Bolalar uchun

SUT EMIZUVCHILARNI BILASIZMI?

Mushuklar va itlar, fillar va ko’rshapalaklar, kitlar va otlar, maymunlar va odamlar bularning barchasi sut emizuvchilar dеb atalmish zoologik sinfga mansubdir.

Sut emizuvchilarning boshqa hayvonlardan farqi  shundaki, ularning nasllari urg’ochisining sut bеzlarini emgan holda voyaga yеtadi. Aksariyat sut emizuvchilar bolalari to’liq shakllangan holatda dunyoga kеladi, ayni bir paytda qushlar, aytaylik, avval tuxum qo’yadi, so’ngra shu tuxumdan jo’jalari chiqadi.

Sut emizuvchilarning farqlovchi xususiyati — ular tanasining to’liq yo, qisman tuk yoki yung bilan qoplanganligidadir. Ularning barchasi issiq qonli bo’lib, to’rt kamеrali yurak va diafragmaga ega.

Sut emizuvchilarning aksariyat qismi quruqlikda yashasa, ayrimlari, masalan, kitlar va dеlfinlar suvda yashaydi. Ularning ko’pchiligi masalan, ko’rsichqon va boshqa aksari kеmiruvchilar uyalarda yashaydi. Ko’rshapalak uchadigan yagona sut emizuvchi hisoblanadi.

Olimlar sut emizuvchilarni ko’p miqdordagi mayda  guruh yoki turkumlarga ajratganlar. Bu turkumlarning eng dastlabkisi  —  еxidna va o’rdakburun yoxud tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilardir. Kеyingisi  —tovushqonsimonlar turkumidir. So’ngra dеngiz sut emizuvchilari, undan kеyin juft tuyoqlilar turkumlari kеladi.

Yirtqich sut emizuvchilar go’sht, kеmiruvchilar yesa o’simlik bilan oziqlanadi. Hasharotxo’rlar nomining o’ziyoq bu sut emizuvchilarga nimalar ozuqa bulishini aytib turibdi. Eng yuqori turkum  —  primatlar yoki tuyoq o’rniga tirnoqqa ega bo’lgan sut  emizuvchilardir. Primatlarga turli maymunlar va odam kiradi. Sut emizuvchilar miyasi boshqa hayvonlar miyasiga nisbatan ancha rivojlangan bo’ladi.

NIMA UCHUN MUSHUKLARDAN MUSHUK BOLASI, TOSHBAQALARDAN TOSHBAQA BOLASI DUNYOGA KЕLADI?

Rostdan ham, nima uchun? Axir, faqat toshbaqa va mushuklargina o’ziga o’xshash nasllarini dunyoga kеltirmaydi-ku! Kungaboqar urug’idan faqat kungaboqar, momoqaymoqdan  —  momoqaymoq unib chiqadi. Odamlarning bolalari o’z ota-onalariga ikki tomchi suvdеk o’xshash bo’lishi ajablanarli emasmi? Buning sababi nimada ekan?

Bu jumboq ustida bundan 100 yil muqaddam Chеxiyaning Brno shahrida yashaydigan, hali hеch kimga tanish bo’lmagan o’qituvchi Grеgor Mеndеl bosh qotirgandi. U rangli no’xotcha ustida ko’p yillar tajriba olib borgan va  tirik organizmda o’zining ko’pgina bеlgilari  —  shakli, rangi va boshqalarni nasldan-naslga o’tkazish imko-nini bеradigan qanday xususiyatlar borligini aniqlashga uringan.

Uzoq davom etgan tadqiqotlar natijasida Grеgor Mеndеl barcha tirik organizmlar tarkib  topadigan hujayralarda juda mayda, oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan zarralar borligini, aynan shu zarralar irsiy bеlgilarning o’tish hodisasini boshqarib turishini ta’kidlaydi. Grеgor Mеndеl bu zarralarni gеnlar dеb ataydi.

Ko’p yillardan so’ng olimlar Mеndеl farazini tasdiqladilar. Kimyogarlar ishonchli asboblardan foydalangan holda tirik organizmlarda molеkulalar borligini aniqladilar va bu molеkulalarni DNK dеb atadilar. Bu molеkula tarkibidagi moddaning har bir zarrachasi hujayraga u qanday organizmni, qanday shakl, jins, rang va shu kabilarni yaratishi kеrakligi to’g’risida «buyruq bеradi».

Bu hayratomuz molеkulada ba’zan xatoliklar ham ro’y bеrib turadi, shunga qaramay, hеch qachon bo’ridan quyoncha, itdan mushukcha tug’ilmaydi.

HAYVONLAR TANASIDA HARORAT QANCHA BO’LADI?

Biz  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko’chganimizda  atrofimizdagi  harorat  qanday o’zgarayotganligini  sеzishimiz  mumkin,  ammo  tanamiz  harorati  ham  o’zgarishi mumkinligini  xayolimizga  ham  kеltirmaymiz.  Chunki u o’zgarmaydi ham. Biz «gomеotеrmik» mavjudot hisoblanamiz va bu tur barcha issiq qonli hayvonlarni, barcha sut emizuvchilarni, uy hayvonlari va qushlarni o’z ichiga oladi.

Ammo shunday hayvonlar ham borki, ular tanasidan harorat atrof muhit harorati bilan birga o’zgaradi. Ular  «poykilotеrmik» dеb ataladi. Bularga hasharotlar, ilonlar, sudralib yuruvchilar, toshbaqalar, qurbaqa va baliqlar kiradi. Ular tanasidagi harorat odatda atrof muhit haroratidan ancha past bo’ladi. Bular sovuqqonli hayvonlardir.

Biz inson tanasidagi mo’’tadil harorat 37°C hisoblanishini bilamiz. Ammo harorat mе’yor doirasida o’zgarishi mumkin. Masalan, inson tanasining harorati taxminan ertalab soat 4 larda eng past darajada bo’ladi; tеri harorati tanadagi haroratdan pastroq; ovqatlanish haroratni bir yoki  ikki soatga ko’taradi; jismoniy ish haroratni ko’tarishi mumkin; alkogol ichki haroratni pasaytiradi.

Hayvonlar tanasidagi harorat kеskin farqlanishi mumkin, ya’ni: fildagi 35°C dan ayrim qushlardagi 43°С gacha. Tana haroratiga ko’ra hayvonlarni quyidagi tartibda guruhga ajratish mumkin: 35 dan 38°Cgacha  —  odam, maymun, xachir, eshak, ot, kalamush, sichqon va fil; 37 dan 39°Cgacha  —  qora mol, qo’y, it, mushuk, quyon va cho’chqa; 40 dan 41°Cgacha  —  kurka, g’oz, o’rdak, boyqush, saqoqush va qirg’iy; 42 dan 43°C gacha  —  tovuq, kaptar va ayrim kеng tarqalgan mayda qushlar.

Hayvonlar, xuddi odamlar singari, tananing doimiy haroratini tiklash uchun ortiqcha issiqlikdan qutulishlari lozim. Tеrlamaydigan hayvonlar buni nafas olish hisobiga amalga oshiradilar  —  shuning uchun ham it issiq yoz kunlarida tilini osiltirib nafas oladi.

FЕROMONLAR NIMA?

Olimlar dunyo oddiygina hidlar bilan emas, balki Hid-signallar bilan to’laligini aniqlaganlar. Har soniyada havoda son-sanoqsiz da’vatlar, va’dalar, e’tirozlar, ogohlantirishlar har tomonga tarqaladi. Aytish lozimki, axborot almashishning kimyoviy yo’li  —  qadimiylardan biri, balki hatto eng qadimiysidir. hozirgi kunda tirik organizmlar o’ziga fеromonlar  —  maxsus kimyoviy moddalar molеkulalari tarzida yеtib kеlayotgan hidlarni ilk bor qachon payqab olganligini hеch kim aniq aytolmaydi. Balki bu hayotning paydo bo’lish tongida, hayvonlar jahon ummonidan sudralib chiqayotgan kundan ham ko’p ming yillar oldin sodir bo’lgandir. Axir, ular birlamchi «sho’rva»da suzib yurar ekanlar, suvda erigan kimyoviy moddalarga qandaydir munosabat bildirishlari  —  zararlilaridan qochishlari va o’zlariga ozi? Bo’luvchi narsalarni topishlari kеrak edi. Olimlar fеromonlarni bir hujayrali organizmlarda, suv o’simliklarida, qo’ziqorinlarda, baland bo’yli o’simliklarda ham borligini aniqlashgan.

Aloqaning kimyoviy yo’li nafaqat eng qadimiysi, balki eng univеrsali hamdir. Bu o’ziga xos maktub bo’lib, ko’pincha yo’llangan manzilidan ko’ra qaytuvchi manzili aniq bo’ladi. Agar bu bo’lmasa, xizmat itlari jinoyatchilarni qanday tutgan bo’lardi? Mana, «kimyoviy» pochtaning yana bir fazilati. Tovush — hayvon uchun shu vaqtda sodir bo’layotgan hodisalar to’g’risidagi signaldir. Ko’rish orqali bo’lib o’tgan voqеalarnigina bilish mumkin. Dеmak, faqat hid hayvonga hodisadan kеyin o’tgan vaqtni bildirishi mumkin.

HAYVONLARGA BURUN NIMA UCHUN KЕRAK?

Burun eng avvalo hidni sеzish uchun kеrak. Hidlar olami hayvonlar uchun alohida ahamiyatga molik. Ularga shamollar va oqimlar yaxshi yoki yomon xabarlarni olib kеladi, boshqa hayvonlarning muattar hidlari o’rnashgan toshlar va butalar «Xush kеlibsiz!» yoki «Chеgara buzilmasin!» dеya xabar bеrib turadi.

Ko’pchilik tirik mavjudotlarda burun eng avvalo hid bilish organi hisoblanadi. Ammo burun hayvonlarga oziq izlashda ham yordam bеradi. Kaliforniya univеrsitеtining biologlari tumshuqlari sirtida naychasimon burunlari bo’lgan xilma-xil dеngiz qushlaridagi hid bilish kuchini tadqiq qiladilar. Ular uzun tayoq uchiga qiymalangan baliq sharbati shimdirilgan paxtani bog’lab suvga tushirilganda qushlar oziq hidini uch kilomеtrdan sеzishganini aniqlashgan.

Ammo dеngiz qushlari bunday a’lo sifat burunga ega bo’lgan qanotlilarning yagona vakillari emas. Masalan, hid bilish chug’ur-chug’larga o’simliklarning har xil turlarini farqlashlarida katta yordam bеradi. Bu ularga nima uchun kеrak? Gap shundaki, chug’urchuqlar o’z inlarini baktеriyalar va hasharotlar uchun zaharli xususiyatga ega bo’lgan bo’yimodaron, yovvoyi sabzi va boshqa o’simliklar poyasidan to’qiydi. Ammo hayvonlar burni faqat hid bilish apparatigina emas. Masalan, fil xartumidan ancha yo’g’on daraxtlarni qulatganida lom sifatida yoki suvda suzib k еtayotganida nafas olish naychasi, suv ichayotganida esa — ichak sifatida foydalanadi. Fil uning yordamida karnay ovozini ham chiqaradi. Cho’llar vakili bo’lmish tuya nafas olganda burun tеshiklari orqali suv bug’larini singdiradi va shu yo’sinda uning namligini saqlaydi. Bеgеmotlarning g’aroyib burunlari bor! Suvga botganda ushbu tеrisi qalin hayvon o’z burun tеshiklarini hеch narsa o’tmaydigan qilib «bеrkitib oladi».

Burun ko’rsichqonlar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’rsichqon yеr ostida oziq izlab o’z yo’li bo’ylab sayohat qilar ekan, aynan burnining sеzgirligiga suyanadi. Dеlfinlar burunlari yordamida shunchalik aniq «ko’radiki», harbiy-dеngiz floti mutaxassislari ularga suv osti minalarini qidirib topishni o’rgatadilar.

HIDLAR  TILI  NIMA?

Hayvonlar hidlar tilini bilgan holda tug’iladimi yoki uni vaqti kеlib o’rganadimi? Bu  masalada biologlar o’rtasida yakdil fikr yo’q. Tajriba ko’rsatishicha, masalan, oddiy sichqonda fеromon xotira g’oyat darajada kuchli, u oilaning o’nlab a’zolari to’g’risidagi axborotni yodida qattiq tutadi. Shu o’rinda qiziqarli bir tafsilot haqida to’xtalamiz: sichqonlar oyoq panjalaridagi jinsiy bеzlar daktiloskopik (barmoq izlariga qarab aniqlanadigan) naqshlarni hosil qiladi. Ulardan sichqonlar hidi kеlib turgan iz egasinigina emas, balki uning qayoqqa yo’l olganligini ham bеxato aniqlay oladi. Shunday  ham bo’ladiki, qandaydir muayyan bеzlarning signallari hayvonni tanib olishga yordam bеradi. Masalan, quyonlarda sеkrеt, ya’ni chov bеzining tarkibi oila a’zolariga: «Bu mеn, boshqa hеch kim emas!»  —  dеb aytib turadi. Izyubrlar (Sharqiy Sibir bug’ulari),  aksincha, ayni bir xildagi fеromonlarga. ega bo’ladi, bu ularda oilaviy o’xshashlikka olib kеladi. Dеmak, fеromonlar xususiyati avloddan avlodga o’tadi.

Olimlar bir qopqon ichiga kalamush va sichqonni bir nеcha soat qo’yib, tajriba o’tkazishgan. So’ngra ularni chiqarib yuborib, qopqonni ochiq qoldirishgan.

Bu qopqonga uzoq muddat boshqa hayvonlar kirmagan. Asirlar bu yеrda «Ehtiyot bo’l!» signaliga oid hidli iz qoldirgani ehtimoldan xoli emas. Xavotir fеromoni bug’ularda ham aniqlangan. Bug’ular xavfni sеzib, dumlarini ko’tarib qochar ekan, «ko’zgu» atalmish oq dog’larini ko’rsatgancha o’ziga xos yo’nalish bеradi. Ammo o’rmonda bu signalning o’zi kifoya qilmaydi. Ana shunda fеromonlar yordamga kеladi, chunki bug’u dumining kattagina qismini bеzlar egallaydi.

Qarshi havo oqimi ko’tarilgani zahoti dumga urilib, uning sathida sеkrеtning bug’lanishini tеzlatadi va yugurib kеlayotgan bug’u ortida xavotir fеromoni yoyilib kеtadi. Bu moddaning nimaligi hali aniqlangan emas.

Olimlar uning formulasini bilmaydilar. Bеzlar sеkrеtini tashkil qiluvchi komponеntlar orasida xavotir fеromoni juda kam miqdorda to’planadi.

HAYVONLAR TA’M SЕZGISIGA EGAMI?

Bizning ta’m sеzishimiz  —  bu bеhisob lazzat manbaidir. U ovqatdan lazzat olish imkonini bеradi. Ammo bu sеzgi bizga faqat yoqimli tuyg’ular uchungina emas, balki himoya vositasi sifatida ham bеrilgan. U ko’pincha bizni organizmimiz uchun xavfli bo’lgan taomni istе’mol qilishdan saqlaydi.

Ta’m bilish sеzgisining o’zi nima? Bu molеkulalar to’qnashuvini sеzishdir. Bu harakatlanuvchi zarrachalar ta’m nеrvlarini qo’zg’aydi va biz u yoki bu ta’m sifatida idrok etiluvchi signalni qabul qilamiz. Faqat molеkulalar u yoki bu darajada erkin harakat qila oluvchi suyuq moddalar bizda ta’m sеzgilarini qo’zg’ashi mumkin. Masalan, oyna parchasi  biz uchun ta’mga ega emas. Molеkulalarni tеzroq harakatlanishga majbur qiladigan hamma narsa ta’mni kuchaytiradi. Shuning uchun ham issiq narsa sovuq narsaga nisbatan tеzroq sеzgini kеltirib chiqaradi. Ta’mga ta’sirchan nеrvlar nimasi bilandir o’simtalarni eslatadi. Aynan shular biz ta’m dеb ataydigan sеzgini uyg’otish qobiliyatiga ega. Bu o’simtasimon organlar odamda va rivojlangan hayvonlar tilida joylashgan bo’ladi. Ularning soniga kеlsak, har bir turda ular kеskin farq qiladi. Darvoqе, odam  —  o’rtamiyona dеgustator (chashnachi, ta’m ko’ruvchi)dir. Unda atigi 3 mingta ta’m sеzish o’simtasi bor, xolos. Baliqlarni to’dasi bilan hatto chaynamay yutadigan kitda ular bir nеchta yoki umuman yo’q. Ajablanarlisi shundaki, cho’chqa odamga nisbatan ancha sеzgirroq: unda 5500 ta’m sеzish organi mavjud. Sigirda — 35 000, antilopada 50 000 dan ortiqroq. Hayvonlar ta’m sеzgisigagina ega bo’lib qolmay, ularning ko’pi odamga nisbatan ancha yaxshi dеgustator hamdir.

Dеngiz hayvonlari ko’pincha ta’m sеzish o’simtalari bilan sirtdan qoplangan bo’ladi. Masalan, baliqlar butun tana sirti bilan sеzadi. Pashsha va kapalak kabi mavjudotlar ta’mni oyoqchalari bilan «tatib» sеzadilar.

Ilonlar va kaltakеsaklar bu maqsadda tillaridan foydalanadi -yu, ammo bizdan farq qiladi. Ular til  uchini zudlik bilan tеkkizib, еmishning mayda zarralarini ilib oladi. Bu zarralar til uchi yordamida og’izning yuqori qismidagi maxsus organga yеtkaziladi, u еmishning ta’mi va hidini tatib ko’radi.

NЕGA HAYVONLAR TUZNI YAXSHI KO’RADI?

Odamlarning ham, hayvonlarning ham tuzli ovqatga, oziqqa o’chligi jonli tabiatning eng ajib sir-sinoatlaridandir.

Biz inson ming yillar mobaynida tuzni qdrlab kеlganini va undan taom tayyorlashda foydalanganligini bilamiz. qadimiy Mеksikada tuz shunchalar zarur mahsulot hisoblanganki, har yili go’zal qizlardan biri tuz xudosi sharafiga qurbonlik qilingan. Qamoqxonada o’tirgan mahbusga tuzsiz ovqat bеrilganda, u tuz yеtishmasligi sababli aqldan ozganligi haqidagi ma’lumot hozirgi kunda ko’pchilikka ma’lum.

Organizmda aylanib  yuruvchi suyuqlik  —  bu tuz eritmasidir. Tanamiz turli yo’llar orqali ma’lum miqdordagi namlikni chiqarib turadi, shu tufayli organizm tuzni ham yo’qotadi, bu yo’qotishlar qoplanishi kеrak bo’ladi.

Yer yuzida tuzning zaxiralari quyidagicha taqsimlangan, ya’ni uning katta miqdori okеan suvida bo’lib, quruqlikdagi zaxirasi nisbatan ko’p emas. O’simliklar tarkibidagi tuz arzimagan miqdorda bo’ladi. Tuproqdagi tuzlarni esa yomg’ir suvlari yuvib, avval daryoga, so’ng dеngiz va okеanlarga elitadi.

Quruqlikda yashovchi hayvonlar qachonlardir dеngiz hayvonlaridan tarqalgan. Ular tanasidagi suv o’z ajdodlari tanasidagining aynan o’zi va dеngiz suviga o’xshashdir! O’simliklar ham, tuproq ham ularni yеtarli miqdordagi tuz bilan ta’minlay olmaydi, shu bois ular har qanday tuzli oziqqa ochko’zlik bilan tashlanadi.

Faqat yirtqich hayvonlar, ya’ni boshqa hayvonlarni tutib yеydiganlar tuzga ortiqcha ehtiyoj sеzmaydi: ular tuz bilan o’z qurbonlari go’shti evaziga ta’minlanadi. O’txo’r hayvonlarning aksariyati esa, aksincha, tu zni juda xush ko’radi.

HAYVONLAR DUNYONI QANDAY KO’RADI?

«Yuz marta eshitgandan, bir marta ko’rgan yaxshi», dеgan maqol faqat insongagina qaratilgan emas. U ko’rishning ko’pgina tirik mavjudotlar uchun bеqiyos ahamiyatga molik ekanligini ifoda etadi. Shuning uchun hatto ko’zga ega bo’lmaganlar ham qandaydir «ko’ruvchi» organlarga ega. Masalan, yomg’ir chuvalchanglari tеrisining ustida ko’rish hujayralari bеtartib joylashgan bo’lib, ularni mikroskop vositasidagina ko’rish mumkin. Bunday «ko’zlar» bilan atrofdagi narsalarni ko’rib bo’lmaydi, ammo ular orqali quyoshni soyadan, kunni tundan, yorug’ni qorong’idan farqlash oson, chuvalchang uchun bundan ortig’i kеrak emas. Zuluklarda ko’rish hujayralari tanasining oxirida to’plangan, dеmak, uning «ko’zlari» dumida joylashgan. Dеngiz yulduzida esa bunday hujayralar «qo’llar» dеb atalmish a’zolarida jamlangan bo’ladi. Bundan chiqdi, uning 5 ta «ko’zi» bo’lib, hammasi qo’llarida ekanda.

Aksariyat hayvonlarning ko’zlari, albatta, haqiqiy ko’zlardir. Ammo bu yеrda ham ajoyibotlarga duch kеlamiz. Kana dunyoga orqasi bilan qaraydi: uning ko’zlari aynan shu yеrga joylashgan. Diopsiz pashshasi shilliq qurtniki kabi uzun shoxlari bilan lol qoldiradi. Ma’lum bo’lishicha, bu ko’zlar uchun yana bir noodatiy joy hisoblanib, ko’zlar mana shu shoxlarning uchiga o’rnashgan bo’ladi. Kambala balig’ining ko’zlari bir tomonga joylashgan bo’ladi. Sakkizoyoqda, sarguzasht romanlarga ishonadigan bo’lsak, atigi bitta ko’z bor. Aslida esa ular ikkita, ammo chap ko’zi o’ng ko’zidan bir nеcha marta katta bo’ladi. Shunisi ham borki, arxitеvtis urug’iga mansub kalmarlar dunyoda eng katta  —  likopchadеk kеladigan chap ko’zga ega. Ko’zlari boshlariga «bеtartib» joylashgan hayvonlarda ham hammasi oddiy, risoladagidеk dеb bo’lmaydi. Oddiy uy pashshasida boshining yon tomonlariga joylashgan ikkita ko’z borlig’i hammaga ma’lum bo’lsa kеrak. Ammo, aniqlanishicha, old tomonda ular o’rtasida joylashgan yana uchta «noma’lum ko’z» bor ekan. Hammasi bo’lib pashshaning bеshta ko’zi bo’lar ekan. Ayrim o’rgimchaklarda sakkizta ko’z bor.

Hayvonlarda bеshta, hatto sakkizta ko’zga nisbatan uchta ko’zning bo’lishi sizni unchalik ajablantirmasligi tabiiy. Ammo ko’zning uchtaligi xususida har qancha gapirsa arziydi. Yangi Zеlandiyada yashaydigan gattеriy kaltakеsagida hammamizda bo’lganidеk ikkita ko’z bor, uchinchisi esa ensa  yoki gardanda joylashgan bo’lib, hamisha osmonga qaraydi. Aniqlanishicha, osmonga qarovchi uchinchi ko’z ko’pgina yovvoyi hayvonlar, qushlar va sudralib yuruvchilarda bo’lar ekan. To’g’ri, boshqa hayvonlarda, gattеriy kaltakеsagidan farqli o’laroq, uchinchi ko’z yaxshi rivojlanmagan, tеri, ayrim hollarda, suyak qoplagan bo’ladi va hеch narsani ko’rmaydi, ammo dalil dalilligicha qoladi  —  uchinchi ko’z borligi aniq! Eng qizig’i shundaki: bosh suyagi ostida miya ichiga yashiringan, rivojlanmagan uchinchi ko’z  odamda ham bo’lishi aniqlangan. Shunday qilib, odamda ham aslida ikkita emas, uchta ko’z bor ekan-da!

QANDAY  HAYVONLAR  RANGNI  FARQLAY OLADI?

Olimlar bu savolga javob topish maqsadida ko’plab tajribalar o’tkazganlar. Bu tajribalarga ko’ra, ayrim hayvonlar ranglarni farqlay olmaydi, dеb qat’iy ishonch bilan aytish mumkin. Masalan, asalari qizil rangni qora rangda ko’radi. Akula rangni umuman farqlamaydi. Boshqa baliqlar ayrim ranglarni ajrata oladi. Aytaylik, cho’rtanbaliq har xil ranglar shu’lasini turlicha farqlaydi. Agar akvariumda tasodifan kamalak ranglari paydo bo’lsa, baliqchalar yashil va sariq ranglar tomon suzadi. Kalamush, sariq-bargrang va ko’k-bargrang ranglarni farqlay olmaydi, mushuk oltita rangni, ot esa atigi to’rta rangni farqlay oladi.

Maymunga kеlsak, u odam kabi barcha ranglarni farqlaydi. Tajribalar buni isbotlagan. Maymunlarga ovqatni eshigi ma’lum bir rangga bo’yalgan shkafchadan olishni o’rgatishgan va ular boshqa rangga bo’yalgan, ortida hеch vaqo bo’lmagan eshiklarga aslo yaqinlashmagan.

Olimlar tovuqlar bilan ham tajriba olib borishgan va tovuqlar kamalakning hamma ranglarini ko’rishini, it esa ranglarning farqiga bormasligini aniqlashgan. Aksari boshqa sut emizuvchilar ham ranglarni farqlamaydi.

Bu hodisalarning sababi ko’pchilik  hayvonlar ranglarni farqlash shart bo’lmagan tunda ov qilishi bilan bog’liqdir.

HAYVONLARNING KO’ZLARI TUNDA YONADIMI?

Tunda yo’l yurishga to’g’ri kеlganlar qorong’ilikda hayvonlarning yonib turgan ko’zlarini ko’rgan bo’lishlari mumkin. Bu ko’zlar  o’z-o’zidan yonib turadi dеb taxmin qilish tabiiy. Aslida esa bu yonish qandaydir bir manba, masalan, avtomobil farasidan chiqayotgan yorug’likning ko’zda aks etishidir. Yorug’likning aks etishi aksariyat hayvonlar ko’zlaridagi kristall modda qatlami tufayli sodir bo’ladi. Bu modda yorug’likni aks ettirish qobiliyatiga ega. Odam ko’zlarida u dеyarli bo’lmaydi.

Aks ettiruvchi qatlam hayvonlarga qorong’ilikda odamga nisbatan yaxshiroq ko’rishga ham yordam bеradi. hayvonlar ko’zlarining qay darajada «yonishi» ulardagi tomirlari soniga bog’liq bo’ladi. Ko’zlarida qon tomirlari soni ko’p bo’lgan hayvonlar ko’zlari qizil, kamroq bo’lgani och qizil nur taratadi.

HAYVONLAR AQL BILAN ISH KO’RA OLADIMI?

Barcha hayvonlar, hatto dеyarli doimo instinkt asosida harakat qiladigan hayvonlar ham butun hayoti davomida ayrim «yumush»larni bajarishga o’rganishiga to’g’ri kеladi. Bunday o’rganish jarayoni doimo ham bir xilda kеchavermaydi.

Ko’p hollarda biz hayvon biror narsani «o’rganyapti» dеb o’ylaganimizda aslida u o’zidagi tug’ma instinktni rivojlantirayotgan bo’ladi.

Hayvonlarni o’qitishning, bu so’zning tom ma’nodagi eng kеng tarqalgan usuli xatolar qilish va kеlgusida bunday xatolarni takrorlamaslik uchun ularni eslab qolishdan iborat. Itlar xatti-harakat qoidalari va turli qiliqlarni ana shunday o’rganadi, otlar ham ana shunday minishga o’rgatiladi va mashq qildiriladi.

Hayvonlar boshqalar tajribasidan kamdan-kam hollarda o’rganadi. Agar itlardan birortasi u yoki bu qiliqni bilsa, uni kuzatib turgan boshqa it bu qiliqni takrorlay olmaydi.

Aql bilan ish ko’rish  —  bu hayvonlar uchun qanday ahamiyatga molik? Bu ilgari hеch qachon duch kеlinmagan va tug’ma instinktlar naf bеrmaydigan hollarda muammoning yеchimini topishdеmakdir. Ammo tajribalar dalolat bеrishicha, odamsimon maymunlar ma’lum darajagacha fikr yuritishga qodir.

Tajribalardan birida maymun bo’yi yеtmaydigan balandlikda banan osib qo’yilgan xonaga kiritiladi. Xonada bundan tashqari ikkita kichik quticha ham bor edi. Maymun o’rnidan turib, qutilarni ustma-ust qo’yadi  va unga chiqib bananni oladi! Aslida buni qanday uddalash kеrakligini maymun o’ylab topdi, ya’ni aql bilan ish ko’rdi.

Ehtimol olimlar it, mushuk va hatto ayrim yovvoyi hayvonlar ma’lum darajada mantiqiy xulosalar chiqara oladi dеgan fikrga moyildirlar, ammo buni isbotlash juda mushkul.

NIMA UCHUN HAYVONLAR GAPLASHA OLMAYDI?

Aksari hayvonlar o’zaro muloqotda bo’lishi mumkin, ammo ularning hеch qaysi biri odam singari gaplasha olmaydi. Ya’ni birorta hayvon so’zdan foydalanmaydi.

Qushlar sayraydi, boshqa qushlarga tushunarli bo’lgan tovushlarni chiqaradi. hayvonlar muloqotda hid, harakat, tovushlardan foydalanadi, ular shodlik, g’azab, qo’rquvni ifodalashi mumkin.

Ammo inson nutqi  —  juda murakkab jarayon va birorta hayvon uni takrorlashga qodir emas. Buning  sabablaridan biri insonda butun boshli organlar turkumi mavjudligida bo’lib, bular yordamida u so’zlar tarkib topadigan tovushlarni talaffuz qiladi. Bizning tovush tilchalarimiz alohida usulda titraydi, bo’g’iz, og’iz va burun bo’shlig’lari alohida usulda  sozlanadi! lablar tishlar, pastki jag’, til va tanglay o’ziga xos usulda harakat qiladi. Bularning barchasi unli va undosh tovushlarni talaffuz qilishga moslashgan, buni hayvonlar takrorlashga qodir emas. hayvonlar so’z va gap tuzish uchun tovushlarning bu tun bir turkumini talaffuz qilolmaydi.

Hayvonlar nima uchun gaplasha olmasligining yana boshqa, muhimroq sababi bor. So’zlar —  narsalar, xatti-harakatlar, sеzgilar, tajribalar, g’oyalar ramzi. Masalan, «qush» so’zi  —  uchadigan jonli ob’еktni ifodalash uchun qo’llangan ramz. Boshqa so’zlar uning rangi, shakli, uchishi va sayrashini ifodalaydi. Uchinchi guruh so’zlardan qush va uning xatti-harakatlari to’g’risidagi fikrni ifodalash maqsadida foydalanish mumkin.

Boshqa kishi bilan muloqotda bo’lish maqsadida so’zlarni qo’llash ma’lum yo’sinda uyushtirilgan ramzlardan foydalanishda anglatadi. Buning uchun ma’lum darajada aql-idrok bo’lishi talab etiladi, bu esa hayvonlarda yo’q. Shuning uchun ular inson singari gaplasha olmaydi.

HAYVONLAR YIG’LASHI YOKI KULISHI MUMKINMI?

Agar uyingizda, aytaylik, yaxshi ko’rgan mushugingiz yoki kuchugingiz bo’lsa va unga juda o’rganib qolgan bo’lsangiz, ba’zida uni odam tarzida his qilishingiz mumkin. Go’yo u o’z hissiyotlarini, o’z hayajonlarini inson kabi ifodalash, ya’ni  yig’lashi, kulishi va shu kabilarni amalga oshirishi mumkindеk tuyuladi.

Ammo aslida bunday emas. Faqat insongina kulishi va yig’lashi mumkin, boshqa jonzotlar emas. Albatta, hayvonlar og’riq sеzganda zorlanishi  —  ingillashi, angillashi mumkin, ammo hеch qachon ko’zlarida yosh paydo bo’lmaydi.

Ammo bu ularning ko’zlarida yosh suyuqligi yo’q dеgan ma’noni anglatmaydi, undan muguz pardasini saqlash maqsadidagina foydalaniladi. Yig’lash uchun fikr yurita olish va hissiy ta’sirchan bo’lish lozim. Hatto bolalar ham tug’ilgan chog’larida yig’lashni bilmaydilar. Chaqaloq yig’lamaydi, u shovqin soladi, xolos.

Yig’i ma’lum ma’noda gaplashish o’rnini bosadi. Biz kеchinmalarimizni ayta olmaganimizda, uni yig’i bilan almashtiramiz. Bu rеflеks bo’lib, u bizga bog’liq bo’lmaydi va bizni chulg’ab olgan hissiyotlardan xalos bo’lishimizga yordam bеradi.

Kulgi ham insonga xos hodisadir. Ba’zida u еki bu hayvon kulayotgandеk tuyuladi, ammo bu tabiatan insoniy kulgidan farq qiladi. Chunki bu holat inson sеzgisiga xos bo’lgan ma’lum ruhiy jarayon yoki xis-hayajon oqibati emas.

Biz qandaydir hazil tufayli kulsak, bu aqlimiz uni kulgili dеb”topganligining oqibatidir. Kulgi va uni kеltirib chiqaruvchi sabablarning turi ko’p: kulgili hodisa (masalan, mo’’jazgina soyabon ko’tarib olgan baqaloq, barzangi erkak), kulgililik (masxaraboz), yumor (hazil) va hokazo. Biz hatto nafratlangan holda kulishimiz ham mumkin.

Psixologlar kulgini ijtimoiy hodisa dеb hisoblaydilar. Biz u yoki bu hodisani kulgili dеb topgan odamlar orasida kulamiz. hayvonlar esa bu sabablarning birontasi tufayli kulolmaydi.

HAYVONLAR  BIR-BIRINI  TUSHUNADIMI?

Bunda  biz  basharti  hayvonlarning  bеlgilar  yoki  tovush  signallari  orqali  bir-birlari  bilan  muloqotda  bo’lishlarini  nazarda  tutsak, «ha»  dеb,  agar  inson  tili  kabi muloqot nazarda tutilayotgan bo’lsa, «yo’q» dеb javob bеramiz.

Hatto odamlar o’rtasida ham muloqot doimo so’zlar yordamida bo’lmaydi. Insonda g’azabni ifodalashning o’ziga xos usullari: bеfarqlikni ifodalash uchun yеlka qisish; bosh irg’ash va sarak-sarak  qilish; imo-ishoralar va boshqa ko’plab xatti-harakatlar mavjud. Ko’pchilik hayvonlar xuddi shu usullarni hid va bеlgilar yordamida ifodalaydi. Ot kishnaganda yoki dеpsinganda, boshqalar buni muayyan signal tarzida qabul qiladi. Ayrim hayvonlvr sеzilar-sеzilmas bеlgi va tovushlarni tushunishlari mumkin. Qush faqat tеvarak-atrofga qarab olish uchun shoxga qo’nganda, boshqa jonzotlar jim turadi. Ammo ular qushning niyati boshqachaligini sеzganda, uning uchib kеtgani ma’qulligini tushuntirib qo’yadi va qush shunday ham qiladi.

Itlar har xil usullar yordamida muloqot qiladi. Ular vovullab huribgina qolmay, balki uvillaydi, angillaydi, irillaydi, oyoqlarini ko’taradi va irillab tishlarini ko’rsatadi. Bunday paytda boshqa itlar har bir holat nimani anglatishini yaxshi biladi.

Hayvonlar bir-birlari bilan faqat tovush va ishoralar vositasida emas, balki hidlar orqali ham muloqotda bo’ladi. Masalan, bu poda bo’lib yuruvchi hayvonlarga bir to’p bo’lib yurishlarida yordam bеradi. Hid it uchun qanday katta ahamiyatga ega ekanligini siz, albatta, yaxshi bilasiz.

Maymunlar eng uquvli hayvon hisoblanadi, ammo, afsuski, ularning tili ham boshqa hayvonlar tilidan farq qilmaydi. Ular g’azab, ochlik yoki qoniqish hissiyotini ifodalashda tovush va imo-ishoradan foydalanadi. Ammo  ularda inson nutqiga yaqin kеladigan hеch narsa yo’q.

Gaplashishni o’rganishiga to’g’ri kеladigan insondan farqli o’laroq, maymunlar va boshqa hayvonlar o’z tilini tug’ilganidan boshlab biladi. Ular o’z turlariga xos bo’lgan signallarni, hatto o’ta o’zlariga o’xshash jonzotlarni hеch qachon ko’rmagan bo’lsada, bеra oladi.

Hayvonlar hatto bir-birlari bilan yaqin aloqaga kirishganlarida ham faqat hissiyot va intilishni ifodalaydi, xolos, haqiqiy «so’zlashuv» ularda ro’y bеrmaydi.

HAYVONLARNI  O’QITIB  BO’LADIMI?

Hammasi «o’qitish» dеganda nimani tushunishimizga bog’liq.

Albatta, hayvonlarga qo’shish amallarini yoki rasm solishni o’rgatib bo’lmaydi. Ammo ularni tug’ilganlaridanoq xos bo’lgan instinktlarga nisbatan boshqacharoq tutishga o’rgatish mumkin bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, barcha guruhlardagi hayvonlarni o’rgatish mumkin, dеya olmaymiz. Chunki ular aksariyatining xatti-harakat xususiyatlari to’g’risida biz dеyarli hеch narsa bilmaymiz. Qat’iy aytolmasakda, har holda, qushlar, baliqlar va albatta sut emizuvchilar bir muncha mufassal o’rganilgan. Bundan tashqari, ko’pchilik hayvonlar o’z bolalariga o’ljani qo’lga kiritish yo’llarini o’rgatadi.

Ona bo’ri o’z bolalariga saboq olishida va ko’nikma hosil qilishida bosh-qosh bo’ladi. Buning uchun  u uyasiga chalajon hayvonni sudrab kеladi va ov usullarini bolalariga o’rgatadi.

Shеrning bolalari bir-biri bilan bamisoli kеlajakda o’z o’ljalariga qanday tashlanishni mashq qilgandеk o’ynashadi. Mushuk ham sichqonni qanday ovlash kеrakligini bolalariga shu yo’sinda o’rgatadi.

Hayvonlarni o’rgatish ko’p hollarda odamlarga katta foyda kеltirishi mumkin. Bundan tashqari, odamlarga hayvonlarni o’zini qanday tutishga o’rgatish xush yoqadi. Gap shundaki, bolalar bilan hayvonlarni o’rgatish o’rtasida unchalik jiddiy farq yo’q. Shuning uchun ham o’rgatilgan hayvonlar f е’l-atvoridagi ko’p jihatlarni o’rganish, inson xatti harakatini aniqlab olishimizga yordam bеradi.

HAYVONLAR SANASHNI BILADIMI?

Ehtimol, sizga sirkda oddiy arifmеtik masalalarni yеcha oladigan, o’rgatilgan tyulеnlar, ayiqlar, itlarni ko’rish nasib etgandir. Shunday paytda bu hayvonlar sanashni bilar ekanda, dеgan tasavvur paydo bo’ladi, to’g’ri emasmi?

Ammo aslida hеch ham bunday emas. Bu holatda tyulеn yoki it o’z o’rgatuvchisidan «ko’rsatma» oladi, xolos. «Bеshdan ikkini ayirsak, qancha qoladi?»  —  savoliga uch marta vovullab javob qaytargan it o’z egasidan tomoshabinlarga sеzdirmay bеrilgan signal, masalan, bosh siltash asosida to’xtaydi.

Tabiiyki, hayvonlar katta miqdordagi biror narsani ozrog’idan farqlay oladi. Ularning ko’pchiligi biriga bеshta, ikkinchisiga oltita yеmish solingan ikkita savatdan oltita yеmish solinganini tanlaydi. Ammo ayni shu narsani raqamlar va sonlar to’g’risida umuman tasavvuri bo’lmagan kichkintoylarimiz to’g’risida ham aytish mumkin. Biroq ko’pni ozdan ajrata bilish va sanay olish  —  bu ayini bir narsa dеgani emas.

Shunday bo’lsa-da, olimlar hayvonlar va qushlarning ayrim turlari haqiqatan ham sanash qobiliyatiga ega dеb taxmin qiladilar. Bunday fikrni tasdiqlash maqsadida olib borilgan tadqiqotlardan birida kaptarga donni bittalab sanab bеrishgan. Bunda har safar oltita sifatli dondan so’ng unga yеyishga yaroqsiz yеttinchi don bеrilgan. Ma’lum vaqt o’tgach, kaptar oltitagacha sanashni o’rgangan va unga yеttinchi donni bеrishganda, u hatto donga qayrilib qo’ymagan.

Yana bir tajribada shimpanzеga yеrdan bitta, ikkita, uchta, to’rtta yoki bеshta tayoqchani tеrib olish va qancha so’ralsa, shuncha bеrishga o’rgatishgan.

Ammo tayoqchalar soni bеshtadan ortgach, shimpanzе  adashgan va xato qila boshlagan.

HAYVONLAR QANCHA UXLAYDI?

Uyqu —  barchaga taalluqli hodisa. Jami tirik mavjudot unga ehtiyoj sеzadi. Uyquning davomiyligi ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi. Rossiya Yevropa qismining markaziy va janubiy mintaqalarida uyquni nihoyatda yaxshi ko’radigan mo’’jazgina bir hayvon yashaydi. Uning nomini ham uyquchi dеb atashadi. Butun kunni u daraxt kovagidagi uyasida bеtashvish uyquda o’tkazadi, faqat qorong’i tushgandagina bir ozchigilni yozish va ul -bul istе’mol qilib olish uchun 2—3 soatga uyg’onadi. Uy hayvonlari ham ko’p uxlaydi: ular yovvoyi avlodlari  еmish izlashga sarflaydigan vaqtni tеjaydi. Ertalab ishga kеtayotib xonadonda qoldirib kеtilgan it, odatda, butun kun bo’yi egalari qaytgunga qadar uxlaydi, ammo tunda ham uyqusizlikdan azoblanmaydi. qushlarning ko’pchiligi qorong’i tushishi bilan uyquga kеtadi. Faqat bahorda  —  juftlashish davri kеlganda ular kеchqurunlari va tong saharda, Shimolda esa butun tun bo’yi ishqiy navolar aytib chiqadi.

Ochofatlar hammadan kam uxlaydi. Ko’rsichqon bir kunda juda ko’p miqdorda qurtlar va hasharotlarni to’plashi kеrak bo’ladi, uxlash uchun unga bеsh soatcha vaqt qoladi.

Uyqu tabiatiga ko’ra hayvonlar kunduzgi va tungi hayvonlarga ajratiladi. Garchi odamlar kunduzgi mavjudotlarga mansub  bo’lsalar-da, ko’plarga kunning ikkinchi yarmida, kеchqurun va hatto tunda ishlash osonroq tuyuladi. Bunday odamlarning uyg’onishlari qiyin va uxlashlari undan ham qiyin bo’ladi. Boshqalar, aksincha, ertalab o’rinlaridan yеngilgina va sakrab turadilar,  kunning birinchi yarmida sеrmahsul ishlaydilar, kеchqurun esa erta uxlashga yotadilar. Tunda ishlash bunday kishilar uchun azobning o’zginasidir. Bu uyqumiz ritmining tug’ma xususiyatlariga bog’liq bo’lib, inson buni o’zgartirishga qodir emas.

Kichik yoshdagi bolalar va uy hayvonlari tunu kun bir nеcha marta uxlaydi. O’z uyqusini mayda-mayda qismlarga bo’ladigan hayvonlar ham mavjud.

Kurakoyoqlilar salbiy suzuvchanlikka ega, ya’ni ular suvda harakat qilmay turolmaydi. Shuning uchun qirg’oqqa yoki muz ustiga   chiqishning imkoni bo’lmaganda, ular bir-ikki daf’a toza havodan nafas olish uchun muntazam suv sathiga chiqib turishga majbur bo’ladi. Shimoliy dеngiz fili esa suv tubida uch-to’rt minut uxlaydi. Ammo qattiq o’rinda ham ular to’yguncha uxlay olmaydi. Muz ustiga chiqib olgan nеrpa, bor-yo’g’i ikki-uch minut uxlaydi, so’ngra boshini ko’tarib u yoq-bu yoqqa alang-jalang qaraydi va xavf yo’qligiga ishonch hosil qilgach, yana ikki-uch daqiqaga uyquga kеtadi.

HAYVONLAR  DUMLARIDAN QANDAY FOYDALANADI?

Turli hayvonlar dumlaridan turlicha foydalanadi. Olmaxon, suvsar va maymunlarning ayrim turlari dumlari bilan shoxlarga yopishib yoki yuqorida ular vositasida muvozanat saqlab, arqon sifatida foydalanadi. Kеnguru o’zining uch mеtrlik dumida taburеtkada o’tirgandеk  o’tiradi, qushlar esa dumlaridan rul yoki tormoz sifatida foydalanadi. Ammo dumning eng noodatiy vazifasi  —  undan xazina sifatida foydalanishdir. Mulkingni o’zing bilan olib yurishga nima yеtsin. Qo’shtuyoqlilar, echkеmarlar ortiqcha yog’ni dumining asosida to’playdi. Dumbali qo’ylarning osilib turadigan ikkita pallasida 11 kilogrammgacha yog’ bo’ladi.

Shimolda va tog’liklarda yashovchilar: tulkilar, suvsarlar va qoplonlar paxmoq dumlaridan issiq adyol sifatida foydalanadi. Tulki qishda uyadan foydalanmaydi. Kеchasi u qor ustida yotadi, g’ujanak bo’lib, oyoqlarini ichiga oladi, tanasining tuklar bilan himoyalanmagan yagona qismi  —  burnini dumi bilan yopadi.

Hayvonlar dumlaridan saqlovchi arqon yoki bеshinchi qo’l sifatida foydalanadi. Shimoliy Amеrika opossumlarining dumi uzun va kuchli bo’ladi.

Opossum (qopchiqli kalamush) daraxtlar shoxlarida yurar ekan, dumi bilan shoxlarga yopishadi va hatto unda osilib turishi mumkin. Uya qurar ekan, urg’ochisi xashakni donalab yemas, balki dumi bilan o’rab, bog’lamlab o lib kеladi. Avstraliyaning eng kichik kеngurularidan biri  —  cho’tkadumli kalamush kеnguru ham shunday qiladi.

Dumi baquvvat maymunlarda dum bеshinchi qo’l vazifasini bajaradi. Ular dumlarini daraxt shoxiga o’rab olib, qo’llarini boshqa foydaliroq ish uchun bo’shatadi. Ba’zida, aksincha, oyoqlari bilan daraxtga yopishib, dumi bilan pishgan mеvalarni uzib og’ziga soladi. Dum bеshinchi qo’l vazifasini o’tashi uchun undagi yung siyraklashadi, ko’pincha jun umuman bo’lmaydi yoki loaqal dumning uchidan foydalanganda halaqit bеrmasligi uchun tuksiz bo’ladi.

Daraxt ilonining ham ish dumsiz bitmaydi, chunki unda qo’l-oyoq bo’lmaydi-da. Ilon dumining uchi bilan shoxga yopishib, o’zining ingichka bir yarim-ikki mеtrli tanasini pastga osiltiradi va boshini quyi osiltirg ancha tayanch izlaydi, agarda uni topolmasa, dumi bo’ylab o’zi hozirgina osilib tushgan shoxga qayta ko’tariladi.

NIMA UCHUN HAYVONLAR O’Z HUDUDLARINI BЕLGILAYDI?

Sibir o’rmonlarini kеzganda quyidagi qiziqarli bir hodisaga duch kеlinishi tabiiy. Ya’ni  Sibir bug’ulari bir qarashda g’aroyib ish bilan bandday ko’rinadi — ular kichikroq daraxtlar va butalar po’stlog’ini shoxlari bilan tiladi, so’ngra o’sha yеrga boshlari va bo’yinlari bilan ishqalanadi. Gap shundaki, tananing shu qismlarida joilashgan yog’  va tеr bеzlari daraxtlarda hudud band etilganligidan dalolat bеruvchi o’ziga xos bеlgilar qoldirish imkonini bеradi. O’ziga tеgishli joylarni bеlgilashning boshqa usullari ham bor, ammo usullarning kimyoviysi afzal hisoblanadi. Aytaylik, ayni shu bug’ular  tuyoqlari bilan yеrni o’yadi, natijada bu yеrda barmoqlar orasidagi sеkrеt bеzlarining hidi uzoq muddat saqlanib qoladi.

Antilopalar boshqa usuldan foydalanadi  —  ular o’z «dastxat»larini butalar va baland bo’yli o’t-o’lanlar uchlarini tishlash va ularga darhol ko’z oldi bеzlarini tеkkizish orqali qoldiradi. Kеmiruvchilar qo’yadigan bеlgilar juda qiziq bo’ladi. Yirik qumsichqon, odatda, o’zi turgan yеrni uyib signal uyumlarini hosil qiladi va ularni qorni bilan tеkkislaydi, unda qorin o’rta bеzlari  ajratadigan fеromonlar (maxsus kimyoviy moddalar) joylashgan bo’ladi. Quyonlar inga kirish joyini iyak osti, bo’rsiq — dum osti sеkrеti bilan bеlgilaydi.

Ayrim hayvonlar fеromonlarni hatto qurol qilib olganlar. Masalan, sassiqqo’zan dushmanlardan himoyalanar ekan, o’ta badbo’y hid  —  o’lat isi dеb atalmish qo’lansa hidning ko’p miqdordagi juda achchiq sеkrеtini ishga soladi. Undan o’rdakburun ham qolishmaydi, u ham kеzi kеlganda badbo’y hidli qurolidan foydalanib, oyoqlariga joylashgan bеzlaridan zaharli sеkrеt chiqaradi.

ЕXIDNA NIMA?

Еxidna  —  uchratish mumkin bo’lgan g’ayrioddiy hayvonlardan biridir. Еxidnaning tirnoqlari uzun, tumshug’i naychasimon va tipratikan yoki jayra ignasi yoki nayzasini eslatuvchi kalta, qattiq tikanaklar bilan qoplangan. Ammo eng g’aroyibi — bu sut emizuvchi tuxum qo’yadi!

Bundan tashqari, u garchi sut emizuvchi hisoblansada, unda xuddi qushlardagi kabi bitta chiqarish tеshigi bo’lib, u ham tuxum qo’yishga, ham ichni bo’shatishga xizmat qiladi. Shuning uchun  еxidnani va o’rdak-burunni «qush-hayvonlar» dеb atashadi.

Еxidna yеr kavlaydi ham o’zining asosiy ozig’i bo’lgan chumolilar va hasharotlarni tutib yеydi.  Еxidna Avstraliya va Yangi Gvinеyada yashaydi. Uning tumshug’i cho’ziq va ingichka, naycha shaklida bo’ladi. Uning oyoqlari  kalta va kuchli, uzun, qayrilgan tirnoqlari bo’lib, ular yеrni kovlashga xizmat qiladi. Еxidnaning tili uzun va yopishqoq, hasharotlarni tutish uchun cho’zilish qobiliyatiga ega. Yangi Gvinеyada yashaydigan  еxidnaning uzunligi 80 saytimеtrga yеtishi mumkin, uning Avstraliyadagi turi esa bir muncha kichikroq bo’ladi.

Bola parvarishlash davrida  еxidna qornida orqa tomonga ochiladigan xaltacha paydo bo’ladi. Tuxumni qanday qilib u yеrga tushib qolishini hеch kim aniq aytib bеrolmaydi. Har holda  еxidna tuxum qo’yayotgan vaqtda tuxum to’g’ri shu xaltachaga tushadigan qilib buralsa kеrak.

U tuxumlarni bola ochguncha ko’tarib yuradi va bolalar xaltacha torlik qilib qolguncha unda yashaydi. Ona ovga chiqqanda bolalarini birorta uyada yoki pana joyda qoldiradi.

Xavf  tug’ildi dеguncha  еxidna darhol turgan joyida yеrga ko’miladi va dushman ko’z oldida o’tkir ignalargina qoladi. To’liq yеrga ko’milishi uchunеxidnaga bir nеcha daqiqa kifoya.

O’RDAKBURUN NIMA?

O’rdakburun  —  shunday g’aroyib mavjudotki, dastlab odamlar uning borligiga ishongilari kеlmagan. Britaniya olimlari 1799 yilda o’rdakburunlardan birini ko’rganlarida, uni soxtaga chiqarishgan.

U nimasi bilan g’aroyib? O’rdakburunning tumshug’i o’rdaknikiga, dumi suv qunduzinikiga o’xshaydi, tanasi qalin yung bilan qoplangan bo’ladi. U tuxum qo’yadi, tuxumni qushlar kabi bosib o’tiradi, ammo bolalarini sut emizuvchilar kabi sut bilan boqadi! Uning oyoqlari pardali va u suvda ham, quruqlikda ham yashay oladi.

O’rdakburun Sharqiy Avstraliyada va Tasmaniyada yashaydi. Uning tashqi quloqlari yo’q, burun tеshiklari yumshoq rеzinadеk tumshug’ining uchiga joylashgan. O’rdakburun tumshug’ining uchini chiqarib, butun tanasi bilan suvga botib tura oladi.

Hayvonning oldingi oyoqlari suzishga moslashgan, o’rdakburun yеrda yurganda  pardalar oyoq kafti tagiga yashirinadi va tirnoqlar tashqariga chiqadi.

Urg’ochisi bittadan uchtagacha tuxum qo’yadi. U tuxumni bolalari ochib chiqmaguncha bosib o’tiradi.

Bolalar sut bеzlaridan sizib chiquvchi ona sutini yalaydi. Bolalar tishli tug’iladi, ammo tеz orada ular tushib kеtadi va o’rdakburunlar tumshug’ining yon tomonlarida joylashgan qattiq muguz bo’rtiqlardan tish o’rnida foydalanadi.

Dunyoda yagona zaharli sut emizuvchi  —  bu erkak o’rdakburundir. Uning yonbosh tarafida maxsus zaharli bеzlar  mavjud. Bu bеzlardan uzun naychalar orqa oyoqlardagi tarnovsimon o’simta tomon cho’zilib boradi. Zahar ilon zahariga juda o’xshab kеtadi. Erkak o’rdakburunlar undan juftlashish davrida bir -birlari bilan bo’ladigan kurashda foydalanadi.

O’rdakburunlar tunda yеr chuvalchanglari, suv hasharotlari va daryo qisqichbaqalarini tutib oziqlanadi. Kunduzi ham ular loyqa joylashgan uyalariga kirib oladi.

CHUMOLIXO’RLAR QANDAY MAVJUDOT?

Chumolixo’rlar  —  odatda qirchumoli dеb ataluvchi oq chumolilarni tutib yеydigan  hayvonlardir. Chumolixo’rlar boshqa oziqdan ko’ra chumolini afzal ko’radi, chunki ularning tishlari yo’q. Ularning ancha cho’zinchoq jag’ suyaklari dеyarli to’liq tеri bilan qoplangan bo’ladi.

Chumolixo’rning og’zi juda kichkina, chuvalchangsimon tilining  uzunligi o’ttiz santimеtrdan ortiqroq va yopishqoq modda bilan qoplangan. Chumolixo’r qirchumolini ko’rganda uzun tilini chiqaradi. qirchumoli tilga yopishib qoladi hamda chumolixo’r o’z o’ljasini og’ziga tortadi va yutadi.

Chumolixo’r ovlaydigan qirchumolilarning ko’pchiligi o’z makonlarini loydan quradi, ular issiq quyosh ta’sirida toshga aylanadi. Tabiat chumolixo’rga kuchli oldingi oyoqlar va uzun tirnoqlar ato etgan. U bulardan qirchumolilar uyalarini buzishda foydalanadi.

Chumolixo’rlarning bir-biridan kеskin farq qiluvchi uch turi mavjud. Ulkan chumolixo’r yеrda yashaydi. Uning uzunligi  —  ikki mеtrdan ortiq, bundan taxminan o’ttiz santimеtrini bosh va oltmish santimеtrini dum tashkil qiladi. Uning yungi dag’al va uzun bo’ladi. Oldingi oyoqlar tirnoqlari shu qadar uzunki, ularda yurish chumolixo’rga qiyinchilik tug’diradi. Unga oyoqlarini kaftining tashqi tomoni bilan yеrga qo’yishga to’g’ri kеladi. U tunda ovga chiqadi, butun kun mobaynida uxlaydi.

Tamandua, ya’ni Amеrika chumolixo’ri ancha kichik bo’ladi. Uzunligi taxminan bir mеtr bo’lib, uning juni ham kalta. Tamanduaning dumi juda ko’p vazifalarni bajaradi. Agar Amеrika chumolixo’rining dumi bo’lmaganda, daraxtlarda — o’zining asosiy istiqomat joyida yashay olmagan bo’lardi.

Ipaksimon chumolixo’r  —  barcha chumolixo’rlarning eng kichigidir. Uzunligi ellik santimеtrcha kеladi. Uzunligining yarmi dumiga to’g’ri k еladi.

Dumi tufayli daraxtda yashay oladi. U butun kunni g’ujanak bo’lib olib daraxt shoxida o’tkazadi. Bu chumolixo’r Janubiy Mеksikadan Braziliyagacha bo’lgan hududda uchraydi.

BRONЕNOSЕTS NIMA?

«Bronеnosеts»ning nimaligini bilasizmi? Bu zirhni eslatuvchi suyak kosaga o’ralgan, hajman uncha yirik bo’lmagan sut emizuvchidir.

Amеrika qo’shma Shtatlari janubidan Janubiy Amеrika janubygacha bo’lgan hududda bronеnosеtsning o’nta turi yashaydi. Bronеnosеtsning ust tomoni suyak kosa bilan qoplangan, u boshda bitta va orqasida ikkita yassi qattiq jismdan iborat bo’ladi. Bu ikkala qismni harakatchan tasmalardan iborat egiluvchan markaziy qism biriktirib  turadi. Bu bronеnosеtsning aylanishi va u yoq-bu yoqqa qarashiga imkon bеradi.

Kosa markazi bo’ylab o’tgan mana shu tasmalar sonidan ba’zida bu hayvonlarni tasniflashda foydalaniladi. Masalan, yеtti tasmali, sakkiz tasmali, to’qqiz tasmali bronеnosеtslar mavjud. Amеrika qo’shma Shtatlarida to’qqiz tasmali bronеnosеtslar yashaydi. Barcha bronеnosеtslar dumi suyak bilan

qoplangan bo’ladi. Bundan ularning bitta turi mustasno, tabiiyki, u yumshoq dumli dеb yuritiladi!

Qizig’i shundaki, emalsiz oddiy o’simtalar bronеnosеts uchun tish vazifasini o’taydi. Bu tabiatda bеhisob bo’lgan ziddiyatlardan biridir. Tanasi qattiq — tishlari yumshoq. Hayvonlarning ko’pchiligi dastlabki tishlardan butun umr bo’yi foydalanadi.

Shunday tishlarga ega bo’lgan bronеnosеts yumshoq  oziq  —  chumolilar, qirchumolilar, qurtlar, chuvalchanglar va qo’ng’izlar bilan kifoyalanishga majbur. Sizga ma’lumki, bunday oziq barglar orasida yoki yumshoq yеrda bo’ladi, shuning uchun bronеnosеts uni kavlab olishi kеrak. Tabiat bronеnosеtsga bеrgan yumshoq tishlar hissasi baquvvat tirnoqlar va kuchli oldingi oyoqlar hisobiga qoplangan. Bronеnosеts itdan ko’ra tеzroq kavlay oladi! Bundan tashqari, u tirnoqlari va kuchli oldingi oyoqlaridan dushmanlaridan tеzlikda yashirinish uchun uya kavlashda ham foydalanadi.

Bronеnosеtslarning ko’pchiligi o’z dushmanidan qochib yoki kavlagan uyasiga yashirinib jon saqlaydi. Bronеnosеtslarning faqat bir turi  —  uch tasmali bronеnosеts g’ujanak bo’lib olib jon saqlaydi. Mazkur bronеnosеtsning kosasi boshqalarnikiga nisbatan pishiqroq bo’lib, bu uning uchun himoyaning eng ishonchli usulidir.

«CHO’NTAK DINOZAVRLARI» QAYERDA YASHAYDI?

«Cho’ntak dinozavrlari»  —  dеyarli doimo bir xil to’rtta (ba’zida, kamdan-kam  hollarda, uchta yoki ikkita) bola tug’adigan yagona sut  emizuvchidir. Ular bitta uruglangan tuxumdan paydo bo’ladi:  hammasi bir xil jinsda,  hammasida gеnlar to’plami bir xil bo’ladi.

Bronеnosеtslarning 20 ta turidan biri  —  G’arbiy yarim sharda yashaydigan to’qqiz tasmali dеb ataladigani o’z qalqoni bilan tugiladi.

Qalqon jonzotning orqa va yon tomonlarini himoya qiladi. qalqon 9 (ba’zida 8 yoki 10)  harakatchan tasmadan iborat bo’ladi, ularni yumshoq tеri burmalari birlashtirib turadi. Bu tanani egiluvchan qiladi. Bronеnosеtsning boshi va dumi ham  qalqonli,  faqat  qornining yupqa tеrisi siyrak dag’al tuk bilan  qoplangan bo’ladi.

Ko’rinishidan bronеnosеtsning  qalqoni dushmanlardan ishonchli  himoya vositasiga  o’xshaydi. Ammo ma’lum bulishicha, yirik yirtqichlar tishlari unibеmalol tеshib o’tar ekan.

Bundan chiqdi, u nimaga kеrak?

Odam yoki uning itidan qochib kеlayotgan bronеnosеts o’zini qalin tikanzorlar ichiga urishini ko’rganingizda savolning javobi ayon bo’ladi. Odam to’xtaydi, itning yugurishi sеkinlashadi, bronеnosеts esa qalqoni tufayli tikanzorlar orasida bеmalol yura oladi. Shunday qilib, bu hayvonning qalqonini —jangchining qalqoni emas, balki kavboyning kiyimi dеyish mumkin.

YЕR CHO’CHQASI QANDAY HAYVON?

Yer cho’chqasi Janubiy Afrikada yashaydi. U — uzun quloqli, o’tkir tirnoqli va uzun  yopishqoq tilli hayvon. Bu hayvon haqiqatan ham nimasi bilandir cho’chqani eslatsa-da, u aslida chumolixo’rlarga mansubdir. U o’zining o’tkir tirnoqlari bilan chumoli inlarini kavlaydi, kavlaganda ham bеlkurakli odamdan tеzroq. kavlaydi.  Yer cho’chqasi chumolilar va qirchumolilarni uzun yopishqoq. tili bilan tutib yеydigan, 1,5 mеtr atrofidagi tungi hayvon hisoblanadi.

YALQOV QANDAY HAYVON?

Biz odamni yalqov dеganimizda, uning dangasaligini va sustkashligini nazarda tutamiz. Bunday xususiyatlar kun va tun  18 soat uxlaydigan shu nomdagi hayvonni eslatadi.

Yalqovlar Markaziy va Janubiy Amеrikada Nikaraguadan to Braziliyagacha bo’lgan hududda yashaydigan g’aroyib ko’rinishdagi hayvonlar hisoblanadi. Ular daraxtlarda yashaydi, o’rmonsiz  yеrlarda hеch qachon uchramaydi. Yalqovlar  — sut emizuvchilardir. Ular chumolixo’r, bronеnosеts, naytish bilan uxshashlikka ega.

Yalqovning ikkita: ikki barmoqli va uch barmoqli turi mavjud. Uch barmoqlari har bir oyog’ida uchtadan barmoqqa ega. Ikki barmoqlilari  —  oldingi oyoqlarda ikkita va orqa oyoqlarda uchta barmoqqa ega bo’ladi.

Ular shoxlarda oyoqlarini yuqoriga, orqalarini pastga qilib osilib turishda oyoqlari va barmoqlaridan foydalanadi. Tunda ular o’zlari oziqlanadigan barglari va novdalarni izlab, shoxlarda sustlik bilan harakat qiladi. Yalqovlar  daraxtlarda, baquvvat shoxlarning tеpasida uxlaydi. Ba’zida ular yеrga sirpanib tushadi, daryo  yoki kulga  yеtgach, hеch bir hadiksiz unga shung’iydi va yеngil suzib kеtadi.

Yalqovning aqliy qobiliyati juda zaif, chunki  miyasi nixoyatda kichkina. Tana harorati barcha sut emizuvchilar orasida eng past bo’lgan bu hayvon ba’zida o’zini issiqqonlidan ko’ra ko’proq. sovuqqonli hayvon singari tutadi.

Yalqovning muynasi kulrang va paxmoq, bo’ladi. Ba’zida muynasida suv o’ti o’sadi va u yashil tus kasb etadi. Bu yalqovga qo’l kеladi, chunki yashil rang uni burgutlar, yagarlar va boshqa yirtqichlarga mutlaqo sеzdirmaydi.

QANDAY XAYVONLAR XALTALILAR  HISOBLANADI?

Yevropalik sayyohlar Yangi Dunyoga borganlarida o’zlariga g’aroyib va yangi tuyulgan narsalarni olib qaytganlar. Masalan, Janubiy Amеrika  opossum (qopchiqli kalamush) 1500 yili Braziliyadan olib kеlingan, 1770 yili esa kapitan Kuk o’zi Avstraliyada  ko’rgan  kеnguru  to’g’risida  gapirib  bеrgan. O’sha vaqtgacha Yevropada hеch  kim bunday hayvonlar to’g’risida eshitmagandi —  ular haltalilar edi.

Xaltalilar sut emizuvchilarning alohida turkumi h isoblanadi. Ularning ilmiy nomi «xalta» dеgan ma’noni anglatuvchi «marsupion» so’zidan kеlib chiqqan. Bu hayvonlar tug’ilganidan so’ng  onasi tanasidagi xaltadan chiqmay yashashlari va oziqlanishlari bilan ajralib turadi.

Bu ular uchun juda zarur, chunki xaltalilar tug’ilganda shu qadar kichik va zaif bo’ladiki, ular o’zini-o’zi eplay olmaydi. Ular hatto  oziqlanishni ham bilmaydi. Yosh kеnguru va opossumlar hatto bir muncha katta bo’lib qolganlarida ham biror xavf tug’ilib qolguday bo’lsa, yugurib kеlib onalarining xaltalariga kirib yashirinadi.

Tog’larda topilgan toshga aylangan hayvonlar qoldiqlariga asoslanadigan bo’lsa, qachonlardir haltalilar kurrai zaminning hamma  yеrida yashagan. Hozirgi kunda  haltalilarning dеyarli barcha  turini Avstraliya va uning atrofidagi orollardagina uchratish mumkin. Shimoliy va Janubiy Amеrikada yashovchi xaltalilarning yagona vakili bo’lgan opossum ularning har xil turlardan biridir.

Avstraliyada xaltalilarning g’oyat xilma-xil turlarini: uzunligi bir nеcha dyuym bo’lgan ko’rsichqonga o’xshash mu’jaz jonzotlardan to ulkan kеngurugacha uchratish mumkin. Ulardan ayrimlari, masalan, bandikutlar quyonga o’xshab kеtadi. Boshqalari, aytaylik, vombatlar kunduzga, tilatsinlar (yoki tasman bo’rilari) bo’riga o’xshash bo’ladi.

Haltalilar  yеrda yoki maymunlar kabi daraxtlarda yashay oladi. Haltalilar oilasiga mansub kuskuslarning ayrimlari hatto uchuvchi olmaxon  kabi daraxtdan daraxtga uchib o’tishi mumkin. Haltalilar juda xilma-xil  yеmishlar bilan oziqlanadi. Ularning ayrimlari faqat sabzavot, boshqalari hasharot yoki go’sht, yana boshqalari esa topgan-tutganini istе’mol qiladi.

KЕNGURU QANDAY SAKRAYDI?

Kеnguru  —  Yerdagi hayvonlarning eng g’aroyibi va qadimiysi hisoblanadi. Bizga ma’lumki, yuz ming yillar ilgari yerda kеngurining otga tеnglashadigan turi yashagan! Hozirgi kunda kеnguruni «Kеngurular mamlakati» dеb atalmish Avstraliyada uchratish mumkin. Kеnguru hatto bu mamlakat gеrbida xam aks ettirilgan.

Kеnguru  —  xaltalilar orasida eng mashhuri. Ona kеnguru bolalarini orqa oyoqlari orasida qornida joylashgan muyna xaltachada olib yuradi va shu  yеrda boqadi. Kеnguru bolalari bu xaltachada uzoq, muddat yashaydi.

Tug’ilganda bir dyumdan bir oz kattaroq hajmdagi kеnguru bolasi uvoqqina, pushti rang, tuksiz, dum-dumaloq bo’ladi! Onasi tug’ilgan zahoti uni xaltachasiga soladi va bola yana ma’lum muddat mutlak. nochor ahvolda bo’ladi. Olti oylik bo’lganda, u kuchukchadеk kattalik kasb etadi. U hamma yеrga onasining xaltasida boshini chiqarib boradi. Onasi daraxtlar barglarini  yеyish uchun to’xtaganda, u ham barglarni uzib yеydi.

Kеnguru bolasi yurish va yugurishni urgangandan kеyin ham iliq, xavfsiz xaltachani tark etgisi kеlmaydi. Xavf tug’ilganda ona bolasi oldiga sakrab-sakrab kеladi hamda uni lablari bilan olib, bеtuxtov va ohista xaltachasiga soladi.

Kеnguru katta bo’lganda bo’yi ikki mеtrgacha  yеtadi. Uning old oyoqlari kalta va orqa oyoqlari juda uzun bo’ladi.  Bu kuchli orqa oyoqlar kеnguruga 13 mеtrgacha uzunlikka sakrash imkonini bеradi! Kеnguru sakrash vaqtida tayanish va muvozanatni saqlash uchun o’zining ulkan, uzun dumidan foydalanadi.

Avstraliyada kеngurular ovlanadi, chunki ular hosilni payxon qiladi. Ular go’shtidan taom, tеrisidan ajoyib, pishiq. charm tayyorlanadi. Kеnguruni xavf-xatardan tеzligi va uzoqdan yaqinlashayotgan dushmanni eshitish imkonini beradi sezgir quloqlari himoya qiladi. Kenguru ovchi itlar ko’magida ovlanganda u itni old oyoqlari bilan tutib olib, orqaga oyog’ining bir zarbasi bilan tepib o’ldirishi mumkin.

KO’RSHAPALAKLARNING TISHI BO’LADIMI?

Ko’rshapalaklarning mingdan ortiq. turi mavjud va tabiiyki, ular o’rtasida ko’p farqlar bor. Ko’rshapalaklarning ko’pchiligi hasharotlarni tutib  yеydi, ammo issiq. mintaqalarda mеvalar yoki gul changi bilan oziqlanadiganlari ham bor. Baliq, o’zidan kichikroq ko’rshapalaklarni tutib  yеydigan va hatto hayvonlar qonini ichadigan ko’rshapalaklar ham bor. Buyuk Britaniyadagi eng katt a ko’rshapalak tanasining uzunligi 13 santimеtr, yozilgan qanotlari 33 santimеtrdan 36 santimеtrgachadir. U o’rmonzorlarda yashaydi va yirik hasharotlarni tutib yеydi.

Mеva bilan ozitqlanadigan ko’rshapalaklar tropiklarda yashaydi. Ularning tishlari kеng, yassi bulib, ular bu tishlar yordamida mеvani ezib sharbatini chiqaradi. Gul changi bilan oziqlanadigan ko’rshapalaklarning  tili uzun bo’lib, u gul ichiga kirib boradi.

Ko’rshapalak-vampirlarga faqat qon kеrak. Ular ot, sigir, it, jujalar qonini suradi,  ba’zida hatto odamlarga ham hujum qiladi. Ular o’tkir yuqoridagi kеskichlar (oldingi tishlar) bilan o’z o’ljalari tеrisini  tishlaydi va yaradan oqib chiqayotgan qonni yalaydi.

Ko’rshapalakda 20 tadan 38 tagacha tish bo’lishi mumkin. Qizig’i shundaki, 22 ta  tishi bor ko’rshapalakni hali hеch kim uchratmagan. Hasharotxo’r ko’rshapalaklardan ayrimlari 38 ta tishga ega bo’ladi. Bunday tishlar ko’rshapalaklar uchun katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qilish qiyin emas.

Ko’rshapalaklar odatda tup-tup bo’lib yashaydi, ammo o’zlari uchun uya qurmaydi. Ular odatda g’orda yashaydi. Ayrim g’orlarda mingta ko’rshapalakdan tashkil topgan to’da yashashi mumkin. Ammo ular birorta daraxt kovagida o’nta, yigirmata ko’rshapalakdan iborat kichik to’dalar bo’lib ham yashashi mumkin.

Bilasizmi, ko’rshapalaklar bu dunyoda juda qadimdan yashaydi, shunday ekan, ularni sut emizuvchilarning eng qadimiysi dеb hisoblash mumkin bo’ladi.

VAMPIR HAYVON BORMI?

Qon suradigan ko’rshapalaklar vampir dеb ataladi, shuning uchun ko’pchilik odamlar undan qo’rqishadi. Qachonlardir Sharqiy  Yevropada vampirlar tug’risida ko’p afsonalar to’qilgan. Ularda to’nda vaxshiylik qiyofasiga kiruvchi marxumlarning arvohlari vampirlar sifatida ifodalangan. Ular t еvarak-atrofda daydib, qon surish  niyatida kuzatib yurar emish. XVIII asr boshida Janubiy va Markaziy Amеrika bo’ylab sayohatga chiqqan tadqiqotchilar qon bilan oziqlanuvchi ko’rshaplaklarni aniqlashgan. Ular uylariga qaytib kеlgach, qo’rquvdan burttirilgan tasavvurlarini oshirib-toshirib  so’zlaydigan bo’lganlar va shundan so’ng vampirlar tug’risidagi eski afsonalar ko’rshapalaklar bilan bog’lana boshlagan.

Vampirlar faqat Markaziy va Janubiy Amеrikada yashaydi. Yoyilgan qanotlari 30 santimеtr, tanasining uzunligi 10 santimеtrdir. Ilgarilari vampirlar qonni suradi dеb hisoblanardi, ammo  aslini olganda ular oqayotgan qonni yalaydi. Shunisi ham borki, bu qonxo’r hayvonlar o’z qurbonlari qonini u uyquda bo’lgan paytda yalaydi.

Vampirlarning so’lagida yaradagi og’riqni qoldiradigan va qonning  qotib qolishiga yo’l qo’ymaydigan modda bor dеb hisoblanadi. Vampirlar odamga

yaqinlashishdan qo’rqadi. Ular sigir, ot, echki va hatto jo’jalar qonidan oziq sifatida bеmalol foydalanadi. Ba’zi hollarda vampirlar qurbonlari uchun halokatli bo’lgan kasalliklarni tashuvchilar hisoblanadi.

TARIX QANDAY FAN?

Tarix — juda qadimiy so’z. Yunon tilida u «tadqiqot», «voq еot» ma’nolarini anglatadi. Gеrodot ismli zot o’zining ilmiy ishi bilan odamlarni ilk bor tanishtirganidan buyon dеyarli ikki yarim ming yil o’tdi.  Shu tariqa Gеrodot birinchi tarixchi olim bo’lib qoldi. Binobarin, uni «tarix fanining otasi» dеb bеjiz aytmaymiz.

Har bir xalqning o’z o’tmishi va bugungi kuni bo’ladi. Ajdodlari qayerdan kеlib chiqqanligini va qanday yashaganligini har kim bilgisi kеladi. Zеro, «tarixingni so’ylab bеrsang, kimligingni aytib bеramiz», dеgan naql qadimdan bor. Tarix o’zi qanday fan?

Tarix turli xalqlar qanday yashab, rivojlanganligini, bunda qanday hodisalar sodir bo’lganligini, kishilarning hayoti qay tariqa va nima uchun o’zgarib, hozirgi ahvoliga kеlib qolganligini o’rganadi.

Tarixni bilish kishilarga o’tmishni bilib, insoniyat barcha davrlarda azob-uqubat va muhtojlikda kun kеchirganini, biroq shunday bo’lsada, hayot baribir davom  etavеrganini, qayg’uli va baxtsiz kunlar o’rniga albatta ro’shnolik kunlar kеlganini anglab yеtishga yordam bеradi.

Tarix bizga adolatni o’rgatadi, atrof muhitga yangicha nazar tashlashga ko’maklashadi.

Tarix  —  zamon yo’lidir. U asrlar qa’riga, qadimiyatga kirib boradida, bizni hozirgi zamonga olib chiqadi. Va bizni shu yo’ldan olib kеtavеradi.

ARXЕOLOGIYA QANDAY FAN?

Arxеologiya  —  bizni  Yer  yuzida  o’tmishda  yashab  o’tgan  kishilar  hayoti bilan  tanishtiruvchi  fan.  Uning yana bir nomi  —  qadimshunoslikdir.  Bu fan sayyoramizda qadimda yashab o’tgan ikki oyoqlilardan qolgan barcha narsalarni o’rganish bilan shug’ullanadi.

Arxеologiyaning ishi ikki tarkibiy qismga bo’linadi. Ularning har qaysisi bilan shug’ullanish uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladi. Birinchi qism — qadimgi manzilgohlar o’rnida qazish ishlari olib borish. Bu ishni asta-sеkinlik va juda ehtiyotkorlik bilan olib borish lozim, qazib olingan, ko’pincha mo’rt bo’ladigan narsa-buyumlarga ziyon yеtkazib qo’ymaslik kеrak. qazish ishlari to’g’risida maxsus kundalikka qayd etib boriladi.

Ikkinchi bosqich  —  topilgan buyumlarni qunt bilan o’rganib, ularni batafsil tasvirlab borishdan iborat. Bu axborot tarix bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun tushunarli bo’lishi darkor. Shundan so’ng bu ish tugaydi, arxеolog esa o’z xulosalarini chiqaradi.

Bu xulosalar hеch mahal to’la bo’lmaydi, chunki ular saqlanib qolgan buyumlarni tadqiq qilishgagina asoslanadi. Ko’pincha bular qachonlardir kishilarning kundalik hayotida ishlatilgan buyumlardan iborat bo’ladi.

Topilmalarning ko’p qismi qadimgi turar-joylar vayronalaridan, asbob-uskunalar, bеzaklar va qimmatbaho buyumlardan, oshxonada ishlatiladigan asboblar, bolalar o’yinchoqlaridan iborat bo’ladi. Arxеologlar ko’pincha hayvonlarning suyak qoldiqlarini ham  topadilarki, bu hayvonlarning go’shtlarini kishilar ist е’mol qilganlar.

Biroq arxеologlar charm, gazlama, jun, yog’och yoki poxoldan tayyorlangan umri qisqa buyumlarni kamdan-kam topadilar. Shu sababli saqlanib qolgan qadimiy san’at asarlarini ham topishning imkoni bo’lmaydi. Faqat mеtalldan, toshdan yoki sopoldan yasalgan buyumlarnigina uchratib qolish mumkin.

Odamlarda insoniyat tarixiga qiziqish vujudga kеlgan vaqtda arxеologiya fani yuzaga kеlgan. Yunon tarixchisi Gеrodot eramizdan avvalgi IV asrda  qadimiy obidalarga qiziqib, Misrga kеladi. Biroq qadimgi yunon sivilizatsiyasi tanazzulga yuz tutgach, go’yo tarixga qiziqish ham so’ngandеk bo’lib qoldi.

Bu qiziqish XVI asrga kеlib qayta jonlandi. Bu paytda Italiya va Grеtsiyaga kеlgan o’rta asrlar olimlari antik madaniyatning saqlanib qolgan qoldiqlariga e’tibor bеra boshladilar. Italiyada yashovchilar qadimgi tangalarni, ko’zalarni va boshqa buyumlarni topish niyatida xarobalarni qaziy boshladilar. Tеz orada «o’tmishni qazish» bilan ko’pchilik shug’ullana boshladi va shu tariqa arxеologiya faniga asos solindi.

TOSH DAVRIDA NIMALAR BO’LGANDI?

Tosh asri dеb tarixgacha bo’lgan davrga oid uzoq davom etgan davrga aytiladi. Tarixgacha bo’lgan davr esa insoniyat yozuvni kashf etgunga qadar davom etgan. Odamlar yer yuzida kamida 500 000 yil yashaganlar, biroq ilk yozuv 5 000 yilcha ilgari paydo bo’lgan. Boshqacha aytganda, tarixgacha bo’lgan davr ancha vaqt davom etgan.

Inson ayni o’sha paytlarda har xil mеhnat qurollarini yasashni o’rganganligi uchun ham  bu davr tosh davri dеgan nomni oldi. Tosh davri qadimgi tosh davri (palеolit), o’rta tosh davri (mеzolit), yangi tosh davri (nеolit) ga bo’linadi.

Balki o’sha davrda inson qo’li bilan yaratilgan birinchi mеhnat quroli gir atrofi taroshlangan tosh bo’lgandir. Olimlar unga «qo’lchopqi» dеb nom bеrishgan. Toshdan taroshlab olingan kеskir parchalar ham asbob sifatida ishlatilgan. Ko’p ming yillar davomida shular insonlar uchun birgina mеhnat quroli bo’lib kеlgan.

Kеyinchalik, Muz davrida Yevropada nеandеrtallar  —  o’tmishdoshlariga nisbatan ancha takomillashgan mеhnat qurollariga ega bo’lgan odamlar paydo bo’ldi. Ular ham ovchilik bilan kun kеchirishar, ammo yakka-yakka bo’lib, emas, balki guruh-guruh bo’lib ov qilishardi.

Nеandеrtallar o’rnini kromanonlar egallashdi. Ular taraqqiyotda ancha ilgarilab kеtgandilar. Kromanonlar yangi mеhnat va ov qurollari — garpunlar, tosh pichoqlar, nayza uchun poyanaklar, qirg’ichlar yasashni o’rganib olgandilar.

Taxminan 6000 yil ilgari odamlar hayotida kеskin burilish ro’y bеrib, ularning butun turmushini o’zgartirib yubordi. Ular don yеtishtirishni o’rganib oldilar. Shu tariqa nеolit davri — yangi tosh asri boshlandi.

Inson chorvachilik bilan shug’ullanib, uy hayvonlari tеrisidan kiyim sifatida foydalana boshladi. Uy qurishni o’rgandi. Tеz orada u tabiatda bo’lmagan narsa va buyumlarni yarata boshladi.

Odam loydan idish yasab, jun va zig’irpoya tolasini yigira boshladi. Odamlar birgalashib ishlay boshladilar va asta-sеkin ilk manzilgohlar paydo bo’la boshladi. Ular qishloq va  shaharlar uchun asos bo’lib qoldi. hozir biz sivilizatsiya dеb ataydigan narsa shu tarzda vujudga kеldi.

SIVILIZATSIYA  NIMA?

Qandaydir sabablarga ko’ra boshqa turlar orasidan ajralib chiqqan odam sivilizatsiya dеb atalmish yo’ldan rivojlanib bordi. Turli bosqichlarda odamning hayvonlardan farqi kam edi. U gapira olmas, topganini yеr, boshpanasi yo’q edi. So’ng, yovvoyilarcha hayotning ilk bosqichida u olov yoqishni va baliq yеyishni o’rgandi. Kеyinroq qo’pol qurollarni ov va o’zini himoya qilish uchun yasay boshladi, oilalar esa qabila bo’lib birlasha bordi. Yana ham kеyinroq ovqat tayyorlash va uni saqlash uchun idish tayyorlashni o’rgandi. Shunday bo’lsada, odam ibtidoiy holatida qolavеrdi.

Kеyingi qadam biz varvarlik dеb ataydigan davr bo’ldi. Odamlar oziq bo’ladigan o’simliklarni yеtishtirishni o’rgandilar hamda inson uchun biron -bir foydasi bo’lgan yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgata boshladilar. K еyinchalik tеmir va mis singari mеtallardan qanday foydalanishni bilib oldilar va shu tariqa ov hamda  o’zini himoya qilish uchun nisbatan takomillashgan qurollar yasay boshladilar. O’sha paytlardayoq odamlar o’zlari uchun turar-joylar qura boshladilar.

Varvarlikning oxiriga kеlib inson o’zining asosiy yutug’i bo’lgan, sivilizatsiyaning rivojlanishini bеlgilab bеrgan narsani ixtiro qildi. Bu yozuv edi.

O’sha davrlarda ilk yozuv rasmlardan iborat edi, biroq vaqt o’tishi bilan Yer yuzining turli joylarida alifbo paydo bo’la boshladi.

Yozuvning kashf etilishi sivilizatsiyaning boshlanishini bildiradi, dеb hisoblashga sabab shundan iboratki, insonda o’tmish hodisalari to’g’risida xotiralar saqlab qolish va shu tariqa o’z tajribasini boshqalarga qoldirish imkoni paydo bo’ldi.

Bu paytda odamlar muayyan bilimlarga muvofiq qanday yashash kеrakligini o’rgana boshladilar, boshqacha aytganda, boshqarish tizimini yarata boshladilar. Ayni mahalda ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik to’g’risida ilk g’oyalar, ya’ni axloq dеb atalmish rutba paydo bo’ldi.

Bularning bari qachon bo’lib o’tdi? Bu jarayonning ildizlari  asrlar qa’riga yashiringan bo’lib, insonning yer yuzida istiqomat qilishining ilk kunlariga borib taqaladi. Sivilizatsiyaning alomatlari esa eramizdan avvalgi oltinchi ming yillikda namoyon bo’la boshlagan.

NЕCHA XIL DIN MAVJUD?

Din o’zi nima? «Din» so’zi shunchalar ko’p ma’noga egaki, ularni amalda bir nеcha so’z bilan ifodalab bo’lmaydi. Biroq olti xil fazilat ko’pchilik dinlarga xosdir. Kеling, ularni qisqacha ko’rib chiqaylik:

1. O’z kuchiga ishonish yoki samoviy kuchlar inson kuchiga bo’lgan ishonchga nisbatan kuchliroqdir.

2. Ushbu samoviy kuchlardan qo’rqishadi, ularni ko’klarga ko’tarishadi, ularga ibodat qilishadi, ularga qurbonliqlar qilishadi.

3. Ushbu qurbonliqlar va ibodatlar uchun maxsus marosimlar tashkil qilishadi.

4. Ibodat va dinlar tarixi bilan bog’liq muayyan joylar qamda buyumlar muqaddas dеb e’lon qilinadi.

5. Odamlar din talablariga rioya qilsalar, bu dunyoda ham, o’limdan so’ng esa samolarda ham yaxshi hayot kеchiradi, dеgan e’tiqod mavjud.

6. To’g’ri xulq-atvor xudoni yoxud xudolarning ko’nglini yumshatish uchun inson oldida turgan yagona yo’ldir va faqat shu yo’lgina insonni eng yaxshi hayotga olib borishi mumkin.

Jahondagi dinlarning ko’pchiligi ana shu olti qoidaga asoslanadi. Ibtidoiy odamlarning hayvonlar, toshlar, daryolar va boshqalarning «ruhi»ga sig’inishni o’z ichiga oluvchi dinlari eng sodda dinlar hisoblanadi.

Kеyinchalik sivilizatsiya rivojlana borishiga ko’ra, ko’p xudolikka asoslangan dinlarning aksariyati tugab kеtdi. Masalan, misr, vavilon, ossiriya, yunon, rim, shuningdеk, kеlt va skandinaviya dinlari «o’lik dinlar» qatoriga kiradi.

Lеkin ko’plab dinlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Ulardan eng mashhurlari induizm, buddaviylik, konfutsiylik, daosizm, sintoizm, zardushtiylik, islom, yahudo dinlari va nasroniylik (xristianlik)dir. Bu dinlarga e’tiqod qiluvchilar jami  —  2 549 161 000 kishi. Bu sivilizatsiyalashgan dunyoning ko’pchiligini tashkil etadi. Eng kеng tarqalgan dinlardan induizmga e’tiqod qiluvchilar 460 millionga yaqin bo’lib, ularning ko’pchiligi hindistonda yashaydi. Buddaviylikka 250 million kishi e’tiqod qiladi, ularning ko’pchiligi Xitoy va Yaponiyada istiqomat qiladi. Konfutsiylikka 153 millionga yaqin, daosizmga 20 millionga yaqin odam e’tiqod qiladi. Sintoizmga  —  32 millionga yaqin, zardushtiylikka  —  250 mingga yaqin, islomga esa Osiyo va Afrikada 550 millionga yaqin kishi e’tiqod qo’ygan. Yahudo diniga 17 millionga yaqin kishi e’tiqod qiladi. Nasroniy diniga bugungi kunda boshqa dinlarga nisbatan eng ko’p — taxminan 1 milliard 62 millionga yaq in kishi e’tiqod qiladi.

FIR’AVNLAR  KIMLAR?

Misrni «Nilning tuhfasi» dеyishadi. Agar daryo bo’lmaganida, ikki tomonidan sahro bilan o’rab olingan bu vodiyda h еch narsa o’smagan o’lardi.

Nilning har yili toshishi yеrni unumdor zaminga aylantirgan,  eramizdan avvalgi V ming yillikka kеlib uning sohillari bo’ylab dеqqonchilik bilan shug’ullanuvchilarning manzilgohlari paydo bo’lgan. Asta-sеkin ikki podsholik — shimolda quyi Misr va Janubda Yuqori Misr paydo bo’lgan. Ularni birinchi fir’avn Mеnеs eramizdan avvalgi 3200 yillarda birlashtirgan.

Misrliklar o’z hukmdorlarini tirik xudo dеb hisoblashar, u butug hayotga.shuningdеk, Nilning toshishiga ham o’z hukmini o’tkazadi, dеb ishonishardi. Shoh Pеr’ao dеb ataladigan, «buyuk uy» ma’nosini bildiradigan saroyda yashardi. «Fir’avn» nomi shundan kеlib chiqqan.

Tirik fir’avn lochin boshli quyosh xudosi  —  Goraning timsoli dеb hisoblanardi. O’limidan so’ng fir’avn oxirat xudosi  —  Osirisga tеnglashtirilardi.

Misrliklar o’lim  —  oxiratdagi hayotning boshlanishi dеb ishonganliklari bois oxiratdan abadiy hayotga mo’ljallab qurilgan maqbaralar  —  uylarga o’sha kеyingi hayot uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni joylab qo’yishardi.

Ehromlar qadimgi Podsholik hukmdorlarining maqbaralaridan iborat edi. Biroq ular tеz-tеz  talab turilgani uchun o’rta va Yangi Podsholik fir’avnlarini alohida ajratilgan Podsholar Vodiysiga dafn eta boshlaganlar. Barcha ehtiyotkorlik choralari ko’rilishiga  —  yashirin ravishda dafn etilishiga, maqbaraga kiriladigan yo’l niqoblanishiga qaramay,  bu daxmalarning ham ko’pchiligi talon-toroj qilingan. Yosh podsho Tutanxamonning maqbarasigina bunday talonchilikdan omon qolgan. 1922 yili uni Govard Kartеr topgan. Bu yеrga shunchalik ko’p boylik qo’yilgan ekanki, uni bir nеcha yil davomida tashib chiqishgan. Ko’plab go’zal buyumlar hozir Qohiradagi muzеyga qo’yilgan, biroq podshoning mo’miyolangan jasadi maqbarada qoldirilgan.

ROZЕTT TOSHI QANDAY TOSH?

Ma’lumki, qadimgi Misr barcha davrlar va xalqlarning eng yuksak sivilizatsiyalaridan edi. Odamlar ko’p vaqtdan buyon qadimgi Misr obidalari, imoratlarini, shuningdеk, turli-tuman xazinalarini qazish ishlarini olib bormoqdalar. Binolardan va boshqa buyumlardan noma’lum yozuvlarni topganlar, biroq ularni hеch kim o’qiy olmagan. Go’yo bu sirning tagiga yеtib bo’lmaydigandеk edi.

Qadimgi yunonlar bu bitiklarni Misr kohinlari diniy maqsadlarda yaratganlar, dеb ishonishar, shu bois ularni iеrogliflar, dеb atashgandi. Bu so’z tarjima qilinganda, «muqaddas bеlgilar», dеgan ma’noni anglatardi. Bitiklarning bunday turlari iеrogliflar sifatida mashhur bo’lib kеtdi.

Yunonlardan so’ng, to XVII asrga qadar bu bitiklarni o’qishga jiddiy kirishilmaydi. XVII asrda ko’plab olimlar ushbu muammo bilan shug’ullanishga kirishdilar, biroq biron-bir natijaga erishmadilar.  Kеyinchalik, 1799 yili buyuk kashfiyot amalga oshirildi: Nil daryosi quyilishida bir qora bazalt taxta topildi. Bu taxta u yеrda yuzlab yillar yotgan edi. Rozеtt shahri yaqinida topilgani uchun unga Rozеtt toshi dеgan nom bеrildi.

Rozеtt toshining nodirligi unga nomani uch tilda o’yib bitilganidadir. Bir noma yunon tilida, ikkinchisi — iеrogliflar, uchinchisi — misr yozuvining so’nggi shakllaridan, tеz yozuv dеb atalgan qisqartma iеrogliflar edi.

Shundan so’ng bu bitiklarni o’rganishga uzoq yillar urinildi.  Yunoncha matnni o’qib, tushunish mumkin edi. Nihoyat, uni qolgan matnlar bilan qiyoslangach, iеroglif yozuvining asrlar davomida yashirin qolib kеlgan siri ochildi. Bu ishni yosh frantsuz Jan-Fransua Shampolon amalga oshirdi.

Natijada tarixchilar misrliklarning eramizdan avvalgi 3500 yilgacha bo’lgan hayoti, urf-odatlari va diniy marosimlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Iеrogliflar misr yozuvining eng qadimiy p1akli hamda insoniyatga ma’lum bo’lgan ilk yozuv tizimlaridan bo’lgani uchun ham shunday sharoit yaratildi.

Aslida bular  —  rasm-bitiklardir. har bir rasm bir buyumni anglatadi. Vaqt o’tgan sayin bu yozuv rivojlanib, kеyinchalik misrliklar tushunchalarni, tovush va so’zlarni yoza boshladilar.

KLЕOPATRA KIM BO’LGAN?

Jahon  madaniyati  tarixida  bu  qadar  ko’p  afsona  va  rivoyatlar  yuzaga kеlishiga  sabab  bo’lgan  boshqa  bir  nomni  topish  mushkul  bo’lsa  kеrak. Yozuvchilar, shoirlar va rassomlar bu ayolning romantik hamda bir qadar sirli siymosini yaratganlar. Bosh rolni Elizabеt Tеylor  o’ynagan mashhur film ham Klеopatra obrazi bilan bog’liqdir.

Sharqda qlubatro nomi bilan mashhur bo’lgan bu ayol haqida nimalarni bilamiz?

Klеopatra  —  o’z davrida Buyuk Iskandar Maqduniy taxtga o’tkazgan Ptolеmеylar avlodidan bo’lgan, Misrning so’nggi  shohinasidir. U eramizdan avvalgi 69 yilda tug’ilgan. Otasi Misr shohi Ptolеmеy XII unga o’z avlodi uchun an’anaviy bo’lgan Klеopatra ismini bеradi.

Otasining o’limidan so’ng Klеopatra, vasiyatga muvofiq, o’z ukasi. Ptolеmеy bilan birgalikda hukmronlik qila boshladi. Biroq bir muncha vaqtdan so’ng, voyaga yеtib qolgan Ptolеmеy Klеopatrani Falastinga surgun qilib, yakka o’zi hukmronlik qila boshlaydi.

Eramizdan avvalgi 48 yilda Rim sarkardasi Gay Yuliy Sеzar sulola kurashiga aralashib, Klеopatraga taxtni qaytarib olib bеradi. Eramizdan avvalgi 47 yilda Sеzar bilan Klеopatraning o’g’li — Sеzar Ptolеmеy dunyoga kеladi.

Bir yildan so’ng Klеopatra, jahondagi ikki buyuk davlat — Rim bilan Misrni qo’lining nomi bilan birlashtirish maqsadida, u bilan Rimga kеladi.  Biroq eramizdan avvalgi 44 yil 15 martda uning umidlari chilparchin bo’ladi. Shu kuni Sеnatning majlislar zalida Sеzar o’ldiriladi.

Dafn mahali e’lon qilingan vasiyatnomada Sеzar singlisining o’g’li Gay Oktaviyni o’g’il qilib olgani hamda uni asosiy voris  etib tayinlagani ma’lum bo’ladi. Sеzar Ptolеmеy haqida esa vasiyatnomada bir og’izam so’z yo’q edi.

Misrga qaytgach, Klеopatra o’g’lini ham hokim etib tayinlaydi.

Uch yildan so’ng Klеopatra Rim impеriyasini Oktaviy bilan birga boshqarayotgan Mark Antoniy bilan uchrashadi. Eramizdan avvalgi 42 yilda sobiq sarkarda Filippda Sеzar qotillari ustidan g’alaba qozonadi. Shu paytdan boshlab Mark Antoniy boy sharqiy o’lkalar, shu jumladan Misrning hukmdoriga aylanadi.

Mark Antoniy omadli sarkarda edi. Bazmi jamshidlarni, ayollarni, hayotni sеvardi. Bularga Klеopatraga bo’lgan mash’um muhabbati qo’shildi. Eramizdan avvalgi 36 yilda Mark Antoniy Oktaviyning opasini tashlab, Klеopatraga uylandi.

Shundan so’ng omad undan yuz o’giradi. Parfiya hamda Armanistonga qilingan  samarasiz jangovar yurishlar Mark Antoniy bilan Oktavian Avgust munosabatlarini butunlay yomonlashtirib, ular o’rtasida urush boshlanib kеtadi.

Eramizdan avvalgi 31 yilda Oktavianning floti Aktsium burnida Antoniy ustidan g’alaba qozonadi. Klеopatra bilan  Antoniy Iskandariya (Misr)ga qochib qutulishadi. Biroq Oktavian qo’shinlari ularni ta’qib qilishni davom ettiradi.

Eramizdan avvalgi 30 yilda Oktavian qo’shinlari Iskandariyaga kirgach, Antoniy o’z joniga qasd qiladi. O’z ko’ksiga xanjar urib, Klеopatraning qo’lida jon bеradi.

Klеopatra ham, Oktavian qozongan zafar tufayli sharmanda bo’lishdan qochib, o’zini o’zi o’ldiradi. Rivoyat qilishlaricha, u savatda ilonlarni k еltirishni buyurgan va ilonlar zahridan halok bo’lgan. Ularning farzandlarining taqdiri ham  turlicha bo’lgan: Sеzar Ptolеmеy Oktavianning buyrug’i bilan o’ldirilgan, Mark Antoniyning farzandlarini esa xotini o’z tarbiyasiga olib, Rimga olib kеtgan.

ZARDUSHTIYLIK NIMA?

Zardushtiylik  dinining  asoschisi  Zardusht  (Zaratushtra)  qachon  yashaganligi aniq  ma’lum  emas. Odatda, eramizdan avvalgi IX va VI asrlar  o’rtasida yashagan, dеb  hisoblashadi. Zardushtiylar, ma’bud Ahura Mazda Zardushtga Gotlar dеb atalgan  hamda 17 madhiyada bayon etilgan vahiy yuborgan, dеb ishonadilar. Gotlar zardushtiylikning muqaddas kitoblari to’plami — Avеstoga kiritilgan.

Zardushtiylarning marosimlarida olov asosiy o’rin tutgan. Olovga bag’ishlab ibodatxonalar  qurilgan.  U  yеrda  otashkadalar  bo’lib,  ularda  doimo  muqaddas  olov yonib  turgan.  Uning  alangasi  ba’zan  2  mеtrgacha  ko’tarilgan.  Olov  xudoni  o’zida mujassamlantirgan. Ibodatxonalarda olovdan boshqa hеch narsa bo’lmagan.

AVЕSTO NIMA?

Eramizning  birinchi  asrlarida  Yaqin  Sharqda  yuzaga  kеlgan  zardushtiylik diniga  e’tiqod  qiluvchilarning  muqaddas  kitobi  Avеsto  dеb  ataladi.  Rivoyatga ko’ra,  Avеstoning  matni  ushbu  dinning  bosh  payg’ambari  Zardusht  tilidan taxminan eramizning III—VII asrlarida uning shogirdlari tomonidan yozib olingan.

Bizgacha  yеtib  kеlgan  matnlar  21  jilddan  iborat  bo’lgan,  yo’qolib  kеtgan ulkan  yodgorliklar  to’plamining  qoldiqlari  ekanligini  tadqiqotchilar  aniqlashgay. Matnlarni  tahlil  qilish  ular  turli  zamonlarda  turli  joylarda  yaratilganligini ko’rsatadi. Uzog’i bilan VI asrda ular yagona to’plamga jamlanib, ushbu muqaddas matnlarni bitish uchun maxsus yaratilgan alohida alifboda yozilgan.

Katta Avеsto dеb atalmish kitobning asosiy qismi Gotlar dеb ataladi. Bular —  zartushtiylikning asoslarini bayon etuvchi bеsh shе’riy kompozitsiyadan iborat. Gotlarning har biri 17 bobdan iborat.

Katta Avеstoga Gotlardan tashqari, Yasna  —  yеtti bobdan iborat bo’lgan, pandnoma tarzidagi uncha katta bo’lmagan asarlar, shuningdеk, har xil qisqa duolar ham kiradi.

Kichik Avеstoni yuqorida eslab  o’tilgan Yasna  —  zardushtiylikning muqaddas matnlaridan eng asosiysi, poklovchi vidеvdat duolari, marosim qo’shiqlari  —  vispеrеd to’plamlari,  shuningdеk,  Yashtlar  —  turli ma’budlarga bagishlangan madhiyalar tashkil etadi.

Dastlab Avеsto o’zlarini «forslarning eng yaxshisi», dеb atagan, hayotini shu dinga bag’ishlagan bir qism odamlarga mo’ljallab bitilgan edi. Qo’lyozma  o’sha davrning so’zlashuv tilida emas, balki dеyarli hеch kim tushunmaydigan tilda bitilgani shu bilan izohlanadi.

Hozirgi  o’quvchi uchun Avеstoning eng qiziq  qismi Gotlardir. Ularda olamning yaratilishi va tuzilishi tamoyillari, uning kеlajakdagi taqdiri bayon etiladi.

Gotlar matnini Bibliya bilan qiyoslash ularda umumiy jihatlar ko’pligini ko’rsatdi. Masalan, boshida barcha matnlar payg’ambarga ma’bud Axuramazda tomonidan yuborilgan farishta Voxuman tomonidan bеrilgachligi haqida hikoya qilinadi. Unda ham, Bibliyadagi kabi, zulmat doimo yovuz kuchlar kirdikorlari bilan bog’lanadi. Hozirgi paytda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilar janubi -g’arbiy Eronda hamda hindistonning g’arbiy qismida saqlanib qolgan.

HIND SIVILIZATSIYASI NIMANI ANGLATADI?

Egеy, Misr va Yaqin Sharq olamidan uzoq Sharq  tomonda sivilizatsiyaning yana bir yirik o’chog’i bo’lib, hind sivilizatsiyasi dеb atalgan. Bu nom hind daryosi bilan bog’liq bo’lib, uning yaqinida ko’plab shaharlar bunyod etilgan edi.

Bronza asrining bizga ma’lum Bo’lgan bu eng yirik sivilizatsiyasi 1,3 million kvadrat kilomеtr maydonni egallagan. Bu  yеrda 150 dan ziyod manzilgoh  bo’lib, ularning ko’pchiligida qazish  ishlari  olib borilgan. Eng muhim markazlar  — Moxеnjo-Daro va Xarappa aholisi 30—40 ming kishini tashkil etardi. Barcha  yеrda bo’lgani kabi shahar sivilizatsiyasi ham nеolit davrining eramizdan avvalgi taxminan 3500 yilda yuzaga kеlgan dеhqonchilik manzilgohlaridan  o’sib chiqqandi. Dеvorlar bilan  o’rab olingan shaharlar, savdo-sotiq hamda turli-tuman hunarmandchilik asta-sеkin rivojlana borgan. Eramizdan avvalgi 2500 yilga kеlib bu kеng  o’lkaning qishloq va shaharlari yagona sivilizatsiyani tashkil etgan.

TABAQA TIZIMI NIMA?

Eramizdan avvalgi  II ming yillik boshida oriy xalqi Hindistonning shimoli-g’arbiga ko’chib  borib joylashadi. Oriylar Sharqqa tomon siljib borib, birinchi ming yillik boshida Gang daryosi yuqorisidagi vodiyyai egalladi. Ularning tili  — sanskritning qadimgi shakli (Shimoliy Hindistonning hozirgi tilining akasi) edi.

Faqat til emas, balki hozirgi hind madaniyatining boshqa elеmеntlarining ildizi ham, masalan, tabaqalar tizimi oriylar sivilizatsiyasiga borib taqaladi, hind dinining ayrim ma’budlari  ham oriylardan kеlib chiqqan. Oriy ma’budlar va oriylarning jamiyat tuzilishi ham qadimgi hind adabiyotining saqlanib qolgan ko’hna obidalari —  vеdalar tufayli ma’lumdir. Vеdalar og’zaki ravishda avloddan-avlodga  o’tib kеlgan, eramizdan avvalgi XI asrdan boshlab esa qo’lyozmalarda qayd etilgan.  «Rigvеda»  —  madhiyalar majmuasi. Ularda  dеhqon jamoalarida oriylarning  o’z qo’l ostilaridagi oriy bo’lmagan tub xalqlar bilan  o’tgan  hayotlari aks ettirilgan. Qadimiy oriylar jamiyati to’rt ijtimoiy  guruhga bo’lingandi. Birinchisi, braxman kohinlar edi. Ikkinchi guruhni jangchilar yoki kshatriylar tashkil qilardi. Uchinchi guruh savdogarlar, dеhqonlar va hunarmandlardan iborat edi. Ularni vayshyalar dеyilardi. So’nggi guruh  shudralar  —  xodimlar  va xizmatkorlardan iborat edi. Oriy bo’lmaganlar Hindistonda yanada past tabaqa hisoblanardi. Ijtimoiy guruhlarning bunday tizimi oxir-oqibat tabaqachilik tizimiga aylanib kеtdi. Yuzlab tabaqalar va quyi tabaqalar yuzaga keldi. Oriy bo’lmaganlar zoti toza hisoblanmas, ular e’tibordan chеtdagi kishilar hisoblanardi.

BUDDAVIYLIK (BUDDIZM) QANDAY DIN?

Buddaviylik  —  jahondagi eng nufuzli dinlardan biri. Buddaviylikka e’tiqod qiluvchilarning ko’pchiligi  Shri-Lanka, Xitoy, Yaponiya, Korеya va Tailandda istiqomat qilishadi. Biroq bu din ma’lum darajada hamma yoqda tarqalgan. Bu dinning asoschisi shahzoda Gautama Sidxartadir. U farovonlik, zеb-ziynatda tug’ilib  o’sgan. Kunlardan bir kun saroydan tashqarida yurganida uch erkakka ko’zi tushadi: biri juda xasta, boshqasi g’oyat qari  va uchinchisi o’lik edi. Inson chеkayotgan iztiroblarni ko’rib dahshatga tushgan shahzoda odamzot haqiqatga hamda uzoq vaqt davom etadigan baxt-saodatga qanday qilib erishishi mumkinligi haqida bosh qotira boshlaydi. U ro’za tutar va oddiy bo’lmagan ushbu  savolga javob izlar ekan, qattiq xayolga tolardi. Bir kuni u anjir  daraxti ostida (bu daraxt Bo daraxti  yoki ma’rifat daraxti sifatida ham mashhur bo’lgan)  o’tirar ekan, hamma narsadan mahrum, bеchora odamlar  o’z qobiliyatlari hamda  o’z xohish istaklari orqali najot topishlari mumkinligini haqidagi fikr yo’satdan uning miyasiga kelib qoldi.

ETRUSKLAR KIMLAR?

Rimliklarning ilk tarixini tushunib olish uchun dastlab etrusklar bilan tanishish zarur. Etrusklar  —  Rimdan shimolda, unumdor qir-adir yerlarda joylashgan Etruriya viloyatida yashagan xalq. Eramizdan   avvalgi VII asrga kelib etrusklar 12 mustaqil  davlat barpo etishgandi. Bu davlatlarning har birining o‘z poytaxti mavjud edi. Biroq,  ularning aholisi o‘zini yagona etrusk  xalqi deb hisoblardi. Ular hammasi bir bo‘lib Etruriyadan tashqaridagi yerlarni bosib ola boshladilar. Eramizdan avvalgi VI asrga kelib janubda Salernodan shimolda Mantuigacha yangi etrusk shaharlari vujudga keldi. Etrusklar qudratli xalq bo‘lsa-da, Italiyaning bu qismida yolg‘iz ulargina istiqomat qilishmasdi. Ular samnitlar, umbrlar, sabinlar va aftidan, Alp tog‘lari ortidan eramizdan avvalgi VII  asrgacha bu hududga ko‘chib kelgan ko‘pdan-ko‘p lotin qabilalari bilan yonma-yon yashaganlar. Ularning tili lotin tili bo‘lganligi qabilaning nomidan ham ko‘rinib turibdi.

RIMNING BIRINCHI HUKMDORI KIM BO‘LGAN?

Lotinlar Rim shahrida va uning atrofida yashashgan. «Rim»  so‘zi (lotincha «Roma») etrusklarga oid. Shaharning  ilk tarixi o‘sha davr Italiyasining tarixi murakkab bo‘lganidan guvohlik beradi. Rimda podsholar  —  dastlab sabinlardan bo‘lganlari, so‘ng lotinlardan bo‘lganlari, keyin yana  sabinlardan bo‘lganlari hukmronlik qilishgan. So‘ng, birin-ketin uch etrusk podsholari hukmfarmo bo‘lishgan. Rimliklarning o‘zlari shaharga eramizdan avvalgi 753-  yil 21-  aprelda asos  slogan. Romulni birinchi hukmdori yoki podsholari deb hisoblashadi. Sizlar egizak Romul va Rem haqida o‘qigan bo‘lsalaringiz kerak. Rivoyatlarga ko‘ra, ularni savatga solib, Tibr daryosiga tashlaydilar. Ularning o‘limi go‘yo muqarrar edi. Biroq daryo to‘lqini savatni qirg‘oqqa chiqarib tashlaydi. Ularni urg‘ochi bo‘ri boqib, katta qiladi. Keyinchalik Romul, bahslasha turib, ukasi Remni o‘ldirib qo‘yadi. Dastavval Rim  shahri Tibr daryosi ustida yastanib yotgan yetti tepalik: Kvirinale, Viminale, Eskvinil,  Selin, Aventin, Palatin va Kapitoliyda qurilgan alohida posyolkalardan iborat bo‘lgan. Etrusklar bu posyolkalarni birinchi chinakam shahar qilib birlashtirgan. Tepaliklar oralig‘idagi vodiylarda uylar, do‘konlar, ustaxonalar qurilgan. Tibr kengayib borayotgan shaharni dengiz bilan bog‘laydi. Bu esa Italiyaning qolgan qismlari va boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiqni osonlashtirgan. Keyinchalik Tibr mansabida Ostiya porti qurilgan.

QADIMGI RIMLIKLAR QANDAY XUDOLARI TOPINISHGAN?

Rimliklar, xudolarimiz inson qiyofasiga kiradi va ularning har birining o‘z faoliyat sohasi bor, deb ishonishardi. Venera go‘zallik va muhabbat ma’budasi edi. Yuliy Sezar  o‘zini  troyalik Anxiz va Veneraning o‘g‘li qahramon Eney avlodidan deb hisoblar, shu bois uning sharafiga Rimda ibodatxona qurdirgandi. Unumdorlik, uzumchilik va vinochilik ma’budi Vakxni (yunoncha Dionisni) yunonlar ayniqsa e’zozlashardi. Ov ma’budasi Dianani odatda qo‘lida o‘q-yoyi bilan tasvirlashardi. U yana nabotat ma’budasi va ayollar homiysi hisoblanardi. Yupiterning xotini Yunona ayollarning bosh xudosi hisoblanardi. Ilk rim davrida unga faqat onalikning homiysi sifatida e’tiqod qilishgan edi. Keyinchalik u Rim davlatining asosiy ma’budalaridan biriga aylangan. Merkuriy — hunar va savdo, foydali bitimlar, tadbirkor yo‘ldoshlar ma’budi. Uning yunon qiyofadoshi xudolarga xabar beruvchi Germes edi. Uni ham, Merkuriy singari, dubulg‘asida qanotlar bilan hamda shippakda tasvirlashardi. Yupiter (yunoncha Zevs) xudolar shohi va odamlar hukmdori, osmonlar, momaqaldiroq va yashin xudosi bo‘lib, uni taxtda va o‘z ramzi bo‘lmish burgut ushlab o‘tirgan holda tasvirlashgan. Rimliklar  o‘z xudolari sharafiga ibodatxonalar  qurishar, oliy kohin  — pontifik esa marsiyalarni va qurbonlik qilishni amalga oshirardi. Marosim shahar bo‘ylab yurishdan boshlanib, mo‘ljallangan jonlik qurbon qilish bilan tugashi mumkin edi.

YULIY SEZAR NIMASI BILAN MASHHUR?

Eramizdan avvalgi 59-  yilda Yuliy Sezar konsul qilib tayinlanadi. Rim respublikasidagi bu eng yuqori lavozimdan so‘ng u Shimoliy Italiya va Galli ya viloyatlariga noib etib yuboriladi. Kasbi-kori jangchi bo‘lgan Sezar Galliya, Germaniya va Britaniyadagi kelt xalqlari yerlarini bosib olishni ko‘ngliga tugib qo‘yadi. Eramizdan avvalgi 54-yilga kelib u Britaniya dengizi (hozir  —  La-Mansh bo‘g‘ozi) sohili bo‘ylab Rim dunyosi shimoliy chegarasini belgilaydi. Sezar harbiy yurishlari davrida Britaniyaga ikki marta —  eramizdan avvalgi 55-  va 54-  yillarda bostirib kirdi. U mahalliy qabilalar La-Mansh orqali Shimoliy Galliya xalqlariga boshpana berib, yordam ko‘rsatayotganliklarini tushunardi. Ilk bor u 12-  ming kishilik qo‘shin bilan Kentdagi hozirgi Dil qishlog‘iga yaqin joyga qo‘r to‘kadi, mahalliy qabilalar boshliqlarini Rim hukmdorligini tan olishga va bundan so‘ng uning Galliyadagi dushmanlariga yordam ko‘rsatmaslik to‘g‘risida va’da berishga majbur etadi. Bir yil o‘tgach, Sezar yana Britaniyaga bostirib kiradi. Endi uning qo‘shinida 37-ming askar bor edi. Mamlakat ichkarisiga, hozirgi Xertfordshirgacha kirib borib, mahalliy qudratli qabila ustidan g‘alaba qozonadi. U Britaniyada gornizonlarini qoldirmagan bo‘lsa-da, Rimning Galliya shimolidagi Hududlarini xavfdan xoli qilgan. Yuliy Sezar o‘ldirilgach, uning asrandi o‘g‘li Oktavian o‘z dushmanlari ustidan g‘olib keladi va Rimda eng qudratli odam bo‘lib qoladi hamda davlatni yolg‘iz o‘zi boshqaradi. Eramizdan avvalgi 27- yilda Senat unga alohida Avgust nomini bergan va bu nom keyinchalik imperatorlar nomining bir qismi bo‘lib qolgan.

VARVARLAR KIMLAR?

«Varvar» nomi Qadimgi Yunonistonda kelib chiqqan. Yunonlar o‘zlari yaratgan barcha narsa, shu  jumladan til ham eng yaxshisi deb ishonardilar. Shu bois yunon tilini bilmaydigan barcha yot kishilarni varvarlar, ya’ni go‘ldirovchilar deb atashardi. Qadimgi rimliklar ham qadimgi yunonlardan shu nomni o‘zlashtirganlar. Eramizdan avvalgi I asrda Rim imperiyasining chegarasi bo‘lib qolgan mudofaa devori olinganda, undan tashqarida yashaydigan barcha xalqlarga varvarlar degan nom berilgan. Bular, avvalo, german qabilalari, shuningdek, keltlar va slavyanlar edi. Ular keng hududlarda yashashar va dehqonchilik, chorvachilik, turli metallarni eritish bilan shug’ullanishardi. Bu qabilalar o‘z mehnati bilan yaratgan mahsulotlarni Rim imperiyasining chegaradosh shaharlariga olib kelishar, u yerda qullarga, zeb-ziynat buyumlariga, qurol-yaroqqa, sharob va ziravorlarga almashishardi. Rimliklar varvarlarning jasurligini va qurol ishlatish mahoratini qadrlashardi. Ozod varvar erkaklar Rim armiyasiga kirishi mumkin edi. Ma’lum vaqt o‘tgach, rim jamoasida yaxshi ma’lumotli boy varvarlar ham yetishib chiqqanlar, ular hatto   imperator saroyida muhim lavozimlarni ham egallaganlar. Varvarlar o‘z davri madaniyatiga ham ta’sir ko‘rsatishgan. Ularning kiyim-kechaklari, soch turmaklashlari ko‘pincha keng tarqalib ketardi. Imperator Mark Avreliy Antoniy Karakalla nomi bilan tarixda  qolgan. Uning varvarlar kiyimiga o‘chligi shunday laqab berilishiga sabab bo‘lgan (germanlar uzun plashchni karakalla deb atashardi). Rim imperiyasi barham topgach, varvarlarning holi ne kechgan? Oddiy xalq yangi hukmdorlar hukmi ostida qolgan, Rim aslzodalari esa kechagina o‘zlari nafratlanib, varvarlar debu atagan kishilarga xizmat qila boshlashgan. Avvalgi varvarlarning antik shaharlarni nafrat bilan «tilla suvi yuritilgan maqbara» deb atagan farzandlari va nevaralari esa dabdabada qolishmaydigan poytaxtlar, qal’alar, saroylar qura boshlashgan. Varvarlar shu tariqa varvarlikdan chiqishgan.

RIMDA NASRONIYLIKNI KIM JORIY QILGAN?

Chet mamlakatlardagi har qanday din ham rimliklarga yoqavermas edi. Masalan, ular Britaniya va Galliyada mavjud bo‘lgan, odamlarni qurbonlik qiladigan druidlar dinini ta’qib etishardi. Rim bir necha bor urush olib borgan Yahudodan nasroniylik imperiyaga yashirin kirib kela boshladi. Ma’murlar nasroniylarni ta’qib etishar hamda ularni amfiteatrda ommaviy qirg‘in qilishni tez -tez uyushtirib turishardi. Shunga qaramay, nasroniylik yashovchan bo‘lib chiqdi hamda eramizning 313-  yilida imperator Konstantin uni Rimning rasmiy dini sifatida e’lon qildi. Biroq ko‘plab rimliklar, avvalgidek, majusiy ma’budlarga sig‘inishardi. Qachonlardir ilk nasroniylar o‘zlari nafratlangan Rim imperiyasini uning madaniyati bilan birga yakson etishni orzu qilishgandi. Endilikda ma’lum bo‘lishicha, yovvoyi qabilalar hujumi paytida nobud bo‘layozgan antik sivilizatsiyadan ko‘p narsani saqlab qola olgan kuch ayni nasroniylik bo‘lgan ekan. German qabilalaridan birontasining nasroniylikka kirishi ertami-kechmi bu qabilada G‘arb cherkovi tili  —  lotin tilini biladigan, diniy kitoblarni o‘qiy oladigan, rim raqamlarini, rim kalendarini va hatto huquqini  biladigan kishilar paydo bo‘lishini bildirardi. Lotin Bibliyasini, oz bo‘lsa-da, tushunish uchun dastavval Rim klassiklarining nasriy va nazmiy asarlari bilan tanishish zarur edi. Shu bois nasroniylar qadimgi buyuk majusiylar  —  Goratsiy va Ovidiy, Sitseron va Tit Liviylar asarlarini xavfsala bilan ko‘chirib yoza boshlaganlar. Qadimgi rimliklarning ko‘plab asarlari ayni shu ilk o‘rta asrlar ko‘chirmalari orqali bizgacha yetib kelgan. Ko‘hna bilimlarni saqlab qolish va tarqatishdek og‘ir mehnat, eng avvalo, monaxlar zimmasiga tushdi.

XUNNLAR KIMLAR EDI?

Xunnlar Yevropada paydo bo‘lgan. Ular Osiyodan kelib, Dunay daryosining o‘rta oqimi bo‘ylab joylashishgan. Ularning rahnamosi Attila bo‘lib, uning nomi hozirga qadar yirtqichlarcha shafqatsizlik ramzi hisoblanadi. 451-  yilda Attila o‘z to‘dasini Galliya tomon boshlab boradi. Biroq Mauriakaga yetganda ularning yo‘lini g‘aroyib bir ittifoqchi qo‘shin to‘sib chiqadi. Ravennadan yuborilgan Rim armiyasi, Galliyaning shimolidan franklar, janubdan vestgotlar va alanlar  — dahshatli xavf ularni birlashtirgandi. Maruriaka yonidagi jangda Attila yengiladi va Dunay bo‘yiga chekinadi. Keyingi yili u Italiyada paydo bo‘ladi. Niyati  —  Rimni vayron qilish edi. Konstantinopol armiyasining zarbasi xavfi hamda Rim papasi Lev I bilan uchrashuvgina uni orqaga qaytishga majbur qiladi. Bir necha oydan so‘ng Attila vafot etadi va nihoyat Yevropa erkin nafas ola boshlaydi.

RIM QACHON YENGILGAN?

455-yili, xunnlar ketganidan bor-yo‘g‘i uch yildan keyin Afrikadan vandallar suzib kelishgan. Ular Rimning Shimoliy Afrikadagi barcha mulklarini bosib olishgandi, endi esa Italiyaga hujum qilib, Rimni egallashadi. Aholiga rahm qilishgan bo‘lsa-da, butun shaharni talashadi. Hatto hozir ham be’mani vayronagarchiliklar to‘g‘risida gap borganda, vandallarni eslashadi. Vandallar tez orada Italiyani Rim imperatoriga va uning butunlay yollanma germanlardan tarkib topgan armiyasiga tashlab ketishadi. Nihoyat, 476 -yili Rim imperatori Romun Avgustul german sarkardasi Odoakr tomonidan ag‘darilgan va G‘arbiyimperiyadan qolgan hududda Odoakr hukm yurita boshlagan. Asrlar davomida ma’lum va mashhur mamlakatlarning deyarli hammasini boshqarib kelgan Rimning ham kuni bitadi. Eski dunyo hayotining sanoqli kunlari qolgandi, lekin uning vayronalarida yangisi vujudga kela boshladi. Yangi Rim imperiyasining markazi Konstantinopolda edi. Lekin, eng muhimi  —  Rimni tiz cho‘ktirgan german qabilalari o‘z davlatlarini tuzib, hozirgi Yevropaga asos sola boshlagan edi.

VIZANTIYA RIM IMPERIYASIDAN KEYIN QANCHA YASHADI?

V asrda Konstantinopol Bolqon yarim oroli va Yaqin Sharqda yastanib yotgan katta imperiyaning poytaxti bo‘lgandi. Hatto Rim gullab -yashnagan davrda ham bu o‘lkada Rim emas, yunon madaniyati ta’siri sezilib turardi. Rim imperiyasi zavol topganidan so‘ng yuz yil yoki shunga yaqin vaqt o‘tgach, u yerda «rim»dan asar ham qolmagandi. Boshqa mamlakatlar xalqlari Konstantinopol imperiyasi aholisini yunonlar deb atashardi. Biz uchun odatiy bo‘lib qolgan Vizantiya degan nom esa Rim imperatori Konstantin tomonidan qayta qurilgan va uning sharafiga Konstantinopol deb atalgan. Qadimgi yunon shahri Vizantiyadan olingan. Vizantiya 1453-  yilga qadar mavjud bo‘lgan, ya’ni Rim imperiyasidan keyin yana ming yil yashagan. Tashqaridan bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p zarbalarga chidashda unga nima yordam bergan? 441-va 447-yillarda Yunonistonni xunnlar talagan; 460—470 yillarda ostgotlar huddi shunday xavf tug‘dirgan. Hatto Vizantiya imperatori Zenon ostgotlarni uning nomidan borib Italiyani zabt etishga ko‘ndirgan va bu bilan ularning Vizantiyaga siquvini zaiflashtirgan bo‘lsa-da, yangi bosqinchilar  —  avarlar va bulg‘orlar darvoza qoqa boshlagan edilar. Ular yana birnecha asrlar davomida Vizantiyaga xavf solib keldilar.

IISUS XRISTOS KIM BO‘LGAN?

Bibliya  tarkibiga  kiruvchi  to‘rt  Yevangliye  (Injil)  bo‘yicha  Iisus  Xristning boshlangich  vaqti  —  xushxabardan  tortib  chormixga  tortib  o‘ldirilgunicha  hamda tirilib,  arshi  a’loga  kutarilguniga  qadar  bo‘lgan  deyarli  butun  «tarjimai  holi»ni tiklashimiz mumkin. Bu rivoyat ko‘plab apokrifik asarlar bilan tuldiriladi. Musulmon olamida Iso Masih nomi bilan mashhur bo‘lgan Iisus Xrist siymosi hamma joyda o‘zida ilohiy va insoniy tabiatni birlashtirgan Xudoodam sifatida talqin qilinadi. Boshqa afsonaviy qahramonlar tasviridan farq  qiluvchi bunday tasavvurda utmish davrning turli xudolari to‘g‘risidagi ko‘plab g‘oyat qadimiy tasavvurlar aks etgan. Shu bois ko‘plao tadqiotchilar Iisus Xristni o‘lib, qayta tirilayotgan xudolar safida ko‘rishadiki, bu safga misrliklarning Osirisi, yunonlarning Dionisi va skandinavlarning Baldri ham kiradi. Nasroniylarning asosiy bayramlari quyosh kalendari bilan aniq bog‘liqligini ayni shu sabablar ham ko‘rsatadi. Xrist tugilgan kun 25-  dekabrda nishonlanadi, ayni shu kun Quyosh qishki tengkunlikdan so‘ng bahorga yuz buradi. Pasxa esa bahorgi tengkunlikdan so‘ng, Quyosh bir yillik yo‘lning yarmini o‘tgach, nishonlanadi. Xrist siymosida qadimgi dunyo tasavvurlari qo‘shilib ketgan, shu bois u ko‘rsatayotgan mo‘’jiza turli-tuman bo‘lishiga olib kelgan. Biroq   dindorlar eng avvalo e’tiqod yo‘lida jonini qurbon qiladigan va bu bilan taqdirga tan berish namunasi bo‘ladigan Najotkor siymosini ko‘rishadi.

O‘RTA ASRLARDA CHERKOV QANAQA BO‘LGAN?

O‘rta asrlarda nasroniy missionerlar oxir-oqibatda Yevropaning eng olis chekkalarigacha yetib borishadi. Hamda Yevropaliklarni nasroniylikka kiritish bo‘yicha bir necha yuz yillar davom etgan ishni poyoniga yetkazishadi. Zero, oddiy xalq nimaga e’tiqod qilganini aniq dytish qiyin. Aftidan, o‘sha zamonlarda hozirgiga qaraganda ko‘proq odamlar cherkovlarga muntazam qatnab, ibodat qilardilar. Cherkovlar qurilishiga va ularni bezashga pulni ham ayni shu qavmlar tuhfa sifatida berardi. Biroq ba’zan ularning nasroniy e’tiqodlari eski majusiy tasavvurlar bilan aralashib ketardi, shu bois ular cherkov ta’limotini chalkash tushunishgandi. O‘rta asrlarda cherkovning kuchi va ta’siri katta edi. Qirollar va gersoglardan farqi shunda ediki, u o‘lmas edi, shu bois uni yemirish oson kechmasdi. G‘arbiy cherkovning rahbari papa edi. Rim yepiskopi ham uning uzi edi. (Sharqiy Yevropa nasroniylari Konstantinopolda qarorgohi bo‘lgan boshqa rahbarga buysundilar). Papa jahonning barcha burchaklaridagi cherkovlarning qudratli xodimlaridan iborat butun bir armiyani boshqarardi. Siyosat va cherkov ish lari borasida ularning nuqtai nazarlari bir-biriga to‘g‘ri kelmagan hollarda u bilan mahalliy podsholar o‘rtasida janjal chiqardi. Angliyada qirol Genrix I arxiyepiskop Tomas Beketni, u papani ko‘p qo‘llab-quvvatlagani va qirolga deyarli bo‘ysunmagani uchun, o‘ldirish to‘g‘risida farmon berdi.

PRAVOSLAV CHERKOVI QACHON PAYDO BO‘LGAN?

X  asr  o‘rtalarida  nasroniylik  katolitsizm  va  pravoslaviyaga  asta-sekin  ajrala boshladi.  1054-  yildan keyin, papa Lev IX Vizantiya imperiyasi cherkovini la’natlagach, pravoslaviya mustaqil yo‘nalish sifatida butunlay ajralib chiqdi. Avval boshdanoq pravoslaviyening yagona markazi bo‘lmagan, chunki Vizantiyadagi cherkov hokimiyati imperiyaning eng katta viloyatlarida joylashgan to‘rt patriarx o‘rtasida taqsimlangandi.  Bular  —  Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya (Yunon) va Quddus patriarxlari edi. Vizantiya imperiyasi parchalanib ketgach, patriarxlarini har biri mustaqil pravoslav cherkovini boshqara boshladi. Keyinchalik Yaqin sharq va Sharqiy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham avtonom pravoslav cherkovlari vujudga keldi. Pravoslav ta’limoti asosini muqaddas kitob (Bibliya) hamda muqaddas rivoyatlar (cherkov rahnamolari hamda dunyo nasroniylari yig‘ini qarorlari) tashkil etadi. Pravoslavlar ham, katoliklar singari,  nasroniylikning asosiy aqidalarini e’tirof etishadi. Ular  —  Xudoning uch birlikdan iboratligi, xudoning gavdalanishi, istigfor, Iisus Xristning tirilishi va arshi a’loga ko‘tarilishidir. Pravoslaviyening farqi esa kult shakllarida, shuningdek, ruhoniylarning jamiyatdagi holatidir. Pravoslav ruhoniylar oq (uylangan) va qora (uylanmaslik to‘g‘risida qasam ichgan) ruhoniylarga bo‘linadi. Pravoslaviyeda rasm-rusmlarni bajarishdagi o‘ziga xoslik shundan iboratki, ruhoniy Xudo va samoviy kuchlar bilan bevosit a muloqotni ta’minlovchi vositachi, xolos. U, qavm kabi, oddiy odamdir. Rim papasi esa Xudoning yerdagi noibi, binobarin, Xudo kabi topinish ob’yektidir. Rus pravoslaviyesi uchun rasm-rusmlarga e’tiqod qilish — dinning kult bilan bog‘liq tomonlarini muqaddaslashtirish xosdir. Kult dinning markaziy ob’yektiga aylanadi: har bir dindor ibodatxonaga muntazam qatnashi shart. Katoliklar esa, istaklariga ko‘ra, istig‘for aytishi, biroq muntazam ibodatda qatnashmasligi mumkin.

QADIMGI KELTLAR QAYERDA YASHASHGAN?

Yevropada germanlar ko‘payib ketishidan ancha avval u yerga keltlar kelgandi. Ularni gallar yoki galatlar deb atashgan. Kelt qabilalari Yevropa bo‘ylab 3 ming yil avval tarqalgan. Temir asri o‘rtalariga kelib, eramizdan avvalgi 600 –  yil bilan Rim imperiyasi vujudga kelgan davr o‘rtasida ular Britaniyaga, Pireneya yarim oroliga, Galliyaga, Germaniyaning janubiga joylashdilar. Vaqt-vaqti bilan Italiyaga, Bolqonga va Kichik Osiyoga joylashdilar. Keltlar abjir, lekin bemulohaza jangchilar bo‘lishgan. Hunarmandlari esa mahorat ila yasalgan temir va bronza buyumlari bilan dong taratishgandi. Kelt qirollarining varvarlarcha dabdaba bilan qurilgan saroylarida baxshilar qo‘shiq va sehrgarlar hamda qahramonlar to‘grisidagi dostonlar bilan bazm ayshini surayotganlarni xushnud etishardi. Kelt qabilalarining katta qismi asta-sekin Rim imperiyasiga bo‘ysuna bordi va eramizdan avvalgi 100-  yilga kelib Irlandiya (skottlar yashagan joy) va Shotlandiyaning shimoligiga (piktalar yashagan joy) mustaqilligicha qoldi.

BRITANIYA VA IRLANDIYA KELTLARI NIMASI BILAN FARQ QILARDI?

Britaniyaning  kelt  aholisi  Rim  madaniyatidan  bahramand  bo‘lgan  chog‘da Irlandiyadagi  ularga  qondosh  qabilalar  o‘ziga  xos  kelt  an’analariga  sodiq  qoldilar. Keltlarning o‘z  qirollari bo‘lib, ular qal’a devorlari bilan o‘rab olingan istehkomlardan turib mamlakatni boshqarishardi. Vaqt-vaqti bilan skottlar Britaniyaning g’arbiy sohillari bo‘ylab cho‘zilgan Rim hududlariga qaroqchilarcha hujum qilib turishardi. Rim zaiflasha borgani sayin skottlarga omad kulib boqardi. Nihoyat, skottlar Uels va Shotlandiyada joylashib qola boshladilar. Shotlandiya nomining o‘zi irlandiyalik skott qabilalari nomidan kelib chiqqan. Qaroqchilarcha bosqinlardan biri paytida,—  balki 410-yillar atrofidadir, Patrik ismli yosh nasroniy britt tutib olinib, qul qilib Irlandiyaga olib ketiladi. Keyinchalik Patrik qochishga erishdi, biroq 432-  yilda u Irlandiyaga missioner sifatida qaytib keldi. U o‘z safdoshlari bilan katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi va tez orada Irlandiyada nasroniylik qudratli kuchga aylandi. Bu paytda Britaniyada majusiy anglosakslar siquvi ostida nasroniylik deyarli yo‘qolib ketgandi. Ayni irlandiyaliklar yana u yerda nasroniylikni yoya boshlagandilar. Missionerlardan biri, irlandiyalik Kolubma 563- yilda Shotlandiyaning garbiy sohilidagi Ayona orolida monastirga asos soldi. Kelt nasroniyligi tezda tarqaldi. Kelt monaxlari va ularning angliyalik yangi yordamchilari G‘arbiy Yevropa bo‘ylab sayohatga chiqib, u yerlarda monastirlar qurdilar.

DRUIDLAR KIMLAR?

Eramizdan avvalgi I asrda G’arbiy Yevropaning deyarli butun hududini band etgan qadimiy qabilalar keltlar yoki gallar deb atalgan. Garchi ularda monarx timsolidagi oliy hukumat, davlatchilik bo‘lmasada, ular o‘zlarining ma’naviy dohiylari  —  kohindruidlarga bo‘ysinganlar. Kohindruidlar qurbonlik qilish marosimlarini boshqarishar, tabiblik qilishar, solnomalar bitishar, bashorat qilishar, bolalarga saboq berishar, gunoh ish qilgan katta yoshlilarni jazolashar edi. Druidlar sirli-sinoatli ilohiy bilimlarga ega deb hisoblanar va bu ularning kishilar ustidan hukmronlik qilishlariga juda katta imkoniyat berardi. Rim imperatorlari keltlarni o‘zlariga bo‘ysindirganlaridan keyin, druidlarning ta’siridan xavfsirab, birinchi galda barcha druidlarga xos marosim va udumlarni man qildilar. Druidlarning siru-sinoat, siru-asrorlari hali-hanuz mutaxassislarni qiziqtirib keladi. Biroq ularni o‘rganish  nihoyatda mushkul. Xo‘sh, kohindruidlar tabaqasi haqida nimalar ma’lum? Ular hayotining aksar qismi  o‘rmon bilan bog‘liq bo‘lgan. Mazkur tabaqaga mansub bo‘lish istagidagi da’vogarlar o‘rmonlarda yolg‘izlik sinovini topshirganlar, bu imtihondan o‘tganlari esa yana bir necha yillar muqaddas to‘qaylarda saboq olishgan va yashashgan. Kohinlarning aqidasiga  ko‘ra inson daraxtdan bunyod bo‘lgan, va dov-daraxtlarning hayotini yuzaki tushunish yaramaydi, zero ularning hayotida bitmas-tuganmas siru-sinoatlar yashirin. Druidlar har bir o‘simlikning o‘z ruhi mavjud deb hisoblashgan. Umuman olganda, o‘rmonni  o‘rganish ta’limoti qadimgi qabilalardan nihoyatda keng qamrov kasb etib, bu ta’limot ilgarigi vaqtlarda butun Yevropaga quloch yoygan edi. Ular daraxtlarga xuddi jonli mavjudot sifatida munosabatda bo‘lganlar, ulardan insoniy xislatlarni qidirganlar, hatto «ongli mavjudot» — inson («gomo sapiyens») daraxtlarga tashqi  hech bir o‘xshashligi yo‘qligini bilsalarda, bunga ahamiyat bermaganlar. Druidlar inson o‘simliklardan kelib chiqqan, va ayrim odamlar  bir umr o‘simlikka xos ruhlaridan xoli bo‘la olmaydilar degan aqidaga qattiq ishonganlar. Bunday kishlar, ularning nazarida ko‘ngilchan odamlar bo‘lib, ular odatda tabiatni sevuvchan, osudalikni va qulaylikni qadrlaydilar. Ayrim odamlar esa  —  hayvoniy ruhga egadirlar. «Hayvoniy ruh» sohiblari sovuqqon, tadbirkor, o‘zlarini tabiatdan xoli joylarda erkin sezuvchi, aytaylik shaharda yayrab yashovchi kishilardir. Olimlar, ixtirochilar, inqilobchilar safi asosan ana shular hisobiga to‘lib boradi. Xullas, muxtasar qilib aytganda qadimgi kelt-kohinlari tomonidan tuzilgan asosiy qoidalar, boshqacha qilib aytganda «druidlarning tolenomasi» ana shulardan iborat.

BUYUK  KARL  KIM?

VIII asr boshlarida Yevropa qirolliklari go‘yo xavfu-xatarlardan xoli edi. Ammo oradan 100  -yil o‘tib hamma narsa o‘zgarib ketdi. 711-  yilda  Vestgot qirolligiga  mavrlar (shimoliy Afrika qabilalari) va arablardan iborat musulmon qo‘shinlari kirib keldilar. 720-  yilga kelib ular vestgotlarni batamom tor-mor qilib, shak-shubhasiz yana shimol tomonga o‘z yurishlarini davom ettirishga tayyorlana boshladilar. Buyuk Karl 742-  yil 2-  aprelda dunyoga keldi. U 768-  yilda otasi Pakana Pipin (Pipin Korotkiy) vafot etgach, qirol bo‘ldi. Karl ko‘plab bosqinchilik yurishlari natijasida bir paytda G‘arbiy Rim imperiyasiga qarashli bo‘lgan juda katta hududlarni o‘ziga bo‘ysindirdi. Franklar hukmdori Karl o‘z hokimiyatini yana tobora janub  tomonga qarata kengaytirib bordi. 732-  yilda Fransiyaning janubidagi Tur va Puatye hududlari oraligida uning askarlari Ispaniyadagi musulmonlar hukmdori Abdur-Rahmon lashkari bilan jangda ro‘baro‘ keldi. Mavrlar bu jangda mag’lub bo‘ldilar, hukmdorlari esa halok bo‘ldi. Shunday qilib mavrlarning G‘arbiy Yevropa tomon qilayotgan yurishlariga barham berildi. Karl shundan so‘ng Martell, ya’ni «bolga» laqabini oldi. 800-  yilda Rimda juda ko‘p xalqlar to‘plangan yig‘inda, tantanali diniy-ruhoniy marosimlardan so‘ng franklar qiroli imperator deb e’lon qilindi. Mazkur marosimga rahnamolik qilgan Papa Lev III yangi imperator davrida qaror topgan cherkov va hokimiyat o‘rt asidagi iliq va yaqin munosabatlardan benihoya mamnunligini izhor qildi. O‘zining hadsiz-hududsiz, katta imperiyasida tartib o‘rnatish uchun Buyuk Karl imperiyani grafliklarga bo‘ldi va mazkur grafliklarni uning vakillari bo‘lmish graflar idora qila boshladi. Nihoyatda muhim masalalarni muhokama qilish uchun imperator yiliga ikki marotaba    xalq yig‘inlarini chaqirardi. Biroq u o‘zining eng ishonchli va sadoqatli tayanchi deb katoliklar cherkovini bilar va ushbu cherkovga xilma xil imtiyozlarni bergan edi. Buyuk Karl — ilk o‘rta asrning eng yorqin shaxsidir. Uning faol aqlu zakosi, aql bovar qilmas jismoniy kuch-qudrati va jo‘shqin g‘ayrat-shijoati  o‘z zamondoshlarini hamisha hayratga solardi. Imperator hamisha yelib-yugurib yurar, ko‘plab xayrli ishlarga shaxsan o‘zi bosh-qosh  bo‘lardi. O‘ta  suronli zamonda yashagan bo‘lishiga qaramasdan, hayotda ilm-ma’rifatning, madaniyat va maorifning ahamiyati beqiyosligini juda yaxshi  anglardi. Uning hukmronligi davrida ochilgan yangi maktablarning soni benihoya ko‘p edi. Uning o‘spirinligida olgan ta’limi asosan jismoniy qudratini rivojlantirishga, otda yurishga va jangovar san’atlarni egallashga yo‘naltirilgan edi. Imperator biror hujjatga imzo chekishiga to‘g‘r’ kelganida, uning o‘rniga maxsus hattot Karlning ismidan iborat monogrammani harflab yozib qo‘yar, Karl esa o‘z ismidagi «A» harfi ustiga chiziqcha tortardi xolos. Biroq, shunday bo‘lsada, u tabiatan juda qiziquvchan, o‘ta xotirasi kuchli inson edi, u o‘z davrining yetuk allomalari bilan muomala qilish jarayonida muttasil o‘z bilim  doirasini kengaytirib borardi. Umuman olganda, savodsiz bo‘lsada, imperator o‘zidagi har tomonlama rivojlangan fahmu zakovati bilan atrofidagilarni hayratga solar va mohiyatan olganda o‘sha davrning eng o‘qimishli kishilaridan biri sanalardi. Biroq Karl 814-  yil 28-  yanvarda Axenada vafot etdi. Tarixda juda ko‘p bo‘lgani kabi, uning vafotidan keyin ham buyuk inson  —  Karlning o‘rniga iste’dodsiz merosxo‘rlar hokimiyat tepasiga keldi va nihoyatda ulkan, ko‘plab qabilalardan tarkib topgan imperiya tez orada parchalanib ketdi.

BUYUK KARLNING  MAMLAKATI  QANDAY EDI?

Karl  o‘zining  zabt  etuvchi  yurishlarini  davom  ettirdi,  biroq  u  zobitlik  bilan birga  missionerlik  faoliyatini  ham  qo‘shib  olib  borardi,  ammo  uning  bu  faoliyati o’ta  qattiq  qo‘llik  bilan  amalga  oshirilardi.  Shimoliy Germaniyada Britaniyaga ko‘chib o‘tishni xohlamagan sakslar yashashardi. Karl ularni o‘ziga bo‘ysindirib nasroniylikni qabul qildirdi. Janubda Karl mavrlardan Ispaniyaning shimolini tortib oldi, biroq bungacha uning Ronseval (Pireneyada) darasidagi janglarida eng yetakchi sarkardasi Roland halok bo‘lishiga to‘g‘ri keldi. Ushbu voqyea tez orada juda ko‘p qo‘shiq va afsonalarga mavzu bo‘ldi. 800- yilga kelib Karl endi franklarning butun yerlari, Germaniyaning g‘arbiy qismi va Shimoliy Italiyaga hukmronlik qilardi. Franklarning qiroli Karl, endilikda qayta tiklangan Rim imperiyasining hukmdori qirol Buyuk Karl edi. Buyuk Karl zamonasida G‘arbiy Yevropada franklar hukmronlik qildilar. Imperator har tomonlama cherkovni qo‘llab-quvvatlar, uning yordamida  esa fan va maorifni jonlantirishga urinardi. Uning saroyida hamisha mamlakatdagi u  saroydan bu saroyga ko‘chib ma’rifat tarqatib  yuruvchi alloma rohiblar bo‘lardi, masalan ular orasida anglosaks alloma Alkuinni yoki vestgotlik shoir Teodulfni  uchratish mumkin edi. Garchand Karlning o‘zi shaxsan yozishni bilmasada, biroq lotinchani va yunon tilini tushuna olardi. Aynan Buyuk Karl birinchi bo‘lib o‘zining qo‘l ostidagilar uchun qonunlarni to‘plashni va ularni alohida tarzda yozib qo‘yishni joriy etgan.

ANGLIYANING  BIRINCHI  HUKMDORI KIM  BO‘LGAN?

Biz nimagadir Britaniya hamisha Yevropaning bir qismi  bo‘lgan degan mulohazaga ko‘nikib qolganmiz. Biroq, aslida sira ham bunday emas. U eramizdan avvalgi I asrga qadar  Yevropaga qarashli emasdi.  Rimliklar Britaniyani bosib olishgan va u haqda Yevropada hech kim bilmasdi ham. Britaniyaning bu davrdagi tarixi haqida biz juda kam bilamiz. Birinchi bosib olingan davrda bu yerda istiqomat qiluvchi aholi «brittlar» deb atalardi. Ular kelt shevasining turli lahjalarida so‘zlashishar,  qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishar, poda va otvoqarlik qilishardi. Temirdan turli jihozlar va qurollar yasashni ham bilishardi. Ularning aksariyati katta-katta qishloqlarda tomi qamish bilan yopilgan chaylalarda istiqomat qilishgan. Aynan rimliklar bu yerlarda shaharlarni va ularni bir-biri bilan tutashtiruvchi yo‘llarni bunyod etishgan. XV asr boshlarida bu yerlarni rimliklar tark etgach bu yer aholisi zaiflashib xarob ahvolda qoldi. Angllar, sakslar va yutlarning lashkar (o‘rda)lari Daniyadan va Reyn bo‘yida yastanib yotgan yerlardan jo‘nab ketdilar. Faqat bu yerda angllar muqim o‘rnashib qolganlaridan keyingina mamlakat «Angliya» nomini oldi. Kichik-kichik va qiyin ahvolda qolgan qabilalarning birlashishi natijasida yettita qirollik qad rostladi va Angliyada muqimlik kasb etdi. Bu yerlarning ilk egalari brittlar Uels va Shotlandiyaning baland tog‘li hududlariga siqib chiqarildi. Mazkur yetti qirollik «Geptarxiya» yoki anglosakslarning  yetti davlati Ittifoqi deb atalardi.  IX asrga kelib ular Egbert rahbarligi ostida birlashtirildi va Egbert Angliyaning birinchi qiroli bo‘ldi. Bu paytga kelib Angliya nasroniy dinini qabul qilgan va buning oqibatida u Yevropa qit’asidagi barcha  mamlakatlar bilan hammaslakka aylangan edi. Qirol Buyuk Alfred davrida Angliya yana daniyaliklarning qaqshatqich bosqinlariga qarshi kurashishiga  to‘g‘ri keldi. Bu hol to XI asrgacha, ya’ni mamlakat Daniya qiroli Kanut hokimiyatiga tobe bo‘lguncha davom etdi. Keyinchalik taxtga anglosaksoniyalik qirol  Eduard (Ispovednik) Iqrorgo‘y keldi va uning davrida mamlakat 23-  yil tinch va osoyishta hayot kechirdi. Uning o‘limidan keyin yana qirg‘inbarot boshlanib ketdi. Toj-taxt uchun kurashlarda kim uning merosxo‘ri bo‘ladi degan masala hal etilardi. Nihoyat 1066-  yilda normandiyalik gersog Vilgelm Angliyani bosib oldi, keyinroq esa qirol deb  e’lon qilindi. Angliyaning normannlar tomonidan zabt etilishi mamlakat hayotini shu qadar o‘zgartirib yubordiki, ma’lum ma’noda bundan  keyingi voqyealarni Angliya tarixining yangi davri deb atash mumkin.

SHIMOLIY DENGIZ QAROQCHILARI KIMLAR?

Angllar  va  sakslar  Rim  imperiyasini  bosib  olganlaridan  500-yil  o‘tib  bu imperiyaga  (biroq,  endilikda  u  franklar  imperiyasi  deb  atalardi)  yana  boshqashimoliy  qabilalar  hujum  qildilar.  Bu bosqinchi majusiylar nasroniylar zaminini taladilar va vayron qildilar. Tarix takrorlandi. Bu galgi bosqinchilar Norvegiya va  daniyadan edilar, ularni normannlar yoki vikinglar deb atashardi. (G‘arbiy Yevropada ularni  asosan normannlar  —  shimol odamlari deyishardi). Odatda vikinglar haqida gap ketganda shoxdor dubulg‘a kiygan, yo‘lida duch kelgan narsani vayron qilib ketuvchi yovvoyi odamlarni tasavvur qilishadi. Bu juda maroqli tasavvur, ammo noto‘gri. Boisi shoxdor dubulg‘alar rusumdan chiqib ketganligiga qariyb 2 ming yil bo‘lyapti. Albatt a, vikinglar qaroqchilik va bosqinchilik qilishardi. Biroq bu davrda yashagan boshqa xalqlar  ham bu qilmishlardan xoli emasdi. Faqat farqi shundaki, bu borada vikinglarning omadi chopgan, qo‘li baland edi xolos. O‘z  uylarida ular ham qatron va hosilsiz Skandinaviya yerlaridan rizqlarini topish uchun yer shudgor qilishar, poda boqishar edi. Yoz oylarida esa ular o‘sha davrning eng mohir va chapdast jangchi, Dengizchilariga aylanardilar. Ularning  kemalari shon-shuhratlarga burkangan, biroq biz ular to‘g‘risida faqat afsonalar orqaligina bilamiz: ularning bir necha kemasi bizning davrimizgacha saqlangan. Ulardan eng mashhuri  Gokstaddagi (Norvegiya) yerto‘ladan topilgan kemadir. Mazkur kemaning uzunligi 24 metr bo‘lib, uning eshkagi 34 ta, hamda qizil va oq matolardan tikilgan yelkanlarq uchun ulkan machtasi bor.

VIKINGLAR QAYOQLARGA SUZISHGAN?

Shved vikinglari ko‘proq o‘z vatanlaridan janubga tomon suzishgan. Dastlab ular Boltiqdengizida teri, qullar, yog‘och, hamda asal bilan savdo-nosotiq qilishgan. Keyinchalik esa katta daryolar orqali tobora yuqoriga suzib borishgan. Ko‘plab vikinglar Novgorod yoki Pskov kabi shaharlarda o‘troq bo‘lib qolib ketganlar. U yerlarda vikinglarni «rus» deb atashardi. Aynan ana shu vikinglar butun boshli Rusiya davlatiga, keyinchalik esa Rossiyaga nom berdilar. Ular o‘z kemalarini  janubga oquvchi daryolarga maxsus usullarda ko‘tarib kelib tushirishar va bu daryolar orqali Qora dengizga va Kaspiy dengiziga chiqib o‘z yo‘llarida goh savdo qilib, goh bosqinchilik qilib yurishardi. Ammo ularga boshqa hunarlar ham nasib qilgan edi. Ularning jangovar mahorati to‘g‘risidagi shov-shuvlar  Vizantiya imperiyasiga ham, islom dunyosiga ham yaxshi ma’lum bo‘lganidan mazkur mamlakatlar ularni harbiy sohalarga yollar edilar. Konstantinopolda imperatorni faqat vikinglardan tarkib topgan varyaglar gvardiyasi qo‘riqlar edi. Talonchilik bo‘ladimi, savdo-sotiq ishlarimi yoki urushmi, bundan qat’i nazar vikinglar o‘z  imkoniyatlarini hech qachon boy  bermasdilar. 1066-yilda Angliyaning zabt etilishi vikinglarning Yevropadagi eng so‘nggi ulug‘ zafari edi. Gersog Vilgelm rahnamoligidagi Shimoliy Fransiyada (Normandiyada) o‘troq bo‘lib qolgan normandiyali  vikinglar lashkari Angliyaga bosib kirdi va uni zabt qildi. Normandlarning tili, urf-odatlari,  davlatni boshqarishdagi tasavvurlari tez orada mahalliy an’analar bilan kirishib, Angliyaning o‘rta asrlar sivilizatsiyasiga asos yaratdi.

SALB  YURISHLARI  NIMA?

XI—XIII asrlar Yevropa uchun gullab-yashnash va  barqarorlik davri bo‘lganligini yaxshi bilamiz. Biroq, shunday bo‘lsada, ko‘plab Yevropa   qirollari kuchli amaldorlarning qarama-qarshiliklariga  duch kelar, yoki qo‘shni davlatlar bilan bo‘ladigan o‘zaro hududiy mojarolar domiga tortilar edi. 1070-  yildan to 1120-  yilga qadar Germaniyani muttasil o‘zaro urushlar holdan toydirgan bo‘lsa, Angliya va Fransiya ham Janubiy Fransiya hududida joylashgan Akvitaniya uchun to‘xtovsiz janjallashar edi. Yevropaning barcha qirollari, ritsarlari va hatto cherkov  ruhoniylari ham yana bir o‘ziga xos bosqinchilik urushlarining komiga tortilgan bo‘lib, bu urushning nomi  —  Salb yurishlari edi. Bu urushlarda nasroniy askarlari musulmonlardan o‘zlari uchun «Muqaddas tuproq» deb ataganlari, ya’ni Quddus shahri atrofidagi  yerlarni (hozirgi    Isroil va Iordaniya hududi) tortib olishga urinar edilar. Salb yurishlari  —  o‘rta asrlarga xos bo‘lgan oliy ideallarning ochko‘zlik va shafqatsizlik bilan qorishiq holdagi ko‘rinishiga eng yaqqol dalil edi. Albatta, ko‘plab jangchilar salb yurishlariga, Xristos yashab, vafot etgan zaminda nasroniy podsho hukmdor bo‘lishi uchun qatnashar edi. Biroq bu urushlarda boshqa maqsadlar bilan ishtirok qiluvchilar ham bisyor edi: bu yurishlar ularga shon-shuhrat yoki boy o‘lja olib kelardi. Ayrimlarni esa sarguzashtlarga ishqibozligi salbchilar safiga qo‘shardi. Nasroniylar lashkarlari o‘z dushmanlari  — musulmonlarga qarshi janglarda o‘ta shafqatsizliklar ko‘rsatib necha-necha bor o‘zlarini sharmanda qilib, isnodga qo‘ydilar. Natijada 1291-  yili bu  urushlar mag‘lubiyatga uchrab salbchilar Yevropaga butunlay qaytib ketdilar.

PROTESTANTLAR DINI QANDLY PAYDO BO‘LGAN?

XVI asr boshlarida «reformatsiya» deb nom olgan diniy  inqilob boshlanib ketdi. Oqibatda protestantlar dinining ko‘plab shohobchalari  paydo bo‘ldi. Har ikkala so‘z  —  Reformatsiya ham Protestantizm ham  —  mohiyatiga ko‘ra bir narsani  —  ya’ni bu diniy inqiloblarning asosiy maqsadi dinda o‘zgartirishlar qilishga intilish ekanligini anglatadi, darhaqiqat keyinchalik katoliklar cherkovida bu o‘zgartirishlar ro‘yobga chiqdi. Xo‘sh, bu odamlar nimani o‘zgartirishmoqchi va nima uchun o‘zgartirishmoqchi edilar? Bu noroziliklarga sabablardan biri  —  ko‘plab cherkov a’yonlarining turmush tarzi edi. Protestantlar, ruhoniylar uchun ma’naviy hayotdan ko‘ra moddiy turmush tashvishlari muhimroq  ekanligini ko‘rib, bilib turardilar. Bulardan tashqari islohotchilar indulgensiyalarni, ya’ni kishilarni gunohlari uchun jazolashdan ozod qiluvchi rasmiy hujjatlarni sotishga qarshi chiqqan edilar. Ko‘plari esa ibodatxonalarga qarashli katta-katta yer,hududlarga hasad qilishar edi, qolaversa Reformatsiyaga ko‘mak beruvchi boshqa kuchlar ham bor edi. Ko‘pgina kishilar reformator-islohotchilar qatoriga asosan siyosiy va iqtisodiy sabablarga ko‘ra qo‘shilgandilar. Tobora millatchilik o‘sib borar, uning to‘lqinlarida esa milliy cherkovlarga ega bo‘lish istagi ham paydo bo‘la boshladi. Yana bir sabablardan biri shunda ediki, bu davrga kelib bevosita cherkov ishlaridan boshqa masalalarga ham aralashaverganligi sababli Rim Papasining hukmronligi ham gumon bo‘lib qolgan edi. Ruhoniy hazratlar o‘rtasida o‘zaro hokimiyat talashishlar boshlanib ketgach, juda katta kelishmovchilik va nizolar kelib chiqdi. 1517-yilda vijdonsizlarning indulgensiya sotishlari shu darajaga yetdiki, oqibatda bu hol Avliyo Avgustin ordeniga mansub nemis olimi Martin Lyuterning norozilik chiqishiga sabab bo‘ldi. U cherkovdan haydaldi, dahriy deb e’lon qilindi, biroq u tomonidan bitilgan aqoidlar (doktrinalar) keng omma orasida tarqalib ketdi. 1530-  yilda u o‘zining Augsburg iqrori deb nomlangan, protestantlik dinining 21-moddasidan iborat asarini e’lon qildi. Oqibatda esa katoliklar va lyuteranlar batamom bir-birlaridan uzilib ketdilar. Protestant cherkovi asoslanadigan reformatorlik aqidalari turli  ko‘rinishlarda  boshqa davlatlarda ham keng tarqaldi va qabul qilindi.

MARTISHL YUTER KIM?

Yevropada  hayot  va  e’tiqod  to‘grisidagi  yangi  g’oyalar  tarqala  boshlaganchog‘da ko‘p  kishilar katolik cherkovini isloh qilishni talab qilib chiqa boshladilar. Sababi ular katolik cherkovi tobora qudratli va ochko‘z bo‘lib bormoqda deb hisoblardilar. Ularning fikricha cherkovning yana boshqa ayblaridan biri  — cherkov uchun ruhoniyat, ma’naviyat emas, balki bu foniy dunyo tashvishlari,asosan esa boylik orttirish  muhim bo‘lib borayotganligida edi. Ruhoniy arboblar o‘zlarining do‘stlariga, qarindosh urug’lariga cherkovdagi manfaatli mansablarni turli sovg’alar evaziga ehson qilib yuborardilar. Cherkov ruhoniylari Rim Papasi tomonidan qilingan gunohlarni avf  etib yuboruvchi guvohnoma  — indulgensiyalarni sotib ham boylik orttirishardi. Ahvol shu darajaga bordiki, istagan kishi  bunday guvohnomalarni jahongashta savdogarlardan sotib olishi va gunohlardan forig‘ bo‘lishi mumkin bo‘lib qoldi. Indulgensiyalarning sotilishiga birinchi bo‘lib oshkora ravishda Vittenburglik ruhoniy Martin Lyuter  (1483—1546) qarshi chiqdi. U inson o‘z ruhini faqat Xudoga bo‘lgan e’tiqodi va ishonchi orqaligina xalos qilishi mumkin, buni na Yerdagi xayrli  ishlar bilan va na cherkov foydasiga xayru-ehson bilan amalga oshirib bo‘lmaydi deb hisoblardi. U o‘zining bu fikrida shu qadar sobit ediki, oqibatda 1517-  yili u cherkov faoliyatidagi kamchiliklar birma bir ko‘rsatilgan maxsus noma yozib, uni Vittenburgdagi ibodatxona darvozalariga mahkamlab qo‘ydi. Martin Lyuterning katolik cherkovini isloh qilish to‘g‘risidagi maqsadlari va g‘oyalari protestantizmning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Lyuterning   izdoshlari Rim Papasining hokimiyatini, shuningdek katolik cherkovining ko‘plab qoidalarini inkor qilishdi. Ular me’moriy jihatdan juda sodda bo‘lgan  cherkov binolarini bunyod etishdi, ular asosiy e’tiborni ilohiy sir-sinoatlarga emas, balki Injilni o‘rganishga va diniy ta’limlarga qaratishdi. Cherkov marosimlari davomida lotin tilidan voz kechishib, bu  diniy marosim qaysi mamlakatda bo‘ladigan bo‘lsa o‘sha mamlakat xalqi tilida amalga oshirilishiga, unda ishtirok etayotgan har bir kishi tilga olinayotgan ta’lim va pand nasihatlarning mazmunini tushuna olishlariga e’tibor berdilar. Lyuter o‘zicha, uning  fosh etuvchi so‘zlari cherkov ruhoniylari orasida o‘zaro bahslarni keltirib chiqarishiga va bu oqibatda cherkovni isloh qilishga olib kelishiga ishongan edi. Biroq u dahriylikda ayblandi. Lyuter o‘zining   fosh etuvchi qarashlaridan voz kechmagach, Papa uni  cherkovdan haydab yubordi. Biroq bu paytga kelib Lyuterning g‘oyalari Germaniya va Shveysariyada o‘z muxlislarini topgan edi. Dastlab uning izdoshlarini lyuteranlar deb atashdi, biroq 1529 –  yildan, ya’ni ulardan bir qismi Shpeyerda bo‘lib  o‘tgan konferensiyada o‘z ustozlarining badarga qilinishiga qarshi protest (norozilik) bildirishgandan so‘ng ularni protestantlar deb atay boshladilar.

DJON KALVIN KIM?

Djon Kalvin XVI asrda Yevropaga yopirilib kirgan Reformatsiya deb nomlanuvchi diniy harakat  rahbaridir. Mazkur harakat nasroniy dunyosini ikkiga — katoliklar va protestantlarga bo‘lib yubordi. Kalvin 1509-  yil 10 iyulda Fransiyada tug‘ildi. U lotin tili, falsafa va mantiqdan saboq olgach, yangi protestant diniga e’tiqod qo‘ydi. O‘zining diniy e’tiqodi tufayli u Fransiyani tark etishga majbur bo‘ldi, va u 1536 -yilda Shveysariyaga, aniqrog‘i Jenevaga jo‘nab ketdi. Muayyan qisqa davrni hisobga olmaganda, u o‘zining qolgan butun umrini o‘sha yerda o‘tkazdi. Uning kuchli rahbarligi ostida Jeneva protestantizmning  markaziga aylandi. Cherkov shahar qonunlarini chiqarar va kundalik hayotning barcha jabhalarini muvofiqlashtirar edi. Qonunlar o‘ta shafqatsiz edi. Jeneva aholisi tejamkor, mehnatsevar va jiddiy bo‘lishga majbur edi. Madhiyadan tashqari biror bir qo‘shiq va raqsni ijro etish man qilinardi. Bu qonunga bo‘ysinmaganlarni shafqatsiz jazolar kutardi. Kalvinizm shafqatsiz din edi. Kalvinning fikricha inson tabiatan gunohkordir, u faqat Xudoning marhamati ila gunohlardan xalos bo‘lishi mumkin. Ammo bunday sharafga juda kam kishilar, (Kalvin ularni sara odamlar deb atardi) musharraf bo‘ladilar. Va Xudo, deydi Kalvin, allaqachon o‘zi kim bu sara odamlar safida bo‘lishini belgilab qo‘ygan, deydi. Bu g‘oya Kalvinning taqdir yozuvi, qismat to‘g‘risidagi ta’limoti edi. Kalvin 1564- yil 27- mayda vafot etdi. Biroq bu paytga kelib uning g‘oyalari Jenevadan chiqib G‘arbiy Yevropaning juda katta qismiga tarqalib ketgan edi. XVII asrda Amerikaga jo‘nab ketgan Angliyali puritanlar ham Kalvinchilar edi. Bugungi kunda  ham presviterianlar va boshqa reformatorlik (islohotchilik) cherkovlari Djon Kalvinning diniy aqidalariga amal qiladilar.

O‘TTIZ YILLIK URUSH NIMA SABABDAN BOSHLANGAN?

Reformatsiya  davridan boshlab Yevropani parchalab tashlagan  diniy va siyosiy mojarolar, ayniqsa o‘ttiz yillik urush davrida yanada keskinlashdi. Ushbu urush 1618-yilda Bogemiyali (hozirgi Chexiya) protestant dvoryanlar ikki nafar katolik gubernatorni Pragadagi qasrlarning biri derazasidan uloq tirishgach boshlangan  edi. Shundan so‘ng dvoryanlar protestant Fridrix Pfalsskiyni Bogemiyaning qiroli etib sayladilar. Ammo Fridrixga toj kiydirish marosimidan keyin oradan 1-yil ham o‘tmasdan Muqaddas Rim imperiyasining imperatori Ferdinand II (1619—  1637) bo‘ldi. Ferdinand  II o‘z imperiyasini butunicha katoliklar diniga o‘tkazishga orzumand edi. 1620-yili  Ferdinandning armiyasi Bogemiyani ishg‘ol qildi.  Praga ostonalarida mazkur armiya Fridrixning lashkarini tor-mor qilib ulkan zafar bilan shaharga kirib bordi. Fridrix Niderlandga qochib ketdi. Ferdinandning g‘alabasi shu qadar uzil-kesil bo‘ldiki, oqibatda 1627-yilga  keliboq butun Bogemiyada katolisizm qaytadan tiklandi. Urush tez orada bir necha mamlakatlarni qamrab oldi. Ispaniya Muqaddas Rim imperiyasi tarafdori edi va shu boisdan 1621-  yilda Reynlandda ispanlar va gollandlar o‘rtasida janglar avj olib ketdi. Ispanlar armiyasi muvaffaqiyatli harakat qilganligi sababli 1625-yili gollandlar Daniya va Angliyaga yordam so‘rab murojaat qildi. Urush asosan  daniyalilar kuchi  bilan olib borilayotgan edi, biroq ular ham 1629- yilda mag’lubiya,tga  yuz tutdilar. Daniya mag‘lubiyatga uchragach shved qiroli  Gustav Adolf (1611—1632), ya’ni Shimoliy Sher, protestantlar  dini xavf-xatar ostida qolganligini anglab yetdi. Shvedlarning savdo-sotiq ishlariga Ispaniya bosh vaziri Olivaresning Boltiq dengizida  ispanlar ta’sirini kuchaytirishni  ko‘zlab qilgan harakatlari juda pand berardi. O‘z navbatida bu hol 1630-  yilda Gustav Adelfning  Ispaniyaga va Muqaddas Rim imperiyasiga qarshi urush ochishiga sabab bo‘ldi. 1635-  yilda Fransiya qirollik kengashining rahnamosi Rishelye ham o‘z mamlakatining Ispaniya va Muqaddas Rim imperiyasiga qarshi urushga kirajagi haqidagi qarorni qabul qildi. 1636-  yilda Ispaniya armiyasining bir qismi deyarli Parijgacha kirib bordi, ammo 1637-  yildan boshlab Fransiya va uning protestant ittifoqchilari Ispaniya askarlari ustidan birin-ketin g‘alabalarni qo‘lga kirita boshladi. 1643-  yil Rokrua yonida  bo‘lgan janglarda Ispaniya mag‘lubiyatga uchragach Olivares taxtdan  olib tashlandi, biroq hali uzil-kesil tinchlik qaror topishiga yana 5- yil bor edi.

VESTFAL SULHI QACHON TUZILGAN?

O‘ttiz yillik urush 1648-yili Vestfal sulhi bilan nihoyasiga yetdi. Tinchlik sulhi Niderlandlarning birlashgan provinsiyalariga,  Shveysariya kantonlariga, shuningdek Muqaddas Rim imperiyasi  tarkibiga kiruvchi ko‘plab german davlatlariga mustaqillik va e’tiqod erkinligini berdi. Biroq bu shartnoma Burbonlar va Gabsburglar o‘rtasidagi tinchlikni o‘rnata olmadi, natijada 1659-  yilga qadar Fransiya va Ispaniya o‘rtasida toju taxt uchun kurash davom etdi.

ALLOH KIM?

Qadimgi  arab  afsonalarida  borliq  olamni  va  odamlarni  yaratgan,  shuningdek boshqa xudolarning yo‘lboshchisi va otasi «Alloh», ya’ni Xudo nomi bilan atalgan. Dastlab u ajdod-xu-dolardan biri bo‘lgan, keyinchalik bora-bora  aksariyat qadimgi arab qabilalari faqat unga topina boshlaganlar. Mazkur xudoga bag‘ishlangan eng asosiy muqaddas qadamjolardan biri Arabistonning Makka shahrida joylashgan. Qizig’i shundaki o‘sha davrlarda Allohni inson qiyofasida tasavvur qilishgan, uning hatto turmush o‘rtog‘i  —  Allat ismli ayol xudo, shuningdek ikki qizi — Uzza va Manatlar bo‘lgan. Islomning yagona monoteistik din sifatida paydo bo‘lishida aksariyat arab qabilalari uchun juda yaqin  va tushunarli bo‘lgan Alloh siymosidan foydalanilgan. Biroq, Iso Masihdan  farqli o‘laroq Alloh siymosi asta-sekin insoniylik qiyofasini yo‘qota  borgan. Qur’onga ko‘ra Alloh  umuman jismoniy siymoga ega emas. U qudratli, har narsadan ogoh, shuningdek abadiy va mutlaqdir. Albatta, keyinchalik, uning xotini va qizlarini hurmat qilib to‘qilgan afsonalar islom dini tomonidan inkor etilib, bularning barchasi Iblisning nayranglari deb uqtirilishini tushunish mumkin. Xuddi Iso Masih kabi Alloh ham turli mo‘’jizalar  ko‘rsatishga qodir deb hisoblangan, u dahshatli va o’ta mehribon xudo sifatida gunohkorlarni  jazolab, o‘z tarafdorlariga muttasil yordam bergan. Shunisi diqqatga sazovorki, islomda umumiy mifologik syujetlar saqlanib qolgan, masalan Qiyomat jazosi haqidagi afsona. Unga ko‘ra Qiyomat  kunida Alloh barcha gunohkorlarni jazolab, yaxshi va solih kishilarga marhamat ko‘rsatadi. Hatto islom Allohi siymosida ham eng qadimiy davrlar ta’siri saqlanib qolgan, bunga Allohning 99 ismga egaligi dalildir.

MUHAMMAD KIM BO‘LGAN?

VII  asr  boshlarida  bir  arab  o‘spirini  o‘zini  ilohiy  xislat  sohibi,  yangi  din yaratish va uni targ’ib qilish uchun ilhomlangan zot deb hisoblagan. Bu juda buyuk zot bo‘lib uning ismi  —  Muhammaddir. Muhammad dunyoviy  uch buyuk dindan birining ilk urug’ini sochgan shaxsdir. Muhammad o‘z dinini «Islom»  —  ya’ni Alloh irodasiga bo‘ysinish dini deb atadi. Bugungi kunda yer yuzida 550 mln.dan ko‘proq islom izdoshlari mavjud. Ularni musulmonlar deb atashadi. Ko‘p jihatlardan  islom yahudiylik va nasroniylikka  asoslanadi. Muhammad yahudiylarning va nasroniylarning yagona Xudosini yakka yolg‘iz va haqiqiy Xudo deb e’lon qildi. Muhammad ta’limotiga ko‘ra Alloh insonlar oldida o‘z payg’ambarlari orqali yuz ko‘rsatadi, bu payg’ambarlar safida Muhammad ham bordir. Xudo Musoga Qonunni, Isoga Injilni va Muhammadga Qur’onni bergan. Musulmonlar mutlaq Allohning yagonaligiga, qudratliligiga va hamma narsani bilguvchiligiga va abadiyligiga ishonadilar. Islomning asosiy shiori: «La ilaha, ilalloh, Muhammadur Rasulalloh»  —  ya’ni «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning (rasulidir), elchisidir». Alloh yettinchi osmondagi taxtida, o‘zining pok va fayzli farishtalari qurshovida o‘tiradi. Inson o‘limidan keyin ham uning ruhi yashashda davom etishiga ishonch  — Islomning asosiy qismlaridan biridir. Musulmonlar qiyomat kunida marhumlarning ruhlari tirik odamlar ruhi bilan bab-baravar o‘z hayotlarida amalga oshirgan ishlari uchun javob berish uchun o‘rinlaridan turishiga ishonadilar. Shuningdek musulmonlar, har bir insonning qismati u dunyoga kelishidan avval belgilab qo‘yilishiga va bu haqda buyuk Ilohiy kitobga qismat bitigi yozilishiga ham ishonadilar. O‘z umrlari davomida musulmonlar 5 ta asosiy burchni ado etishlari lozim. Shulardan biri  —  Makkani, ya’ni musulmonlarning muqaddas shahri, Muhammadning tug‘ilgan vatanini ziyorat qilishdir. Muhammadning ta’limoti ham, xuddi ungacha bo‘lgan payg‘ambarlarniki kabi inqilobiy ta’limot edi. Shu sababli 622-  yilning 24-sentyabrida u Makkadan unga qo‘shni  shahar bo‘lgan Madinaga ko‘chib chiqishga majbur bo‘ldi. Ana shu ko‘chish (arab tilida  —  hijrat)ni islomning tug‘ilishi sifatida nishonlaydilar. Madinada Muhammad va uning izdoshlari yangi turmush tarzining asoslarini ishlab chiqdilar. U Madina shahrining  hukmdori bo‘ldi va islom jamiyatini tashkil qildi. Ushbu jamiyat diniy qoidalariga qat’iy amal qilar, ojizlarni  — ayollar, yetim-yesirlar va qullarni himoya qilar edi. Arablar jangari xalq edi, shu boisdan ham yangi dinning yoyilishi uchun tinch-osoyishta targ’ibot, tashviqot emas, balki asosan qurol kuchi bilan kurashmoqqa to‘gri keldi. 630-  yili Muhammad Makkaga  10 ming askarni ziyoratga boshlab kelib, ushbu shaharni qo‘lga kiritdi. Shundan boshlab Makka musulmonlarning muqaddas shahri. Kaa’ba  —  ya’ni qadimiy majusiylik obidasi — uning eng aziz qadamjosi bo‘lib qoldi. 632- yilda»’Muhammad vafot etdi. Bir paytlar hamma asilzodalar tomonidan tazyiqqa uchragan quvgindi  paygambar o‘z umrini Arabistonning juda katta qismiga hukmdor sifatida yakunladi. U o‘zidan kelgusida vujudga keladigan qudratli davlatning asosini meros qoldirdi. Arabistonning sahroyi ko‘chmanchilari jangari, urishqoq hamda nihoyatda o‘z urug’lariga sadoqatli edi. Muhammad ana shu sadoqatni o‘ziga va yangi din tarafiga burishga muvaffaq bo‘ldi va oqibatda islom butun yer yuziga tarqaldi. Yevropaliklar ko‘pincha Islom dini jangovar, o‘zgacha e’tiqodlarni barbod qiluvchi din deb hisoblashadi. Ammo asrlar davomida musulmonlar bilan yelkama-yelka, qo‘shni bo‘lib yahudiylar, nasroniylar va buddaviylar ham tinch-totuv yashab kelishgan. Islom o‘zigacha bo‘lgan ta’limotlarning barcha yaxshi jihatlarini o‘ziga singdirgan, shu boisdan ham uning zamirida yangi va o‘ziga xos ta’limot paydo bo‘ldi. Muhammad shak-shubhasiz insoniyat tarixidagi eng ulug‘ va mukarram zotlardan biri edi.

KAA’BA  NIMA  DEGANI?

Dunyodagi dinlarning eng asosiylaridan biri islomning bosh ibodatxonasi Kaa’ba deb ataladi. U deyarli ikki ming yildan buyon dunyodagi barcha musulmonlarning  bosh sajdagohi bo‘lmish Arabistonning Makka shahrida joylashgan. Kaa’ba so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma’nosi «kub» so‘zi bo‘lib, balandligi 15 metrcha atrofida bo‘lgan mazkur tosh imoratning o‘zi ham kub shaklini eslatadi. Ibodatxonaning sharqiy burchagida «hajaral asvad», ya’ni «Qora tosh» qo‘yilgan bo‘lib, u sajda va tavoflar uchun asosiy buyum hisoblanadi, aytishlaricha uni Yerga Allohning shaxsan o‘zi yuborgan emish. Aslida esa bu  —  qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangdagi uch bo‘lak meteoritdan iborat. Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, u Yerga ikki ming yildan avvalroq tushgan bo‘lib, o‘sha paytlardayoq siginish manbaiga aylangan. Kaa’ba ibodatxonasi hamisha yaltiroq zarhal berib tikilgan kaa’bapo‘shlar bilan yopilgan bo‘lib, bu yopinchiqlarga zardo‘zi usulida Qur’on oyatlari bitilgan. Shunisi e’tiborga molikki, mazkur ibodatxonaga olib kiruvchi yakkayu yagona eshik yerdan ikki metr balandlikda joylashgandir. Shuning uchun biror bir musulmon Kaa’baning ichkarisiga kira olmaydi. Ushbu ibodatxona Makkaning  atrofi keng hovli bilan o‘ralgan asosiy masjidining qoq o‘rtasida joylashgan. Ibodatxonaning tevaragida maxsus tosh yotqizilgan yo‘lakcha bo‘lib ziyoratchilar undan yurib sajdagohni maxsus rasmu -rusumlar bilan ziyorat qiladilar. Ibodatxona  eshigi yonida musulmonlar uchun nihoyatda muqaddas bo’lgan,  musulmon afsonalariga ko‘ra payg’ambar Ibrohim alayhissalomning oyoqlarining izi tushgan tosh  joylashgan. Ushbu toshning yonida esa kishilarni poklash, tozalash xususiyatiga  ega bo‘lgan Zamzam bulog’i  bor. Arxeologlarning aniqlashicha, Kaa’ba va undagi buyumlar juda qadimiy sajdagohlarning qoldiqlari bo‘lib, ular islom paydo bo‘lishidan ancha ilgari ham topinish ob’yektlari bo‘lgan. Kaa’baning markazida bir pa ytlar Makka shahrining ilohiy ma’budi bo‘lgan Xubalning tosh siymosi o‘rnatilgan bo‘lib, uning tevaragida Arabistonning turli qabilalari tomonidan e’tiqod qo‘yilgan 360 ta tosh sanamlar bo‘lgan.

HAJ NIMA DEGANI?

Har bir  musulmon umrida bir marotaba bajarishi farz bo‘lgan ziyorat Haj deb ataladi. Ushbu marosim Umra (ya’ni kichik ziyorat) va Kiron (katta ziyorat)dan iboratdir. Umrada muqaddas Zamzam bulog’i bo‘yida poklanish va barcha musulmonlarning asosiy ibodatxonasi bo‘lgan Kaa’ba atrofida aylanish rasmu-rusumlari amalga oshiriladi. Umra ziyorati  maxsus tilovatlar bilan yakunlanadi. Umra farzlari ado etilgach, ziyoratchilar musulmonlar uchun nihoyatda muqaddas bo‘lgan Arofat vodiysiga yo‘l olishlari mumkin. U yerda Hajning asosiy rasmu-rusumlari amalga oshiriladi, ya’ni ziyoratchilar Arofat tog’i  atrofida turishib alohida toat-ibodatlar qiladilar. Bu ibodat kun bo‘yi, quyosh chiqishidan to botgunicha  davom etadi. Shundan so‘ng ibodatchilar nurafshon chiroqlar bilan yoritilgan masjidlarga o‘tadilar, u yerda ham kechki, tungi, ertalabki  ibodatlar to  tong sahargacha davom etadi. Bu rasmlar tugatilgach ziyoratchilar Mina vodiysi tarafga yo‘l oladilar va u yerda iblis timsoli bo‘lgan 3 ta ustundan biriga yettitadan tosh otadilar. Shundan so‘ng maxsus qurbonlikka atalgan jonivorlarni qurbon qilish, socholdirish yoki sochning bir  tutamini kesish marosimiga o‘tiladi, shundan keyin ziyoratchilar yana Makkaga qaytadilar. Haj safarini ado etgan musulmon yashil salla o‘rash huquqiga va Hoji degan sharafli unvonga sazovor bo‘ladi. Turli vaqtlarda bajariladigan  Haj arkonlarini ado etish udumlari eramizning VII asri boshlarida paydo  bo‘lgan. Albatta, hozirgi ziyoratchilar amalga oshiriladigan qadimiy majusiylik rasm-rusumlarining hammasining ham ma’nosini to‘la anglayvermaydilar. Ammo shunday bo‘lsada, ular uzoq  o‘tmishdan bizning kunlargacha yetib kelgan rasm-rusumlarni hayratlanarli darajada izchillik bilan ado etadilar.

O‘RTA ASR ARAB ALLOMALARI NIMALAR BILAN SHUG‘ULLANISHGAN?

Islom dunyoga kelmasidan ming yillar ilgari yunonlarga tobe  mamlakatlar kabi Yunoniston ham ilmu-ma’rifatning o‘ziga xos markazi bo‘lgan. Rim imperiyasi davrida ham o‘zining Madaniy markazlik mavqyeini saqlab qoldi. Aristotel (Arastu), Ptolemey (Potlimus), Arximed kabi  faylasuf va matematiklar Koinotning tuzilishini sharhlab berdilar. Gippokrat (Buqrot)  va Galen (Jolinus) kabi allomalar tabobat sohasida kitoblar yozdilar. Ularning  ilmiy ishlarini, yunonlar, rimliklar va vizantiyaliklar avaylab asrashgan,  qayta ko‘chirishgan. Ammo ularning ko‘pchiligi o‘z vatanlarida dahriy deb e’lon etilganligi bois Fors mamlakatiga qochib ketdilar. Forslar yurtida, ya’ni Sharqda yunon donishmandligi hind va xitoy falsafasi bilan birlashib, yanada yuqoriroq pog‘onalarga ko‘tarildi. Biz har kuni  muomalada bo‘ladigan son va raqamlar,  bizning nazdimizda eng ishonchli va jo‘n narsalardek tuyuladi. Biroq Rim imperiyasining rim raqamlari va hisoblash tizimi butunlay boshqacha va o‘ta noqulay edi. Masalan S1X va 1LU ni bir-biriga qo‘shib SXSHni chiqarguncha 109 ga 54 ni qo‘shib 163 ga ega  bo‘lish ming karra osonroqda! Mana shu bizlar hozirgacha foydalanadigan ajoyib sanoq tizimi aynan musulmon olimlari tomonidan takomillashtirilgandir. Aniqrog’i, bunday raqamlar Hindistonda o‘ylab topilgandi, firoq ular Yevropaga aynan arab ilmu fani tufayli  keyg yoyildi. Bir paytlar ularni IX asrda yashab o‘tgan o‘zbyok matematigi Al-Xorazmiy sharafiga «algorizmlar» deb ham atashgan. Bunday qulay sanoq tizimi arab olimlariga juda murakkab matematik hisob-kitoblarni ham amalga oshirish imkoniyatini berardi. Musulmon allomalari astronomiya sohasida ham ulkan kashfiyotlarni amalga oshirdilar, ayniqsa ular tomonidan astrolyabiya asbobining kashf etilishi, dengizchilar uchun benihoya ulkan muvaffaqiyatlar keltirdi. O‘rta asr arab olimlari orasida nihoyatda  zabardast donishmandlar, mutafakkirlar ham juda ko‘p bo‘lgan. Ibn Sino (Yevropada uni Avisenna deb atashadi) 980-  yili Buxoro yaqinida dunyoga kelgan.  U tabobat, matematika, astronomiya, iqlimshunoslik va falsafa ilmlari bilan shug‘ullangan. Ibn Sino bitgan kitoblar orqali yevropaliklar musulmon olami tabobatidan, aniq fanlar ilmidan voqif bo‘ldilar. Uning tabobat borasida yozgan «Al-Qonun» yoki «Tabobat ilmi qonunlari» kitobi o‘rta asrlarda eng keng tarqalgan qo‘llanmalardan biri edi.  Mazkur asarida Ibn Sino juda  ko‘p og‘ir xastaliklarning belgilarini tavsiflaydi, shuningdek arab olimlari tomonidan qo‘llaniladigan 760 dan ortiqroq turli dori -darmonlarning ro‘yxatini keltiradi. Ar-Roziy (Yevropada uni Razes deb atashgan) 900-  yillarda Bag‘doddagi shifoxonada bemorlarni davolagan tabib bo‘lib, u o‘z davrida dunyodagi eng zur shifokor sanalgan. U turli kasalliklarni davolashning yangi va  samarali usullarini ishlab chiqqan va mufassal tabobat qomusini yaratgan. Al-Ma’sudiy X asrda Misrda yashagan. U tabiiy fanlar bilan shug’ullangan. Geografiya, geologiya, biologiya sohasi bo‘yicha ilmiy asarlar bitgan. Darvindan 900-yil ilgari evolyutsiya qonunini kashf etgan. Ayni paytda u buyuk sayyoh ham bo‘lgan,  uzining 30 jildlik qomuslar majmuasida o‘zi bo‘lgan barcha mamlakatlarni batafsil ta’rif va tavsiflangan.

SALJUQIY TURKLAR KIMLAR  EDI?

Alloh tomonidan kishilarni yaxshi hayotga da’vat qilish uchun yuborilgan Muhammad payg‘ambar 632-  yilda vafot etdi. U vafot etgandan keyingi 150  yil davomida Ispaniyadan to Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan hududda musulmon xalifalari hukmronlik qildilar. Ular davlatni boshqarishning yangi, Qur’oni karim aqidalariga asoslangan shaklini yaratdilar va takomiliga yetkazdilar (zero, musulmonlarning nuqtai nazariga ko‘ra Qur’onda Muhammad b evosita Allohning kalomini bayon etgandir). Islomning yangi mamlakatlarida mahalliy urf-odatlar, ko‘nikmalar, masalan qishloq xo‘jaligini yuritish usullari, turli kasbu hunarlar, me’morchilik shakllari va kiyinish madaniyati asosan avvalgidek, o‘zgarmasdan qoldi, albatta. Biroq ularning xalqlari ko‘pmillatli yagona islom hamjamiyatiga birikdilar va yagona dinning xayrli ta’siri ostida o‘zaro yaqin munosabatga kirishdilar, zero islom aqidalari, hamda yagona arab tilining ham bunda beqiyos xizmati bor edi. (Zero, barcha diniy marosimlar, toat-ibodatlar, hatto rasmiy davlat hujjatlari ham arab tilida yuritilar edi). Shuningdek kishilar orasida do‘stona va hamkorlik aloqalarining vujudga kelishida, musulmonlar bajarishi lozim bo‘lgan sharafli amal  — Makkaga (ziyorat) haj qilishning ham juda katta ahamiyati bor edi. Biroq XII asrning boshlariga kelib  to O‘rta yer dengizining sohillarigacha bo‘lgan g‘arbiy musulmonlarning yerlari tobora  ko‘proq bosqinchilik talonlariga uchray boshladi. Musulmon lashkarlari va Vizantiya qo‘shinlari o‘rtasida ham to‘qnashuvlar bo‘lib va mojarolari ro‘y bermasin, bari bir «musulmon olamining yuragi» bo‘lgan mamlakatlar  — Arabiston, Yaqin Sharq, Fors davlati, Mesopotamiya hamda Shimoliy Hindiston va O‘rta Osiyoda ularning hukmdorligi qat’iy va barqarorligicha qolaverdi. X—XI asrlarda saljuqiy turklarning maydonga chiqishi tufayli musulmonlarning hukmronligi yanada mustahkamlandi. Bir guruh O‘rta Osiyo ko‘chmanchi xalqlaridan bo‘lgan Saljuqiylar musulmonlar zaminiga borib o‘rnashib qoldilar, ko‘plab mamlakatlarni o‘zlariga bo‘ysin-dirdilar va tez orada musulmon dinini qabul qildilar. Ular o‘zlarining yangi dinlarini  himoya qilishga shay qudratli, yaxshi tayyorgarlikka ega harbiy kuchga aylandilar.

MO‘G‘ULLAR QAYERDA YASHAGANLAR?

Juda uzoq muddat, ya’ni naqd XIII asr mobaynida xalqlar mo‘gullardan qo‘rqib yashaganlar. Mo‘g’ullar O‘rta Osiyoning suronli va hadsiz cho‘lu biyobonlarida istiqomat qiluvchi ko‘chmanchi xalq bo‘lgan. Ular o‘zlarining sonsiz sanoqsiz podalari va qo‘y otarlari uchun yem-xashak qidirib Mo‘g’ulistondan to Dunay bo‘ylarigacha bo‘lgan hududda  ko‘chmanchilik qilib kun kechirganlar. O‘tgan asrlar davomida ular nisbatan o‘troq turmush tarziga ega juda ko‘p xalqlar bilan urush qilganlar. Ammo ular ko‘proq o‘zaro urushganlar. Sababi turli tuman mo‘gul urug’lari, qabilalari o‘zining boshqalardan ustun ekanligini isbotlashga jonjahdi bilan intilgan. Mo‘gullar  jangda hech qachon asir olmaganlar, ular o‘zlariga qarshi har qanday dushmanni g’orat aylab, kunpayakun etganlar. Bu esa o‘sha davr solnomachilarini dahshatga solgan. Shu bois tarixchilar ularni o‘z asarlarida insoniylik xislatlaridan mahrum, qirginlardan,  vayronagarchilikdan zavqu shavqqa to‘luvchi qonxo‘r mahluqlar sifatida tasvirlashgan.

CHINGIZXON KIM BO‘LGAN?

Qadim-qadim zamonlardan buyon Osiyodagi Oltoy va Xingan tog’ tizmalarining yon bag’irlarida mo‘gullar yoki tatarlar nomi bilan ma’lumu mashhur bo‘lgan ko‘plab ko‘chmanchi xalqlar yashab kelishgan. XIII asrning boshlarida ular Temuchin tomonidan tuzilgan kuchli mo‘gul imperiyasiga birikdilar. Sahroyi asilzodalarning 1206-  yilda o‘tkazilgan qurultoyi (s’yezdi)  Temuchinni barcha mo‘g‘ultatar qabilalarining buyuk xoni deb e’lon qildi hamda uni Chingizxon unvoni bilan taqdirladi (Tengiz  —  turkiy tilda dengiz,  ummon degan ma’noni anglatadi). Buning hech bir ajablanarli joyi yo‘q edi, zero 1204-  yildayoq Temuchin hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlarda o‘zining barcha raqiblarini kunpayakun qilib juda katta hududni o‘ziga bo‘ysindirib olgan edi. Tabiatan kuchli, irodali, o‘ta ayyor bo‘lgan Chingizxon ajoyib sarkarda ham bo‘lib chiqdi. U 1213-  yilda Shimoliy Xitoyni zabt etdi, shundan so‘ng G‘arbga tomon yurish qilib, bosgan yo‘lida vayronagarchiliklar va dahshatlar urug‘ini sochib to Kaspiy dengizi va Armanistongacha  yetib bordi. Tez orada mog‘ul-tatarlarning ilg‘or qo‘shinlari Qora dengiz bo‘yydagi cho‘llarga yetib  keldilar va u yerdagi qipchoqlar bilan to‘qnashdi. Shundan so‘ng bu hudud aholisi Janubiy Rus knyazlaridan yordam suradilar. 1223- yilda Kalka daryosi bo‘yida katta jang bo‘lib o‘tdi. Mahalliy qipchoqlar va rus knyazlari mardonavor jang qildilar, biroq ularda hamjihatlik yo‘q edi, shu boisdan oxir oqibatda ular mag‘lubiyatga yuz tutdilar. Tatarlar asirlarni shafqatsizlarcha qirib tashladilar, qochishga tutingan lashkarlarni esa to Dnepr bo‘yigacha quvib bordilar, shundan so‘ng ular ortga qaytib Qrimga bosib  kirdilar. Qo‘l  ostidagi ulkan davlatni muvaffaqiyatli idora  qilish uchun Chingizxon mo‘g‘ul-tatar qabilalarini tumanlar — deb nom olgan harbiy-ma’muriy birikmalarga ajratdi. Buyuk xonning talabiga muvofiq har bir tuman unga 1000 nafar otliq jangchi tayyorlab berishi lozim edi. Bundan tashqari aholining har qanday noroziligi, tarkibida 10 ming askar bo‘lgan Chingizxonning shaxsan o‘ziga qarashli qo‘shin tomonidan bostirilar edi. 1226-  yilda  buyuk xon tangutlar davlati Siyaga (ushbu davlat hozirgi Xitoy hududida joylashgan edi) yurish boshladi. Tangutlar davlatining zabt etilishi Chingizxonning eng so‘nggi zafari bo‘ldi. U 1227- yilning 25- avgustida vafot etdi.

SOHIBQIRON AMIR TEMUR KIM BO‘LGAN?

Bu ulug‘ zotning asli ismi Temur bo‘lib, uni yevropaliklar  Tamerlan tarzida talaffuz qilishgan. (Bu uning oyog‘i oqsoqligiga ishora). Amir Temur O‘rta Osiyoning eng buyuk davlat arbobi va sarkardasi bo‘lgan. U 1336-  yilda tug‘ilgan bo‘lib, nasabi turklashgan mo‘g‘ul urug‘laridan biri barloslarga mansub edi. Chingizxon lashkarlari tomonidan batamom vayron etilgan Samarqand shahrining qayta gullab-yashnashi aynan Amir Temur nomi bilan bog‘liqdir. O‘z jangovar faoliyatini mahalliy ahamiyatga molik urushlaridan boshlagan Amir Temur 1370- yilda Zarafshon va Qashqadaryo vohasidagi viloyatlarning to‘la huquqli amiri (hukmdori) bo‘ldi. Tez orada u o‘z hukmi ostiga Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi Farg‘ona va Shosh (Chirchiq daryosi bo‘yidagi vodiyni)ni ham kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Eng qadimiy davlatlardan biri bo‘lmish  Xorazm ham Temur davlatining tarkibiga kirdi. Amir Temur mo‘g‘ul tatarlarining Oltin O‘rdasiga, Eronga, Kichik Osiyoga va Hindistonga yurishlar qildi. Asta-sekinlik bilan Temurning buyuk va qudratli imperiyasi barpo etildi. XV asr boshlarida uning hududi G’arbda Armanistondan to Sharqda Hindistongacha, shimolda Kavkaz va Orol dengizidan janubda Fors qo‘ltig‘igacha yastanib yotardi. Bu ulkan saltanatning poytaxti Samarqand edi. Oltin O‘rdani tor-mor etish orqali Amir Temur, Yevropaga olib boradigan asosiy karvon yo‘li, Buyuk  Ipak yo‘lining Oltin O‘rda hududidan emas, balki Samarqand orqali o‘tishiga erishdi. Bu esa o‘z navbatida ham mamlakatning ham davlat poytaxtining rivojlanishiga, gullab-yashnashiga katta yordam berdi. Amir Temurning sa’y-harakatlari tufayli Samarqand beqiyos me’morchilik obidalariga ega bo‘ldi, ushbu shaharda dunyoga mashhur allomalar va shoirlar yashab ijod etdilar. Sohibqiron Amir Temurning shon-shuhrati uning saltanati hududidan ancha olislarga ham keng tarqalib  ketdi. Hatto Ispaniya qiroli Temurning saroyiga o‘z elchilarini yubordi. Amir Temur keksaygan chog’larida ham yangi-yangi zafarlarni qo‘lga kiritdi. 1402-  yili Anqara atrofida bo‘lgan janglarda u Turk sultoni Boyazid I (Boyazid Yildirim)ning qo‘shinlarini tor-mor qilib, o‘zini asir oldi. Bu voqyea tufayli Turklarning Konstantinopolni zabt etishlari naqd 50-  yilga, yarim asrga kechiktirildi. Sohibqiron Amir Temur 1405-  yilning 18-  fevralida Xitoyga uyushtirilgan navbatdagi yurishlari chog’ida vafot etdi. U o‘zi hayotligi  chog‘idayoq saltanatini o‘g‘illari va nabiralariga taqsimlab bergan edi. Temuriylar sulolasiga mansub zotlardan biri Mirzo Ulug‘bek bo‘lib, u Samarqand amiri edi, biroq u amir sifatida emas, balki o‘rta asrlarning eng buyuk astronomi sifatida ko‘proq shuhrat  topdi.

USMONIYLAR   IMPERIYASI  QACHON TASHKIL TOPGAN?

Yevropada Uyg’onish davri (Renessans) gullab yashnayotgan bir  davrda Islom dunyosi ham jonlanib qayta tiklana boshladi. Islom xalifaligiga kiruvchi Misr, Suriya, Ispaniya va Shimoliy Afrika davlatlari mo‘g‘ullar bosqinidan xoli bo‘lib, islom madaniyatining markazi bo‘lib qolgan edi. Musulmonlarning muqaddas shaharlari Makka va Madina ham bu suronli davrdan omon chiqqanligini biz yaxshi bilamiz. Bu barcha musulmon o‘lkalaridagi allomalar, tadqiqotchi  va faylasuflar yangi-yangi kashfiyotlar yaratish borasida musulmon dunyosiga xos bo‘lgan an’analarni davom ettirardilar. Shaharlarda esa musulmon hunarmandlari, kosiblari metalldan, loy va shishalardan biri-biridan ajoyib va betakror buyumlarni yaratardilar. Biroq  musulmon olamining turli qismlaridagi har xil sultonlarning o‘zaro jangu-jadallari sababli juda puturdan ketib qolgan buyuk islom xalifaligining siyosiy qudrati mo‘g‘ul istilolari boisidan abadiy boy berilgan edi. Shunday bo‘lsada XIV asrning o‘rtalariga kelib yana bir kuchli islom davlati — Usmoniylar imperiyasi qad rostlay boshladi. Mo‘g‘ullar ketgach, sobiq saltanat ko’plab mayda-mayda musulmon davlatlariga parchalanib ketdi. Ana shunday davlatlardan birini turk rahnamolaridan  biri bo‘lmish Usmon idora qilardi (1281—1324). Usmon o‘z umri mobaynida musulmon askarlarini bir necha bor o‘ziga qo‘shni mamlakatlarning yerlarini bosib olish uchun uyushtirgan yurishlariga boshlab borgan. Usmon vafot etgach, uning fotihlik, bosqinchilik ishlarini uning merosxo‘rlari bo‘lgan  boshqa sultonlar davom ettirdilar. 1326-  yilda Usmoniylar otryadi Vizantiyaning Qora dengiz bo‘yidagi muhim ahamiyatga molik shahri Brusa (Bursa)ni bosib oldilar. 1400-  yilga kelib endi juda katta hudud Usmoniylarga tobe edi. Ular 1453-  yilda Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni ham ishg‘ol bilan qo‘lga kiritdilar. Bu esa Vizantiyaning qulashiga olib keldi va butun Yevropani dahshatga soldi: binobarin, usmoniylar navbatdagi hujumni qaysi davlatga uyushtiradi degan savol barcha Yevropa xalqlarini tashvishga solardi. Usmoniylarning bosqinchilik urushlari XV va XVI asrlarda ham davom etdi. Usmoniylar eng mashhur sultonlardan biri  —  Sulaymon rahnamoligida Sharqqa qarab yurish boshladilar va islom olamining qadimiy poytaxtini Bag ’dodni qo‘lga kiritdilar. G‘arbda ham, bugungi kunda Bolgariya, Yunoniston, Albaniya, sobiq Yugoslaviya va Vengriya davlatlari joylashgan hududlar usmoniylarga qaram bo‘lib qoldi. 1520-  yilga kelib Usmoniylar bir paytlar eng qudratli musulmon davlatlari bo‘lgan Misr va Suriyani ham zabt qildilar. Shuningdek Usmoniylar imperiyasi tarkibiga Makka, Madina va Arabistonning eng boy bandargoh shahri Aden ham kiritildi.

«RUS» DEGAN NOM QAYERDLN KELIB CHIQQAN?

IX asrning  o‘rtalariga qadar hozirgi Novgoroddan to Kiyevgacha  bo‘lgan hududda, Dnepr daryosining o‘ng va chap sohili bo‘ylab keyinchalik tarixda sharqiy slavyanlar deb nom olgan ko‘plab qabilalar alohida -alohida umr kechirishardi. Turli solnomalardagi ma’lumotlarda qayd etilishicha ular bu yerlarga Dunay va Karpat tomonlardan kelgan bo‘lib, Dnepr bo‘yida joylashishgach polyaklar deb nom olganlar, o‘rmonlarda yashaydigan qabilalarni esa drevlyanlar va hokazo deb atashgan. Keyinchalik bu qabilalarning ko‘pchiligi Sharq tomonga yanada ichkarilab ketishgan  va o‘zlariga maqbul bo‘lgan joylarga o‘rnashib olishgan.  Ilk solnomalarda hikoya qilinishicha, ular orasida Radim va Vyatko degan ikki aka-uka bo‘lgan. Ularning har ikkisi ham o‘z qabilasi bilan  —  Radim Soja daryosi bo‘yida, Vyatko esa Oka daryosi bo‘yida o‘troqlashib qolgan. Radimichlar va Vyatichlar degan nasabli  kishilar aynan o‘sha oga inilardan tarqalgandir. Bundan tashqari sharqiy slavyanlar orasida krivichlar, polochanlar, dregovichlar, severenlar, volinlilar, novgorodlik slavyanlar ham bo‘lgan. Sharqiy slavyanlar  nutqidagi «rus» so‘zi bu yerlarga rus qabilasiga mansub Skandinaviyali varyaglarning ko‘chib kelganidan keyin paydo bo‘ldi. Rivoyatlarga ko‘ra birinchi knyazlar: Ryurik, Truvor va  Sineuslar aynan ana shu qabiladan chiqqanlar  va ular Rus davlatiga asos solganlar. Dastlabki paytlarda «rus» so‘zi bilan rus jamiyatining  oliy tabaqasi vakillari, knyazlarning xos askarlari, ya’ni o‘sha varyaglar, shuningdek o‘sha paytlarda sharqiy slavyanlarning barcha shahar va qishloqlariga tarqalib ketgan varyag savdogarlari  atalgan. Keyinchalik esa «Rus» yoki Rus yeri degan so‘zning ma’nosi, slavyanlar bilan varyaglar aralash yashaydigan zaminni anglatuvchi  rasmiy jugrofiy atama qiyefasini oldi. Jugrofiy atama sifatida bu nom birinchi marotaba 945-  yilda knyaz Igor tomonidan imzolangan shartnomada paydo bo‘lgan. Nihoyat XI—XII asrlarga kelib, «rus» qabilasi bu zaminda  yashagan slavyanlar bilan batamom qo‘shilishib, chatishib ketgach, Rus va Rus yerlari atamasi, o‘zining jugrofiy ma’nosini yo‘qotmagani holda yangi siyosiy ma’no   bilan ham boyidi  —  chunki endilikda rus knyazlari hukmi ostidagi slavyanlar va ruslar yashaydigan barcha yerlar ana shu yagona nom bilan atala boshlandi.

MA’JUSIYLIK NIMA DEGANI?

Qadimgi odamlar uchun ularni qurshab turgan olam boshdan oxirigacha siru-sinoatlardan iborat bo‘lgan.  Ular, masalan, nima uchun momaqaldiroq gumbirlaydi, nima uchun shamol esadi? Nega ayrim yillarda yer yaxshi hosil beradi-yu, ba’zi yillarda  qurgoqchilik bo‘lib hamma ekinlar qovjiraydi, natijada odamlar nonsiz qoladi? Nima  uchun odamlar kasal bo‘ladilar va o‘ladilar, nega podalarga qirg’in keladi? degan ko‘plab savollarga javob izlaganlar. Biroq qadimgi odamlar tabiatda sodir bo‘ladigan barcha voqyea hodisalarning birortasiga ham ma’nili javob topa olmaganlar, natijada dunyodagi hamma narsaga allaqanday g‘ayrioddiy ilohiy kuchlar boshqaruvchilik qiladi. Ular —  Xudolar degan  aqidaga ishonganlar. Shuni unutmaslik kerakki, qadimgi odamlar nazdida Xudo bitta bo‘lmagan,  ular bir nechta bo‘lib, har birining o‘z vazifasi va mavqyei  bo‘lgan. Xuddi mana shu kabi tushunchalarga ma’jusiylik deb ataladi. Qadimgi slavyanlar ham ma’jusiylar diniga e’tiqod qilganlar, ularning ham xudolari ko‘p bo‘lib» har biriga har xilda munosabatda bo‘lganlar. Ayrim xudolarni sahovatli, bag‘ri keng deb hurmat qilishsa, ayrimlaridan, juda qo‘rqishgan, ularning ko‘nglini ovlash uchun qurbonliklar keltirishgan. Ayniqsa  eng ko‘p qurbonliklar ma’jusiylik xudolarining eng kattasi Perun sharafiga atalgan. Qadimgi odamlarning nazdida Perun xudosi osmonda, bulutlar ortida istiqomat qilib o‘ta badjahl va qahrli bo‘lgan. Agar u odamlardan zig’ircha xafa bo‘lsa, shu zahotiyoq osmonni qora bulut qoplab momaqaldiroqlar gumbirlab, chaqmoqlar chaqqan. Odamlar hatto yog‘ochdan Perun xudosining va boshqa xudolarning haykallarini o‘z tasavvurlaridagidek qilib yasab, ularni uylarining eng ulug‘ joylariga qo‘yishgan, ularga qurbonliklar keltirishib, so‘yilgan jonivor, hatto odam qonini ham o‘sha haykallarga surishgan. Eng suyukli xudolari esa Quyosh xudosi hisoblanib, kishilar  uni  —  Dajbog deb e’zozlashgan. Ular ushbu xudoni o‘z qo‘shiqlarida madh etishgan, uning sharafiga turli bayramlar uyushtirishgan. Axir Dajbog insonlarga issiqlik va mo‘l hosil ato etganda. Veles nomli  xudo esa «chorva xudosi» hisoblanib, u chorva  podalarini o‘z himoyasida saqlagan, cho‘pon va podachilarning rahnamosi bo‘lgan. Agar chorvadorlar turmushida biror noxush hodisa yuz bersa, ular darhol Velesga murojaat qilishib undan madad so‘rashgan.Svorog nomli xudo esa slavyanlar uchun ilohiy olov ma’budi sanalgan. Hatto, aynan Svorog tomonidan yer yuziga temirchilarning sandoni, bosqoni-yu bolg‘asi keltirilgan, aynan u kishilarga temirdan turli qurollar yasashni o‘rgatgan degan rivoyatlar ham bor. Asosiy yetakchi xudolardan tashqari, yana turli hayotiy ikir-chikirlardan, tashvishlardan xalos qiluvchi boshqa xudolar ham bo‘lgan. Ulardan tashqari, qadimgi odamlar yana alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladigan ruhlar ham mavjud bulgan. Bunday ruhlarning ayrimlarini, aytaylik uy ajinalarini, o‘rmon alvastilarini,  suv parilarini va himoyachi ruhlarni ular har tomonlama e’zozlashsa, ayrimlarini yomon ko‘rishgan va ulardan qo‘rqishgan. Ularning nomini ham juda vahimali qilib qo‘yishganki, tilga olishning o‘zi yuraklarga g’ulg‘ula solgan: masalan, vurdalaklar (ajinalar), upirlar va hokazo. Rus kishilari nasroniylikni qabul qilgan paytlardan boshlab ular yagona Xudoga ishona boshlaganlar, biroq turli ruhlarga siginish hollari to hanuz uchrab turadi. Shak-shubha yo‘qki, kitobxonlarimiz orasida ham nasroniy diniga  mansub qari kampirlar og‘zidan har bir uyning o‘z ajinasi borligi, har oqshom o‘rmon va ko‘llarning bo‘ylarida suv parilari bazm qilishlari haqidagi rivoyatlarni eshitgan kishilar ham topiladi.

PRAVOSLAV DININI RUSLAR QANDAY QABUL QILISHGAN?

Rossiyaning ko‘pchilik aholisi yagona dinga e’tiqod qiladi, ya’ni pravoslav nasroniy diniga, mazkur dinni ular Qadimgi Rus davrida qabul qilishgan. Rus yerlarining cho‘qintirilishi, ya’ni nasroniylikni qabul qilishlari 988-  yilda yuz bergan va ushbu voqyeani Kiyev knyazi Vladimir nomi bilan bog‘laydilar. Aynan knyaz Vladimir o‘sha davrda Qadimgi Rusda yashovchi kishilarning  qaysi dinga e’tiqod qilishlarini belgilab bergan. Nasroniylik dini Rus zaminiga o‘sha davrda o‘ta kuchli va salohiyatli davlat bo‘lgan Vizantiya orqali keldi. Qadimgi Rus turli davrlarda Vizantiya bilan savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirgan, u bilan urushlar qilgan va o‘sha davrlarda barcha mamlakatlar aro bo‘ladigan munosabatlarda bo‘lgan. Munosabatlarning yaxshilanishiga pravoslav dinining — ya’ni Vizantiyaning asosiy diniy e’tiqodining qabul qilinishi ham ta’sir etishi mumkin edi. Buning ustiga Vizantiyaga mol olib borib sotuvchi ko‘plab rus savdogarlari, turli yurishlar tufayli Konstantinopolda bo‘lgan rus jangchilari u yerda cho‘qintirilib, vataniga pravoslav nasroniylari bo‘lib  qaytishgan. Yagona din kishilarni birlashtirishga xizmat qilganligi bois Vizantiya uchun  ham aynan uning dini boshqa mamlakatlarga keng tarqalishi muhim edi. Qadimgi  solnomalarda rivoyat qilishlaricha, knyaz  Vladimir huzuriga musulmonlar ham, yahudiylar ham, katoliklar ham o‘z dinlarining afzalliklarini aytib, o‘z dinlariga kirishga da’vat qilib  kelganlar. Biroq Vladimir ularning har birining fikrini qunt bilan tinglab barini ortiga qaytarib jo‘natgan ekan. Masalan, u yahudiylarga shunday savol bergan ekan: «Xo‘sh, sizning ona tuprog‘ingiz qayerda o‘zi?».  —  «Quddusda!»  —  javob berishibdi yahudiy ruhoniylari, ammo knyaz ularga unchalik ishonqiramagan ekan, ruhoniylar o‘z fikrlariga qo‘shimcha kiritibdilar: — «Xudo bizning ota-bobolarimizdan xafa bo‘lib, hammamizni dunyo bo‘ylab begona yurtlarga tarqatib yuborgan». Shunda knyaz Vladimir ularga shunday javob bergan ekan: «Hali Xudoning qarg‘ishiga uchragan sizdek bandai gumrohlar, boshqalarga ham aql o‘rgatib yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoqqa jazm qildingizmi? Biz sizning ketingizdan ergashib vatansiz qolishni istamaymiz». U shu kabi javoblar bilan musulmonlarni, nemis katoliklarini ham qaytarib yuborgan ekan. Biroq bir kuni knyaz Vladimir huzuriga yunonlar yuborgan noma’lum bir faylasuf tashrif buyuribdi va knyazga Injil haqida, Xudo qanday qilib Yerni yaratgani to‘g‘risida gapirib beribdi, gapining nihoyasida u Qiyomat kuni ifodalangan bir tasvirni ko‘rsatibdi, unda yaxshi odamlarning jannatga ketayotganligi va gunohkorlarning abadiy azob-uqubatlarga mahkum qilinishi tasvirlangan ekan. Bu hikoya va tasvirdan ta’sirlangan knyaz Vladimir og‘ir xo‘rsinib, debdi: «Ha,  yaxshilarning baxti bor, yomonlarning uyi kuysun»  —  «Shu gaplaringdan so‘ng cho‘qinsang»  —  debdi unga faylasuf, sen ham jannatga tushuvchilarning ilk saflarida bo‘lasan!» Vladimir shundan so‘ng faylasufni izzat-ikrom va sovg‘a-salomlar bilan kuzatib qo‘yib, o‘zi esa boyarlarni shahar qariyalarini to‘plab, ularga yahudiylarning, musulmonlarning va katoliklar ruhoniylarining takliflarini aytibdi va ularga kengash solib so‘rabdi. Xo‘sh, Rus xalqi qaysi dinni qabul qilsa ma’qul bo‘ladi, deb hisoblaysizlar. «O, oliy hukmdor,—  deyishibdi boyarlar,  modomiki har bir ruhoniy o‘z dinini madh etib maqtagan ekan, Sen ularning  har biriga eng aqlli va fozil kishilaringni jo‘nat, ko‘raylikchi, ularning qaysi biri o‘z xudosiga kuchliroq sadoqat bilan sajda qilar ekan? Shuni bilsakkina ular orasida eng afzal dinni bilib olamiz». Shundan so‘ng buyuk knyaz 10 nafar eng dono va zukko kishilarni turli mamlakatlarga yo‘llabdi. Ular bir necha yillar o‘tib qaytib kelishib knyazga aytishibdiki: «Har qanday odam ham shirin narsani tatib ko‘rgach, achchiq narsaga uning xohishi bo‘lmaydi, bizlar ham yunonlarning dini bilan tanishganimizdan so‘ng boshqa dinlarni o‘rganishimizga hojat qol-madi». Bu voqyealarni solnomalar ana shunday  rivoyat qiladi,  yana ularda aytilishicha dastavval Xerson shahrida knyaz Vladimir va uning yaqin boyarlari cho‘qinganlar, keyinchalik 988-  yilning yozida  esa uning butun xalqi Dnepr daryosida cho‘qintirilgan. Keyinchalik Rus pravoslav cherkovi Vizantiyadan ajralib mustaqil bo‘ldi. XIV—XV asrlarda ruhoniylar  Moskva knyazlariga Rus yerlarini birlashtirish borasida faol yordam berdilar. Markazlashgan Rus davlati tashkil topgandan so‘ng Moskva cherkov markaziga ham aylandi. 1589-  yilda Rus pravoslav cherkovining rahnamolariga Moskva va butun Rus Patriarxi unvoni berildi. Patriarxlar davlat ishlariga aralashish uchun juda katta ta’sir kuchiga ega edilar. Shu boisdan 1700 –  yilda Patriarxlik bekor qilindi. 1918-yilda davlatning cherkovdan ajratilishi tufayli yana Patriarxlik qayta tiklandi.

KIRILL VA MEFODIY KIM BO‘LGAN?

Xristianlar uchun ma’jusiylarni o‘z dinlariga jalb etish asosiy vazifa hisoblangan. Ular qoloq varvarlar  qabilalarida o‘z dinlarini targ‘ib  qilishgan. Rohiblar ma’jusiylarni o‘z dinlariga da’vat qilganlar. Konstantinopol ko‘plab o‘z missionerlarini ana shu vazifani hal etish uchun Osiyoga va Sharqiy Yevropaga yo‘llar edi. Ular orasida eng mashhurlari Kirill va uning birodari Mefodiy bo‘lgan. 760—865 yillarda ular yovvoyi turmush tarziga ko‘ra Attila xunlariga tenglashtiriladigan bolgarlarni xristian diniga o‘tkazganlar. Bolgarlarda shu davrgacha yozuv yo‘q edi. Kirill ular uchun Alifbe tuzgan. Mazkur alifbe  —  Kirillitsa deb atalib, to hanuzgacha Bolgarlar va Rossiyaliklar undan foydalanishadi.

MOSKVA QACHON PRAVOSLAV DININING MARKAZIGA AYLANGAN?

1453-  yil Konstantinopol turklar tomonidan istilo qilinib Usmoniylar imperiyasining poytaxtiga aylangach, Moskva  pravoslav dinining yangi markazi bo‘lib qoldi. Buyuk Knyaz Ivan III (1462—1505) 1472 yilda Vizantiyaning so‘nggi imperatorining jiyani Sofya Paleologga uylangach, Rossiyaning gerbi qilib Vizantiyaning ikki boshli burgutini tanladi. U o‘zini mo‘gultatarlardan mustaqil davlat deb e’lon etish orqali yangi rus davlatining tamal toshini qo‘ydi. Zero ungacha 250-  yil mobaynida Rossiya mo‘gultatarlarning hukmronligida yashab kelgan edi. Ivan III Novgorod yerlari va boshqa knyazliklar hududi hisobiga o‘z yerlarini  kengaytirdi, o‘z poytaxti  Moskvadagi Kremlni qaytadan qurdirib, biri-biridan ajoyib soborlar, saroylar va minorali devorlarni bunyod ettirdi.

RYURIKOVICHLAR KIMLAR?

Tarixchilar ilk rus knyazlari sulolasini ryurikovichlar deb ataydilar. Ularning familiya-lari bo‘lmagan, o‘z sulolalarining nomini esa ular sulola asoschisi bo‘lgan, 879-  yilda vafot etgan mashhur Novgorod knyazi Ryurik  ismidan olishgan. Biroq bundanda ishonchliroq dalillarga, asosan tarixiy shaxs sifatida ushbu sulolaning asoschisi sifatida Buyuk Kiyev knyazi Igorni tilga olish mumkin. Solnomalardagi ma’lumotlarga ko‘ra u Ryurikning o‘gli hisoblanadi. Ryurikovichlar sulolasi Rus davlati tepasida 700- yildan ko‘proq hukmronlik qildi. Ryurikovichlar Kiyev Rusini idora qilganlar. U XII asrga kelib  parchalanib ketgach, yuzaga kelgan katta va kichik knyazliklarga ham boshchilik qilishgan. Rus yerlari Moskva tevaragida qayta birlashgandan keyin ham davlat tepasida Ryurikovichlar avlodidan bo‘lgan Moskva knyazlari turishgan. Sobiq knyazlarning avlodlari o‘z yerlarini yo‘qotdilar, rus aslzodalarining oliy  tabaqasini tashkil etdilar, biroq ular «knyaz» degan nomni o‘zlarida saqlab qoldilar. 1547-  yilda Buyuk Moskva knyazi «Butun Rus podshosi» degan unvonni qabul qildi. Rus davlati taxtida podsho bo‘lgan Ryurikovichlarning so‘nggi avlodi 1598-  yilda vafot etgan, befarzand shoh Fedor Ioannovich edi. Biroq bundan Ryurikovichlar avlodi shu bilan tugagan ekanda, deb o‘ylamaslik lozim. Zero, shoh Fedor vafoti bilan bu sulolaning eng yosh bo‘gini  —  Moskva tarmog’i  barham topdi xolos. Ryurikovichlar sulolasiga mansub boshqa mahalliy knyazlarning o‘g’il farzandlari esa bu davrga kelib endi alohida-alohida familiyalarga ham ega bo‘lgan edilar. Masalan: Baryatinskiylar, Volkonskiylar, Gorchakovlar, Dolgorukovlar, Obolenskiylar,  Odoyevskiylar, Reppinlar, Shuyskiylar, Shcherbakovlar va boshqalar, aynan ana shu sulolaga mansub edilar. Rusda hukmronlik qilgan hamma Ryurikovichlarni ham yedda saqlab qolish qiyin, chunki ular juda ko‘p bo‘lgan. Ammo ularning eng mashhurlarini bilib qo‘yish lozim. Ryurikovichlar sulolasidan chiqqan yirik davlat arboblaridan quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin. Buyuk knyazlar  Vladimir Svyatoy, Yaroslav Mudrsh, Vladimir Monomax, Yuriy Dolgorukiy, Andrey Bogolyubskiy, Vsevolod Bolshoye Gnezdo, Aleksandr Nevskiy, Ivan Kalita, Dmitriy Donskoy, Ivan III, Vasiliy III, shoh Ivan Grozniy.

RUS DAVLATIDA BIRINCHI SHOH KIM BO‘LGAN?

Rus tilidagi «sar» shoh so‘zi lotin tilidagi «sesar» so‘zidan kelib chiqqan (aynan ana shu so‘zning sal  boshqacharoq «kesar» sifatida talaffuz etilishidan nemis tilidagi «kayzer» so‘zi kelib chiqqan). Birinchi bo‘lib Birlashgan Rus yerlariga hukmdorlik qilgan buyuk knyazlardan biri Buyuk varyag knyazi Ryurik sulolasidan bo‘lgan Ivan III Vasilyevich ilk bor o‘zini«sar»  —  shoh  deb atay boshlagan. Aynan u birinchi bo‘lib turli hukumat

hujjatlarida o‘z ismini Ivan deb emas, balki cherkov muqaddas kitoblariga binoan Ioann deb yozdira boshladi, masalan: «Xudoning inoyati bilan Buyuk Rus hukmdori Ioann» kabi, va o‘ziga samoderj — «hukmdor» degan unvonni qabul qildi (aynan ana shu so‘zdan  «samoderjaviya» degan atama kelib chiqqan)  —  vizantiyaliklar imperator deb ataydigan Rus hukmdorining nomi rus tilida ana shunday jaranglardi. Bu davrga kelib”

Vizantiyani Turkiya bosib oldi, imperator xonadoni barbod bo‘ldi va Ivan III o‘zini Vizantiya imperatorining merosxo‘ri deb hisoblay boshladi. U so‘nggi Vizantiya imperatori Konstantin Poleologning jiyani  Sofya Poleologga uylanadi, Sofya barbod bo‘lgan imperator xonadonining  merosxo‘ri hisoblanardi. U Buyuk knyaz Ivan III ga turmushga chiqqach, u bilan o‘zining merosxo‘rlik huquqlarini baham ko‘ra boshladi.   Malika  Sofyaning Kremlda paydo bo‘lishi bilan buyuk knyazlik saroyining turmush tarzi, hatto Moskvaning qiyofasi ham butkul o‘zgardi.Qaylig‘ini Moskvaga keltirgach    Ivan III ga ham o‘z ajdodlari shu paytgacha yashab kelgan shart-sharoitlar, turmush tarzi yoqmay qoldi. Sofya bilan birga kelgan vizantiyalik ustalar va rassomlar cherkovlar qurib ularni turli tarzda bezay boshladilar, toshlardan palatalar — saroylar bunyod etishga kirishdilar. (Kremldagi Granovitli palata ham xuddi o‘sha davrlarda qurilgan edi). Albatta rus hukmdorlari tosh saroylarda yashash kishi salomatligiga zarar qiladi, deb hisoblaganlar, shu boisdan  ularning o‘zlari yogoch uylarda istiqomat qilishgan. Tosh saroylarda esa faqat dabdabali ziyofatlar, bazmu yig‘ilishlar o‘tkazganlar. Moskva o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ham sobiq Saregrad-Shoh shahri, ya’ni  Vizantiya poytaxti Konstantinopolni eslatadigan bo‘lib bordi. Zero, endilikda bu shahar ham turklarga tegishli edi.  Saroydagi hayot ham endi Vizantiya qoidalariga muvofiq o‘zgargandi, hatto Shoh va Malika saroydan qachon va qay tarzda chiqishlari, ularni kimlar birinchi bo‘lib peshvoz chiqib kutib olishlari, bu paytda boshqalar qayerda turishlari va hokazolar uchun ham muayyan qoidalar ishlab  chiqilgan edi. Buyuk knyaz o‘zini Shoh deb atay boshlagach, hatto uning yurishi, qadam tashlashi ham o‘zgargandi. U endi viqor bilan, shoshilmasdan o‘ta tantanavor qadam tashlaydigan bo‘lgandi. Ammo o‘zni Shoh deb atash boshqayu, aslida shoh bo‘lishning o‘zi boshqa narsadir. XV asrning o‘rtalarigacha Qadimiy Rusda Vizantiya imperatorlaridan tashqari Oltin O‘rda xonlarini ham shoh deb atashgan. Buyuk knyazlar bir  necha asrlar mobaynida tatar xonlari qo‘l ostida bo‘lib, ularga o‘lpon to‘lashga majbur edilar. Shu boisdan ham Buyuk knyaz xonga mutelikdan  xalos bo‘lgachgina o‘zini Shoh deb atashga loyiq sanaladi. Biroq bu borada ham ahvol o‘zgardi. Tatarlar istibdodiga  barham berildi va Buyuk knyaz Rus knyazlaridan o‘lpon talab qilishlariga batamom chek qo‘ydi. XV asrning  oxiriga kelib Ivan III o‘z siyosiy shartnomalari va boshqa siyosiy hujjatlarni tasdiqlash chog‘ida ilk marotaba Vizantiya imperatorlarining gerbi  —  ikki boshli burgutni muhr sifatida qo‘llay boshladi. Biroq, rasman toj kiydirilgan birinchi shoh baribir Ivan III bo‘lmadi. Rus davlatini boshqaruvchi buyuk knyazlar rasman shoh deb atalishiga va bu unvon-ni meros qilib qoldirilishiga yana bir qancha vaqt o‘tishi kerak bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha  rasman shoh deb tan olingan birinchi shoh Ivan III ning nabirasi Ivan IV Vasilyevich Grozniy edi. U bu sharafga 1547-  yilda sazovor bo‘lgandi.

NIMA UCHUN PETR  I  NI  BUYUK  PETR DEYISHADI?

Petr I shoh Aleksey Mixaylovich va malika Natalya Kirillovna Norishkinalarning o‘g‘li edi. U 1672-yil 30-may kuni tavallud topgan, 1682-  yilda esa shohlik taxtiga o‘tirdi. Petrning shohlik davri Rossiya  tarixidagi eng sharafli sahifalardan biri sanaladi. Petr I  —  Romanovlar dinastiyasining eng atoqli vakillaridan biri edi. U boshqa (samoderjets) hukmdorlardan keskin ajralib turardi. Bolalik chog‘laridanoq Petr oddiy mehnat bilan shug‘ullanishdan or qilmas, hatto o‘zining 14 hunar egasi ekanligidan faxrlanardi. Bu haqda A. S.  Pushkin juda ajoyib satrlar bitgan: «Goh akademik, goh qahramon, goh dengizchi, goh duradgor, uning qalbi benihoya keng va u taxtda bo‘lsada hamisha mehnatkash ishchi edi». Tabiatan har narsaga qiziquvchan bo‘lgan Petr bir umr o‘qib-o‘rgandi. Boshqalardan ham shuni talab  qildi. Shoh Rossiyaning qoloqligini ko‘rib-bilib turar va davlat miqyosida o‘zgartirishlar qilish lozimligini yaxshi anglardi. Yosh Petrning 1697—1698 yillar mobaynida Yevropaga qilgan sayohati nihoyatda katta ahamiyat kasb etdi. Bir yarim yil davomida o‘zga yurtlarda bo‘lish   yosh shohning shaxsini uzil-kesil shakllantirdi. U juda ko‘p foydali bilimlarni egalladi. Yevropa madaniyatiga ko‘nikdi, o‘zi ham qalban yevropalikka aylandi. Bundan tashqari o‘sha davrda Rossiyaning Yevropaga yaqinlashish jarayoni bormoqda edi. O‘sha davrlardan boshlab Rus yoshlari  chet ellarga o‘qish uchun yuboriladigan bo‘ldi; Rossiyaga yuzlab chet elliklar taklif qilindi, ularning aksariyati Rossiyaga jondildan  talpinuvchi kishilar edilar. Nihoyat, Petr ulkan  Yevropa siyosati va diplomatiyasining barcha nozik jihatlarini egallab  oldi. Vataniga kelgach, shoh qoloq va jaholatdan iborat aksariyat rasm-rusmlarga, odatlarga bir boshdan barham bera boshladi, ularning ko‘pchiligi chindan ham mamlakat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilardi. U davlatning barcha sohalarida va jamiyat turmush tarzida o‘ta muhim islohotlarni amalga oshirdi. Birinchi galda doimiy armiyani va flotni tashkil etdi. Bu esa o‘z navbatida Rossiyaning Boltiq dengiziga  chiqish uchun bo‘lgan kurashlarda shvedlar ustidan g’alaba qozonishga olib keldi. Ushbu muhoraba Shimoliy  urush deb nomlanib 1700-  yildan to 1721-  yilgacha, roppa-rosa 21 yil davom etdi. Petr davrida sanoat gurkirab rivojlandi,  juda ko‘p manufakturalar va tog’kon sanoati korxonalari bunyodga keldi, savdo-sotiq gullab-yashnadi. Shoh madaniyat va maorif sohasiga ham juda katta e’tibor berdi, uning zamonasida yangi-yangi o‘quv muassasalari ochilib ulardan iste’dodli olim va ixtirochilarning butun boshli avlodi yetishib chiqdi. Petr I fan arboblarini:  muhandis va me’morlarni, yozuvchi va rassomlarni har tomonlama rag’batlantirardi. Bu davrda juda ko‘p betakror bino va inshootlar bunyod etildi. Petr o‘z siyosatida Shoh hukumatini har tomonlama mustahkamlashga intilar va bunda asosan keng dvoryanlar ommasiga tayanardi. Shoh o‘ziga yordamchilarni tanlab olishda ular naslu nasabining mashhurligiga emas, balki ularning aqlu va iste’dodiga ko‘proq ahamiyat berardi. Ammo Petr  zamonasida oddiy xalq vakillarining hayoti ancha og’ir edi: pomeshchiklarning zulmi nihoyatda kuchaydi, hukmdor o‘zi amalga oshirayotgan islohotlarini  ta’minlash uchun soliqlarni ham oshirib bordi. Dehqonlarning noroziliklari esa shoh hukumati tomonidan shafqatsizlarcha bostirilardi. Davlat apparati ham isloh qilindi. Boyarlar dumasi o‘rniga Senat tashkil qilindi, buyruqlar o‘rniga hay’at qarorlari joriy etildi. 1700-yilda bekor qilingan patriarxlikning o‘rniga Petr Sinod tashkil qilib, cherkovni davlatga bo‘ysundirdi. Ma’muriy jihatdan olganda Rossiya boshqaruvi qat’iy markazlashtirilgan amaldor-to‘ralar davlatiga aylandi. Qadimgi uyezdlar, voyevodstvalar va qo‘rg’onlar o‘rniga alohida o‘z gubernatorlariga ega bo‘lgan 10 ta guberniya ta’sis etildi, keyinchalik bu guberniyalar 47 ta muzofotga bo‘lindi. Petr I ning islohotlari qadimgi an’ana va qoidalarni yoqlab, islohotlarga qarshi chiquv-chilar bilan keskin kurashlar ostida amalga oshirildi. Shoh o‘z dushmanlarining har qanday fitnalarini shafqatsizlarcha chippakka chiqarardi. U o‘z otasining tutgan yo‘liga qarshi borganlarga yetakchilik qilgan o‘gli Alekseyni ham ayab o‘tirmadi. 1718-  yilda maxsus sud hay’ati shahzoda Alekseyni o‘lim jazosiga hukm qildi. Petr I ning har tomonlama olib borgan faoliyati natijasida Rossiya tez orada Yevropaning buyuk davlatlaridan biriga aylandi. 1721-  yilda o‘ta buyuk xizmatlari uchun Senat Petrga imperator unvonini va Buyuk hamda Vatan Otasi degan unvonlarni taqdim qildi. Rossiya esa imperiya deb e’lon qilindi. Buyuk Petr 1725-  yil 28-yanvarda Peterburgda vafot etdi.  Petr I va uning avlodlari Petropavlovsk qal’asiga dafn etilgan.

AMERIKAGA HINDULAR QAYERDAN KELISHGAN?

Amerikaning ilk aholisi bu zaminga juda olis zamonlarda  kelgan bo‘lib, biz ular tarixini yaqinroqdan o‘rganishga qancha harakat qilmaylik, baribir aniq bir sanani ta’kidlash mushkul. Ammo aksariyat tadqiqotchilar, bu yerda kechgan voqealar quyidagicha yuz berganligini taxmin qiladilar. Taxminan 12 000-  yillar avval bir guruh piyoda ovchilar kiyik va bug‘ular podasi orqasidan shu paytgacha hech kimga noma’lum bo‘lgan yerlarga kelib qolishgan. Bu yerlar hozirgi Sharqiy Sibir hududida joylashgan edi. Chukotkaga yetib olishgach, ovchilar Osiyoni Shimoliy Amerikadan ajratib turuvchi, hozirda rus  dengizchisi Bering nomi bilan ataluvchi tor  bo‘g‘ozni kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lganlar. Keyingi ming yilliklar mobaynida ularning ortidan yana boshqa ko‘plab ko‘chmanchilar ham ergashganlar. Ular bu olis sayohatchilarga noma’lum va sirli zaminga kichik-kichik guruhlar, hatto oila-oila bo‘lib yo‘l olganlar. Shuning uchun ham, barchasidan qat’i nazar, ular aynan bir hududdan chiqishgan va qachonlardir aynan bir xalqqa mansub kishilar edilar. Ammo oradan o‘nlab as rlar o‘tgach, ular orasidagi masofa uzoqlashib bordi. Turli guruhlarning a’zolari, sekin-asta qabilalarga aylandilar, bora-bora ular til jihatidan, tashqi ko‘rinishidan, urf-odatlaridan bir-b  irlaridan farq-lanib bordilar, zero ularning har biri har turli sharoitlarda joylashishgan edi.

Biroq, shunday bo‘lsada, tashqi tomondan ular uchun umumiy bo‘lgan jihatlar ham bor edi, masalan: tim qora g‘ayir sochlar, oldga turtib chiqib turuvchi yanoqlar, qiyiq ko‘zlar ularning hammasi uchun xos edi. Ularning barchasining tanalari qoramtir tusda bo‘lsada, bir-birlaridan farqlanib turardi. Ularning ayrim qabilalari tana rangi biroz qizg’ishroq bo‘lganligi sababli Yevropaliklar ularni ko‘pincha qizil tanlilar deb atashgan.

Bu qabilalar  vakillarining jang qurollari ham mehnat qurollari ham deyarli bir xilda edi, faqat ularning yasalishi, tayyorlanadigan xom  ashyosi  istiqomat joylaridagi imkoniyatlariga ko‘ra farqlanardi xolos.

Qabilalar o‘rtasidagi farqlar faqat ular yashaydigan shart-sharoitlar tufayli yuzaga kelgan edi. Umuman olganda Shimoliy Amerikaning qadimgi aholisining joylashish markazlarini asosan  besh qismga ajratib ko‘rsatish mumkin: shimoliy-g‘arbiy sohillar, Kaliforniya hududi, janubiy-g‘arb, sharqiy o‘rmonlar va  preriya —  dashtliklari. Bu joylarda o‘rnashgan qabilalar bir-birlaridan keskin farq qilishgan, biroq yevropaliklar uchun ularning hammasi birdek hindular deb hisoblanavergan.

NIMA UCHUN AMERIKANI YANGI DUNYO DEB ATASHGAN?

«Yangi dunyo» degan nom ilk marotaba yozuvchi Amerigo Vespuchchi asarlarida  tilga olingandi, Kolumb ochgan qit’aning nomi ana shu yozuvchi sharafiga Amerika deb atalgandir. 1503- yilda Vespuchchi gersog Pyetro Medichiga o‘z sayohatlari haqida bir maktub yullaydi. Ushbu maktubiga u «Yangi dunyo» deb sarlavha qo‘ygan edi.

Maktub shaklida yozilgan ana shu asar orqali ma’rifatli Yevropaliklar yangi qit’a va uni kashf etgan kishilar to‘g‘risida ilk bor bilib oldi. Shuni ta’kidlash kerakki, Amerigo Vespuchchi nafaqat o‘z sayohatlarini batafsil bayon etadi, balki ayni paytda u Kolumb bu yerda nimalar qilgailigini ham har tomonlama tasvirlab beradi.

Vespuchchi Amerikaga kelib qolgan yevropalik sayohatchilarning  boshidan kechirgan barcha tashvish va qiyinchiliklarni boshqalarga qaraganda ancha yaxshi bilardi. Kolumbdan farqli o‘laroq, Vespuchchi ajoyib badiiy iste’dodga ega edi, shu boisdan ham o‘quvchilar xotirasida Kolumbning emas, balki Vespuchchining nomi abadiy saqlanib qoldi.

AMERIKADAGI QADIMIY SIVILIZATSIYALAR QACHON DUNYOGA KELGAN?

Bugungi kunda ham, garchi uzoq yillar ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lishiga qaramasdan, hali hanuzgacha qadimiy shaharlar va sivilizatsiyalarning qachon paydo bo‘lganligi sir bo‘lib qolmoqda. Oddiy va jo‘n dehqon qishloqlari birdaniga keng va obod shaharlarga aylanib, ular aholisi minglab kishilarga yetgan, bu shahar aholisi orasida  —  kohinlar, hunarmandlar va amaldorlar toifasi alohida-alohida kun kechirishgan. Bu jarayon turli davrlarda dunyoning turli burchaklarida yuz bergan.

Amerikadagi ilk shaharlar Markaziy Amerikaning chakalakzor  — djunglilarida, shuningdek Janubiy Amerikada, Peru va Boliviya tog‘larida taxminan eramizgacha bo‘lgan X asrlarda paydo bo‘lgan.

ATSTEKLAR KIMLAR BO‘LGAN?

O‘rta asrlarning nihoyasiga kelib Janubiy va Markaziy Amerikada eng qudratli xalqlar atsteklar va inklar edi.

Atsteklar qadimgi Amerikada istiqomat qilgan xalqlar  ichida eng yuqori taraqqiy qilgan va kuchli ta’sir kuchiga ega xalq edi. Ular hozirgi Meksikaning poytaxti Mexiko joylashgan vodiyda yashaganlar. Yevropalik sayohatchilar va mustamlakachilar bu yerlarga kelishidan avval ham bu yerlik hindu qabilalari ming yillik tarixga ega edilar.

Atsteklarning gurkirab taraqqiy topgan davridagi turmush darajasi o‘sha paytdagi ko‘plab Yevropa davlatlari darajasiga teng bo‘lgan. Ular o‘z tarixlarini toshlarda naqsh etib qoldirishni bilganlar. Ular nihoyatda betakror ishlov berilgan tog‘ xarsanglaridan ibodatxonalar, minoralar, uylar bunyod etganlar. Ular qonunchilik va davlatni boshqarish sohasida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritganlar, astronomiya sohasida ham  beqiyos bilimlarga ega bo‘lishgan, turli san’at va hunar turlarini rivojlantirganlar. Ular  tabiatan juda saxovatli va bag‘ri keng insonlar bo‘lishgan. Ular tabiatni jonu dildan sevishgan, ayniqsa qushlar va gullarga ularning mehri bo‘lakcha bo‘lgan, shuningdek ats-teklar musiqa, raqsning, turli o‘yinlar hamda adabiyotning sadoqatli muxlislari bo‘lishgan.

Atsteklar boshqa qabilalar oldidagi yuqori mavqyelariga asosan harbiy zafarlari evaziga sazovor bo‘lganlar. Ko‘pincha ular dushmanlarni  tutib olib xudolar uchun qurbonlik qilish maqsadlarida urush olib borishgan. Tirik odamlarni qurbonlik  uchun so‘yish kabi vahshiy udumlar bu bosqichlardan olislab ketgan yevropaliklarni dahshatga solardi.

Atsteklar qabilasini yana boshqa nom bilan, ya’ni «meksiko» nomi bilan ham atashgan. Aynan shu so‘zdan yoki atsteklar xudolarining birining nomidan Meksika nomi paydo bo‘lgan. Atsteklarning rivoyatlarida hikoya qilinishicha, ular 1325- yilda, ya’ni Kolumb ilk bor hindularga ro‘baro‘ kelishidan 167- yil ilgari o‘z davlatlarining poytaxti  —  Tenochtitlanni qurishga kirishganlar. Keyinchalik u Lotin Amerikasining shimolidagi Ispaniya mustamlakalarining markaziga keyinchalik esa Meksika Respublikasining poytaxti — Mexikoga aylandi.

Atsteklar dastlab qayerdan kelib chiqqanligini hech kim bilmaydi. Afsona va rivoyatlarning ko‘rsatishicha ular asli shimol tarafdan kelganlar. Ehtimol ular Mexiko vodiysiga XII yoki XIII asrlarda qadam qo‘yganlar. U paytlarda atsteklar o‘zlarini Tenokklar deb ataganlar. O‘sha paytda mazkur vodiyda yashagan va taraqqiyotning yuqori darajasiga erishgan, Tolteklar qabilasi ularni begona, varvarlar deb hisoblaganlar. Shu sababli atsteklarning yangi joyda qo‘nim topishlari nihoyatda mushkul kechgan, biroq vaqt o‘tishi bilan ular katta kuch -qudrat kasb etib,  vodiyda yashaydigan boshqa qabilalarni o‘zlariga bo‘ysundirdilar.

1519- yilda ispaniyalik kapitan Fernando Kortes uncha katta bo‘lmagan armiyasi bilan atsteklarga hujum qildi. Uzoq davom etgan og‘ir janglardan so‘ng Kortes g‘alabaga erishdi. Keyinchalik ispanlar Meksikani o‘z imperiyalarining bir qismiga aylantirdilar.

Hatto, bugun bizning kunlarimizda ham Meksikada yashovchi amerikalik hindular atsteklar tilida gaplashadilar. Zamonaviy meksikaliklar ham o‘zlarining atsteklardan kelib chiqishlari bilan faxrlanadilar. Ular atsteklar turmush tarzining ko‘p jihatlarini saqlab qolganlar, masalan ovqatlarning turlari, kiyinish uslubi hali hanuz Ispaniya istilosiga qadar atsteklarda qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlangan. Ayrim atstek so‘zlari nafaqat Ispaniyada  qo‘llaniladi, balki inglizlilining ham lug‘atini boyitg‘andir. Bu so‘zlar orasida  —  shokolad, tomat, koyod, avakado va boshqa ko‘plab misollarni keltirish mumkin.

Garchi qadimgi atsteklar imperiyasining qudrati bundan 400-  yil-muqaddam barbod etilgan bo‘lsada, hali-hanuz bu mamlakatning zamonaviy turmush tarziga ta’siri kuchlidir.

INKLAR KIMLAR?

Inklar XV  asr boshlaridan Peruda hukmronlik qilganlar. Inklar istiqomat qilgan hududga hozirgi Boliviya, Peru, Ekvador, shuningdek Argentina va Chilining ma’lum  qismlari kirgan. Inklar  imperiyasining poytaxti, muqaddas Quyosh shahri deb ulug‘lanuvchi — Kusko shahri bo‘lgan. Boshqa mamlakatlar va qit’alar ham mavjudligini xayollariga ham keltirmasdan umr kechiruvchi inklar uchun Kusko shahri butun yer yuzining markazi hisoblangan, bu yerga imperiyaning  turli burchaklaridan g‘alla, kumush, oltin, qimmatbaho, chiroyli matolar va yam-yashil koki o‘simligi barglarini yuklagan karvonlarning keti uzilmagan.

Inklar qattiqqo‘l, biroq adolatli hukmdorlar bo‘lishgan.  Ular o‘zlari bo‘ysundirgan xalqlarning, qabilalarning o‘z urf-odat va an’analarini saqlab qolishlariga imkoniyat berganlar. Ular jamiyatining asosiy negizini oila tashkil etgan. 20 ta oiladan iborat har bir guruhning o‘z sardori bo’lgan. Bu sardor esa o‘z navbatida qo‘l ostida 50 oila bo‘lgan boshqa sardorga bo‘ysungan. U  esa yana kattaroq sardor hukmida, xullas to Oliy inkkacha, ya’ni imperiya hukmdorigacha bu tobelik shu tarzda davom yetib borgan.

Inklar jamiyatida mavjud qoidalarga ko‘ra, undagi barcha  fuqarolar mehnat qilganlar, faqat bundan eng keksa va eng yosh fuqarolar mustasno bo‘lgan. Har bir oila o‘zi ekib-tikadigan maxsus yer maydoniga ega bo‘lgan. Kishilarning har biri o‘zi uchun shaxsan o‘zi kiyim to‘qigan, poyabzal tikkan,  choriq yasagan, idish-tovoq, kumush va oltin taqinchoqlar yasagan.

Biroq bu imperiya fuqarolarining shaxsiy erkinligi bo‘lmagan: kishilarning qanday kiyim kiyishlari, nima ovqat yeyshlari va qayerda ishlashlarini hukmdorlar tayinlaganlar. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, inklar  juda mehnatkash dehqonlar bo‘lib, ular ko‘plab foydali ekinlarni parvarishlaganlar. Ular o‘z ekin maydonlarini sug‘orish uchun tog chashmalaridan foydalanganlar, buning uchun esa maxsus inshootlar — haybatli akvedunlarni ixtiro etganlar.

Bir paytlar inklar tomonidan bunyod etilgan binolarning  aksariyati hali-hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Ular ko‘plab uzum zanglaridan va tol xivchinlaridan qalin arqon bilan eshib to‘qilgan o‘ziga xos ko‘priklarni qurganlar. Shuningdek bu odamlar tug‘ma to‘quvchi va kulollar  ham bo‘lishgan. Ular paxtadan shunday nafis va go‘zal matolar  to‘qishganki, ispan bosqinchilari ularni ipak  mato bo‘lsa kerak deb o‘ylaganlar. Inklar jundan ham o‘ta go‘zal va bejirim, issiq kiyimlar tayyorlaganlar.

Uzoq asrlar gurkirab rivojlangan inklar  imperiyasi  vaqti kelib, ikki qondosh og‘a-inilar tomonidan boshqariladigan ikki qismga bo‘linib ketdi. Bu ikki qism bir -biri bilan adovatga bordi. Natijada inklar o‘zlariga nisbatan uncha ko‘p bo‘lmasada, biroq ancha yaxshi qurollangan ispan konkistadorlarining bosqinlariga dosh bera olmay qoldilar. Shundan so‘ng ularning imperiyasi istilo qilindi va barbod etildi.

SER UOLTER RELEY KIM BO‘LGAN?

Deyarli  hamma bu insonning nomini eshitgan, ammo nazarimizda u haqda aksariyat kishilar, ko‘p narsani  bilmasa kerak. Yelizaveta I zamonasida juda ko‘p ulug‘ insonlar yashab o‘tishgan, biroq Reley ular orasida eng iste’dodga boy va betakrori bo‘lgan deyish mumkin. Zero u askar, dengizchi, saroy a’yoni, shoir, mustamlakachi, tarixchi va olim nomlarining hammasiga sazovor bo‘lgan odamdir.

Reley taxminan 1554-  yilda Angliyaning Devonshir degan joyida tavallud topgan. O‘spirinligidayoq  Fransiyadan keyinchalik esa Irlandiyadagi urushlarda ishtirok etgan. U qirolicha Yelizaveta Tyudorning nazariga tushib risar  unvonini oladi va hukumat mahkamasida turli lavozimlarda xizmat qiladi.

Keyinchalik Reley qirolicha tomonidan unga tayinlangan pullarni xarjlashning o‘ziga xos yo‘lini o‘ylab topdi. U o‘z pullarini Amerikada yangi aholi

gyaaskanlarini barpo etishga sarfladi. 1585-  yilda Reley ilk koloniyalarni tashkil etish uchun birinchi guruhni bir yil muddat bilan Amerikaga yo‘lladi, bu guruh tarkibida 100 kishi bo‘lib, ular Shimoliy Karolinaning sohillarida joylashgan Roupok orolida yashashardi. Bu yangi olamda o‘z qismatini sinashi lozim bo‘lgan birinchi ingliz koloniyasi edi.   Keyinchalik  tashkil etilgan barcha koloniyalar aynan  ana shu koloniyadan kelib chiqqandi. Amerikalik hindular, Amerikaning geografik tuzilishi, o‘simliklar va hayvonot dunyosi to‘g‘risidagi ilk  ma’lumotlar uchun ham biz Releyga tahsin aytishimiz lozim. Aynan uning sa’y-harakatlari tufayli bizda bular haqida tasavvur shakllangandir. 1587 –  yilda u ikkinchi bor Amerikaga ekspeditsiya jo‘natadi va bu ekspeditsiya a’zolarining barchasi o‘rmonlar bag‘rida bedarak yo‘qoladilar.

Reley o‘z zamonasining ko‘plab shoir va yozuvchilarini shaxsan  tanirdi, uning o‘zi ham o‘z asrining eng ilg‘or shoirlaridan biri edi. 1595 –  yilda u oltin konlarini topish maqsadida o‘zining ilk sayohatini  uyushtirdi. Bu sayohat Janubiy Amerikaning Gviana degan hududiga bo‘lgan edi.

Qirol Djeyms I taxtga o‘tirgach, u Releyni o‘ziga suiqasd uyushtirishga aloqador fitnaga ishtirokchi deb, o‘limga hukm qildi.

Garchi o‘lim jazosi bekor qilingan bo‘lsada, Reley o‘z umrining qolgan asosiy qismini Londondagi Tauer qamoqxonasida o‘tkazdi.

Reley qamoqxonada o‘zining buyuk asari «Dunyo tarixi»  kitobini yaratdi va turli kimyoviy tajribalar o‘tkazdi. 1616-  yilda u qamoqdan ozod etildi va yana Gvianaga qarab suzdi. Oltin konlarini topolmagach, u  ispanlar bilan jang qilib mag‘lubiyatga uchradi, keyin Angliyaga qaytib keldi va shu yerda 1618-  yilda qatl qilindi.

Reley yangi olam deb nom olgan Amerikadan ilk bor Irlandiyaga kartoshkani olib keldi, shuningdek u Yevropada tamaki chekishning keng ommalashishiga ham sababchi bo‘ldi.

AQSHning  MUSTAQILLIK  DEKLARATSIYASI QACHON  QABUL  QILINGAN?

1775-yilning iyulida isyon ko‘targan barcha 13 koloniyaning vakillari Filadelfiyada to‘planishdi va Jorj Vashingtondan (1732—  1793) koloniyachilar armiyasiga  rahbarlik qilishini so‘rashdi. Shu paytdan boshlab inglizlar va koloniyachilar o‘rtasida harbiy harakatlar boshlanib ketdi. Oradan bir yil o‘tgach, vakillar yana to‘planishdi va 4 iyul kuni  AQSHning mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildilar.

Deklaratsiyani Tomas Djefferson boshqa va-killar bilan hamkorlikda tuzib chiqqan edi. Mazkur deklaratsiyada amerikaliklarning Angliya qiroli Georg III ga e’tirozlari bayon qilinib, ma’rifat g‘oyalari ta’siridagi amerikaliklar ro‘yobga chiqarishga intilayotgan boshqaruv tizimi ta’riflab berilgan edi.

Deklaratsiyada hamma odamlar teng huquqlar bilan dunyoga kelishi alohida ta’kidlangan edi. Hukumat odamlar uchun xavfsiz, ozod va baxtiyor yashash imkoniyatlarini yaratmog‘i lozim. Agar hukumat bularning uddasidan chiqmasa, xalq uni ag‘darib yangisini saylash huquqiga egadir. Albatta, Britaniyadagi hukmron kuchlar ushbu hujjatni mutlaqo tan olmadilar, nazar-pisand ham qilmadilar.

AMERIKANING SHIMOLI VA JANUBI  NIMA UCHUN O‘ZARO URUSH OLIB BORGAN?

1783-yil Amerika Qo‘shma Shtatlari Britaniya istibdodidan xalos bo‘lib mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakatning Shimoliy va Janubiy shtatlari o‘z holicha, bir-biridan farqli tarzda rivojlandi.  Shimol mayda fermerlarning mamlakati bo‘lib unda sanoat shaharlari jadallik bilan o‘sib bordi. Mamlakat aholisi bir paytlar,  XVII asrlarda ruhoniy piligrimlar bu yerga olib kelgan ozodlik g’oyalariga rioya etardi. Virginiya va Jorjiya kabi Janubiy shtatlar boy va zodagon katta yer egalari yerlarida qullar tomonidan yetishtiriladigan paxta hisobiga kun kechirardi. Biroq, qullik 1861-  yilda boshlanib ketgan fuqarolar urushining sabablaridan biri edi xolos.

1790-  yilda Qo‘shma Shtatlar tashkil  etilgan bo‘lsa-da, Shimol va Janub o‘rtasida katta tafovutlar saqlanib qolgan edi. Shimol taraqqiyotga talpinardi. Janub esa hech qanday o‘zgartishlarni istamasdi. 1790- yildagi Konstitusiyada ozodlik va adolat to‘grisida alohida gapirilgan edi. Modomiki, janubda shu paytda to‘rt milliondan ko‘proq qullar bor ekan qanaqa ozodlik va adolat haqida gapirish mumkin? — deyishardi Shimoldagilar.

1850-yilga kelib Amerika Shtatlarining qariyb yarmisida qulchilik mutlaqo taqiqlandi. 1860-yilda qulchilikning ashaddiy dushmani bo‘lgan Avraam Linkoln Amerika Qo‘shma Shtatlarining prezidenti  bo‘ldi. Janubiy shtatlar shundan so‘ng, agar bizlar Qo‘shma Shtatlar ittifoqida qoladigan bo‘lsak, o‘zimizga o‘zimiz choh qazigan bo‘lamiz, degan qarorga kelishdi. 1861- yilda Amerika janubidagi 11 shtat alohida ajralib chiqib o‘z ittifoqlarini tuzdilar va uni Konfederatsiya deb atay boshladilar. Bu Shimoldagi 23-  shtatga qarshi boshlanadigan urushga o‘ziga xos bir ishora edi.

Qo‘shma Shtatlar yagona davlat bo‘lib qoladimi yoki doimo  bir-biriga dushman bo‘lib qoluvchi ikkita ittifoq dunyoga keladimi? Ana shu savolga javob hal etilguncha qonli janglardan iborat to‘rt  yillik fuqarolik urushini boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi. Urushning dastlabki paytlarida janubliklarning qo‘li baland kelib turdi,  boisi ularning askarlariga salohiyatli harbiylar rahbarlik qilardilar. Biroq 1863-  yilning iyulida Pensilvaniya shtatining Gettisburg shahri ostonalarida bo‘lgan janglarda konfederatsiyachilarning askarlari chekinishga majbur bo‘ldilar.

Gettisburg jangidan keyin omad general Grant boshqaruvi ostidagi shimolliklar  tomonga o‘tdi. 1865-yilning aprelida general Li qo‘mondonligi ostidagi konfederatsiyachilar armiyasi taslim bo‘lishga majbur bo‘ldilar.Nihoyat urush tugadi, ammo qanchalar qim-matga tushdi bu qirginbarot?

Mazkur urushda AQSHning yarim millionga yaqin aholisi  —  ya’ni har 50 AQSH fuqarosidan biri qurbon bo‘ldi, ularning uchdan ikki qismi urush asoratlari tufayli kelib chiqqan kasalliklardan nobud bo‘ldilar. Ammo tinchlik o‘rnatilgandan keyin ham Shimol bilan Janub o‘rtasidagi sovuqchilik yana uzoq yillar saqlanib turdi.

AQSH KONSTITUTSIYASIGA O‘ZGARTISHLAR QANDAY QILIB KIRITILGAN?

Qo‘shma Shtatlar  —  o‘z Konstitutsiyasiga ega mamlakatlardan biridir. U qabul qilingan davrdan boshlab ayrim yo‘llar bilan, masalan unga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan o‘zgarib bordi.

Kongress a’zolarining uchdan ikki qismi o‘zgartishga rozi  bo‘lsalar, ular Shtatlarga ma’qullash uchun taqdim etiladi. Shtatlar ularni o‘z Qonunlari va imzo chekilgan  bitimlari nuqtai-nazaridan ko’rib chiqadilar. Bu jarayon aynan qay tarzda amalga oshirilishini Kongress belgilab beradi . Shtatlarning to‘rtdan uch qismi mazkur tuzatishni ma’qullasa, u kuchga kiritiladi va bu haqda Davlat departamenti alohida ma’lum qiladi.

Billning huquqlar to‘grisidagi dastlabki tuzatishlari, amalda  Konstitutsiyani shakllan-tirish ishiga yakun yasadi. Ular Konstitutsiyaning muayyan bir qismiga aylanib qoldi.

Shundan so‘ng  uzoq yillar hech qanday o‘zgartishlar qabul qilinmadi. 13-tuzatish qulchilikni taqiqladi. 14-tuzatish fuqarolar huquqlarini himoya qildi. 15-tuzatish esa fuqarolarning tanasining rangidan va irqidan qat’I  nazar ularga teng saylov huquqlarini berdi.  16-tuzatish Kongressga soliq yeg’ishga ruxsat berdi. 17-tuzatish senatorlarni saylash davlat idoralari to monidan emas, balki barcha fuqarolar tomonidan amalga oshirilishini belgilab berdi.

18-tuzatish spirtli ichimliklarni taqiqladi, biroq 1933-  yilda 21-tuzatish bilan uzgartirildi. 19-tuzatish ayollarga ovoz berish huquqini berdi. 20-tuzatish Prezidentning, vitse-Prezidentning va Kongressning vakolatlari muddatini o‘zgartirdi. 22-tuzatish Prezidentning umumiy muddati, u saylangan ikki muddatdan  oshib ketmasligini belgilab berdi. 23-tuzatish Kolumbiya Federal okrugini Prezidentga saylov chogida alohida saylov okrugi sifatida ajratib berdi.24-tuzatish saylovchilar  uchun majburiy bo‘lgan soliqlarni bekor qildi. 25-tuzatish Prezident layoqatsizligiga aloqador edi. 26-tuzatish esa 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroga ovoz berish huquqini berdi.

KOPERNIK KIM BO‘LGAN?

Ba’zan, ahyon-ahyonda, shunday bir kishilar paydo bo‘lishadiki, ular bizning hayot haqidagi va butun olam haqidagi tasavvurlarimizni mutlaqo o’zgartirib yuboradilar. 1473- yilda tug‘ilib 1543-  yilda vafot etgan polyak astronomi Nikolay Kopernik ana shunday insonlardan biri edi.

U paytlarda astronomlar Yer dunyoning markazi deb o‘ylar edilar. Bu g’oya II asrda yashab o‘tgan qadimgi yunon olimi Ptolemeyga tegishli edi. Uning nuqtai nazari yuzlab yillar davomida haqiqat hisoblanib kelgan. Ptolemeyning ta’kidlashicha, Yer harakatsiz  holatda bir joyda  turadi, bahaybat yassi jismlardan tashkil topgan osmon esa uning atrofida aylanadi.

Kopernik tomonidan tuzilgan dunyoning ko‘rinishi esa mutlaqo boshqacha edi. Uning xayoliga shunday fikr keladi: Ptolemeyning Yer qimirlamay bir joyda turadi, Quyosh esa uning atrofida aylanadi deyishiga sabab: qadimgi yunon allomasi  har kecha Katta ayiq turkumidagi yulduzlarning sekin asta Qutb yulduzi atrofida aylanishini kuzatishi bo‘lgan.

Kopernik Quyoshning aylanishi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvur  Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli paydo bo‘lishini anglab yetgan. U bizning sayyoramiz koinotning mayda zarrasidan iborat bo‘lib u boshqa sayyoralar kabi Quyosh atrofida aylanadi, degan xulosaga keladi.

Kopernikning nazariyasi XVI asr uchun o‘ta inqilobiy bo‘lib chiqdi. U o‘zining ushbu nazariyasi boshqa  olimlar, ayniqsa  —  cherkov tomonidan qarshilikka uchrashini yaxshi tushunardi, chunki cherkov ham Yer  —  dunyoning markazi deb ta’lim berardi-da. U o‘z ilmiy ishlarini umrining oxiridagina chop ettirdi, shuida ham mazkur g‘oyalarning asl haqiqat deb hisoblanishini qat’iy  talab qilmasligi haqida kitobiga ilova kiritdi.

VOLTER VA RUSSOLAR KIM BO‘LGAN?

O‘rta asrlarda va undan keyin ham insonlar Xudoga yoki turli irim-sirimlarga ishonch ruhi bilan yashaganlar, biroq 1650 –  yilga kelib tafakkurning yangicha tizimi yuzaga keldi.  Bu tizim inson aqlu zakovatiga bo‘lgan ishonchga asoslanardi. Albatta, din va irim-sirimlar yo‘qolib ketmadi, biroq odamlar endi, olim va faylasuflarga ergashib, dunyoda yuz berayotgan voqyealar mohiyatiga yanada teranroq nazar tashlaydigan bo‘ldilar.  Yangi kashfiyotlar hayotning mazmun-mohiyati, dunyoning tuzilishi haqidagi savollarga javob topishga undardi. Masalan, bu davrga kelib Yerning yassi tekislikdan iboratligiga hech kim ishonmasdi. Yana qancha kishilar ishonmaydigan tushunchalar mavjud edi?! Endi allomalar  oldida ulkan va yum-yumaloq sayyoramiz haqida, unda istiqomat qiluvchi bashariyatning mohiyati haqidagi yangicha nuqtai   nazarni ishlab chiqish vazifasi turardi.

Olimlar dunyoning tuzilish mohiyatini  o‘rganishda turli-tuman yo‘llardan bordilar. Fransuz mutafakkiri Mari Fransua Volter (1694—  1778) cherkovga va hukumatga qarshi chiqib, ularni o‘zlarining rasm-rusumlari, qonunlari bilan insonlarning mustaqil fikr yuritishlarida xalaqit  berishda aybladi.  Uning ta’kidlashicha, inson  xohlagan tarzda fikrlashi, istagancha o‘z fikrini bildirishi mumkin, asosiysi o‘z fikrini boshqalarga majburan qabul qildirmasa bas. Uning eng mashhur fikri naqlga aylanib ketgan bo‘lib, u quyidagichadir: «Men sizning nuqtai nazaringizga qo‘shilmasligim mumkin, biroq o‘z fikringizni ayta olish erkingiz uchun o‘zimni qurbon qilishga ham tayyorman».

Jan-Jak Russo (1712—1778) pyesalar, operalar va «ensiklopediya» kitoblariga maqolalar yozgan. Uni hali taraqqiy topmagan, sodda va q oloq xalqlar ko‘proq qiziqtirardi. Zero u zamonaviy sivilizatsiyalarning haqiqatan ham har tomonlama mukammal va adolatli ekanligiga shubha qilardi. Uning eng mashhur «Ijtimoiy shartnoma to‘grisida» nomli kitobi quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi: «Odamlar  ozod va erkin bo‘lib tug’iladilar, biroq hamma joyda zanjirlar iskanjasida kun kechiradilar». U insonlar hali rivoj topmagan, biroq gina adovatdan, g‘araz maqsadlardan xoli bo‘lgan «iymonli yovvoyilar» aqidalariga amal qilishni o‘rgansalargina baxt va ozodlikka erisha oladilar deb hisoblagan.

IMMANUIL KANT KIM BO‘LGAN?

Immanuil Kant (1724—1804) buyuk nemis mutafakkiri. Uning ijodiga Russo va Nyutonning asarlari kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Nyuton olam tuzilishi qonunlarini, Kant esa inson hayoti qonunlarini  o‘rganishga uringan. Uning fikriga ko‘ra insonning eng asosiy xislati  —  | bu uning fikrlash va mulohaza yuritish xislatidir. U judayam  ko‘p kitob yozgan bo‘lib, axloqiy turmush tarzining oltin qoidasi deb nom olgan quyidagi qat’iy aqidasi bilan mashhurdir:  «O‘z umringda shunday aqidaga amal qilgilki, u bo‘yicha ish tutgan chog‘ingda, qani endi shu qoida umumjamiyat Qonuniga aylansa degan niyatni ayta oladigan bo‘lgin».

MONARXIYA RESPUBLIKADAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?

1650-  yilga kelib Yevropa yosh  milliy davlatlardan tarkib topgan edi. Bu davlatlarning har biri hokimiyat va yer uchun da’vogar edi. Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida mutlaq monarxlar, mutlaq hukmdorlar paydo bo‘la boshladi. Mutlaq hokim degani, ya’ni Absolyut monarx davlatga yakka o‘zi, aristokratlar, oliy tabaqa a’zolari bilan hokimiyatni taqsim etmasdan hukmronlik qilardi.

Hokimi mutlaqlikning eng yorqin timsoli sifatida fransuz qiroli Lyudovik XIV ni ko‘rsatish mumkin.

U besh yoshida qirollik taxtiga o‘tirdi. U ulg‘ayib voyaga yetguncha  uning onasi hukumatni idora qilarkan, hokimiyat istagidagi aristokratlar bilan muttasil kurash olib bordi. Voyaga yetgach Lyudovik mamlakatni o‘zi idora qilishini e’lon qildi. «Davlat — bu men» degan ibora aynan unga tegishlidir. Yosh qirol o‘zining maslahatchilarini shaxsan o‘zi tanlar va har kuni ertalab ular bilan eng muhim masalalarni muhokama etardi. Uzoq davom etgan qirollik davri mobaynidan u to keksayguncha sutkaning 12 soati davomida muttasil mehnat qilgan. 1789-  yilning yozida Bosh shtatlar Milliy majlisga aylantirilib, qirol hokimiyati doirasini cheklashni talab qilib o‘z faoliyatini boshladi. Lyudovik XIV ularning talabiga qo‘shilmagan edi: shu bois uni hibsga olib Parijga keltirdilar. Vaqt o‘tib borar, qirol esa hali ham rozilik bermasdi. Nihoyat 1792-  yilda olomon Lyudovik yashab turgan Tyuilri  qasrini hujum bilan ishg‘ol qildi. Olomonning qahridan qo‘rqqan Milliy majlis qirolni sud hukmiga topshirishga va 1793 –  yil qatl etishga qaror qildi.

Tinch aholining noroziliklari behuda ketdi. Endi  Fransiyani Ijtimoiy qutqaruv Komiteti boshqarardi, adolat borasidagi masalalarni esa Inqilobiy tribunal hal etardi.

O‘ta qat’iy aqidalarga amal qiluvchi, ya’ni hamma narsani mutlaqo o‘zgartirishni xohlovchi inqilobchilarni yakobinchilar deb atashardi. Ular hatto yangi kalendar ham o‘ylab topishgan bo‘lib, unda yil hisobi 1792-  yildan, ya’ni Respublika tashkil etilgan birinchi yildan boshlanardi.

ROBESPYER KIM BO‘LGAN?

Yakobinchilarning yetakchisi shafqatsiz Maksimilyen Robespyer (1758-1794) edi. 31 yoshida Bosh shtatlarga saylangan, ajoyib advokat va sudya bo‘lgan bu odam, oddiy kishilarning huquqlarini jon-jahdi bilan himoya qilardi. Uning tasavvuriga ko‘ra oddiy xalqning xayrli ishlariga faqat buzg‘un jamiyat va illatli kishilargina xalaqit beradi.  Shuning uchun ham turli ma’naviy illatlarga ega kishilarni bir boshdan qirg‘in qilish kerak.

Endilikda ana shu g‘oya asosida bosh kesuvchi jodining tig‘i har kuni kunda ustida bir necha bor ko‘tarilib tushardi. Xalq dushmanlari (dastlab faqat boylar) kundada jon berdilar. Dastlab bu qismatga qirolning bevasi Mariya-Antuanetta, keyin gersog Orleanskiy, uning ketidan esa ruhoniylar va aslzodalar giriftor bo‘ldi. Ulardan keyin Robespyer yaqindagina uning tarafdorlari bo‘lgan (masalan Danton kabi) kishilarni, ularning xotinlari va yaqin qarindoshlarini qatli om qildi. Shundan so‘ng o‘zining boshqa raqiblariga tashlandi. Robespyer hamma joyda  buzg‘unchi ayollarni, erkaklarni ko‘rardi. Oqibatda shafqatsiz terror avj oldi. Unga qarshi borish jinoyat hisoblanardi. Butun Fransiya qo‘rquv va dahshat ostida yashardi. 500  mingga yaqin odam turmaga qamalgandi, 17 ming kishining boshi esa jodida kesildi. Nihoyat o‘z jonidan xavfsiragan Robes pyerning maslakdoshlari unga xiyonat qilishib, uning o‘zining boshini ham jodidan o‘tkazishdi.

NAPOLEON KIM BO‘LGAN?

Napoleon Bonapart kabi o‘z hayotlik chogidayoq butun olamga ta’sir qila olish kuchiga ega bo‘lgan kishilar tarix sahnida juda ozchilikni tashkil qiladi.  U 1769-  yilning 15 avgustida Korsika orolining Ayachcho degan joyida tug‘ilgan. U hali bolalik chog‘idayoq o‘zining kitoblarda o‘qib  bilgan qadimiy davr qahramonlaridek bo‘lishini istardi. U Parijdagi harbiy akademiyani o‘qib tugatganida hali 16 yoshga ham kirmagandi.

24 yoshida Bonapart Tulon shahrini britaniyaliklar istibdodidan ozod qilishdagi qahramonliklari uchun brigada, ya’ni muayyan qo‘shin generali lavozimiga loyiq topildi. Keyinchalik u  armiyani boshqarib Avstriya ustidan g’alaba qozondi, Misrdagi urushda zafar qozondi.

Napoleon Fransiyaning birinchi Konsuli, hukmdori bo‘ldi. U hukumatni boshqarishning barcha tizimlarini isloh qildi.

1804-  yilda Napoleon fransiyaning imperatori deb e’lon  qilindi. Napoleon fransuz imperiyasini boshqargan o‘n yil davomida muttasil urush davom etdi. Uning galabalari Napoleonga Yevropada Ispaniyadan to Rossiya chegaralarigacha bo‘lgan hududlarga hukmronlik qilish imkoniyatini tug’dirdi.

1812-  yilda  u o‘zining olti yuz minglik askarlari bilan Rossiyaga bostirib kirishga qaror qildi. U garchi Moskvani qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, uning qo‘shinlarining ta’minoti yaxshi darajada emasdi, shu boisdan u yana ortiga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Ortga qaytish chog‘ida uning askarlaridan faqat yuz ming kishigina omon qoldi. Shundan keyingi bir necha mag’lubiyatlardan so‘ng Napoleon taxtdan voz kechdi va Elba oroliga surgun qilindi. Keyin u Elbani tark etib, yangi armiya tashkil qildi, biroq 1815-  yilda Vaterloo yaqinida uning qo‘shinlari Vellington va Blyuxer qo‘mondonligidagi armiya tomonidan tor -mor qilindi.

Napoleon britaniyaliklarga asir tushdi, ular Napoleonni mahbus sifatida hech narsa o‘smaydigan Muqaddas Yelena oroliga surgun qildilar. Napoleon o‘sha yerda 1821-  yilning 5 mayda vafot etdi. U o‘z davlatini yangi zafarlar va kuch-qudrat sari  yetaklagan yillarida, ayni paytda ko‘plab qirg‘inlar, balo-qazolarning sababchisi bo‘ldi, butun boshli xalqlarning hayotini izdan chiqardi.

I VA II JAHON URUSHLARI QACHON BOSHLANGAN?

XX asrning boshlariga kelib jahonning katta-katta hududlari asosan Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya va Niderlandlar hukmronligi ostida edi: ularning mustamlakachilikka asoslangan imperiyalari o`tgan asrdayoq qad rostlagan edi. Germaniya va Italiya esa  XIX asrning ikkinchi yarmidagina yagona davlatga aylangani uchun ularning mustamlakalari hali unchalik ko‘p emasdi. Shuning uchun ularning jahon siyosatiga kursa-tadigan ta’siri ham aytarli emasdi.

Germaniyaning Avstro-Vengriya imperiyasi bilan tuzgan ittifoqi unga g‘arbda qo‘shni bo‘lgan Fransiya va Belgiyaga, sharqqa esa Rossiyaga katta xavf tug‘dirardi. Hammaga shu paytgacha Yevropadagi tartiblarning buzilishi yaqin orada yuz berishi ayon bo‘lib qoldi. 1914-  yilda avj olib ketgan urush, yashin tezligida butun Usmoniy turklari imperiyasini qamrab oldi.

Birinchi jahon urushini «Barcha urushlarga chek qo‘ygan urush» deb nomladilar. Biroq 1939-  yilda yana harbiy alanga lovullab ketdi. Bu davrga kelib Germaniyada, Italiyada va Ispaniyada diktatorlik  tuzumi o‘rnatilgan edi. Yevropadagi diktaturalarga Buyuk Britaniyaning va AQSHning Uzoq Sharqdagi mavqyeini barbod qilishga intilayotgan Yaponiya ham ittifoqchi bo‘lib qo‘shildi.

MUVAQQAT HUKUMAT QACHON TUZILGAN EDI?

1917-  yilning  martida  shoh  Nikolay  II  o‘z  taxtidan  voz  kechishga  majbur bo‘ldi.  Uning  o‘rniga  Georgiy  Yevgenyevich  Lvov  boshchiligidagi muvaqqat Hukumat qaror topdi. Biroq u uzoq yashamadi. Iyul oyida advokat Aleksandr Fedorovich Kerenskiy bosh vazir etib tayinlandi, biroq turli qarama-qarshiliklar tufayli har tomonga qarab tortilayotgan uning hukumati ham xalq orasida obro‘-e’tibor qozona olmadi. Bir qancha tarkibidagi a’zolari u qadar ko‘p bo‘lmagan, biroq ta’sir kuchi hiyla sezilarli  bo‘lgan inqilobiy guruhlar Kerenskiy hukumatiga qarshi muholifat tashkil qildilar. Bu guruhlarning ichida eng kuchli ta’sir kuchiga ega guruh Lenin boshchiligidagi bolsheviklar partiyasi edi.

Urush Rossiyani tanazzulga olib keldi. Frontdagi askarlar jang qilishdan bosh tortishardi. Kerenskiy mehnatkashlar qo‘mitalariga, ya’ni ishchi va askar deputatlarining Sovetlariga qurol-aslaha tarqatdi, zero u bu Sovetlarning ko‘magidan umidvor edi. Biroq bu uning xatosi edi: ko‘pgina Sovetlardagi hokimiyat tez orada leninchi bolsheviklar qo‘liga o‘tib ketdi.

Lenin 7—11 noyabrda bo‘lib o‘tgan Sovetlarning s’yezdida boshqa inqilobiy guruhlarning  ko‘magi  yordamida  Kerenskiy  hukumatini  qulatilgan  deb  e’lon  qildi. 1917-  yilnipg  7 noyabrida qurollangan  ishchi  va  soldatlar  Petrograddagi  Muvaqqat Hukumat  joylashgan  Qishki  saroyni  ishgol  qilib  qulga  oldi.  Kerenskiy hukumatya deyarli qarshilik ko‘rsatmadi va hisbga olipdi.

LENIN VA STALINLARNING HUKUMATLARI QACHON DAVLAT TEPASIGA KELDI?

Bolsheviklar rahbar partiya sifatida o‘z mavqyelarini juda tez egallab oldilar. Bunda ular boshqa  nisbatan passivroq sotsialistik  partiya vakillarini oliy ma’muriyat lavozimlariga yaqin yo‘latmaslik yo‘lidan bordilar. Keyinchalik bolsheviklar kommunistlar deb atala boshladilar (Bu nomni ular ilk bor 1848- yilda chop etilgan Karl Marks va Fridrix Engelslar qalamiga mansub «Kommunistik partiya manifesti» kitobidan olishgan edi).

Yangi  hukumat  alohida  Dekret  chiqarib  pomeshchiklarga  tegishli  yerlarni dehqonlarga  olib  berdi.  Bolsheviklar sanoatni, banklarni va transportni davlat nazorati ostiga oldilar.  Rus pravoslav cherkovining mol-mulkini musodara qildilar. 1918-  yilning martida Leninning sa’y-harakatlari bilan Brest-Litovskda Germaniya bilan tinchlik bitimi tuzildi. Rossiya urushdan chiqdi, biroq u Boltiq bo‘yi hududini va Belorussiyaning ma’lum qismini Germaniyaga berishga majbur bo‘ldi. Ukraina mustaqil davlat sifatida tan olindi, biroq u ham amalda Germaniyaning vassaliga aylandi. Hokimiyat tepasiga Rus podshosi qaytishiga bo‘lgan umid va ishonch 1918-  yilning iyulida butunlay puchga chiqdi, zero bu davrga kelib bolsheviklarning buyrug’i bilan  Nikolay II va uning butun oilasi otib tashlangandi. Shunga qaramay Rossiyada to‘rt yil 1918-  yildan to 1922-  yilgacha qonli urushlar davom etdi. Bu  urushlar G‘arbdagi monarxiya tarafdorlari hamda bolsheviklarni tor-mor qilishga intiluvchi kuchlarning yordamida  avj oldirilgan edi.

1924-  yil yanvarida Leninning o‘limidan keyin hokimiyat asta-sekin bolsheviklar partiyasi apparatining rahbari Iosif Vissarionovich Stalin qo‘liga o‘tdi. Yangi rahnamo, dastlabki paytlarda kommunistlar tomonidan e’lon qilingan qonuniylik va adolat ideallarini nazar-pisand qilmay, mamlakatda shafqatsiz mustabidlik tuzumini urnatdi. 1991-  yili SSSRda kommunistik tuzum barham topdi.

ADOLF GITLER HOKIMIYAT TEPASIGA QACHON KELGAN?

G‘arb dunyosini 20—30 yillarda larzaga solgan har tomonlama parokandalik ayniqsa Germaniyaning qismatida yanada ayanchliroq qiyofa kasb etdi. Zero u 1919-  yilda tuzilgan Versal tinchlik sulhiga binoan juda katta miqdordagi reparatsiyalarni, ya’ni urush qilganligi uchun tovon pulini yoki qarzlarini to‘lashi kerak edi. Narx-navoning haddan ziyod oshib ketishi oqibatida pullar mutlaqo o‘z qiymatini yo‘qotdi.

Adolf Gitler rahnamoligidagi natsional-sotsialistlar partiyasi yoki natsistlar partiya-si bu paytda tez sur’atlar bilan kuch to‘plar edi. Germaniyada ish haqining kam ekanligi uchun ham, ishsizlikning o‘sib borishi uchun ham Gitler yahudiylarni aybdor deb topdi. U shaxsan o‘ziga bo‘ysunuvchi qurollangan otryadlarni (SA) tashkil  qildi, uning a’zolarini shturmchilar deb atashardi. Ular natsistlarning mitinglarini qo‘riqlashar, kommunistlar va yahudiylarni tutib do‘pposlar edilar. 1925-  yilda Gitler SA yordamida Bavariyada hokimiyatni qo‘lga olishga urinib ko‘rdi. Uning bu urinishi chippakka chiqdi, oqibatda Gitlerni  uch yillik muddat bilan qamoq jazosiga hukm qildilar. U qamoqxonada o‘z siyosiy qarashlarini bayon qiluvchi mashhur kitobini yozdi. Uning «Mening kurashim» («Mayn kampf») deb nomlangan mazkur kitobi tez orada eng mashhur asarga aylandi. Gitler o‘zining antikommunistik qarashlari tufayli markazlashgan katoliklar partiyasining ko‘magiga sazovor bo‘ldi. 1932 –  yilning noyabridagi saylovlardan keyin natsistlar va sentristlar (markazlashgan katoliklar) partiyasi hokimiyatni tashkil etdi. 1933-  yil 30-  yanvar kuni Gitler Germaniyaning kansleri

(Bosh Vaziri) bo‘ldi.

«BARBAROSSA» REJASI NIMA DEGANI?

1939-  yilda  Germaniya  va  Sovet  Ittifoqi  bir-birlariga  urush  qilmaslik haqidagi  bitimni  imzoladilar,  biroq  1941-  yil  iyunida  Gitler  mazkur  bitimga xilof ravishda  SSSRni  bosib  olishga  yo‘naltirilgan  «Barbarossa»  rejasini  amalga oshirishga kirishdi.

Bu tadbirni boshlar ekan, Gitler, albatta, har galgidek bir lahzadayoq g’alabaga erishishi-ga qattiq ishongan edi. Biroq, nemis armiyasi qanchalik yaxshi qurollangan, tashkil etilgan va ta’minlangan bo‘lmasin, SSSRga qilingan hujum butun Germaniyaning aholisini va sanoat resurslarini safarbar qilishni taqozo qildi.

Mazkur urush Germaniyaga juda katta talofatlar keltirdi. Aynan SSSRda, I. V. Stalin rahbarligida olib borilgan urushlarda Germaniya II jahon urushidagi mag’lubiyatiga uchradi.

«APARTEID» NIMA DEGANI?

Afrikaliklar tilida «apartxeyd» so‘zi «o‘ziga xos, alohida yashash» degan ma’noni bi-diradi. Aparteidning siyosati negizida jahon aholisining ikki xilda taraqqiy etish  yo‘li yevropacha va yevropacha bo‘lmagan yo‘l mavjudligi haqidagi g’oya yotadi.

Bu g‘oya bizning asrimizning 50-  yillarida JAR hukumati  tomonidan qabul qilingan Qonunlarda o‘z ifodasini topgandi. Mazkur hukumat ushbu qonun bu mamlakatning yagona rivojlanish shaklini belgilab beradi, deb e’lon qilgandi.

Mazkur qonunga binoan oq tanlilar va qora tanlilar o‘rtasidagi nikoh va har qanday munosabatlar taqiqlanar, ularning bir joyda yashashlari va o‘qishlariga ruxsat berilmasdi. Oqlar va qoralarga,  shuningdek yagona jamoat transportidan, kinoteatr, restoran, kafelardan foydalanish ham man etilardi.

Qora tanlilarga ma’lum davlat lavozimlarini egallash taqiqlanardi. JAR hukumati qora tanlilar bir joyda g‘uj bo‘lib yashashlari uchun o‘ziga xos hududlar —  bantustanlar  barpo qildi. Bunday istiqomat joylarida muayyan bir millatga yoki qabilaga mansub kishilargina yashardilar.

Bu mohiyatiga ko‘ra irqchilikka asoslangan bema’ni siyosat, afrikalik oq tanlilar hayotida ham qora tanlilar hayotida ham shaxsiy fojialarni keltirib chiqardi. U iqtisodning, fan, texnikaning taraqqiyotiga to‘sqinlik qildi. Zero bu sohalarda na irq va na millat degan chegara mavjud emasdir. Shuningdek bu fojialar faqat JARning o‘zida emas, balki uning qo‘l ostida bo‘lgan Namibiyada ham o‘z asoratlarini qoldirdi.

Shuning uchun ham Butun jahon jamoatchiligining ta’siri ostida Namibiyaga mustaqillik berilgandan so‘ng, aparteid tizimi butunlay barbod qilib tashlandi.

Murosasiz irqchilik mavqyeida turgan ko‘plab odamlarning noroziligiga qaramasdan o‘tkazilgan islohotlar JAR da ilk marotaba irqchilikdan xoli  parlament saylovlari o‘tkazilishiga, mamlakat aholisining terisi rangidan va irqidan qat’i nazar teng huquqqa ega  ekanligini e’lon qilgan Konstitutsiyaning qabul etilishiga olib keldi.

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI NIMA UCHUN KERAK?

Birinchi jahon urushidan keyin tez orada davlatlar orasidagi mojarolarni bartaraf etish maqsadlarida Millatlar Ligasi ta’sis etildi. Ammo  u muvaffaaqiyatli faoliyat yurita olmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Liga o‘z o‘rnini boshqa xalqaro tashkilotlarga bo‘shatib berdi.

1945-  yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi. Uning assambleyalarida turli davlatlarning vakillari xalqaro masalalarni muhokama qiladilar. Uning asosiy vazifasi  —  jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi urush chiqish xavfini kamaytirish.BMTga besh yillik muddatga saylanadigan Bosh kotib rahbarlik qiladi. BMTning Bosh Assambleyasida mazkur tashkilotga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarning a’zolari ishtirok etadilar.  Agar Assambleya ishtirokchilarining ko‘pchilik qismi biror bir mamlakatning tutgan yo‘liga norozilik bildirsalar, BMT unga u yoki bu tarzda ta’sir qilish huquqiga ega. Masalan, 1956 –  yilda BMT Fransiya va Buyuk Britaniyaning Suets tanazzuli davrida Misrga  bostirib kirishini qattiq qoraladi va uning talablari asosida bu urushga barham berildi. BMTning Xavfsizlik Kengashiga 15 davlat a’zodir. Shulardan 5 tasi, ya’ni —AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy  —  doimiy a’zo davlatlardir. Ushbu Kengash  kengash  a’zolaridan bo‘lgan biror bir mamlakatga qarshi ovoz berish huquqiga yoki xavfli nuqtalarga, tinchlikni qaror toptirish uchun qo‘shinlarni yo‘llash huquqiga egadir.

Biroq BMTning barcha harakatlari ham muvaffaqiyat qozonavermaydi. U odatda Buyuk  davlatlar manfaatlariga aloqador mojarolarni tartibga solishga ojizdir. Gap shundaki, Xavfsizlik Kengashining qarori bir ovozdan qabul qilinishi kerak. Har bir a’zo u yoki bu masalani hal etish jarayonida betaraf qolish huquqiga ham egadir.  AQSH va SSSR doimiy a’zolari sifatida o‘z manfaatlarini ko‘zlab bu huquqdan juda ko‘p bor foydalanganlar.

MILLIY MADHIYALAR QANDAY PAYDO BO‘LGAN?

Milliy  madhiya  —  bu  vatanparvarlik  ruhidagi  qo‘shiq  bo‘lib,  u  yoki  bu rasmiy  marosimlarda,  mazkur  xalq  va  davlatga  hurmat  ramzi  sifatida  ijro  etiladi. Milliy madhiyalar va vatanparvarlik qo‘shiqlari kishilarni umumiy orzulari va maqsadlari, shuningdek ideallari asosida birlashishlariga xizmat qiladi.

Aksariyat  milliy madhiyalarning kelib chiqish tarixi noma’lum. Odatda, ko‘pincha bunday qo‘shiqlarning kuylari, unga kimdir vatanparvarlik ruhidagi she’r yozmasdan avval ham mashhur bo‘ladi. Maxsus, milliy madhiya uchun yozilgan kuylarning soni uncha ko‘p emas. Eng mashhur madhiya bu G‘arbiy Germaniyaning madhiyasi bo‘lib, uni buyuk kompozitor Frans Iosif Gaydn dastlab Avstriya uchun yozgan edi.

Nisbatan qadimiyroq bir qancha milliy madhiyalar va vatanparvarlik qo‘shiqlarining she’rlari bir-biridan farq qilsada, yagona kuy asosida ijro etiladi.

Ularning ayrimlari hatto harbiy qo‘shiqlar sifatida ijro etilgan. Shunisi qiziq ki, bu qo‘shiqlarni bir-biri bilan urush olib  borayotgan har ikki tomon askarlari ham birdek maroq bilan kuylaganlar. Britaniyaning «Tangrim, qirolichani o‘z panohingda saqla» deb boshlanuvchi madhiyasining kuyi Daniyada, Germaniyada, Rossiyada, Shveysariyada va dunyoning boshqa ko‘plab ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarida vatanparvarlik qo‘shiqlarining yaratilishiga sabab bo‘ldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham «Amerika» so‘zi ana shu kuy jo‘rligida ijro etiladi.

«Tangrim, qirolichani o‘z panohingda saqla» kuyi ilk marotaba 1619 –  yilda yangragan. Uni ingliz kompozitori Djon Bull yozgan. Mazkur kuyning davlat madhiyasi sifatidagi ilk ijrosi 1745- yilning 28- sentyabrida bo‘lib o‘tgandi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining milliy madhiyasi1812-  yildagi urush davrida yozilgan edi. Baltimorlik advokat Frensis Skott Key, britaniyaliklarning bir kemasida ketmoqda edi, ular  Fort Mak Genriga hujum qilardilar. Key tuni bilan hujumning  borishini kuzatdi. Tongda u Fort ustida hilpirab turgan Amerika bayrog‘ini kurgach, u shu darajada hayajonlanib ketdi-ki, natijada «Yulduzli bayroq» qo‘shig‘ining she’rini yozib qo‘yganini o‘zi ham sezmay qoldi, she’rni u oddiy xatjildning orqasiga yozgandi. U she’rini biror kuyga so lish haqida o‘ylayotganda uning xotirasiga «Samodagi Apokreonga» deb ataluvchi qadimiy ingliz qo‘shig‘i keldi.

«Marselyeza»  —  fransuz milliy madhiyasi bo‘lib, ushbu qo‘shiq Buyuk Fransuz inqilobi davrida (1789—1815) harbiy qo‘shiq edi. Qo‘shiqning so‘zi va musiqasini Klod-Jozef Roje de Lill yozgandi. U fransuz armiyasining kapitani edi. 1795-  yilda «Marselyeza» Fransiyaning milliy madhiyasi sifatida rasman tasdiqlandi.

POLIS NIMA DEGANI?

Polis deb jamiyat qurilishining o‘ziga xos shakliga aytiladi. Mazkur davlat shakli Qadimgi Yunonistonda bizning eramizdan avvalgi XII asrda paydo bo‘lgan. Polis erkin fuqarolarning birikmasidan iborat bo‘lgan. Uning tarkibiga naf aqat biror-bir kasb-hunar egalari, balki dehqonlar ham kiritilgan. Xususiy mulki bo‘lgan har qanday fuqaro Polis a’zosi bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan.

Dastlabki Polislar dehqon va hunarmandlar yashaydigan  qishloqlarda urug‘-aymoqchilikka asoslangan birlashma sifatida paydo bo‘lgan. Polisning barcha a’zolari bir huquqlarga  ega bo‘lgan, shuning uchun dehqonchilik uchun yaroqli yer maydonlari ularning o‘rtasida tengma-teng taqsimlangan.

Polisni oqsoqollar kengashi boshqargan, biroq eng muhim masalalar Polis a’zolarining umumiy majlislarida hal etilgan.

Taxminan eramizdan avvalgi VI asrlardan boshlab katta shaharlar ham polislar deb atala boshlangan. Ularda oqsoqollar kengashi bilan bir qatorda harbiy sardorlar —  basileylar ham saylangan. Bu saylovlarni o‘tkazish uchun xalq majlisi maxsus maydon —  agorga to‘planganlar. Bu yerda  notiqlar uchun  maxsus supalar tayyorlab qo‘yilgan.

Polisda yashagan, biroq uning a’zosi bo‘lmagan erkin fuqarolardan, maxsus soliqlar olinib, bu mablag’lar polisni qo‘riqlaydigan jangchilarni boqish va harbiy jihatdan ta’minlash uchun sarflangan.

Polis  keyinchalik, qad rostlaydigan demokratik davlat uchun amaliy negiz vazifasini o‘tadi.

SAYLOVLAR ILK BOR QAYERDA O‘TKAZILGAN?

Rus tiliga saylov—  «vibori» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, lotinlarda ham bu so‘z «tanlab olish» ma’nosini anglatadi. Saylovlarda kishilar o‘zlarining rahbarlarini tanlash huquqi borligini his qilganlar. Ming yillar davomi da shunday bo‘lib kelgan. Qadimgi yahudiylar va yunonlar ushbu huquqni qo‘lga kiritish uchun  kurashganlar. Isroilning birinchi qirollari, shuniigdek Qadimgi Yunonistonning generallari saylov yo‘li bilan tayinlangan. Erkin saylovlar an’anasi Angliyaga taxminan 1500-  yillar  muqaddam anglo-saksoniya urushlari davrida  kirib kelgan. Shunday qilib, mahalliy rasmiy kishilarni saylash huquqi  ingliz turmush tarzining ajralmas bir qismiga aylanib qoldi va ilk kolonistlar tomonidan Amerikaga ham olib o‘tildi. Amerika inqilobiga qadar  ham amerikaliklar o‘z shahar yeg’inlarida va koloniya assambleyalarida ovoz berishardi.

Biroq saylov masalasida bir katta muammo bor edi: saylash huquqiga kimlar ega? Bir paytlar faqat xususiy mulk egalarigagina saylash huquqi berilgan edi. Uzoq tarix davomida ovoz berishni taqiqlovchi ko‘plab cheklashlar mavjud bo‘lib keldi. (Masalan, kishilarning xususiy xo‘jaligining katta-kichikligiga qarab bu huquqni berish yoki bermaslik kabi.) Uzoq davr mobaynida ayollar saylash huquqiga ega emas edilar. Ayollarning teng huquqliligi uchun kurashchilar bu masalani hal etish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanishga urinishardi. Biroq  hozirgi kunda ham  ayrim mamlakatlarda ayollar saylash huquqlariga ega emas.

Saylov huquqlarini cheklash vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turdi, saylash huquqini yangi-yangi toifa kishilari egallab borardi. So‘nggi davrga kelib saylovchining ovoz berish yoshi 21 dan 18 ga tushirildi.

QAYSI  DAVLATNING  PARLAMENTI ENG KO‘HNA  PARLAMENT?

Fransiyada  Kapetinglar  sulolasi  davridagi  parlament  xuddi  Adolatli  saroy hakamlariga o‘xshardi, ya’ni sudlov  ishlari bilan shug‘ullanardi. Bugungi kunda bu ishlar bilan butunlay boshqa soha  —  qonunchilik shug’ullanadi. Biroq, hamma ham eng ko‘hna parlament XIII asrdan buyon ma’lum bo‘lgan Angliya parlamenti emas, balki Islandiya parlamenti ekanligini bilarmikan? Islandiya parlamenti 930-yilda tashkil topgan bo‘lib alting, ya’ni majlis deb atalardi. IX asrning oxirida Islandiyaga Norvegiyaliklar bostirib kirdi. Va u o‘z mustaqilligini qayta tiklagach, 930-  yildan e’tiboran yakka hukmdor emas, balki bir guruh kishilar, ya’ni majlis rahbarlik qiladigan  yagona mamlakatga aylandi. Islandiya 1944-  yilning 17-iyunida, ming yillar davomida Daniya va Norvegiyaning istibdodidan xalos bo‘lgach Respublika deb e’lon etildi. Bu mamlakatning Prezidenti to‘rt yillik muddatga saylanib, Bosh-vazir bilan birgalikda davlatni boshqaradi. Alting mamlakatning poytaxti  —  Reykyavikda to‘planadi. Mazkur a’lting, ya’ni parlament 2 palatadan tarkib topgan bo‘lib, ularning har biri umumiy ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI QACHON PAYDO BO‘LGAN?

Hukumat  haqida gapirilganda, odatda jamoalar Palatasi majlislarida ishtirok qiluvchi siyosiy arboblarni nazarda tutadilar. Ularning ayrimlari turli-tuman davlat mahkamalarini boshqaradilar. Biroq bu davlat arboblarining ortida oddiy fuqarolarning butun boshli armiyasi turibdiki, agar fuqarolar bo‘lmasa, mamlakat ma’muriy tizimining barcha ishlari hech qanday qiymatga ega bo‘lmay qoladi.

Angliyaning (Davlat uyi) Uayt Xollesida va mamlakatning boshqa muassasalarida xizmat qiladigan turli darajadagi amaldorlar hukumat mashinasining muayyan qismini  tashkil etadilar. Qadimgi davrlarda deyarli faqat askarlargina davlat xizmatida bo‘lganlar xolos. Odatda hukumat mavqyeiga yagona monarxgina sazovor bo‘lib, u o‘z atrofidagilarga, jamiyatning oliy tabaqasiga ham ayrim huquqlarni in’om qilardi. Davr o‘tishi bilan hukumatda xizmat qiluvchi kishilar soni ortib bordi. Xizmatning shunday yangi turlari paydo bo‘ldiki, ularni maxsus tayyorgarlik ko‘rgan kishilargina amalga oshirishi taqozo etilardi. Harbiy sohada ishlamaydigan, davlat amaldorlari, fuqarolik xizmatchilari deb yuritila boshlandi.

Davlat muassasasiga ishga qabul qilish tanlov imtihonidan keyin amalga oshiriladi. Bo‘sh ish o‘rni haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda umumdavlat va mahalliy ro‘znomalarda e’lon qilib boriladi.

Albatta, siz Milliy Galereyada  va bojxonada xizmat qiluvchi pochtachilar, turma xodimlari va sud ijrochilari, patentchilar, sanoat   yo‘riqchilari  va Bosh vazirning shaxsiy kotiblari va hokazolarning barcha-barchasi, davlat fuqarolik xizmati deb nom olgan keng tarmoqli tizimning xizmatchilari e kanligini bilib, hayratga tushishingiz mumkin. Binobarin, davlat fuqarolik xizmatining kengayib borishi evaziga uning kuch-qudrati ham oshib boradi.

OVOZ BERISH QACHON KELIB CHIQQAN?

Siyosiy saylovlar chog’ida ovoz berish huquqi «ovoz huquqi» degan nom olgan. Aynan ana shu huquqingiz tufayli Siz, kishilarni davlat lavozimlariga saylashingiz, shuningdek umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Qonunlarni qo‘llab-quvvatlashingiz yoki inkor qilishingiz mumkin.

Insoniyat tarixida ko‘p hollarda ovoz berish huquqiga faqat ayrim toifaga mansub kishilargina ega bo‘lganlar. Har bir kishining saylash va saylanish huquqiga ega bo‘lishi demokratiya deb ataladi, biroq bu huquqqa bugungi kunda ham hamma joyda va hamma ham ega emas. Barcha davrlarda ham ma’lum cheklashlar mavjud  bo‘lgan. Bu cheklashlarning ayrimlari adolatli, ba’zilari esa adolatsiz bo‘lgan. Ayrim mamlakatlarda, ammo turli davrlarda kishining yoshi, jinsi, dini va terisining rangiga, ma’lumotiga, moddiy va ijtimoiy ahvoliga, shuningdek, soliqlarni to‘lab borishiga ko‘ra ham ovoz berishdagi cheklashlar belgilangan.

Qadimgi Yunonistonda va qadimgi Rimda demokratiyaning ayrim jihatlari ko‘zga tashlana boshlagan. U yerda  ovoz berishning eng sodda usullaridan qo‘llanilgan. Masalan, Afinadagi umumiy yig‘inlarda ijtimoiy  masalalarga oid muammolar muhokama qilinayotgan paytda kishilar qo‘l ko‘tarib o‘z mulohazalarini, munosabatlarini oshkor etganlar. Agar biror shaxsga aloqador masala muhokama etilsa ular yopiq ovoz berish usulidan foydalanganlar. Kishilar, masalan, ko‘pchilikning noroziligiga sazovor bo‘lgan odamni   amalidan olib tashlashlari mumkin bo‘lgan. Biroq, faqat ozod fuqarolargina ovoz berish huquqiga ega bo‘lganlar. Qullar va xorijliklar ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lgan, ayni paytda xorijliklarning fuqarolik olish imkoniyatlari ham bo‘lmagan.

O‘rta asrlar zamonida yirik shaharlarda istiqomat qiluvchi shaharliklar va ozod fuqarolar shahar hokimini saylash huquqiga ega bo‘lganlar. Biroq ovoz berish huquqiga faqat mulkdorlargina ega bo‘lganlar. Uyg‘onish, ya’ni  Renessans davrida xalq aristokratlar tomonidan boshqarilgan: oddiy xalq ovoz huquqiga ega emas edi.

Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi tufayli Yevropada ilk ishbilarmon va tadbirkorlar paydo bo‘la boshlagach, ovoz berish huquqi ularga ham nasi b etdi. Kishining yoshi va boshqa jihatlariga ko‘ra belgilangan saylov cheklashlari, endi uning moddiy ahvoliga ko‘ra belgilangan cheklashlar bilan almashtirildi. Na Amerikadagi inqilob, na Fransiyadagi inqilob, bir guruh aslzoda guruhlarning o‘z saylov huquqlarini oddiy xalq bilan birdek baham ko‘rishga erisha olmadi. Bugunga kelib Buyuk Britaniyada 18 yoshga to‘lgan har bir odam ovoz berish huquqiga egadir (Bundan albatta, aqli zaiflar, jinoyatchilar va ayrim boshqa tabaqalar mustasno). 1832- yilga qadar Buyuk Britaniyada bu huquqqa ega kishilar juda  ozchilikni tashkil etardi. Ayollarni esa 1918-  yilgacha mutlaqo saylovlarga qo‘yishmasdi. 1918-  yildan keyin ham faqat 30  yoshga to‘lgan ayollargina ovoz berish huquqiga ega bo‘ldilar. 1928-  yildan boshlab Angliyaning  barcha fuqarolari ovoz berish huquqini qo‘lga kiritdi.

1832-  yilda o‘tkazilgan islohot amaldagi ovoz berish tizimini bekor qilib, umumiy narxi 10 funtdan kam bo‘lmagan yer egasi bo‘lgan (xoh u pomeshchik bo‘lsin, xoh ijarachi) barcha erkaklarga ovoz berish huquqini berdi.

1867-  yilda yana bir islohot o‘tkazilib, u tufayli hunarmandlar va shahar ishchilari ovoz huquqiga ega bo‘ldilar. 1884 – yildan keyin esa dehqonlar ham ovoz huquqidan foydalana boshladilar. Bugungi kunda har  bir inson ovoz berish huquqiga ega.

O‘tgan asr boshlarida yer egasi Parlamentga o‘z vakilini «saylov okrugi» nomidan tayinlash huquqiga ega edi. Biroq ayrim hollarda bunday okruglarda hech kim istiqomat qilmas edi, aytaylik Uiltshirdagi ko‘hna Sarum okrugidagi kabi: yoki Saffolkdagi Donvig okrugi kabi bu yerlar  sun’iy dengiz ostida qolib ketgan bo‘lishi ham mumkin edi. 1832-  yilga qadar faqat sanoqli parlament a’zolarigina xalq ovoz berishi yo‘li bilan saylanishgan.

Bugungi kunda Angliyada har bir nomzod saylovda ishtirok etishidan oldin 500 funt sterling to‘lashi kerak. Agar saylov jarayonida u saylovchilarning 5 foiz ovozini ololmasa bu pullarni jarima sifatida to‘laydi. 1949-  yilga qadar bir shaharda yashab boshqa okrugda ish yuritadigan kishi birato‘la ikki okrugda ovoz berish huquqiga  ega edi. Masalan, shu tarzda, universitet bitiruvchisi mahalliy nomzodlar ham, shuningdek uning universiteti tomonidan taqdim etilgan nomzod uchun ham ovoz berishi mumkin bo‘lardi.

INSON HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA NEGA BUNCHA KO‘P GAPIRISHADI?

Siz  albatta  teleekran  yangiliklarida  «Inson  huquqlari  buzilyapti», «Falon mamlakatda  inson  huquqlariga  noto‘gri  munosabatda  bo‘lishmoqda»,—degan gaplarni ko‘p eshitasiz.

Xo‘sh, nimaga bu masala bu qadar muhim? Nega endi faqat Qonunlarga emas, balki har  bir  alohida inson huquqlariga ham amal qilinishi kerak? Insonlar har doim ham o‘z huquqlarini himoya qilib kelganlar. Inson huquqi bu uning o‘z erkini o‘zi  belgilash imkoniyatidir. Bu degani, ular faqat o‘z erki uchun kimlarningdir tazyiqidan xalos bo‘lish uchun kurashadilar degani emas, albatta.

Inson huquqlari uchun kurashdagi asosiy jihatlar quyidagilardan iborat. Birinchi holda bu e’tiqod erkinligi, ya’ni kishining o‘zi xohlagan Xudoga ishonishi va o‘zi mansub dinga xos diniy rasm-rusmlarni bajarish  erkinligidir. Bundan tashqari inson huquqlari deyilganda kishining o‘z fikrlarini keng jamoatchilik orasida, bahslarda, shuningdek matbuotda, ro‘znoma va boshqa nashrlarda bemalol erkin oshkor qila olish huquqi ham tushuniladi.

Inson huquqlariga amal qilish shuningdek, u yoki bu hukumat uchun ovoz berish huquqi yoki unga qarshi ishonchsizlik bildirish huquqini ham anglatadi. Inson huquqlarining o‘ziga xos bir ko‘rinishi Amerikada yuz berib, unda qora tanli aholi oq tanli aholiga berilgan huquqlardan teng foydalanish huquqini talab qilib chiqdi. Bu voqyea 1959 -yilda yuz bergan edi.

Shunisi qiziqki, 1950-  yilda BMT bolalar ham, o‘zlarining yashash joylaridan qat’i nazar o‘ziga xos huquqlarga ega ekanligini e’lon qildi. Bu huquqlar «Bola huquqlari Deklaratsiyasida» bayon etiltan. Ushbu qoida va huquqlardan quyidagilarni qayd etish mumkin: bolaga normal va sog‘lom rivojlanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi lozim. U o‘z xatti-harakatlarida, xohish-istaklarida erkin bo‘lmog‘i, uni xuddi kattalardek hurmat qilish lozim. Har bir bolaning ismi va millati bo‘lishi, ularga nisbatan mehr-shafqat ko‘rsatilishi va ularni anglamoq kerak. U maktabga borish  imkoniyatiga, turli o‘yinlar o‘ynash va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlariga ega bo‘lmog‘i kerak.

BIRINCHI  POLITSIYA  QACHON  PAYDO BO‘LGAN?

Qadimgi paytlarda politsiyachilar Amerikadagi sanoqsiz  mustaqil politsiya mahkamalariga qarashli edilar. Bugungi kunda Amerikada 40 000 ta politsiya bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning har biri har xil hududlarda qidiruv ishlarini olib boradilar. Va har bir bo‘linma muayyan jinoyat turini ochishga ixtisoslashgan. Fransiyada butun mamlakat politsiyasiga bevosita  ichki ishlar vazirligi rahbarlik qiladi, shuningdek mahalliy politsiya ham uning rahnamoligida ish yuritadi. Bu tashkilotning ildizlari olis o‘tmishga borib taqaladi. Tarixning ilk bosqichlaridagi qabila sardorlari ham o‘z qabilalarini qo‘riqlab, ularning  tinch va osoyishtaligini ta’minlagan kishilarning ayrim qoidalarga amal qilishini nazorat qilgan durjinachilarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lganlar. Misr firavnlari ham shu yo‘lni tutishgan, ya’ni askarlardan politsiyachilar sifatida foydalanganlar.

Eramizning boshlarida Sezar Avgust Rim shahrida politsiyachilar otryadini tashkil etdi. Mazkur otryad 350-  yil yashadi. Uning asosiy vazifasi  —  imperator buyruqlarining bajarilishini nazorat qilishdan iborat edi.

Taxminan  eramizning 700—800 yillari orasida politsiya ishiga taalluqli yangi g‘oya paydo buldi. Kishilarga qarshi bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarning bajarilishini nazorat qilish o‘rniga endi, ular qonunni va odamlarni himoya qiladigan bo‘ldilar! Bu g‘oya Angliyada va keyinchalik AQSHda  politsiya tashkilotlarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Angliya politsiyasi «Hamisha sergak va bedor bo‘l» degan tamoyilga amal qilardi. Ayrim tumanlarda kechalari maxsus qorovullar,—  kunduzlari esa qo‘riqchilar doim aylanib yurardilar. AQSHdagi koloniyachilar ham  ana shu tizimni o‘zlariga ma’qul ko‘rdilar. Tungi soqchilar sifatida konstebllar, ya’ni 16 yoshdan oshgan baquvvat erkaklar xizmat qilardilar, shunisi qiziqki, ular bu xizmatlari uchun mutlaqo pul olishmasdi. Ayrim hududlarda bu tizim to XIX asrga qadar hukm surdi. Londonda Metropoliya Politsiyasining boshlig‘i  —  komissar ichki ishlar vaziriga bo‘ysunadi, ya’ni hukumat uning ustidan doi miy nazorat olib boradi. Londondan tashqarida  esa har bir graflik, graflikdagi har bir shaharcha mahalliy hokimiyatga bo‘ysunuvchi o‘z politsiya bo‘linmalariga ega. Garchi mahalliy politsiya ma’lum darajada mustaqil bo‘lsada, baribir ular ham markaz oldida hisob beradilar.

SKOTLAND-YARD NIMA DEGANI?

Detektiv kitob o‘qigan yoki televizor ko‘radigan har qanday kishi ham, albatta Skotland-Yard to‘grisida eshitgan bo‘lishi shubhasiz. Bu so‘zni aytar ekansiz, albatta ko‘z oldingizga, jinoyatchilarga ayovsiz kurash olib boruvchi polisiyachining viqorli qiyofasi namoyon bo‘ladi.

Skotland-Yard bu Metropoliya Politsiyasining shtabi, u Buyuk Britaniyadagi mazkur sohaga aloqador muassasalarning eng kattasi hisoblanadi. Bu bo‘limda 27 000 kishi xizmat qiladi. Ular Londonda va uning tevaragida istiqomat qiluvchi 6 750 000 kishiga ega, umumiy maydoni 787 kv.km bo‘lgan hududda sodir bo‘ladigan voqyea hodisalar uchun javobgar shaxslardir. Poytaxtni politsiyachilar va tergovchilar bilan ta’minlashdan tashqari, Skotland-Yard yana boshqa vazifalarni ham ado etadi. U Londondagi transport harakatini nazorat qiladi, haydovchilik guvohnomalarini beradi, taksi va avtobus parklarini, shuningdek haydovchilarni nazorat qiladi. Shuningdek, Skotland-Yard fuqarolar mudofaasi bilan, binolarni tasarruf qilish xizmati bilan shug’ullanadi, yo‘qolgan narsalarni qidiradi, chet elliklarni ro‘yxatga oladi. Skotland-Yard mamlakat bo‘yicha olib borilayotgan barcha tergov ishlarini protokollashtirib boradi, biroq muzofot politsiyasining maxsus ruxsatisiz boshqa rayonlardagi sudlov ishlariga aralashmaydi.

Skotland-Yardning tarixi juda qiziq. Taxminan ming yillar avval Angliya qiroli Edgar Shotlandiya  qiroli Kennetga Londondagi Vestminster qasri yenidan yer ajratib beradi. Va u Kennetdan mazkur  yerga rezidensiya, ya’ni qarorgoh qurishni va har yili shu yerga kelib Shotlandiya nomidan Aigliya qirolligiga minnatdorchilik izhor qilishni talab qiladi.

Qirol Kennet u yerda o‘zi uchun qasr bunyod etadi va har gal Angliyaga kelganida shu yerda yashaydi. Mazkur qasr Shotlandiya qirollarining mulki bo‘lib, Shotlandiya hududi hisoblanardi.

1603-  yilda qirolicha Yelizaveta vafot etgach, Shotlandiya qiroli Djeyms VI Angliya va Shotlandiyaning qiroli bo‘ldi va qasr o‘zining dastlabki mohiyatini yo‘qotdi. Uni ikki qismga ajratdilar: birinchi qismini «Katta Skotland-Yard», ikkinchi qismini esa «Kichik Skotland-Yard» deb atay boshladilar. Keyinchalik ulardan hukumat binosi sifatida foydalana boshladilar.

FEDERAL QIDIRUV BYUROSI (FQB) NIMA DEGANI?

Federal Qidiruv Byurosi federal hukumat shaklining eng  qiziqarli va eng mashhur bo‘limlaridan biridir. FQB 1908-  yilda AQSH adliya vazirligi doirasidagi byuro sifatida tashkil etilgandi.

FQB federal qonunlarning buzilishini tergov qiladi, shuningdek Qo‘shma Shtatlar uchun manfaatli masalalarni hal etishda ishtirok etadi. 1924-  yilda tanib olish bo‘limi tashkil etilgandi. Dastlab bu yerda 810 188 ta kishining barmoq izlari tushirilgan kartoteka paydo bo‘ldi. Bugungi kunda FQB dagi kartotekada 100 000 000 kishining barmoq izlari mavjud!

FQBning Shtab kvartirasi Vashington shahrida joylashgan; undan; tashqari butun mamlakat bo‘yicha tarqalib ketgan yana 52 ta yetakchi bo‘limlar faoliyat yuritadi. O‘z vazifalaridan  tashqari yana FQB mahalliy ijroiya organlari va shtatlarning politsiya boshqarmalari qoshida xizmat tashkiloti rolini ham o‘ynaydi. Tergov ishlari bo‘limi  barmoq izlarini solishtirib ko‘rib, jinoyatlar to‘grisidagi ma’lumotlarni aniqlaydi. Agar biror kishini hibsga olishsa, uning barmoq izlarini FQBga yuborishadi va 5 daqiqa ichida bu odam avval ham politsiyaga tushgan yoki tushmaganligini bilib olishadi. Mazkur odam haqidagi ma’lumotlar nusxasini uning barmoq izlari Vashingtonga yetib borgandan keyingi 36 soat ichida muayyan politsiya mahkamasiga topshiradilar.

Maxsus laboratoriyalarning ma’lumotlari ham barcha huquqni himoya qiluvchi organlar uchun ochiq. U  yerda ishlaydigan olimlar eng yangi, zamonaviy asbob  uskunalar bilan ta’minlanganlar; har kuni ular yuzlab hujjatlarni o‘rganadilar, qonni, soch tolasini, tuproq va boshqa jinoyat ashyoviy dalillarini tahlil qiladilar. Jinoyatchi haqida barcha dalillar to ‘plangach FQB ekspertlari sudga ko‘rgazma beradilar.

1939-  yilning iyunida AQSH prezidenti mamlakatning mudofaa quvvatini qo‘poruvchi, josuslik, sabotaj va  boshqa xatti-harakatlarni o‘rganuvchi, tergov qiluvchi agentlik sifatida FQB ni sayladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida FQB mamlakat xavfsizligini ta’minlab, ko‘plab josuslik tashkilotlarini fosh qildi.

NEGA  PULNI  QADRLAYMIZ?

Puldan foydalanish g‘oyasi albatta juda ajoyib! Ammo aksariyat kishilar puldan foydalanish fikri ilk bor kimning miyasiga kelganligini va biz pulni nega qadrlashimizni bilishmaydi.

Ming yillar ilgari hali pul muomalaga kiritilmagan edi. Qadimgi odamlar molni almashtirish yo‘li bilan savdo qilishgan. Bu agar unga o‘zida yo‘q narsa kerak bo‘lib qolsa, u shu narsasi mavjud odamni  topish kerak deganidir. U o‘ziga kerak narsaning egasiga biror bir narsani tavsiya qilishi, agar uning moli savdolashuvchi sherigiga kerak bo‘lmasa u o‘ziga kerak narsani ololmas edi.

Vaqt o‘tishi bilan ayrim narsalar pul sifatida foydalanila boshlandi, zero hamma ularga ega bo‘lishni xohlardi. Masalan, bir paytlar sigir, tamaki, g‘alla, hayvon terilari, tuz va munchoqlar kabi hammaga birdek kerak n arsalar pul o‘rnida muomalada bo‘lgan.

Keyinchalik bu narsalarni bir parcha temir siqib chiqardi. Ko‘pincha bu parcha temir oltin yoki kumushdan iborat bo‘lardi. Keyinchalik tangalar maxsus tozalikdagi va og‘irlikdagi metallardan yasaladigan bo‘ldi. Ularga muayyan miqdordagi tovarlarni olish mumkin edi. Bir nechta tanga, aytaylik bir sigirga, yoki 10 kg tamakiga yoki boshqa biror mahsulotga teng hisoblanardi.

Bugun bizlarning ixtiyorimizda qog‘oz pullar va tangalar mavjud. Bu pullarni hukumat chiqaradi, barcha odamlar esa ularni olib foydalanadilar. Xo‘sh, bizga pul nima uchun kerak o‘zi? Biz ularni nega qadrlaymiz? Avvalo shuni aytish lozimki, biz pul vositasida to‘rtta muhim narsani amalga oshirishimiz mumkin. Birinchidan biz pul yordamida ayirbosh yoki savdo qilishimiz mumkin. Aytaylik, siz velosiped xarid qilmoqchisiz, hatto uning uchun pul ishlab topishga ham,  misol uchun birovning chimzorini o‘rib berishga ham rozisiz. Biroq siz chimzorida mehnat qilgan kishingizda velosiped yo‘q, u sizga  velosiped emas, balki pul beradi. Siz esa pulni olib, do‘konga borasiz va velosiped xarid qilasiz. Pullar yordamida siz o‘z  mehnatingizni istalgan buyumga almashtirishingiz mumkin.

Ikkinchidan, pul  —  bu qiymat miqdoridir. Bu degani  —  pul vositasida ko‘p buyumlarning qiymatini bir-biriga qiyoslash, taqqoslash mumkin. Masalan, siz, haligi aytilgan chim-zorni o‘rish uchun soatiga  1,5 funt pul olasiz deylik. Velosiped esa 50 funt turadi, demak siz velosipedning narxi va o‘z mehnatingiz narxi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurga ega bo‘lasiz.

Uchinchidan, pul bu qiymat zahirasidir. Siz, aytaylik yig‘ib-terib olgan pomidor hosilini uzoq  saqlab turolmaysiz, sababi ular tezda buzilib qolishi mumkin. Agar, siz ularni sotsangiz, pullarni istagancha asrab qo‘ya olasiz. To‘rtinchidan, pul  —  bo‘lajak xarajatlar uchun to‘lov negizidir. Siz velosiped uchun 10 funt berib, qolganini keyin olib kelib berishingiz mumkin. Axir siz do‘kon sotuvchisiga pomidor, yoki  tuxum, yoki futbol koptogini berib savdolasha olmaysizku?! Siz sotuvchi bilan pulning qolganini keyin olib kelib berish to‘g‘risida kelishib oldingiz, demak pulni siz bo‘lajak xarajat  uchun to‘lov sifatida ishlatyapsiz.

NIMA UCHUN PULNING QADRI OLTIN BILAN O‘LCHANADI?

Biz pul deb hisoblaydigan, metall tangalar yoki serhasham  qog‘ozlar aslida shunchaki ramzlar xolos. Biroq mana shu ramzlar muayyan boylikning vakillaridir yoki dalillaridir.  Pullar ularni chiqargan davlat xazinasida mavjud qimmatbaho metallar miqdori bilan tasdiqlanadi. Pul qadrini belgilashda sivilizatsiyaga erishgan butun dunyoda me’yor bo‘lib oltin va kumush xizmat qiladi. Bu qimmatli metallar ancha noyob va o‘z ahamiyatini  yo‘qotmaydi, biroq ularning zahirasi bozor ehtiyojlarini qondirishga yetadi.

Boshqacha qilib aytganda, qog‘oz pul va  tangalar pul sifatida davlat tomonidan chiqarilar ekan, ular  o‘z qadrlariga egaligi tan olinadi, chunki ular davlat xazinasidagi oltin va kumush miqdori bilan mustahkamlangan.

1821-  yilda  Buyuk Britaniya o‘z pul tizimining asosi sifatida monometalizm (ya’ni faqat bir xil metalldan foydalanish)ni joriy qildi. Oltin rasmiy valyuta sifatida qabul qilingan edi. 1914-  yilga kelib oltin yer yuzidagi barcha valyutalarning o‘lchov birligi bo‘lib qoldi. Narxning standart me’yoriga ega bo‘lgan mamlakatlar endi bemalol bir-birlari bilan savdo sotiq qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining dollari, Fransiyaning franki, nemis markalari oltinda ifodalangan belgilangan qiymatga ega edi.

1933-  yilga  kelib aksariyat mamlakatlar oltin standartidan biroz chekinadilar. Biroq hali hanuzgacha ko‘plab mamlakatlar valyutasi, shu jumladan AQSH valyutasi ham belgilangan oltin bahosida me’yorlangan. Oltin xalqaro savdoda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat quyma oltinlarni sotib oladi va sotadi. Oltinning bir qismi xalqaro qarzlarni to‘lash uchun s arflanadi, qolgan qismi esa saqlanadi. Saqlanadigan oltinga davlatning oltin zahirasi deyiladi.

BANKLAR QACHON PAYDO BO‘LGAN?

Bugungi kunda banklar bizga shu qadar ko‘p xizmat turlarini ko‘rsatishadiki, ba’zan hatto ularning asosiy vazifasi atigi 2 ta ekanligini ham unutib qo‘yamiz. Birinchidan bank kishilardan omonatlarini qabul qiladi va ularni o‘zida saqlaydi, ikkinchidan olgan qarzi hisobiga foyiz to‘loviga rozi bo‘lgan kishilarga pul qarz beradi.

Bank ishlari doim pulga aloqador bo’lganligi uchun tarixda odamlar bu muassasani yoqtirmagan paytlar ham bo‘lgan. Pulga o‘ta qiziquvchanlik xususiyati axloqsizlik hisoblanib, hatto shunday mamlakatlar ham bo‘lganki, ular o‘z fuqarolarining banklar bilan har qanday muomalasini ham taqiqlagan. Biroq, shunday bo‘lsada bank ishi xuddi tarixning  o‘zi kabi ko‘hna va qadimiydir. Qadimgi Bobilda,  Misrda va Yunonistonda ham banklar bo‘lgan. Odatda ibodatxonalarda ham odamlar pullarini olib borib saqlab qo‘yganlar. Eramizdan avvalgi 210- yilda Rimda alohida farmon bilan pul almashtirib beruvchi — sarroflar uchun maxsus joy ajratilgan.

Bank» so‘zining o‘zi esa Italiyada paydo bo‘lgan.,O‘rta asrlarda sarroflar shahar ko‘chalaridagi do‘konlarda o‘tirishgan.  Italyan tilida «banko» so‘zi «o‘rindiq» degan ma’noni beradi, «bank» so‘zi ana shundan kelib chiqqandir.

Hozirgi bank tizimi ilk bor Venetsiyada 1587-  yilda,  «Banko di Rialto» tashkil etilgach paydo bo‘ldi. Mazkur bank mijozlardan omonatlarini olar va muayyan summaga chek olishga ruxsat berard  1619-  yilda «Banko del Djiro» bu bankni ham egallab oldi va mijozlardan omonatlarini oltin va kumushda olganligi haqida tilxat bera boshladi. Bu tilxatlar pul o‘rnida ishlatila boshladi. 1609 –  yilda tashkil topgan «Amsterdam Banki» keyinchalik «bank pullari» deb nom olgan tilxatlarni bera boshladi.

1694-  yilga qadar Angliyada Angliya  banki tashkil qilinguncha bankirlar o‘rnini zargarlar bosishgan. Angliya Banki to 1825-  yilgacha bu mamlakatdagi yagona bank hisoblangan. Amerikadagi birinchi bank «Shimoliy Amerika banki» hisoblanib u 1782- yilda Kongress tomonidan tashkil etilgan.

SOLIQLARDAN TUSHGAN PUL QAYOQQA KETADI?

Har qanday  odam ham albatta soliq to‘layotganda xursand  bo‘lmasa kerak. Bizning kunlarga kelib soliqlarning turlari shunchalik ko‘p va miqdori shu qadar yuqori bo‘lib ketdiki, ba’zan beixtiyor o‘ylab qolasan, xo‘sh  bu soliqqa yig’ilgan pullar qayoqqa ketyapti o‘zi? Aholidan soliq yig’ish  —  bu hukumat uchun muhim bir jarayon bo‘lib, u orqali hukumat aholidan pul yig’ib oladi va bu pullarni xalq manfaati  yo‘lidagi tadbirlarga sarflaydi. Albatta, davlat maktablari, ko‘chalari, yongindan saqlash xizmati, politsiyasi va armiyaoi bo‘lgani har bir oila uchun alohida yo‘l qurish, bolalarini alohida o‘qitish va o‘z mulkini shaxsan o‘zi qo‘riqlash kabi tashvishlardan arzonga tushadi.

Dar qanday hukumatning xarajatlari ham yil  davomida o‘sib boradi. Xarajatlarning o‘sib borishiga sabablardan biri xalq xavfsizligiga ketadigan mablaglarning oshib borishidir. Mahalliy hokimiyatlarning ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflaydigan xarajatlari ham muttasil o‘sib boradi.

Ko‘chalar va  yo‘llarga ham astoydil pul sarflashga to‘gri keladi. Mamlakatga yana ko‘proq yaxshi maktablar, oliy o‘quv yurtlari kerak. Kishilar yangi-yangi kasalxonalar, boglar va boshqa muassasalar qurilishini, barpo etilishini istaydilar, bularning hammasi shahar idoralarining mablag‘lari evaziga yaratiladi.

Daromad  solig‘i  —  hukumat markaziy apparati faoliyatini ta’minlovchi asosiy manbadir. Shaharlar va  boshqa aholi punktlari ham daromad solig‘ining ma’lum qismi hisobiga o‘z byudjetlarini to‘ldiradilar. Boshqa soliqlar, masalan narsalarning narxiga qo‘shimcha tarzidagi soliqlar asosan davlatning pul daromadini oshirish uchun yig‘iladi.

IQTISODIY TUSHKUNLIK NIMA DEGANI?

Iqtisodiyetning izdan chiqishi yoki buhroni nima? Bu avvalo biror bir davlatning iqtisodiy ahvoli  chatoq bo‘lgan tarixiy davridir. Bu ahvol aholining barcha qatlamlariga, bankirdan to laborantgacha yoki  ombor mudirigacha bir xilda ta’sir ko‘rsatadi. Ishchilar fabrikadagi o‘z ish o‘rinlarini yo‘qotadilar. Oqibat savdo-sotiq hajmlari tushib ketadi. Savdo  do‘konlari kam mahsulot olib kam pul topshiradilar. Bu esa banklarga katta zarar keltiradi. Oqibatda butun iqtisodiyot aziyat chekadi. Bu izdan chiqish. Agar xuddi shularning hammasi iz bersa -yu, biroq ko‘rilgan zarar miqdori ancha ko‘p bo‘lsa unda iqtisodiy tushkunlik yuz berdi deb hisoblash mumkin.

Keyingi 150-  yil orasida bir necha bor turli-tuman iqtisodiy tushkunliklarni va yuksalishlarni boshidan kechirganligini  barcha kishilar bugungi kunda tan olib e’tirof etmoqdalar. Ha, hamma narsa bir xil maromda davom etadi: ko‘tarilishdan keyin tushish, tushishdan keyin esa yana ko‘tarilish va hokazo… Chetdan qaraganda hamma ishlar yaxshi ketayotgandek, biznes gullab yashnayapti, odamlar shod-xandon. Biroq shunday paytda, allaqaysi joyda bir ish noto‘g‘ri bajariladi-yu, birgina xato oqibatida yana tushkunlikka yuz tutiladi. Oradan biror muddat o‘tib ishlar yana o‘nglanadi va bu sikl qaytadan takrorlanadi. Hech kim  iqtisodiy tushkunlik va iqtisodiy izdan chiqishning asl sabablarini aniq aytib bera olmaydi. Bu holning barcha iqtisodchilar tomonidan bir xilda tan olib e’tirof etiluvchi izohi.va sharhi mavjud emas. Har qanday davlat ham, biznesmen ham boshiga iqtisodiy tushkunlik yoki izdan chiqish balosi yog‘ib turganda uning changalidan chiqishga harakat qiladi,  muayyan tadbirlarni, choralarni ko‘radi, biroq hamma holatlar uchun ham bir xildagi muvaffaqiyatli yo‘lni ko‘rsatib berish mushkul.

INFLYATSIYA  NIMA DEGANI?

Birinchi galda inflyatsiya  —  bu narx-navoning oshishidir.  Mamlakatdagi hamma odam, jumladan savdogar ham hukumat a’zosi ham birinchi navbatda xaridordir. Ular oladigan narsalar tovarlar yoki xizmat turlari bo‘lishi mumkin. Inflyatsiya davrida kishilar pullarini tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqtga qaraganda ancha tezroq xarjlab qo‘yadilar. Bu shunday davrki ko‘p miqdordagi pulga kam miqdordagi mol yoki mahsulot olishga to‘g‘ri keladi. Inflyatsiya davrida pulning qadri nihoyatda tushib ketadi.

Agar siz  inflyatsiya yuz berishining sabablarini bilsangiz ham uning oldini ololmaysiz.  Ba’zan inflyatsiyaga aybdor ortiqcha xarajatlarga yo‘l  qo‘ygan hukumatdir deb hisoblashadi. Ba’zan esa bu borada biznesmenlarni va kasaba uyushmalarini ayblashadi. Hatto ba’zan oilalarni ham ehtiyojlarini haddan oshirib yuborganlikda ayblashadi. Ko‘p hollarda inflyatsiyaning kelib  chiqishiga urushlar sabab bo‘ladi.

Inflyatsiya  paytida narxlarning oshib borishi natijasida pulga oladigan narsalar soni kamayib boradi. Bunday paytlarda kishilar pulning qadri tushmasidan avval, narxlar yana ko‘tarilib ketmasidan  ilgariroq biror narsani xarid qilishga shoshib qolishadi. Biznesmenlar esa ularning mahsulotlariga ehtiyoj oshib ketdi deb o‘ylay boshlaydilar. Shuning uchun ular o‘z pullarini yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini yo‘lga qo‘yishga, jihozlar sotib olishga,  fabrikalar ochishga sarflaydilar.

Bu esa qo‘shimcha ishchi kuchini talab qiladi. Odamlar katta-katta pul topishadi, biroq bu pullarni bir lahzadayoq xarjlab qo‘yishadi. Biznesmenlar,

o‘zlarining mollari yaxshi sotilayotganligini  ko‘rib, o‘z ishlarini kengaytirish uchun pul qarz oladilar.

Inflyatsiyadan eng ko‘p zarar ko‘radiganlar  —  bular kreditorlar (ya’ni birovlarga qarz beruvchilar) pensionerlar va qat’iy maosh bilan ishlaydiganlardir.

Inflyatsiyaning oldini olish uchun hukuma t birinchi galda  uning sabablarini aniqlashi lozim. Agar bu ish qilinmasa, bu muammoni nazorat   qilish ham mumkin bo‘lmaydi va oqibatda muammo hal etilmay qolaveradi.

BIRJA NIMA DEGANI?

Oziq-ovqat bozorlarida odamlar iste’mol qiladigan mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Birja ham ana shunday bozor, biroq bu yerda pul, ol tin va qimmatli qogozlar sotiladi. Bu yerga sotuvchilar va xaridorlar, qarz oluvchilar va qarz beruvchilar to‘planadilar.

Qarzga pul olgan korxona, uning o‘rniga mulkning biror qismiga egalik huquqini beruvchi hujjat (ya’ni aksiya) beradilar yoki undan foydalanishda qatnashish huquqini beruvchi hujjat (ya’ni  obligatsiya) beradilar. Bu qimmatli qog’ozlar kishilarga yo ma’lum korxonaning muayyan qismiga egaligi huquqini yoki uning foydasidan ma’lum qismiga ega bo‘lish, yoki u olgan   foydadan foiz olishga imkon beruvchi zayomni  beradi. Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qogozlar birjasi deb nomlanuvchi bozorda sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda sotuvchi va xaridorlar o‘z savdolarini maklerlar — ya’ni dallollar orqali amalga oshiradilar.

AKTSIYA NIMA DEGANI?

Aksiyalar  (ba’zan ularni bonlar ham deyishadi)  —  tijorat kompaniyalari pul yigish maqsadida aholiga sotadigan qimmatli qog‘ozdir. Biror yangi kompaniya ochish uchun yoki mavjud kompaniyaga  yangi uskunalar sotib olish uchun juda ko‘p pul kerak bo‘ladi. Bu pullarni topish uchun kompaniyalar minglab, ba’zan hatto millionlab aksiyalarni chiqaradilar.

Kompaniya aksiyasini sotib olgan kishi uning egalaridan biriga aylanadi. U korxona egasi yoki aksioner, aksiyador sifatida dividendlar olishga yoki kompaniya foydasidan ma’lum qism olishga qiladi. Dividendlar miqdori kompaniya mazkur yilda shug‘ullangan faoliyat turiga qarab yildan yilga o’zgarib borishi mumkin. Aksiyalarning ikki xili mavjud: oddiy  aksiya va imtiyozli aksiya. Oddiy aksiya egasi har yili aksiyadorlar majlisida ishtirok etish, kompaniya direktorlarini saylashda ovoz berish huquqiga ega buladi. Imtiyozli aksiyaning nomi dan ham ma’lumki, uning egasi oddiy aksiya egasiga berilmagan ayrim imtiyozli huquqlarga egadir. Dividendlar tulash chogida imtiyozli aksiya a’zolari o‘ziga xos imkoniyatlarga egadirlar. Imtiyozli aksiyalarga beriladigan dividendlar ma’lum miqdorda oldindan tulanadi. Vaholanki oddiy aksiyalarga beriladigan dividendlar kompaniyaning muayyan davrdagi ishining natijalariga bogliq tarzda beriladi. Agar kompaniya tarqalib ketadigan bo’lsa, birinchi galda imtiyozli aksiya egalari bilan hisob-kitob qilinadi, keyin oddiy aksiya egalariga navbat keladi.

Kishi aksiya yoki bonni sotib olar ekan, uni boshqa bir investordan sotib oladi, sotganda ham boshqa bir  investorga sotadi. Aksiyalar sotiladigan va  sotib olinadigan bozorga — birja deb ataladi.

Aksiyalar brokerlar — orqali sotiladi va sotib olinadi. Brokerlarning vazifasi investorlarning aksiyalarini sotib olish va sotishdan iboratdir.  Aksiyalarning narxi sherik kompaniyalarning  ishiga, tijorat ishlarining sharoitlariga, savdo-sotiq va boshqa sabablarga kura usib borishi yoki aksincha pasayishi ham mumkin.