Andijon tumani

Andijon shaxrining Markaziy qismida joylashgan. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Jalaquduq, Xo’jaobod, Asaka, Oltinko’l, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,4 ming kv. km. Axolisi 198,4 ming kishi. Andijon tumanida 1 ta shaxarcha va 9 ta qishloq fuqarolar yig’ini (Bo’taqora, Yorboshi, kunji, Nayman, Orol, Oqyor, Xakan, Xartum, Xarabek) bor. Markazi Kuyganyor shaxarchasi.
Tabiati: Andijon tumani relyefi pasttekksilik, qir va adirlardan iborat. Shimoliy-sharqida Andijon-Otchopar, Teshiktosh adirlari va Xarabek, Bo’taqora, Yorboshi qirlari mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning o’rtacha xarorati 27,3, yanvarniki minus 3 daraja. Vegetasiya davri 160-180 kun. Yiliga o’rtacha 225 mm. yog’in tushadi.
Tumanning Shimoliy va Shimoliy-sharqidan Qoradaryo, Andijonsoy oqib o’tadi. Sovuqbuloq bulog’i, Usmon Yusupov nomidagi katta Farg’ona kanali, quyi Ulug’nor kanali, Kuyganyor nasos stantsiyasi, ko’tarma nasos stantsiyasi, Chinobod, Asaka tashlamalari bor. Tuman adir qismining tuprog’i arziq, qolgan yerlarda bo’z tuproq. Baxorda adirlar efemer o’simliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-sho’ra o’sadi. Yovvoyi xayvonlar kam uchraydi. Sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar bor. Axolisining aksari qismi o’zbeklar; rus, tojik, uyg’ur, qirg’iz va boshqa millat vakillari xam bor, 1 kv.km.ga 533 kishi to’g’ri keladi.