2-jahon urush qatnashchilari

Abdullayev O’rinboy (1912. 18.4, To’rtko’l tumani) — 2-jahon urushi qatnashchisi, 2-Boltiqbo’yi fronti, 3-Zarbdor armiyasi, 219-o’qchi diviziyasi, 375-o’qchi polkining 1-o’qchi rotasi o’qchisi. Latviyaning Ludze shahri atrofidagi jangda dushman qo’shinlari chegarasini birinchi bo’lib yorib kirganligi uchun qahramon unvoni berilgan (1945). Urushdan so’ng Qoraqalpog’istonning To’rtko’l tumaniga qaytib, chorvachilik sohasida mehnat qilgan.

Abzalov Rem Abzalovich (1914 — Toshkent — 1983) — 2-jahon urushi qatnashchisi. O’qchi rotaga komandirlik qilgan (1942-45). A.ga Vengriyada, 1944 y. ning okt. oyida Dunay bo’yidagi Dunapatay r-ni uchun bo’lgan janglarda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan. Urushdan so’ng Toshkentga qaytgach, tuman harbiy komissariatida (1945-60), Toshkent elektrotexnika texnikumida (1969) ishlagan. Toshkentdagi harbiylar qabristonining qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.