islom hayitlari mazkur diniy marosimlarga asoslangan bo’lib musulmonchilikni qabul qilgan xalqlarning urf-odati, an’analari, hayotiy tajribalari bilan bog’lanib ketgan. Shuning uchun ham ko’pgina musulmon xalqlari bu hayitlarni ham diniy, ham o’zlarining milliy bayramlari deb qabul qilishgan. Turli musulmon xalqlari (arab, turkey va eroniy xalqlar)da bu hayitlarni nishonlash borasida muayyan farqli jihatlar mavjud bo’lsa-da, biroq islom dini bayramlariga xos umumiy marosim, odatlar saqlanib qolgan. Islom hayilarining bosh marosimi tong saharda namozgohlar, masjidlarda o’qiladigan “hayit namozidir”.

Musulmonlar hayit namoziga toza, chiroyli kimlar kiyib, xushbo’y atir-upalarni sepib yaxshi kayfiyat va ezgu niyatlar bilan chiqishadi. Avval, “Bomdod namozi” o’qiladi. So’ng imom xatiblar kishilarni ezgulikka da’vat etuvchi ta’sirli va mazmunli ma’ruza qilishadi. Undan keyin esa asosiy “hayit namozi” o’qiladi.

Namoz o’qish marosimi tugagandan keyin hamma bir-biri bilan ko’rishib, hol-ahvol so’rashib, bir-birlarini hayit bilan qutlaydilar. Hayit namozidan chiqqanlar yaxshi kayfiyatda uyga borishadi, oila a’zolariga, farzandlariga “hayitliklar” sovg’a qilishadi. Bu ulug’ ayyotmda ustozlar ziyorat qilinadi, qarindoshlardan hol-ahvol so’raladi, keksalar va bemorlardan xabar olinadi.

Hayit kunlari odamlar orasida gina va kuduratlar unutiladi. Hayit arafasida barcha xonadonlarda osh yoki boshqa bayramona taomlar pishirilib, qo’shnilarga, yaqinlarga ulashiladi, dasturxonlar bezatiladi, mehmonlar kutiladi. Hayit kunlari kambag’al, beva-bechora, yetim-yesirlarga, gadolarga hayitlik, xayriya  va sadaqalar berish savob hisoblanadi.

Hayit kunlarida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining ba’zi viloyatlarida “kelin ko’rish” yoki “kelin salom” deb nomlangan marosim o’tkaziladi. Nikoh to’yidan keyin ham hayit bayrami bo’lmagan bo’lmagan yosh kelinchaklar hayit kunlari dasturxon bezatib, mehmon kutishadi. Bu marosim quyidagicha o’tkaziladi. Yolg’on arafa yoki chin aradfa kuni kelinning ota-onasi qizi kelib bo’lib tushgan xonadonga yo’qlov yuborishadi. Bu bilan ular qudalarini, kuyov va qizlarini muborak ayyom bilan qutlashadi.

O’z navbatida kuyov xonadonidagilar ham o’zlari pishirgan shirinliklardan berib yuborishadi.

Chin arafa kuni kechqurun kelinning uyiga yaqin qarindosh ayollar va qizlar yig’ilishadi: Toshkentda hayit kunlarida yangi kelinchak tushgan xonadonlarda dasturxon yuksak mahorat darajasida bezatiladi. Hayit kuni erta tong turgan kelinchak yuvinib-taranib, eng chiroyli libosini kiyadi, boshiga nafis, harir mato yopib, xonadon a’zolariga birma-bir ta’zim bilan salom beradi va dasturxonga taklif etadi.

Shundan so’ng “kelin ko’rish” marosimi boshlanib ketadi. Qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, tanish-bilishlar birin-ketin “kelin ko’rgani” kela boshlashadi. Kelinchak ularning har biriga alohida-alohida salom berai. Mehmonlar bu salomga javoban “Ko’p yashang”, “Baxtli bo’ling”, “Uzoq umr ko’ring” – deb aytishadi. Bu marosim ishtirokchilari xotin-qizlar hisoblanadi, ya’ni “kelin ko’rgani”, faqat ayollar va qizlar tashrif buyurishadi. Keluvchilarning soni ko’p bo’lganligi sababli mehmonla ko’p o’tirishmaydi, yaxshi niyatlar aytib fotiha qilishgach, yangi kelinning qo’lidan bir piyoladan choy ichishib, o’rinlaridan qo’zg’alishadi. Turmushga chiqmagan qizlar bu marosimdan uy ichini qanday bezatish, qanday shirinliklar pishirish, kelinchakning o’zini qanday tutishi, qanday kiyinishi, muomalasini o’rganadilar. Ayollar esa kelinchak bilan yaqindan tanishadilar, kelinchak damlarini yodga oladilar, kelinchak o’z libosini tez-tez almashtirib turadilar. Buning zamirida maqtanish emas, balki kelinchakning didiga qo’yiladigan baho yotadi. Oxirgi paytlarda bu marosimda ham kim o’zlarga tarzida oshirish-toshirib yo’qlovlar yuborish tobora rusumga aylanib bormoqda. Bu marosimdan ko’zlangan maqsad boylikni ko’z-ko’z qilish emas, balki qizlarimizni turmushga tayyorlash, kelinlarimizni pazandalikka, uy tutishga, mehmon kutishga o’rgatishdir.

Mazkur hayit-bayramlarining shuga o’xshash ijobiy jihatlari ko’p. Eng muhimi, ular odamlarning ruhini ko’tarishga ta’sir ko’rsatib kelgan.

Sho’rolar davrida diniy odat va bayramlar taqiqlanib kelindi. Mustaqillik tufayligina jamiyatimizda ro’y bergan mafkuraviy o’zgarishlar natijasida elimizda diniy bayramlar, jumladan, Ro’za va Qurbon hayitlari yana erkin o’tkaziladigan bo’ldi. 1992 yil 27 martda O’zbekiston Prezidentining “Ro’za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonda jumladan, shunday deyiladi: “Mustaqil O’zbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar o’rtasida mehr-oqibani barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram Ro’za hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb tayinlansin”. 1992 yildan boshlab har yili mamlakatimizda “Ro’za hayiti” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. “O’zbelostpm Respublikasida bayram kunlari” to’g’risidagi (1992 yil 3 iyul) O’zbekiston Qonuni asosida “Ro’za hayiti” bilan birga “Qurbon hayiti”ning birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Shuningdek o’qing

Ro’za hayiti
Qurbon hayiti
Boshqa diniy marosimlar

счетчик посещений