Beruniy tumani

Mo’ynoq tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining shimolida joylashgan bo’lib, 1931 yilning 1 sentyabrida tashkil etilgan. Tuman g’arbdan Qo’ng’irot tumani, shimoldan Qozog’iston Respublikasi bilan, janubdan Qorao’zak, Chimboy, Kegayli tumanlari bilan chegaradosh.Maydoni 37.9 ming kv.km. Tumanda 1 shaxar (Muynaq) 5 ta mahalla va 6 ta ovul fuqarolar yig’ini (Uchsoy, Tikuzak, Madali, Buzatov, Qozoqdaryo, Aqqala) bor. Markazi-Muynoq shahri.2015 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 29,7 ming kishini tashkil etadi. Shundan 13,0 ming kishi shaharda, 16,7 ming kishi qishloqda yashaydi.Aholining joylashish jipsligi 1 kv. km-ga 0,8 odamdan to’g’ri keladi.Tumanda qishloq xo’jaligi bilan birga baliqchilik sohasida rivojlanmoqda. Hozirgi kunlari qishloq xo’jaligida 2 ta qishloq xo’jaligi shirkatlari, 33 ta fermer xo’jaliklari, 2 ta MMTP, 2 ta SFU lar faoliyat ko’rsatmoqda. Qurilishda 5 ta, savdo xizmatida 23 ta korxonalar va jamoalar harakat etmoqda.Meditsina xizmatida 2 ta shifoxona, 1 ta tuman poliklinikasi, 9 ta qishloq shifokorlik punkti va 6 ta feldsherlik-akusherlik punktlari faoliyat ko’rsatmoqda.