Aktrisalar

Abdullaeva Yayra Umarovna (1930.14.8, Andijon) — O’zbekiston xalq artisti (1964). Lizaxonim Petrosovaning qizi. Toshkent san’at in-tini tugatgan (1950). Ijodi G. Rahimova rahbarligidagi front kontsert brigadasida boshlangan (1945). 1950 y.dan Hamza teatrida. Hafiza (A. Qahhor, “Shohi so’zana”), Guli (uyg’un, I. Sulton, “Alisher Navoiy”), Katerina (A. Ostrovskiy, “Momaqaldiroq”), Gulbahor (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Gulnor (Oybek, “Qutlug’qon”), Turg’unoy (I. Sulton, “Noma’lum kishi”), Xemnolini (R.Tagor asari asosida, “Gang daryosining qizi») kabi obrazlarida turli toifadagi xotin-qizlar hayoti, ularning qismati, jasorati va olijanobligini mujassamlantirdi. Key (M.Kaoru, “O’g’irlangan umr”) obrazi A. ijodining cho’qqisi bo’lib, u yapon ayolining mashaqqatli hayot yo’lini, taqdirini psixologik teranlik va izchillik b-n ochib berdi. Regana (U.Shekspir, “Qirol Lir”), Mariya Styuart (F. Shiller, “Mariya Styuart”) obrazlari b-n psixologik va fojiaviy rollar ishora, kinoya va b. ifoda vositalaridan ustalik b-n foydalanadi. Nodirabegim (T. To’la, “Nodirabegim”) obrazi A. ijrosida ulug’vor, olijanob Malika va ot Ashin ijodkor sifatida namoyon bo’ldi. A.ning kinodagi asosiy rollari: Gulbahor (“boy ila xizmatchi”), dildor (“opasingil Rahmonovalar”), Ra’no (“stadionda uchrashamiz”), Saodat (“Hamza”), Xatira (“vijdon amri bilan”) va b. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). “Do’stlik” ordeni b-n taqdirlangan (1998).